JffiTALQINVA 1
\-/TADQIQOTLAR No3 2022
«Cl
ilmiy-uslubiy JumaH
rvm vrini л u\i\y: m\iTik_r:ií л mm a i ik ti xiiinyiia i Л ШМ
O'QUVCHILARNING FONETIK-GRAMMATIK TUSHUNCHALARINI
#
>
SHAKLLANTIRISHDA TA'LIMIY O'YINLARDAN FOYDALANISH
\ )> •:>
Atayeva Malohat
Urganch davlat universiteti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedгasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7240236
P-<\ > Cj )><#
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning fonetik-gгamшatik tushunchalaгini shakllantirishda ta'limiy o'yinlaгdan foydalanish yo'llaгi haqida so'z yuгitiladi. Unda biг qatoг ta'limiy o'yinlarni o'tkazish metodikasi ko'rsatib beгiladi.
Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, ta'limiy o'yin, fonetik-grammatik tushuncha, "So'z o'yini", "Harflarni o'zgartiгib, so'z tuzing!", "Bir so'z bilan javob
„¡rntinl," «Ta.Vnri I " "Ma+A',,'^ Ulm«; + I "
top", "So'zlarni guгuЫarga ajгatish", "Teskari so'zni top!", "Noto'g'ri belgini top!",
>
*
"So'z zanjiri" o'yinlari.
3*ф> »
Boshlang'ich ta'lim ta'lim oluvchilarda umumiy o'гta ta'limni davom ettirish
ïw -
uchun zaгuг bo'lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko'nikmalar asoslaгini shakllantiгishga qaгatilganligi qayd etilgan. Zero, boshlang'ich ta'lim Vatanimizning kelajagini buyuk davlat daгajasiga ko'taгadigan ijodkoг shaxsni yaгatishda mustahkam poydevoг гo'lini o'ynaydi. Bugungi kunda uzluksiz ta'limning baгcha bosqichlari isloh qilinar ekan, ulardagi mazmun ham mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashga yo'naltiriladi. Oliy Majlisga Muгojaatnomasida O'z R Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev shunday deydi: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini baгpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beгuniylaг, Ibn Sinolaг, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani гivojlantiгish, sog'lom tuгшush taгzini qaror toptiгish, ilmfan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim" [1]
Ona tili maktabda o'quvchining kamol topishida, fikrlash darajasining o'sishida, bilim va mehnatga havasini uyg'otishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tilidan olib boriladigan barcha mashg'ulotlar tizimi shunday qurilishi kerakki, bu tizim o'quvchilarda ona tiliga muhabbat, o'z yurtiga, xalqiga mehr, Vataniga cheksiz hurmat va sadoqatni o'stirishi zarur.
Boshlang'ich ta'lim davlat nonnnini hayotga tatbin etishda muhim bosnich
Boshlang'ich ta'lim davlat qonunini hayotga tatbiq etishda muhim bosqich
_______J____________________•
hisoblanadi va unda ona tili o'qitish asosiy o'rin egallaydi. "Boshlang'ich ta'limning
-О--И- >
15
is* » J
JffiTALQINVA *<il]
WTADOKOTLAR
samaradorligini ta'minlashda o'qituvchining shaxsiy sifatlari va pedagogik kasb
mahorati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi barcha pedagogik -psixologik vositalarni qo'llagan holda kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda yaxlit tarzdagi o'quv faoliyatini shakllantira olishi kerak". [2.B.14]
Ona tili fani shunchaki fonetik-grafik va grammatik tushunchalarni bir yoqlama shakllantirish vazifasini bajarmaydi, balki o'quvchilarni badiiy til vositalari bilan
ta'minlashi, ularda go'zal nutq madaniyatini tarbiyalashi. Og'zaki va yozma nutqini
^^ ^ ^ - - - i )
o'stirishi, fikr -mulohazalarini ifodali bayon etishga o'rgatib borishi zarur.
J o o
O'quvchilar har bir ilmiy-nazariy tushunchani amalda qo'llay olishlari uchun ona tili mashg'ulotlarida samarali mashqlar tizimi qo'llanib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Ona tili o'qitish metodikasida o'quvchilarning savodini chiqarish, grammatik tushunchalarini shakllantirish, ularning nutqiy va imloviy savodxonligini oshirishda qo'llaniladigan usullar, mashqlar variantlari ko'p. Fonetik-grammatik, orfografik tushunchalarni mustahkamlash, nutqiy malakani mukammal shakllantirishda metodika fanidan belgilangan mashqlar qatorida ta'limiy o'yinlar muhim o'rin tutadi. p.R42]
Ta'limiy o'yin mashqlari ma'lum talab asosida berilib, mavzu yuzasidan o'quvchini amaliy faoliyatga yo'naltira oladigan ta'limiy materialdir. Ular har bir
»
m?
mavzu doirasida shu mavzuni ongli o'zlashtirish, mavzu yuzasidan o'qituvchining olgan bilimini mustahkamlash va sistemaga solish, og'zaki va yozma nutq malakalarini o'stirish maqsadida beriladi.
Ta'limiy o'yinlarning boshqa mashq turlari (ko'chirib yozuv, tahlil, diktant, bayon, insho) dan farqi shuki, bunda, bir tomondan, o'quvchilarning zerikishi, charchog'iga barham berilsa, ikkinchi tomondan, bolalarning fikrlash jrayoni
---------o "O" -----------------------3 "*-------------------------- ? -----------O ------—---— J--J ~ —
opl"\nrli miimnrnn Kol ml nnrrnn mn I ol^ ol orn 1 n ex mnrnnonl n nn I/I I nnioni ap Anl no nn/11
tezlashadi, muayyan belgilangan malakalarning mufassal shakllanishi osonlashadi.
Boshlang'ich sinflar ona tili dasturidagi har bir mavzu bo'yicha muayyan shakldagi ta'limiy o'yinni tashkil qilish mumkin. O'qituvchi, avvalo, ta'limiy o'yinning ta'limiy-tarbiyaviy maqsadini belgilab, o'yinga kerakli materialni tayyorlab, o'quvchilarga ta'limiy o'yinni o'tkazish tartibini aniq tushuntirib berishi, ta'limiy o'yinni o'zi boshqarib borishi, o'quvchilarning xatolarini yo'l-yo'lakay tuzatib borishi kerak. O'yin oxirida tegishli xulosalar chiqarib, qo'yilgan ballar e'lon
tW
qilinadi.
Ta'limiy o'yinning asosiy mohiyati shundaki, kattalar tomonidan bolalarga
o'yin shaklida aqliy vazifani bajarishni hal etish vazifasi topshiriladi. Buning asosiy
<i 1 > «i^ \ maqsadi bolalarning bilishga bo'lgan qiziqishini shakllantirishni faollashtirishidir.
iw-
>*
Bilim berishda ta'limiy o'yinlardan bilimlarni mustahkamlashdagina emas, balki ta'lim shakli sifatida ham keng foydalaniladi.
:>q> q >■:>
• > >
>q ] - > >
U>,* ^ «KQs
JffiTALQINVA 1
\-#TADOIOOTLAR No, 2022
№3 2022
ilmlyusluWyjumali
»
Miiiif-iwuuif juiiian
1 ]JML 'm 's
Boshlang'ich sinflarda fonetikaga doir unli, undosh tovushlar va harflar
mavzusini o'rganishda quyidagi ta'limiy o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi:
1-o'yin - "So'z o'yini". Qaysi tovush yoki harf so'zlarning ma'nosini o'zgartirishga xizmat qilyapti?
1-variant - og'zaki ravishda. Bunda o'qituvchi navbat bilan so'zlarni og'zaki ayta boshlaydi: o'quvchilar qo'l ko'tarib so'zlarning ma'nosini o'zgartirayotgan tovushni aytishadi va ma'nosi o'zgarayotgan so'zlar ishtirokida og'zaki gaplar
, о , о о о Г-
tuzadilar.
2-variant - yozma ravishda. Bunda ikki guruhdan iborat o'quvchilar musobaqa tarzida doskada yozilgan so'zlarning ma'nosini o'zgartirayotgan harfning tagiga chizib borishadi.
Til, tin, tir, tiz, tim, tish, to'l, to'r, to'n, to'p, to'y, to'k, to's, tom, ton, tol, tosh, tob, tog', tor, toj, toy, tok, top, tot, tut.
2-o'yin. "Harflarni o'zgartirib, so'z tuzing!"
1-variant - og'zaki ravishda. Bunda o'qituvchi so'zni og'zaki ayta boshlaydi: o'quvchilar bir so'z tarkibidagi unli yoki undosh tovushni o'zgartirib yangi so'z topishib, bu so'zlar ishtirokida og'zaki gaplar tuzadilar.
2-variant - yozma ravishda. Bunda doskaga so'zlar qator qilib yozib qo'yilgan bo'ladi. Ikki guruhdagi o'quvchilar unli yoki undosh harflarni o'zgartirib, yangi so'zlar tuzib yozadilar. O'yin musobaqa shaklida o'tkaziladi. Unlilarni o'zgartirish. Kun: ko'n, kon.
Ko'z: kuz, kar, kor, ker.
Dil: do'l, dol. Pichoq: pachoq, po choq, puchuq. Undoshlarni o'zgartirish. Moy, toy, loy, boy, voy, joy, poy, soy, choy. Til, dil, bil, jil, zil, yil, fil, shil, qil. Bir harfni olib so'z tuzish. Qo'y ( o'y) Kalla ( alla) Toy (oy) Karra ( arra)
So'zlarga harf qo'shib yangi ma'noli so'zlar toping vva ular ishtirokida gaplar
*
tuzing: Alla ( salla) ayiq (qayiq) Ayron (hayron) asal (kasal)
Boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe'l) bilan umumiy tanishtirilgandan so 'ng bar bir leksik-grammatik guruh alohida o 'rganiladi. Bu so 'z turkumlarini o 'rganishning boshlang 'ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy
i71 r \
Ш *4J>
JffiTALQINVA 1
\-#TAD0I0OTLAR No, 2022
№3 2022
ttmty-usJubtv jurttali l"-,J
»
miiif-iwuuif juiiian
j vM..
tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Dasturga ko'ra, boshlang'ich sinfda
so'zlar dastlab javob bo'ladigan morfologik so'roqlariga qarab guruhlanadi. 3-sinfda "So 'z turkumi " tushunchasi shakllantiriladi.
Grammatik tushunchalar bo'yicha o'quvchilar 1-sinfdan boshlab nazariy ma'lumotlarga ega bo'la boshlaydilar. Ya'ni shaxs va narsa nomlari, narsalarning belgisi, narsalarning harakati kabi ma'lumotlarni o'rganish jarayonida ularda grammatik tushunchalar shakllantirishga asos solinadi.
Boshlang'ich sinflarda grammatik tushunchalarga oid quyida ta'limiy
O O O 1 J J
o'yinlardan samarali foydalanish mumkin.
Mavzu: Narsa va shaxs nomini bildirgan so'zlar 1-o'yin. "Bir so'z bilan javob top" o'yini Beshik tebratib aytiladigan qo'shiq... - alla. Daraxtni bo'laklarga ajratadigan asbob...- arra. Ko'paytirish jadvali... - karra. Bolalar qog'ozdan yasab uchiradigan narsa...- varrak. Kuch so'zining sherigi... - quvvat. Rasm chizuvchi kasb egasi... - rassom. Don hosili... - g'alla.
Chollar tayanadigan tayoq... - hassa.
2-o'yin. "So'zlarni guruhlarga ajratish" o'yini.
1-variant. (og'zaki ravishda)
O'qituvchi so'zlarni navbat bilan aytib turadi, o'quvchilar nima? so'rog'iga
1 q\V\r»'1rran cn'vlarm É»eVii+rranr1 a carm uarariQn 1 Vim9 cr»'rr»rr'i rra 1 a\V\r»'1rran
javob bo'lgan so'zlarni eshitganda sariq varaqani, kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni eshitganda ko'k varaqani ko'taradilar. I
J T mn onf ÎTrA^mn roi 71 r hn n \
2-variant. (yozma ravishda) So'zlar yozilgan varaqalar alohida stolga aralashtirilgan holda ochiq qilib qo'yiladi. O'quvchilardan tuzilgan ikki guruhning biri nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni, ikkinchisi kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni "Kim oldin
m
yozish" sharti bilan doskaga yozib boradilar.
Mavzu: Narsa va shaxs harakatini bildirgan so'zlar
"Teskari so'zni top!" o'yini.
1-variant. (og'zaki ravishda)
O'yin uchun so'zlar:
Suv: oqadi - to'xtaydi.
Kun: isiydi - soviydi.
Qush: uchadi - qo'nadi.
Daraxt: ko'karadi - quriydi.
Bola: uxlaydi - uyg'onadi.
Oy: ko'rinadi - bekinadi.
-^OTIœr^- „I > I
JffiTALQINVA 1
\-/TADQIQOTLAR No3 2022
ilmiy-uslubiy jumali "
M3
nniiy-UMUUlf juilion
Mavzu: Narsa va shaxs belgisini bildirgan so'zlar "Noto'g'ri belgini top!" o'yini. Qizil taom (shirin)
Oq qarg'a (qora)
Shirin gul (qizil) Mavzu: Ot - so'z turkumi. "So'z zanjiri" o'yini.
O'yin tartibi: 5 - 6 ta o'quvchi doska oldiga tiziladi. Boshlovchi o'yin shartini tushuntiradi va narsa nomini bildirgan so'zni aytadi, navbatdagi o'quvchi bu so'zing oxirgi tovushi bilan boshlanadigan otni aytadi. To'xtalib qolgan o'quvchi o'yindan chiqadi. Namuna: Ayiq - qarg'a - asal - lola - ariq - qalam - maktab - bola - alla -arra - alam - mashina - adolat - tandir - ruchka - ayoz....
"So'z tarkibi" ga oid mavzularni mustahkamlashda ham ta'limiy o'yinlar samarador bo'ladi. Xususan, "O'zak va o'zakdosh so'zlar" mavzusini o'rganishda "O'zakni top" o'yini qo'llanilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
O'yin tartibi: Doskaga ikki ustunda o'zakdosh so'zlar yozilgan bo'lib, ikki guruhda tizilgan o'quvchilar musobaqa tarzida birin-ketin o'zaklarni belgilaydilar. Shartni oldin bajargan guruh rag'batlantiriladi. O'yin uchun so'zlar: Gulchi ishchi Ishla guldon "Tartibga so1" o'yini.
O'yin tartibi: Doskaga o'zak va o'zakdosh so'zlar yozilgan bo'ladi. O'quvchilar
shu so'zlarning ichidan o'zak va o'zakdosh so'zlarni topib o'zakni bir ustunga,
o'zakdosh so'zlarni ikkinchi ustunga tartib bilan yozib chiqadilar. Shartni to'g'ri
bajargan guruh ragatlantiriladi.
O'yin uchun so'zlar: sinf, bosh, gul, do'st, ...
Namuna: o'zak o'zakdosh s o'zlar • ^ • ^ 1
sinf sinfdosh
m
1
3-sinfda "So'z yasovchi qo'shimchalar" mavzusi o'rganilganda esa quyidagi ta'limiy o'yinlardan foydalanish mumkin. "So'z yasa" o'yini
O'yin tartibi: O'yinda boshlovchi va 3-4 nafar o'quvchi ishtirok etadi.
1-variant. Boshlovchi o'zakni aytgach, o'quvchilar navbati bilan so'z yasaydilar. _ >
2-variant. Boshlovchi har bir o'quvchiga yasovchi qo'shimchalardan birini aytadi, o'quvchi mustaqil holda bu qo'shimchaga mos o'zakni qo'shib so'z yasaydi. So'zlarni yasay olmagan o'quvchi o'rnini boshqa o'quvchi egallaydi.
Ko'rinadiki, boshlang'ich sinf ona tili darslarida ta'limiy o'yinlardan fo'ydalanish o'rganilayotgan tushunchaning oson o'zlashtirilishiga yordam beradi.
»
m ^ » i>
I
iw
и»
TALQIN VA TADQIQOTLAR
ilmiy-uslubiy jumali
№3 2022
TS* >>
Ы J> 1
~ï J 4 t
mi . )>j»
*
>4>
J
>3* j)>j*
O'quvchilarda olgan bilimlarini amalda tezkorlik bilan qo'llay olish salohiyatlarini shakllantiradi.
Ta'limiy o'yinlarni tanlashda o'yinning ta'lim jarayoni bilan uyg'unlashishiga, ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga, o'quvchilarning faolligi va tashabbuskorligi hamda ijodiy qobiliyatini o'stirishga alohida ahamiyat beriladi.
Ta'limiy o'yinlar nafaqat o'quvchilarning bilimini tekshirishda, balki ularni darsga qiziqtirish uchun ham qo'llanadi. Ta'limiy o'yinlarni o'tkazishda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. O'yinlar mavzuga mos bo'lishi va o'quvchilarni zeriktirib qo'ymasligi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.- https://president.uz/uz/lists/view/4057
2. Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi// "Boshlang'ich ta'lim, 1998 -yil, 6-
son.
3. Yoqubov Sh.Mustafoqulov.R Grammatik o'yinlar orqali o'quvchilarni faollashtirish// Yigirma birinchi asrda o'zbek tili ta'limi masalalari. -T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.
Ы )> Ы*
ы>
} >5>
Ы )
! >>>
Ы )>
] >4>
Ы >
Щ
Ш>
i >p
Ы j>
Ы >
i >j>
Ы >
-^fV-liT }»--^SfV-^ï f.—
20
jW^ У
q ж**
ЩУ>
!> jjh
д
Ыщ
* I |>
Ют
s1 >i#;
3 Й*'
Ы:>
q >j#
Ы >
?
^и > Ы >
ЦМ >
Ц >р
|:Н> Ы >
q
Щ >
q iHo-