Научная статья на тему 'ПРИЧИНА ВОЗНИКНОВЕНИЯ АУТИСТИЧЕСКОГО ДЕФЕКТА'

ПРИЧИНА ВОЗНИКНОВЕНИЯ АУТИСТИЧЕСКОГО ДЕФЕКТА Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
82
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
аутизм / общение / экзолалия / мутизм / вербальный / невербальный / эмоциональный / коррекция.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — М.Н. Низамова

В статье освещается об основных причинах возникновения, выявления и коррекции аутизма, а также о таких мерах, как медикаментозное лечение.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ПРИЧИНА ВОЗНИКНОВЕНИЯ АУТИСТИЧЕСКОГО ДЕФЕКТА»

Ученый XXI века • 2022 • № 5-1 (86)

ПРИЧИНА ВОЗНИКНОВЕНИЯ АУТИСТИЧЕСКОГО

ДЕФЕКТА

М.Н. Низамова1

В статье освещается об основных причинах возникновения, выявления и коррекции аутизма, а также о таких мерах, как медикаментозное лечение.

Ключевые слова: аутизм, общение, экзолалия, мутизм, вербальный, невербальный, эмоциональный, коррекция.

Autizm- asab sistemasining kasalliklaridan biridir. Ushbu nuqson bolalarda turlicha namoyon bo'ladi. Ayrim olimlar fikricha, autizm ruhiy kasalliklarning belgilaridan biri bo'lib bunda bola tevarak-atrofga nisbatan befarq, beparvo bo'ladi. Bola o'z-o'zi bilan bo'lib, o'zicha hayajonlanib, kuyunib, nimalardandir tashvishlanib o'z ichki dunyosida yashaydi. Ba'zi bolalarda emotsional qiyinchiliklar mavjud bo'ladi. Ular tushkunlikka tushishlari yoki bezovta bo'lishlari mumkin; yoki ularning xulq-atvori g'ayritabiiy bo'ladi, buni noo'rin yig'lashlar yoki kulishlardan bilish mumkin. Ular haddan tashqari harakatchan bo'lib, ish vaqtining o'zida biron narsaga e'tiborini bir zumgina qaratib, yana boshqa narsa bilan chalg'ib ketishlari mumkin, yoki ular befarq bo'lib qoladi yoki parishonxotir bo'lishlari mumkin. Emotsional tushkunliklar yaqin orada bo'lib o'tgan jarohatlar, xafagarchilik yoki uzoq vaqt ongli ish bilan shug'ullanish natijasida yuzaga kelishi mumkin.

''Autizm''- bilan og'rigan bemorlarda kommunikatsiyaning buzulishi; kommunikatsiya -o'zaro ma'lumot almashish. Biz ma'lumotlarni verbal -so'z yordamida og'zaki yoki yozma holda va noverbal -so'z o'rnini bosuvchi xatti-harakatlar, imo-ishora, normal mimika orqali ifoda etamiz. Autizm bilan og'rigan bemorlarda nutq sekin va yaqqol o'ziga xoslik bilan rivojlanadi. Sekin rivojlanish so'zlar va jumlalarning kechroq paydo bo'lishiga va maxsus agrammatizmda namoyon bo'ladi. Ko'p hollarda nutq stretipik, bola tez-tez iqtiboslar yoki yodlab olgan jumlalari bilan gapiradi, mustaqil gap tuzmaydi. Tez uchrab turadigan simptom-''exolaliya''-faqat eshitgan gapni takrorlash. Har qanday holatda ham, nutq muloqot uchun foydalanilmaydi. Autist bolada noverbal kommunikatsiya -imo-ishora va mimika-ham buziladi. Nutqi rivojlanishdan ortda qolayotgan bola ishoralar, mimika bilan o'zining fikrlarini yetkazib berishi mumkin. Autizm bilan kasallangan bola esa buni qila olmaydi.

Autizmga chalingan bola vaqtni sezmaydi, hozirda ro'y berayotgan voqea-hodisalarni o'tgan yoki kelasi zamon bilan almashtiradi, real voqea-hodisalarni fantastik mavhum voqea-hodisalar bilan almashtirib yuboradi. Autizm holatida bola faoliyati sustlashadi yoki keraksiz, noaniq faoliyat bilan shug'ullanadi. Bolaning xulq-atvori buziladi, o'yin faoliyati, qiziqishi sustlashadi, ma'yus holatda yuradi, kattalar va tengdoshlari bilan aloqada bo'lmaydi, hech kim bilan gaplashishni istamaydi, ba'zilarida indamaslik (mutizm holati) kuzatiladi. Mutizm atamasini Fransuz tadqiqotchisi D.M.Itar fanga olib kirdi. 1943-yilda Ingliz psixiatri Leo Kennerning "affektiv aloqaning autik buzilishi"nomli maqolasida berilishicha, Kenner davolash amaliyotida 11 bolaning xulq-atvori, yurish-turishida o'xshash belgilarni kuzatib "ilk yoshdagi bolalar autizmi" atamasini kiritdi. U kuzatgan barcha bolalardagi belgilar hozirgi kunda ham autizmning asosiy belgilari sifatida o'rganilmoqda. Ko'p yillar mobaynida bolalar autizmi aqli zaiflik, shizofreniya kabi va boshqa ruhiy kasalliklarning belgilari sifatida o'rganilgan edi. Faqatgina 1981-yildan boshlab bolalar autizmi mustaqil nuqson sifatida qabul qilindi. Hozirgi kunda bolalar autizmi bosh miyaning rivojlanishidagi kamchiliklardan kelib chiqadigan mustaqil nuqson sifatida o'rganilmoqda. Biroq bosh miyaning rivojlanishidagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari hali ham noaniq bo'lib qolmoqda. Ayrim olimlarning fikriga ko'ra, bolalar autizmi irsiy kasallik bo'lib hisoblansa, boshqalari esa autizm holati aqli zaiflikdan kelib chiqqanligini ta'kidlaydilar. Amerikada 1996-2007-yillarda bolalar autizmi mustaqil

1Низамова Муяссархон Нуритдиновна - преподаватель, НамГУ, Наманган, Узбекистан

nuqson sifatida ancha ko'p miqdorda hisobga olindi. bolalarga-"sababi noaniq bo'lgan rivojlanishning og'ir buzilishi" diagnozi qo'yilgan. bu diagnozni o'rganishda bolaning xulq-atvoriga e'tibor beriladi. Autizmning alomatlari nihoyatda xilma-xil va shuning uchun ularning ba'zilari mavjudki, ularni osonlikcha toifalarga ajratib bo'lmaydi. Masalan ba'zi bir autizmli odamlar o'rtacha aql darajasidan ancha past, ammo ma'lum bir sohada, masalan, matematika yoki yodlashda ajoyib qobilyatga ega. Boshqa alomatlar hissiy sezgirlik bilan bog'liq.Autizm spektri buzilgan ko'plab odamlar isssiqlik yoki sovuqqa nisbatan juda katta noqulayliklarni his qilishadi yoki boshqalarga deyarli eshitilmaydigan tovushlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.Autizm nuqsoni yoshga qarab quydagilarga bo'linadi;

Erta bolalik autizmi-2yoshgacha; Bolalik autizmi-2-11yoshgacha; O'smirlik autizmi 11-18yoshlargacha; bir yoshgacha <gu-gu>lamaydi (yoki bu chinqiriqni eslatadi), 16 oylikkacha hech bir so'z aytmaydi, 2-yoshgacha 2 ta so'zdan jumla tuza olmaydi; Autizmga oid ko'plab ilmiy ishlar mavjud, chunki uning kelib chiqish sabablari haqida ko'plab nazariyalar mavjud. Lekin aniq bir sabab hali aniqlangani yo'q, chunki bitta gipoteza to'liq asoslanmagan. Kech farzand ko'rish ya'ni otaning yoshi ancha katta bo'lsa; Oilada autist bolalar bo'lsa; Ko'p farzandli oilalarda tug'ulajak farzand ( masalan 7-8 farzandlar) Bolalar serebral paralichi ( shollik); Bundan tashqari bir qancha kasalliklar ham autizmga olib kelishi mumkin; eshitish qobilyatining yo'qligi, etiborning kamlik sindromi, bazi xromosoma kasalliklar (retta sindromi) gapirish qobilyatining yo'qligi; Irsiy moyillik, Gormonal buzulishlar, antibiotiklarni ortiqcha istemol qilish; Homiladorlik paytida ona tomonidan yuqtirilgan yuqumli kasalliklar, masalan, qizilcha, sitomegalovirus; Onadagi semirish (shifokorlar agar ona homiladorlik paytida semirish va boshqa metobolik kasalliklarga duch kelgan bo'lsa bolalarda autizm rivojlanish xavfi yuqori ekanligini ta'kidladilar) Statistik ma'lumotlarga qaraganda autizmli bolalar ko'pincha oshqozon-ichak trakti bilan bog'liq muammolarga duch kelishadi. Shuning uchun ularga qat'iy parhez ko'rsatiladi. Sut oqsili-kazein va donli protein-glyuten autistik bolada "giyohvandday" o'rganishga olib kelishi mumkin va uni dietadan chiqarib tashlash kerak. Autistik o'gil bolalar qizlarga qaraganda 4 barobar ko'p. AQSHda xar bir autistik bola uchun yiliga 30 ming dollar ajratiladi. Bizda bu faqat ota-onalarning muammosi. 70% autistik odamlarning do'stlari yo'q. 95% autist odam hech qachon oila qurmagan. Bolalardagi autizmning asosiy belgilari.

Davolash usullari!!! 1. Ushlab turish (xolding) terapiyasi. Bu usul ona va bola o'rtasidagi jismoniy aloqani deyarli zo'rlik bilan shakllantirishga urinishdan iborat,chunki bu aloqani yo'qligi, bu usul tarafdorlari tomonidan autizmning markaziy buzilishi sifatida qaraladi. O'yin terapiyasi. Unda chizmalar, turli xil o'yinchoqlar,o'yinlar, suv, qum ishlatiladi. Delfin terapiyasi. Bolalarda nutq yaxshilanadi, og'riq kamayadi, depressiv holat yo'qoladi,qon aylanish normallashadi. Ippoterapiya barcha sezgi tizimlaridan foydalanishga yordam beradi va autizmli bolalarda yetarlicha kuchli mativatsiya yaratadi va shuningdek "harakat-reaktsiya-harakat" o'zaro tasirining birinchi turini tashkil qiladi. Dori-darmonlar faqat autizm tufayli yuzaga keladigan aniq sharoitlarni to'g'rilash uchun ishlatiladi. Xususan qo'zg'aluvchi (sudorojniy) harakat paytida agressivligini yo'qotish, miyada qon aylanishini yaxshilash, metabolik kasalliklarni tuzatish va boshqalar. Ushbu dorilar quidagilarni o'z ichiga oladi:

Ta'lim integratsiyasining turli shakllari va darajalari mavjud!

1. Jismoniy integratsiya.

2.Funksional integratsiya

3. Ijtimoiy integratsiya.

1. Jismoniy integratsiya. Autik va sog'lom bola orasidagi jismoniy tafovut iloji boricha kamaytirilishi lozim. Buning uchun maxsus sinf yoki bo'lim tashkil etilishi mumkin. 2. Funksional integratsiya. Autik va sog'lom bola orasidagi funksional tafovut iloji boricha bartaraf etilishi kerak. Buning uchun autik bolalarni musiqa, san'at dramatik to'garak va sportga jalb qilish foydali hisoblanadi. 3. Ijtimoiy integratsiya. Ijtimoiy tafovutni kamaytirishga autik va sog'lom bolalarni ozaro do'stlashishiga, bir-biriga hurmat bilan qarashga undaydi, sog'lom bolalarni autik bolalarga nisbatan muruvvatli bo'lishga undaydi.

2 aprel - Butunjahon Autizm xabardor qilish kuni. Butunjahon Autizmdan Xabardorlik kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2007 yilda tashkil etilgan bo'lib, jamoatchilik e'tiborini dunyodagi autizmning keskin vaziyatiga jalb qilish, hamma joyda autizm haqidagi bilimlarni tarqatish va erta tashxis qo'yish va erta aralashuvning ahamiyati to'g'risida ma'lumot berishdir. Autistik odamlarga yordam berishning o'ziga xos belgisi mashhur arxitektura inshootlarining ko'k rangda yoritilishi - bu boshqa odamlar orasida autistik farq qiladi. Ushbu kunda aktsiyaga qo'shilgan mamlakatlarda binolarning aksariyati ko'k rangli chiroqlar bilan ta'kidlangan. Uch yil davom etgan mitingda dunyoning o'nlab mamlakatlaridagi yuzlab diqqatga sazovor joylar ishtirok etdi Autizm kasalligi homila ona qornidalik davridayoq uning bosh miyasi rivojlanishida ba'zi oqsillarning yetishmasligi sababli paydo bo'lishi mumkin, degan tahminlar mavjud. Bu xastalikning irsiyat bilan bog'liqligi hali to'liq o'rganilmagan. Amerikalik va fransiyalik olimlar guruhi bosh miya rivojlanishining ilk bosqichlarida hid sezishda ishtirok etadigan o'zak hujayralarni o'rganish zarur, degan xulosaga kelishdi. Chunki, burundan osonlik bilan olinadigan biopsiya surtmasi bu hujayralarni o'rganishda bebaho usul hisoblanadi.

0оûдаAаниAган adaôuëmAap:

1. L.R. Mo'minova, Sh.M. Amirsaidova, Z.N. Mamarajabova, M.U.Xamidova, D.B.Yakubjanova, Z.M.Djalolova, N.Z.Abidova. Maxsus psixologiya. T. 2013

2. Po'latxo'jayeva M.R. Defektologiyaning klinik asoslari -T. 2012.

3. Shomaxmudova R.Sh .Muminova L.R "Bolalar nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish. O'qituvchi .T.1993y

4. www.tdpu.uz, 5.Avitsenna.uz

© M.H. HH3aMOBa, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.