Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILAR NUTQINI KORREKSIYALASH XUSUSIYATLARI'

INKLYUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILAR NUTQINI KORREKSIYALASH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
272
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
nutq / ta’lim tizimi / inklyuziv ta’lim / boshlang‘ich sinf / o‘quvchi / o‘qituvchi / kundalik daftarlar / tovush / korreksiya / individual karta

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Madjidova Dildora Abduxamidovna, Islamova Nilufar Sobirovna

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda inklyuziv ta’limga jalb etilgan o‘quvchilarning nutqini korreksiyalasha oid metodik tavsiyalar bayon etilgan. Mazkur materiallar boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari, logoped-pedagoglar uchun o‘quvchilarning nutqi rivojlanishini tashhislash va korreksiyalashda metodik yordam sifatida xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILAR NUTQINI KORREKSIYALASH XUSUSIYATLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

INKLYUZIV TA'LIMDA O'QUVCHILAR NUTQINI KORREKSIYALASH

XUSUSIYATLARI 1Madjidova Dildora Abduxamidovna, 2Islamova Nilufar Sobirovna

1 O'zPFITI bo'lim mudiri, p.f.f.d.( PhD), katta ilmiy xodim, T.N.Qori Niyoziy nomidagi

2 Toshkent viloyati Yagiyo'l tumani 23-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7991668

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich ta'limda inklyuziv ta'limga jalb etilgan o'quvchilarning nutqini korreksiyalasha oid metodik tavsiyalar bayon etilgan. Mazkur materiallar boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari, logoped-pedagoglar uchun o'quvchilarning nutqi rivojlanishini tashhislash va korreksiyalashda metodikyordam sifatida xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: nutq, ta'lim tizimi, inklyuziv ta'lim, boshlang'ich sinf, o'quvchi, o'qituvchi, kundalik daftarlar, tovush, korreksiya, individual karta.

Birinchi sinf o'quvchilarining og'zaki nutqlarini tekshirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Sentyabr oyining dastlabki haftasida o'qituvchi-logoped birinchi sinfga qabul qilingan barcha bolalarning og'zaki nutqlarining birlamchi tekshiruvini amalga oshiradi va nutq rivojlanishida u yoki bu og'ishlari bo'lgan bolalarni aniqlaydi. Shu bilar birga u tizimli korreksion mashg'ulotlarda qatnashishi zarur bo'lgan o'quvchilarni tanlab oladi. Bu ish o'qish vaqtida kunning birinchi yarmida amalga oshiriladi.

O'quv yilining dastlabki ikki haftasi (2-15 sentyabr) guruhlar va kichik guruhlarni to'liq jamlash uchun ajratiladi, bu guruhlar logopedik punktda joriy o'quv yili davomida shug'ullanadilar. O'qituvchi-logoped logopedik punktga biriktirilgan birinchi sinf o'quvchilarining og'zaki nutqlarini hamda 2-4 sinf o'quvchilarining yozma nutqlarini tekshiradi, o'tgan o'quv yilining may oyida 2-4 sinf o'quvchilari orasidan oldindan ro'yxatga olingan guruhlarni aniqlaydi,

Sentyabr oyining ikkinchi haftasida o'qituvchi-logoped dastlabki tekshirish vaqtida logopedik punkt mashg'ulotlarida qatnashishi uchun tanlab olgan o'quvchilarning og'zaki nutqlarini ikkilamchi chuqurlashtirilgan tekshiruvini amalga oshiradi. O'quvchilarning og'zaki nutqlarini ikkilamchi chuqurlashtirilgan tekshiruvi logopedik xonada kunning ikkinchi yarmida, ya'ni darslardan so'ng o'tkaziladi. Logopedik punktdagi mashg'ulotlar 16 sentyabrdan 15 mayga qadar o'tkaziladi. May oyining oxirgi ikki haftasi (16 maydan 30 mayga qadar) yangi o'quv yili uchun yozish va o'qishda buzilishlari bo'lgan bolalar guruhlarini oldindan jamlash maqsadida 13 sinf o'quvchilarining og'zaki va yozma nutqlarini tekshirish uchun ajratiladi. 4-sinf o'quvchilari boshlang'ich sinfni bitirishlari sababli ular bilan tekshirish o'tkazilmaydi. O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini tekshirishning usul va metodlari "Tovush talaffuzi va uni tahlil qilishga o'qitish bo'yicha individual mashg'ulotlarni tashkil qilish bo'yicha tavsiyalar" bo'limida batafsil berilgan. O'qituvchi-logopedning 2 sentyabrdan 15 sentyabrga qadar va 16 maydan 31 mayga qadar o'tkazilgan barcha tashkiliy ishlari davomat jurnalining tegishli betida qayd etiladi.

Korreksion-ta'limiy ishlar. 15 sentyabrga qadar o'qituvchi-logoped o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlari tekshiruvini yakunlaydi, guruhlar, kichik guruhlarni jamlaydi, individual mashg'ulotlar uchun o'quvchilar sonini aniqlaydi va bular asosida mashg'ulotlar jadvali va har bir guruh bilan istibolli ish rejalarini tuzadi. Mashg'ulotlar jadvali quyidagi vaqt

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

ko'rsatkichlari asosida tuziladi: 1-sinf o'quvchilari bilan mashg'ulotlar davomiyligi - 35 daqiqa; 2-4 sinf o'quvchilari guruhi bilan - 45 daqiqa; kichik guruhlarda - 20-25 daqiqa; individual mashg'ulotlar davomiyligi - har bir o'quvchi bilan 15-20 daqiqa.

Guruhli mashg'ulotlar o'rtasida 10-15 daqiqa, kichik guruhlar orasida - 5-10 daqiqa tanaffus tavsiya etiladi. Mazkur vaqt oralig'ini o'qituvchi-logoped o'quvchilar tomonidan mashg'ulotda bajargan yozma ishlarini tekshirish, yo'l qo'yilgan xatolarni hisobga olish va tahlil qilish, keyingi mashg'ulotlarda ularni to'g'rilash bo'yicha ishlarni rejalashtirish hamda o'z ixtiyoriga ko'ra boshqa ishlar: logoped bolalar guruhini kuzatib qo'yishi va ularni sinflarga olib kirishi yoki aksincha bolalar guruhini yig'ishi (bu birinchi sinf o'quvchilari bilan, ayniqsa 6 yoshli bolalar bilan dastlabki oylarda ishlashda zarur bo'ladi), keyingi mashg'ulot uchun doskani tayyorlash yoki ko'rgazmali va tarqatma materiallarni qo'yib chiqishi va hokazolar uchun foydalanishi mumkin.

Bir kundagi ish soatini logoped logopedik punktga (bir smenali yoki ikki smenali) biriktirilgan maktabning ishlash tartibi, guruhlar va kichik guruhlar soni, filiallarning mavjudligi va boshqalar asosida belgilaydi. Mashg'ulotlardan so'ng logopedik mashg'ulotlarni o'tkazish majburiy sharti hisoblanadi. Uzaytirilgan kun guruhlarida shug'ullanmaydigan bolalar mashg'ulotlarga uydan qatnaydilar. Uzaytirilgan kun guruhlarida shug'ullanadigan bolalarni guruh tarbiyachilari logopedik mashg'ulot jadvaliga asosan kunning ixtiyoriy vaqtida logopedik mashg'ulotlarga yo'llaydilar. Mashg'ulotlar jadvali tarbiyachilarga ma'lum bo'lishi va har bir uzaytirilgan guruhda bo'lishi lozim. Uzaytirilgan guruh tarbiyachilari bola uy vazifasini darhol bajarishi kerakligi yoki ixtiyori y boshqa sabablar tufayli logoped mashg'ulotlariga yubormaslikka yoki ushlab qolishga haqlari yo'q, shuningdek boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchi logopedik mashg'ulotga qatnashish kerakligi yoki kerak emasligini o'zi mustaqil ravishda hal qila olmaydi. Agar logoped bilan bu kabi nizolar yuzaga kelsa, u tarbiyachi yoki o'qituvchining nohoq harakatlari to'g'risida maktab direktoriga, chora ko'rilmagan holatlarda esa xalq ta'limi bo'limi nazoratchiiga bildirgi yozadi.

O'quvchilarning individual kartalari sentyabr oyida birinchi ota-onalar majlisida to'ldiriladi. O'qituvchi-logoped ularni ota-onalarga tarqatadi va ota-onalar kartaning ustki tarafini aniq to'ldiradilar hamda imzolaydilar.

Boshqa varianti ham bo'lishi mumkin. O'qituvchi-logoped o'quvchilar bilan ikkilamchi chuqur tekshiruvlarni o'tkazib, guruhlar va kichik guruhlarni jamlaganidan so'ng, u o'quvchilarning individual kartalarini o'qituvchilarga yoki uzuytirilgan kun tarbiyachilariga beradi. O'qituvchi yoki uzaytitirilgan kun tarbiyachisi individual kartalarni ota-onalarga beradilar. Ota-onalar individual kartalarni to'ldirganlaridan so'ng o'qituvchi yoki uzaytirilgan kun tarbiyachisiga, yoki bevosita logopedga qaytarib berishlari mumkin.

Bu bir tarafdan o'qituvchiga o'z o'quvchisining erta nutq rivojlanishi o'zi xos xususiyati bilan tanishishiga va unga nisbatan tushunish bilan yodashishiga va boshqa tarafdan, u bolalarning logopedik mashg'ulotlarga qatnashishlarini nazorat qilishga jiddiy munosabatda bo'lishiga yordam beradi.

O'quvchi ishini baholashda uning yo'l qo'ygan xatosini topa olishi va mustaqil to'g'rilay olishi katta rol o'ynaydi. Agar bola o'z xatosini mustaqil topa olsa va uni to'g'rilasa, unda bu xatoni hisobga olmaslik mumkin. O'quvchi ishini baholashga bunday yondashish katta psixologik va tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki logopedik mashg'ulotlarga qatnaydigan bolalar o'z sinflarida ko'pincha qoniqarsiz baholar oladilar. Bir tomondan ularning ishlarini bunday

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

kompleks va yumshoq baholash bolalarni ma'nan qo'llab-quvvatlaydi. O'z kuchlariga ishonchni qaytaradi, boshqa tomondan - bolalarni o'z ishlarini diqqat bilan tekshirishga o'rganadilar, yo'l qo'yilgan xatolarini topish va to'g'rilashga intiladilar, ularning o'quv faoliyatlari rag'batlantiriladi. Shuning uchun o'qituvchi-logoped o'quvchiga u yoki bu bahoni nima uchun qo'yganligini albatta tushuntiradi. Logopedik mashg'ulotda "ikki" baho qo'yilishi tavsiya etilmaydi. Odatda, uy vazifalari berilmaydi.

Ish daftarlari logopedik punktda guruhlar bo'yicha maxsus papkalarda saqlanadi. Nazorat daftarlari ulardan alohida saqlanadi. Mazkur daftarlar "Umumiy nutq kartalari"ga qo'shimcha hisoblanadi, chunki o'quvchilarning yozma nutqlari holatini aks ettiradi va ular tomonidan korreksion materialni o'zlashtirish darajalari to'g'risida tasavvur hosil qiladi.

Tovush talaffuzini korreksiyalash bo'yicha individual mashg'ulotlar uchun kundalik daftarlar faqatgina bu ishlar olib boriladigan o'quvchilar uchungina yuritiladi. Kundalik daftarlarda logoped mashg'ulot o'tkazilgan sana, uning mavzusi, leksik material, uyga topshiriq yoziladi. O'quvchilar o'z kundalik daftarlarini uyda saqlaydilar va har bir mashg'ulotga o'zlari bilan olib keladilar.

Mashg'ulotlar jadvalini (ikki nusxada) o'qituvchi-logoped sentyabr oyida guruhlar jamlanganidan so'ng tuzadi. Mashg'ulotlar jadvalining har ikki nusxasi logopedik punkt joylashgan maktabning direktori tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan jadvalning bir nusxasi uni imzolagan maktab direktorida, ikkinchi nusxasi esa logopedik punktda qoladi.

REFERENCES

1. Листа М.И. Общение и психика ребенка / Под ред. А.Г. Рузской. М.; Воронеж, 1997.

2. Ромашина С. Я. Дидактическое коммуникативное воздействие учителя -форма управления учебной деятельностью класса. Барнаул, 2000.

3. Ромашина С.Я., Майер А. А. Фасилитативная педагогика. Барнаул, 2011.

4. Madjidova D. A. Oila - ta'lim muassasasi - mahalla hamkorligi - sog'lom dunyoqarashga ega avlodni shakllantirishning muhim omili sifatida/ jurnal «Pedagogika», 2021, №3. - B. 12-14.

5. Madjidova D. A. Shaxs ijtimoiy faolligini shakllantirishda xalq o'yinlarining pedagogik imkoniyatlari/ "Oilalarda ona va bola munosabatlarini barqarorlashtirishning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 2021-yil 25-oktabr. - B. 78-80.

6. Madjidova D.A., Meledjayev A. X., Shodmanxodjiyeva I. N. Iqtidorli bolalar bilan ishlashda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish/ jurnal "infoCOM.UZ". 2016. №8. - B. 60-64.

7. Маджидова, Д. А. Актуалные вопросы защиты многодетных и малообеспеченных семей и детей, нуждающихся в сотсиалной защите / Д. А. Маджидова. // Актуалные вопросы современной педагогики: материалы ИИИ Междунар. науч. конф. (г. Уфа, март 2013 г.). — Т. 0. — Уфа: Лето, 2013. — S. 8-10. — URL: https://moluch.ru/conf/ped/archive/68/3567/.

8. Маджидова, Д.А. Практическое состояние сотсиалной работы c малообеспеченными многодетными семями в системе самоуправления граждан / Д. А. Маджидова, С. Х. Таджиева, Фарида Ахматий. — Текст:

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

непосредственный // Молодой ученый. — 2012. — № 10 (45). — S. 296-298. — URL: https://moluch.ru/archive/45/5504/ 9. Madjidova D. Pedagogical and psychological features of parent-child relations in the families of migrant workers. - Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka, 2021. P. 197-202.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.