Научная статья на тему '"AUTIZMI BO‘LGAN BOLALAR BILAN ISHLASH TAJRIBALARI (XORIJIY ADABIYOTLAR TAHLILI ASOSIDA)"'

"AUTIZMI BO‘LGAN BOLALAR BILAN ISHLASH TAJRIBALARI (XORIJIY ADABIYOTLAR TAHLILI ASOSIDA)" Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
104
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
autizm / simptom / psixik funksiyalar / buzilishlar / stereotip / reaksiya / ota-onalar / ta’sir / ko‘nikma / o‘zaro harakatlanish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxayo Shurniyazovna Yaxnyayeva

Mazkur maqolada mualliflar autizm atamasiga ta’rif bergancha, uning simptom sifatidagi ta’siriga e’tibor qaratganlar, bu sindromning ertak bolalikdagi xarakterli xususiyatlarini yoritib berganlar. Autistik spektridagi buzilish yuzasidan xorijiy olimlarning qarashlarini o‘rganib chiqib, bu toifadagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha turli xorij davlatlarida qo‘llaniladigan tahsil usullari keltirilgan. Adabiyotlar tahlili asosida mualliflarning tavsiyalari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «"AUTIZMI BO‘LGAN BOLALAR BILAN ISHLASH TAJRIBALARI (XORIJIY ADABIYOTLAR TAHLILI ASOSIDA)"»

"AUTIZMI BO'LGAN BOLALAR BILAN ISHLASH TAJRIBALARI (XORIJIY ADABIYOTLAR TAHLILI ASOSIDA)" Muxayo Shurniyazovna Yaxnyayeva

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, Toshkent shahri Dilafruz Baxtiyorovna Saparova, RBIMM Qarshi mintaqaviy filiali, Qarshi shahri muhayyo_05@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10115961

Annotatsiya. Mazkur maqolada mualliflar autizm atamasiga ta'rif bergancha, uning simptom sifatidagi ta'siriga e 'tibor qaratganlar, bu sindromning ertak bolalikdagi xarakterli xususiyatlarini yoritib berganlar. Autistik spektridagi buzilish yuzasidan xorijiy olimlarning qarashlarini o'rganib chiqib, bu toifadagi bolalarni o'qitish va tarbiyalash bo'yicha turli xorij davlatlarida qo'llaniladigan tahsil usullari keltirilgan. Adabiyotlar tahlili asosida mualliflarning tavsiyalari berilgan.

Kalit so'zlar: autizm, simptom, psixik funksiyalar, buzilishlar, stereotip, reaksiya, ota-onalar, ta'sir, ko'nikma, o'zaro harakatlanish.

Abstract. In this article, defining the term autism, the authors focused on its influence as a symptom and highlighted the characteristic features of this syndrome in early childhood. Having studied the views of foreign scientists on autism spectrum disorders, educational methods used in different foreign countries for teaching and raising children in this category are presented. The authors' recommendations are based on an analysis of the literature.

Keywords: autism, symptom, mental functions, disorders, stereotype, reaction, parents, influence, skill, interaction.

Kirish. Texnika taraqqiy etgan bugungi kunda ota-onalarning "Bolam hammaga o'xshagan bola, lekin ba'zi harakatlarni takrorlayveradi... bolamga shovqin sirayam yoqmaydi, asabiy bo'lib qoladi", degan gaplarini eshitib qolamiz. Bu ota-onalarning bola rivojlanish xususiyatlarini, ba'zi tashhislarning qanday namoyon bo'lishini bilmasliklaridan dalolat beradi. "Oila va xotin-qizlar" ilmiy tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilayotgan "Oilada imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim-tarbiyasi va rivojlanishiga oid ota-onalarning pedagogik savodxonliklarini oshirish" mavzusidagi qisqa muddatli ilmiy tadqiqot loyihasi doirasida alohida ehtiyojli bolalarning ota-onalari bilan so'rovnomalar o'tkazildi, bu toifadagi bolalar bilan ish tajribalari o'rganilib, tahlil qilish asosida bugungi kunda mazkur masala haqida ma'lumotlarni ommalashtirish zarurati muhim ahamiyatga egaligi oydinlashdi. Shu sabab biz maqolamizda autizm atamasining kelib chiqishi, bu boradagi ilmiy qarashlarga qisqacha to'xtaldik.

Autizm atamasi ostida "Reallikdan uzilish, odamovilik, tashqi ta'sirlarga reaksiyaning yo'qligi yoki reaksiyaning aqlga to'g'ri kelmasligi, passivlik va atrof-muhit bilan aloqalardagi o'ta noziklik" tushuniladi. Autizm simptom sifatida yetarlicha ko'p psixik buzilishlarda uchraydi, biroq ba'zi holatlarda u juda erta (bola hayotining dastlabki yillari va hatto oylarida) namoyon bo'ladi, klinik qiyofada markaziy, yetakchi o'rinni egallaydi va bolaning butun psixik rivojlanishida og'ir salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu holatda klinik modeli o'ziga xoslik - psixik rivojlanishning noto'g'ri - buzilgan varianti hisoblanadigan erta yoshdagi bolalar autizmi sindromi (EBA) to'g'risida so'zlash o'rinli bo'ladi. EBA da alohida psixik vazifalar patologik jihatdan tezkor rivojlangan bir vaqtda ba'zi psixik funksiyalar o'ta sekin rivojlanadi. Demak, ko'pincha gnozis rivojlanishi praksisdan ilgarilab ketadi (me'yoriy psixik rivojlanishda aksincha

bo'ladi), ba'zida esa yoshga ko'ra boy lug'at zaxirasi nutqning butkul rivojlanmagan kommunikativ vazifasi bilan uyg'unlashib boradi.

Tadqiqot ob'ekti. Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan qabul qilingan mezonlarga ko'ra shaxsda autistik buzilish bo'lganida quyidagilar kuzatiladi:

S ijtimoiy o'zaro harakat sohasidagi sifatga oid buzilishlar;

S muloqotga qobiliyatning sifatga oid buzilishlari;

S faoliyatni turlari va qiziqishlariga nisbatan cheklangan takrorlanuvchan va stereotipli axloq modeli. L.Kanner fikriga ko'ra, EBA sindromining asosiy belgilari simptomlar uchligi hisoblanadi:

- autistik kechinmalar bo'lgan autizm;

- savdoyilik elementlari bo'lgan stereotipli, bir xildagi axloq;

- nutqiy rivojlanishning o'ziga xos buzilishi [4. 7-8].

Autizm 3-5 yoshda birmuncha yaqqol namoyon bo'ladi va erta yoshdagi xarakterli ko'rinishlar deb quyidagilarni aytish mumkin bo'ladi: autistik sindromi bo'lgan bola, ayniqsa, boshqa odamlar yuzi, chehradagiboshqa qismlarga nigohini qayd qilmaydi, bevosita ko'rishga oid "ko'z-ko'zga" nigohlar aloqasiga chidash bermaydi; dastlabki jilmayish garchi o'z vaqtida paydo bo'lsa-da, aniq kimgadir yo'naltirilmaydi, boshqa odamlarning kulgusi, shodligi, boshqa affektiv reaksiyalari bilan qo'zg'almagan bo'ladi; atrofdagilarga indifferent munosabatda bo'ladi: karavot, manej, aravachada qolishni afzal ko'rgancha qo'llariga olishlariga intilmaydi, qo'lga olganda moslashmaydi, qulay pozani tanlamaydi, bezovtalanadi; tayyorlik pozasini namoyish qilmaydi yoki uni juda so'lg'in namoyon etadi; ayni vaqtda hammaga qo'liga olishi uchun oson boradi; o'zining yaqinlarini taniydi, ammo bunda u yetarlicha boy va davomli hissiy reaksiyani namoyish qilmaydi; autizmi bo'lgan bola erkalashlariga g'ayrioddiy munosabatda bo'ladi: ba'zida loqayd (unga chidaydi) yoki hatto xush ko'rmaydi, biroq hatto agar yoqimli hissiyot va kechinmalarni his qilsa-da, unda tezda charchaydi; noqulaylik lahzalariga munosabat (masalan, ovqatlanish tartibining buzilishi) paradoksal bo'ladi: autistik spektrdagi bola yoxud ularga bardosh bermaydi, yoxud ularga befarq bo'ladi; boshqa odamlar bilan aloqaga ehtiyoj ham paradoksal: bir holatda bola bunday ehtiyojni his qilmaydi yoki tezda to'yib qoladi, aloqadan qochishga harakat qiladi; hiyla og'ir holatlarda aloqaga (ayniqsa, taktil) befarq, so'lg'in munosabatda bo'ladi.

Autizmi bo'lgan shaxslarga yordam tizimi dastlab XX asrning 60-yillarida AQSh va G'arbiy Yevropada shakllandi. Biroq shuni ta'kidlash kerakki, Yevropada (dunyoda) autistik bolalar uchun ilk maktab hisoblanmish Sofienskole Daniyada 1920 yili ish boshladi, bu vaqtda na psixiatriyada, na maxsus pedagogikada bolalar autizmi tushunchasi hali shakllanmagandi.

Bundan tashqari, EBA bo'lgan bolalarga yordam ko'rsatish tizimining rivojlanish tarixini 50-yillarning oxirida paydo bo'lgan, deb hisoblash mumkin. Chunki psixotahlilning turli-tuman variantlari tamoyillariga asoslangan tarzda faoliyat yurituvchi kam sonli xususiy korxonalar aynan shu yo'nalishda ish olib bordilar. Ma'lumki, EBA psixotahlil nuqtai nazarida bola va atrof olam, avvalo, bola va ona (psixoanalitiklar fikriga ko'ra, o'zining ustun, shafqatsiz, sovuq faolligi bilan bolaning o'z faollini rivojlantirishini bostiradigan "ona - muzlatkich") o'rtasidagi nizo oqibatining o'zidir. Bu fikrlar tasdiqlanmadi, biroq ular autizmi bo'lgan shaxslar manfaatlarini taqdim etish huquqiga ega bo'lgan, autisit farzandi bor ota-onalarni birlashtiruvchi jamoatchilik tashkilotlarini yaratishni tezlashtirdi (Angliyada 1962 yil, AQSh da 1965 yil).Aynan ota-onalarning jamoatchilik birlashmalari ko'plab mamlakatlarda davlatni o'zlarining autistik fuqarolarini ularning

imkoniyatlariga barobar bo'lgan tahsil olishga konstitutsion huquqlarini amalga oshirish yuzasidan o'z majburiyatlarini bajarishga majburladi.

Bunda iqtisodiy omil juda katta rol o'ynadi, chunki autistik spektrida buzilishi bo'lgan bolalarni o'qitish va tarbiyalash (ayniqsa, boshlang'ich va ba'zida o'ta uzoq muddatli bosqichda) individual ishni talab qiladi, bu esa ta'lim xizmatlarining narxini keskin qimmat bo'lishiga olib keladi. Nyu-Jersi shtatining rasmiy hujjatlari ma'lumotlariga ko'ra bir yilda bitta autistik spektrida buzilishi bo'lgan bolani o'qitish 29 ming dollarga tushadi, oddiy bolani ommaviy maktabda o'qitish esa 10 ming dollarni tashkil etadi.

Muhokama. Autizmi bo'lgan shaxslarga yordam ko'rsatish tizimini yaratish to'g'risidagi qaror inson huquqlari pozitsiyasidan qabul qilinmasligi mumkin emas, biroq iqtisodiy omil ahamiyatli (ehtimol eng muhimi) bo'ladi. Shunda ko'ndalang turgan bitta: "Butun hayoti davomida og'ir psixik nogironligi bo'lgan autistik bolaga nafaqa to'lash qimmatmi yoki uning yashashini eng past darajada maqbul sharoitlarda ta'minlash yoki uni hayotga nisbatan faol a'zosi qilish kerakmi?" deguvchi savol autizmi bo'lgan bolalar va o'smirlarni maxsus o'qitish va tarbiyalash foydasiga hal qildi. Nazariy jihatdan bu, biroq bitiruvchilarning psixotik darajada chiqishini yetarlicha yuqori foizli sharoitida, ya'ni imkoniyat darajasida mustaqil hayot kechirish darajasida chiqarish foydaliroq. Bolalar autizmiga tatbiqan ta'lim iqtisodida "limit belgilaydigan omil"ni, o'z navbatida, korreksion ta'lim jarayonini uslubiy va tashkiliy ta'minlash jarayoniga bog'liq bo'ladigan ta'lim samaradorligi omili aks ettiradi. Uslubiy planda EBA korreksiyasiga yondashuvlar AQSh, Yaponiya va G'arbiy Yevropa mamlakatlarida o'ta turli-tuman. Buyuk Britaniyaning Milliy autistik jamiyati (National autistic society, NAS) ning "Autizm korreksiyasiga yondoshuvlar) (1995) spravochnigi yetmishdan ortiq bandni o'z ichiga oladi, garchi beshtadan ko'p bo'lmagani, birinchi navbatda, operant ta'lim (bixeyvorial psixologiya asosida) va dastur amaliy ahamiyatga ega.

Operant tahsil (axloqiy terapiya) AQSh va boshqa ba'zi mamlakatlar (Norvegiya, Janubiy Koreya, qator arab mamlakatlari, ba'zi darajada Germaniya) da yetarlicha keng tarqalgan. Usul o'ta turli-tuman aspektlarda: ijtimoiy-maishiy rivojlanish, nutq, o'quv predmetlari va ishlab chiqarish malakalarini egallashda istalgan axloqni shakllantiruvchi tashqi sharoitlarni yaratishni ko'zda tutadi.Tahsil asosan individual tarzda olib boriladi. Usul samaradorligi rasman ancha yuqori: 50-60 % gacha tarbiyalanuvchilar ommaviy maktablar dasturlarini o'zlashtirishga qodir bo'ladilar, o'zlarining yashashlari uchun yetarlicha muvaffaqiyatli ishlash imkonini oladilar, alohida holatlarda esa hatto kollej va universitetlarga kirib, o'qiydilar. Shu bilan birgalikda, tahsil davomida olingan malakalar qiyinchilik bilan boshqa sharoitlarga o'tkaziladi, rigidli, kam yoki ko'p darajada mexanik, "robotga o'xshash" xarakter kasb etadi va jamiyatdagi turmushga egiluvchan moslashishning istalgan darajasi, qoidadagiday, erishilmaydi, agar bu sodir bo'lsa ham bu nafaqat foydalanilgan usul sharofati bilan, balki ahamiyatli darajada unga xilof ravishda ham sodir bo'ladi.

TEASSN-dasturi XX asrning 70-yillarida Shimoliy Karolina shtati universitetida E.Shopler, R.Rayxler va G.Mesibovlar tomonidan ishlab chiqarilaboshlandi va hozir bu boshqa ba'zi shtatlarda davlat dasturi hisoblanadi, u Yevropa, Osiyo, Afrikaning ko'plab mamlakatlarida keng tarqalgan. TEASSN-dasturlar va operant tahsil o'rtasida o'ziga xos uslubiy chiziqlarning ba'zi o'xshashligi mavjudligiga qaramay konseptual tartibdagi farqlar ham bor. Autik bolalar psixikasining o'ziga xosligini izchil o'rganish ko'pchilik xorijiy mualliflarni autizmda tafakkur, idrok va psixika, umuman olganda, me'yordagidan boshqacha uyushishi to'g'risida xulosa

chiqarishga olib keldi: idrok asosan simultan xarakter kasb etadi, bolalar suksessiv tashkillashtirilgan jarayonlarni qiyinchilik bilan o'zlashtiradilar yoki o'zlashtirmaydilar, ularda tafakkurning o'ziga xos xarakteri mavjud. Psixikaning bu xususiyatlari atrof olamga moslashishni qiyinlashtiradi, murakkab holatlarda esa uni mumkin bo'lmaydigan qilib qo'yadi va TEASSN-dasturlar tarafdorlarining fikriga ko'ra, butun sa'y-harakatni bolaning olamga moslashishiga emas, balki uning xususiyatlariga muvofiq yashash sharoitini yaratishga yo'naltirish kerak. Kuchlanish kommunikatsiyaning noverbal shakllarini rivojlantirishga, oddiy turmush ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltiriladi. TEASSN-dastur deyarli hech qachon real hayotga moslashishning yetarlicha yuqori darajasini ta'minlamaydi, ammo u hatto eng og'ir autizm holatida ham ishda ijobiy barqaror o'zgarishlarga erishish imkonini beradi. Maqsad - "erkin va mustaqil" yashash imkoniyatiga faqat o'ziga xos, cheklangan yoki sun'iy yaratilgan sharoitlarda erishiladi.

Tashkiliy jihatdan uy sharoitida yashash va rivojlanish ideal hisoblanadi, chunki aynan oila autistik spektrida buzilishi bo'lgan bola uchun "yashashning tabiiy muhiti"dir. Buda'voota-onalar bilan ishlashni o'ta muhim qiladi. G'arbda operant tahsil va TEASSN-dasturlardan tashqari quyidagilardan foydalaniladi:

• xolding-terapiya (M.Uelch),

• "kundalik turmush" terapiyasi (K.Kitaxar),

• "maqbul sharoitlar" terapiyasi (B. va S.Kaufmanlar) [5].

Xulosa.Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, autistik spektrida buzilishi bo'lgan bolalar bilan ishlashda:

- majmuaviylikka, ya'ni ota-onalarning pedagoglar, psixologlar va shifokor-psixiatrlar bilan muntazam ravishda o'zaro harakat qilishlariga e'tibor qaratish zarur;

- asosiy sa'y-harakat emotsional sohani korreksiyalashga, bolani emotsional jihatdan yaxshilashga yo'naltirilishi darkor.

REFERENCES

1. Аутичный ребенок: проблемы в быту. / Под ред. С.А.Морозва. - М., 1998.

2. Каган В.Е. Аутизм у детей. - Л., 1981.

3. Каган В.Е. Преодоление. Неконтактный ребенок в семье. - СПб., 1996.

4. Уэлч М.Холдинг терапия; Китахар К. Ежедневная жизненная терапия; Кауфманы Б. и С. Оптимальные условия;

5. Шоплер Э., Ланзинд М., Ватере Л. Поддержка аутичных и отстающих в развитии детей (0-6 лет). / Сборник упражнений для специалистов и родителей по программе TEACH. - Минск: Открытые двери, 1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.