Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH USULLARI'

INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
286
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
inklyuziv ta’lim / alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar / mantiqiy tafakkur / rivojlanish / metodlar / autizm sindromi.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Ulug‘Murodova Charos Murodullayevna, Ximmatova Xayriniso Rizakulovna

Mazkur maqolada inklyuziv ta’limga qamrab olingan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish metodlari ifodalangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH USULLARI»

INKLYUZIV TA'LIM JARAYONIDA ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BO'LGAN BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

1Ulug'murodova Charos Murodullayevna 2Ximmatova Xayriniso Rizakulovna

1Sergeli tumani 55-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi 2Sergeli tumani 55-maktab

boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10115470

Annotatsiya. Mazkur maqolada inklyuziv ta'limga qamrab olingan alohida ta'lim ehtiyojlari bo 'lgan bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish metodlari ifodalangan.

Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar, mantiqiy tafakkur, rivojlanish, metodlar, autizm sindromi.

Abstract. In this article, methods of developing logical thinking of children with special educational needs included in inclusive education are expressed.

Keywords: inclusive education, children with special educational needs, logical thinking, development, methods, autism syndrome.

Ma'lumki, bugungi kunda ta'limning barcha bosqichlariga inklyuziv ta'lim shakli joriy etilmoqda. Maktabgacha va maktab ta'limi bosqichida bu nihoyatda keng qamrovli jarayon hisoblanadi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichida umuminsoniy rivojlanayotgan barcha davlat va elatlarda ta'lim aholining barcha qatlamlarini qamrab olgandir. Chunki, davlatning barqarorligi uning olib borayotgan ta'lim islohotlariga bog'liqdir.

2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni o'qitish uchun inklyuziv ta'lim tashkil etildi. Bu esa tajriba-sinov tariqasida 2021-2022 o'quv yilida Respublikamizning viloyat markazlarida bittadan sinflarda ochildi. Tajribamdan shuni ayta olamanki: biz bu guruhdagi bolajonlarni sog'lom muhitga olib kira olamiz, ularni ta'lim olishga, ijtimoiy jamoaga qo'shishga, ularni do'stona muhitga jalb eta olamiz. Buning uchun albatta bu bolajonlarni ota-onalari maktab psixologi, maxsus pedagoglar va birinchi navbatda biz pedagoglar tinimsiz olib borgan izlanishlar va qattiq mehnat evaziga erishiladi. Menga kelgan o'quvchi bolalarning uchalasi ham autistik spektrida buzilishlari bo'lgan bolalar hisoblanadi. Hozirgi kunda bu sindrom haqida ma'lumot ko'paymoqda. Bunday bolalar tortinchoq, uyatchan, introvert va shizofreniyaga moyil bolalarni "g'ayritabiiy bolalar" deyishgan bo'lsa, hozirgi kunga kelib, bunday bolalarni autistik bolalar deyishmoqda. Autizm o'z navbatida "zamonaviy" sindromga aylanib bormoqda, bunga autistik spektrida buzilishlari bo'lgan bolalar haqidagi kinofilmlada ularni "super aql" egalari sifatida ko'rsatish sabab bo'lmoqda.

Hozirgi kunda autizm sindromini medikamentoz davolash usullari o'ylab topilmagan. Lekin, so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, uni «Delfin ovozi» bilan davolash mumkin. Bundan tashqari, ota-onalar pedagog, psixiatr, psixolog, pediatr bilan hamkorlikda bolalar bilan barvaqt shug'ullansalar, ularning xatti-harakatlarini ijobiy tomonga yo'naltirishlari mumkin. Davolash maqsadida ortda qolayotgan jihatlarni korreksiya qilish uchun autism sindromi barcha turidagi bolalarga mos keladigan quyidagi chora-tadbirlarni qo'llash mumkin:

- gapirish qobiliyatini yaxshilash maqsadida logoped bilan mashg'ulotlar olib borish;

- so'zlashish uchun rasmli kartochkalardan foydalanish yoki planshet, kompyuterda so'zlarni yozib o'rgatish;

- mutaxassis va bola bilan har xil o'yinlar o'ynash;

- medikamentoz davo faqatgina qo'shimcha sifatida bolada kuchli agressiya bo'lsagina buyuriladi.

- autistik spektrida buzilishlari bo'lgan bolalarni qanday bo'lsa, shunday qabul qilish kerak. Kattalar buni o'z vaqtida aniqlab, ularni qo'llab-quvvatlashlari zarur.

Autizm sindromi homila ona qornidalik davridayoq uning bosh miyasi rivojlanishida ba'zi oqsillarning yetishmasligi sababli paydo bo'lishi mumkin, degan taxminlar mavjud. Bu xastalikning irsiyat bilan bog'liqligi hali to'liq o'rganilmagan. Amerikalik va fransiyalik olimlar guruhi bosh miya rivojlanishining ilk bosqichlarida hid sezishda ishtirok etadigan o'zak hujayralarni o'rganish zarur, degan xulosaga kelishdi. Chunki, burundan osonlik bilan olinadigan biopsiya surtmasi bu hujayralarni o'rganishda bebaho usul hisoblanadi. Bolaga ota-ona qo'lida bo'lish yoqadimi yo'qmi, tizzada olib o'tirilganda bolaning emotsiyasi, yig'laganda yoki uxlashidan oldin ota-ona bilan muloqotga ehtiyoj sezadimi? Boshqa bolalarga qiziqishi bormi? O'yinlar o'ynashga ishtiyoqi (qo'g'irchoqlarni ovqatlantirish, ovqatlar pishirish, o'yinchoqlar o'ynash, mashina va shu kabilar) bormi? Ko'zlari bilan atrof-olamni kuzatadimi yoki qo'llar harakatini kuzatadimi? Bola ota-ona bilan o'ynashni yoqtiradimi? Barmoqlaringiz bilan ko'rsatayotgan narsalarga (biror-bir o'yinchoq, hayvon kabilar) qaraydimi?

Barcha savollar bolaning atrof-muhitga va odamlarga bo'lgan qiziqishini aniqlashga qaratilgan. Agar 1,5 yoshgacha bo'lgan bolalarda yuqoridagi savollardan ko'pchiligi manfiy bo'lsa, bolani mutaxassisga olib borish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, yuqoridagi reaksiyalar faqatgina autizm uchungina xos bo'lmay, balki bolalarda eshitish qobiliyati yo'qligi, e'tibor yetishmaslik sindromi va shizofreniyaga moyil bolalarda ham kuzatilishi mumkin.

Bu turdagi bolalar bilan ta'lim jarayonida ko'rgazmali materiallar bilan ko'proq ishlansa ularning nutqiy tafakkuri o'sishiga yordam beradi. Bu kabi mantiqiy topshiriqlar o'quvchi uchun qiziqarli bo'ladi va uni jalb qila oladi.

Quyidagi misollarni keltiramiz: "Berilgan rasmda nima bir-birini bog'laydi? Uyg'unlikni toping":

So'roq belgisi o'rniga qanday shakl qo'yiladi?

Shu kabi pedagogik metodlar inklyuziv ta'lim jarayonida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalarni muloqot, sensor integratsiyasi, mantiqiy tafakkuri rivojlanishida metodik yordam beradi.

REFERENCES

1. https://lex.uz/docs/5013007 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-637-sonli "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y.

2. United Nations Children's Fund, Seen, Counted, Included: Using data to shed light on the well-being of children with disabilities, UNICEF, New York, 2021. P.18 https://data.unicef.org/resources/children-with-disabilities-report-2021/

3. https://lex.uz/docs/-5044711 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4860-sonli "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori, Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 14.10.2020-y., 07/20/4860/1383-son

4. Д.А. Маджидова. Актуальные вопросы защиты многодетных и малообеспеченных семей и детей, нуждающихся в социальной защите. - Актуальные вопросы современной педагогики, 2013. - С. 8-10.

5. Д.А. Маджидова, С.Х. Таджиева, Ф. Ахматий. Практическое состояние социальной работы с малообеспеченными многодетными семьями в системе самоуправления граждан. - Молодой ученый, 2012, №10. - С. 296-298.

6. Д. Маджидова. Pedagogical and psychological features of parent-child relations in the families of migrant workers. - Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka, 2021. Vol.1

7. Д А. Маджидова, З.Ш. Мамараимова. Семья как важный фактор формирования здорового мировоззрения. - Молодой ученый, 2013, №5. - С. 738-740.

8. X. Ibraimov, D. Madjidova. Психолого-педагогические факторы детско-родительских отношений в семье. - Science and innovation, 2022. Т.1, - С. 382-385.

9. Madjidova D. Important directions for preventing risks caused by migration in ensuring the strength of families\ International Scientific Journal "Science and Innovation". Series B. Volume 1 Issue 4 2022/7/26 https://scientists.uz/view.php?id=864

10. Madjidova D., Akbarov B. (2021). Analysis of the results of psychological and pedagogical research of labor migrants and their families. Middle European Scientific Bulletin, 12, 440443. Retrieved from https://cejsr.academicjournal.io/index.php/journal/article/view/579

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.