Научная статья на тему 'INGLIZ TILINI OʻQITISH JARAYONIDA BOʻLAJAK MUTAXASSISLARNING STRATEGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI'

INGLIZ TILINI OʻQITISH JARAYONIDA BOʻLAJAK MUTAXASSISLARNING STRATEGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik texnologiyalar / kasbiy kompetensiya / mustaqil ta’lim / masofaviy darslar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Normatova Muqaddas Baxodirovna

Ushbu maqolada xorijiy til o‘qituvchilarining lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonida o‘quvchilarning til o‘rganish va til egallash, lingvistik kompetensiyalarini hamda an’anaviy o‘qitish tizimini va zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini tahlil qilishi haqida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILINI OʻQITISH JARAYONIDA BOʻLAJAK MUTAXASSISLARNING STRATEGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI»

"OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASALARIDA XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASI TENDENSIYALARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-yil 30-aprel

INGLIZ TILINI O'QITISH JARAYONIDA BO'LAJAK MUTAXASSISLARNING STRATEGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Normatova Muqaddas Baxodirovna

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik muhandislik bilim yurti, Tillar kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11080051

Annotatsiya. Ushbu maqolada xorijiy til o'qituvchilarining lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish, ta'lim jarayonida o'quvchilarning til o'rganish va til egallash, lingvistik kompetensiyalarini hamda an'anaviy o'qitish tizimini va zamonaviy o'qitish texnologiyalarini tahlil qilishi haqida so'zyuritiladi.

Kalit so'zlar:pedagogik texnologiyalar, kasbiy kompetensiya, mustaqil ta'lim, masofaviy darslar.

Kirish

Bugungi ta'lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o'qitishda mustaqil ta'lim jarayonida ilg'or uslublarini qo'llab, chet tillariga o'qitish, shu tillarda erkin so'zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jahonda xorijiy tillarni o'qitishda xalqaro standartlarni qo'llash, o'qitish mazmunini modernizatsiyalashtirish, kasbiy ta'limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning xususiy masalalari, o'qituvchining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ilg'or xorijiy tajribalardan foydalanishga bo'lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Yevropada xorijiy tillar bo'yicha kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, kompetensiyalar integratsiyasi, standart talablari va o'quv dasturlari orasida uyg'unlikni shakllantirish, ishlab chiqilgan kriteriyalarni boshqa xorijiy tillarni o'rganishda qo'llaniladigan strategiyalarni muvofiqlashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy qism

Butun dunyoda pandemiya oqibatida karantin joriy qilinganligi sababli mustaqil ta'lim texnologiyasi, ya'ni interfaol uslub talaba ongiga, tuyg'usiga, irodasiga ta' sir ko'rsatib, tafakkurini fikrlashi faollashdi. O'qitishda mustaqil ta'lim jarayonida talaba faoliyati quyidagilardan iborat:

• vazifalarni belgilash va mustaqil bajarish;

• berilgan yangi so'zlarni o'zi yodlab qaytarish;

• kunlik yodlangan so'zlar ishtirokida gaplar tuzish;

Mustaqil ta'limda talaba faoliyati bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarining lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish holati, ta'lim jarayonida o'quvchilarning til o'rganish va til egallash, lingvistik kompetensiyalarini hamda an'anaviy o'qitish tizimini va zamonaviy o'qitish texnologiyalarini tahlil qilishni taqozo qiladi. Ingliz tili darslarida talabalarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish ta'limning metod va usullarini to'g'ri tanlay olish bilan chambarchas bog'liqligi xorijiy tillarni egallashga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish hamda til o'rganishda mustaqil ta'limni to'g'ri tashkil etishni taqozo qiladi.

Talabalarning mustaqil ta'limda bajargan vazifalari unchalik muvaffaqiyatli bo'lmasada, o'qituvchi ularni tanqid qilishi mumkin emas. O'qituvchi esa jarayon mobaynida nazoratchi hisoblanadi. Aksincha, talabalarning ijodiy tafakkuri rag'batlantirib borilishi zarur. Dars tez berilgan javoblarni rag'batlantirish, ularni to'ldirish, talabalarni baholash bilan yakunlanadi. Savol-javoblar (Discussion) usuli masofaviy darslarni yanada mazmunli va qiziqarli o'tishga imkon beradi. Talaba xato qilishdan qo'rqmay, erkin o'z fikrini ayta olishi kerak. Bunday muhit

"OLIY HARBIY TA'LIM MUASSASALARIDA XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA KOMMUNIKATIV

KOMPETENSIYASI TENDENSIYALARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-yil 30-aprel

darsda hosil qilinishi lozim. Savol javob orqali o'qitishning texnologiyasida talabaning vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Kutiladigan javoblar va e'tirozlarni o'ylash.

2. O'z bilimiga ishonishni ahamiyati shundaki, o'qituvchidan talabalarni ular erkin holda faoliyat ko'rsatayotgan paytda kuzatish imkoniyati bo'ladi. Natijada talabalarning faolligi, fantaziyalari, ijodiy qobiliyatlari, ishchanliklari, mustaqil ta'limda o'zini tutishlari haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish mumkin. Ingliz tilini o'rgatishda talabalarni qiziqtirib o'qitish va bilimlarni to'liq o'zlashtirishlariga erishish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, bo'lajak mutaxassislarga mustaqil ta'lim jarayonida strategik kompetensiyalar orqali ingliz tilini o'rganish shakllantirish metodikasi, mustaqil ta'lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish, talabalarning og'zaki nutq, tinglab tushunish, yozuv, o'qish ko'nikmalarini o'stirishga va erkin muloqot qilishlariga amaliy yordam beradi.

REFERENCES

1. Kh K. R., Shukurov R. S., Samadov S. S. The Inquiry On The Changes Of Ralations Towards The Basics Of The Culture Of Healthy Life In The Students Of Elective Courses //International Journal of Progressive Sciences and Technologies. - 2021. - T. 25. - №. 2. -r. 112-118

2. Tolipova J.O., G'ofurov A.T. Educational technologies. - T .: Teacher, 2002.

3. Farberman B.L., Musina R.T., Jumaboyeva F.A. Modern methods of teaching in higher education. - T., 2002.

4. Yuldashev J.G. New pedagogical technologies: directions, problems, solutions. Journal of Public Education, 1999, №4, pp. 4-12.

5. Abdullayeva, M. R. (2021). FE'LIY FRAZEMALARNI O'ZBEK TILIDAGI MUQOBIL VARIANTI GURUHLANISHI (AGATA KRISTI ASARLARI TARJIMALARI MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 227-231.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.