Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
TALABALARDA MUSTAQIL TA'LIM JARAYONIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI ( INGLIZ TILINI O'RGANISH MISOLIDA)
Shaxlo Narimanovna Xodjiqulova
Katta o'qituvchi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ANNOTATSIYA
Maqolada ingliz tilini innovatsion texnologiyalar yordamida o'qitishda talabalarda mustaqil ta'lim jarayonida tayanch kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi tahlil qilingan. Xorijiy tillarni o'qitishda strategik kompetensiyalari kommunikativ yondashuv doirasida rivojlantirish yo 'llari orqali metodik ta 'minoti haqida kengroq yoritilgan.
Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim, ingliz tili, innovatsion, texnologiya, ta'lim texnologiyalari, interaktiv metod.
ABSTRACT
The article analyzes the methodology of formation of basic competencies in the process of independent learning of students in the teaching of English with the help of innovative technologies. Strategic competencies in foreign language teaching are discussed in more detail in the methodological support through the development of communicative approaches.
Keywords: independent learning, English, innovation, technology, educational technology, interactive method.
АННОТАЦИЯ
В статье анализируется методика формирования базовых компетенций в процессе самостоятельного обучения студентов при обучении английскому языку с помощью инновационных технологий. Более подробно стратегические компетенции в обучении иностранному языку рассматриваются в методическом обеспечении через разработку коммуникативных подходов.
Ключевые слова: самостоятельное обучение, английский язык, инновации, технология, образовательная технология, интерактивный метод.
KIRISH
Bugungi ta'lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o'qitishda mustaqil ta'lim jarayonida ilg'or uslublarini qo'llab, chet tillariga o'qitish, shu tillarda erkin so'zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jahonda xorijiy tillarni o'qitishda xalqaro
847
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
standartlarni qo'llash, o'qitish mazmunini modemizatsiyalashtirish, kasbiy ta'limda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning xususiy masalalari, o'qituvchining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ilg'or xorijiy tajribalardan foydalanishga bo'lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Yevropada xorijiy tillar bo'yicha kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, kompetensiyalar integratsiyasi, standart talablari va o'quv dasturlari orasida uyg'unlikni shakllantirish, ishlab chiqilgan kriteriyalarni boshqa xorijiy tillarni o'rganishda qo'llaniladigan strategiyalarni muvofiqlashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Butin dunyoda pandemiya oqibatida karantin joriy qilinganligi sababli mustaqil ta'lim texnologiyasi, ya'ni interfaol uslub talaba ongiga, tuyg'usiga, irodasiga ta'sir ko'rsatib, tafakkurini fikrlashi faollashdi. O'qitishda mustaqil ta'lim
jarayonida talaba faoliyati quyidagilardan iborat:
• vazifalarni belgilash va mustaqil bajarish;
• berilgan yangi so'zlarni o'zi yodlab qaytarish;
• kunlik yodlangan so'zlar ishtirokida gaplar tuzish;
Mustaqil ta'limda talaba faoliyati bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarining lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish holati, ta'lim jarayonida o'quvchilarning til o'rganish va til egallash, lingvistik kompetensiyalarini hamda an'anaviy o'qitish tizimini va zamonaviy o'qitish texnologiyalarini tahlil qilishni taqozo qiladi. Ingliz tili darslarida talabalarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish ta'limning metod va usullarini to'g'ri tanlay olish bilan chambarchas bog'liqligi xorijiy tillarni egallashga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish hamda til o'rganishda mustaqil ta'limni to'g'ri tashkil etishni taqozo qiladi.
Talabalarning mustaqil ta'limda bajargan vazifalari unchalik muvaffaqiyatli bo'lmasada, o'qituvchi ularni tanqid qilishi mumkin emas. O'qituvchi esa jarayon mobaynida nazoratchi hisoblanadi. Aksincha, talabalarning ijodiy tafakkuri rag'batlantirib borilishi zarur. Dars tez berilgan javoblarni rag'batlantirish, ularni to'ldirish, talabalarni baholash bilan yakunlanadi. Savol-javoblar (Discussion) usuli masofaviy darslarni yanada mazmunli va qiziqarli o'tishga imkon beradi. Talaba xato qilishdan qo'rqmay, erkin o'z fikrini ayta olishi kerak. Bunday muhit darsda hosil qilinishi lozim. Savol javob orqali o'qitishning texnologiyasida talabaning vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Kutiladigan javoblar va e'tirozlarni o'ylash.
2. O'z bilimiga ishonishni ahamiyati shundaki, o'qituvchidan talabalarni ular
erkin holda faoliyat ko'rsatayotgan paytda kuzatish imkoniyati bo'ladi. Natijada
848
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
talabalarning faolligi, fantaziyalari, ijodiy qobiliyatlari, ishchanliklari, mustaqil ta'limda o'zini tutishlari haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish mumkin. Ingliz tilini o'rgatishda talabalarni qiziqtirib o'qitish va bilimlarni to'liq o'zlashtirishlariga erishish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Ingliz tilini o'qitish usullaridan yana biri - zamonaviy interaktiv usulidir. Usul mazmuniga ko'ra, darsda yangi grammatik mavzu e'lon qilinib, o'qituvchi uni turli yo'llar, ya'ni doskaga har xil chizmalar chizish, harakatlar bilan ko'rsatish, avvalgi o'tilgan mavzu bilan taqqoslash bilan tushuntirishi, mustahkamlovchi savollar bilan talabalarni fikrlashga jalb etishi lozim. Fonetik mashg'ulotlarda esa, asosan, audiomatndagi qisqa suhbatlar tinglanib, xotirjam xolatda ushbu audiomatndagi suhbatga aynan mos bo'lgan, so'zlari tushirib qoldirilgan qog'ozdagi matn to'ldiriladi va internet tarmog'i orqali o'qituvchiga yetkiziladi. Talabaga berilgan matn bilan audiomatndagi suhbat bir xil bo'ladi. Matn matnni mustaqil tarzda o'ta ziyraklik bilan tinglanib, yangi iboralarni yodda saqlab qolgandagina, talaba shartni muvaffaqiyatli bajarishi mumkin. Bunda tinglab tushunish orqali og'zaki nutq, ko'nikma va malakalar shakllanib boradi. Tinglab tushunish o'qish jarayoni bilan chambarchas bog'liqdir. Tinglovchi o'qigan so'zlarini yaxshi eslab qoladi va tinglaganida yaxshi tushunadi. Tinglab tushunishni o'rgatishning mazmunini G.V.Rogova uch qismga bo'ladi: l.Lingvistik qism. Bunga til va nutq materiali kiradi.
2.Psixologik qism. Bu ovozli nutqni tinglash, tushunish malaka va ko'nikmasini hosil qilishdir.
3.Metodik qism. Tinglovchilarga tinglash usullarini o'rgatish hamda tinglab tushunish texnologiyasi orqali qonun-qoida, tamoyillar, metodlar, vositalar orqali o'rgatish amalga oshiriladi.
O'qitish jarayonida tinglab tushunish ustida ishlaganda, kundalik yangiliklar, tili o'rganilayotgan mamlakat xalqlari hayoti, madaniyati, tarixi haqida matnlarning bo'lishi tinglovchilarning qiziqishlarini yanada orttiradi.
Bundan tashqari, tinglovchilarni mustaqil ta'lim jarayonida insho yozishga ham o'rgatish mumkin. Ular insho mavzulari bilan tanishgach, xohlagan mavzuni tanlab uyda insho yozishlari mumkin. Masalan: 1.Siz yoqtirgan asar qahramoni. 2.Asardagi salbiy va ijobiy obrazlarga xarakteristika bering. 3.Jeyn Eyrning bolalik davri. 4.Asarning asosiy qahramoni haqida fikrmulohazalaringiz va hokazo. Bunda leksik-grammatik qiyinchiliklar vujudga keladi. Talabalarni o'z fikrlarini bildirishga undash, matn mavzusini yoritishga qisman o'qituvchining o'zi ham yordam berib turishi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
R
VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
kerak. Bu jarayon shu tariqa davom etadi. Dars nihoyasida doskada bexato yoza olgan talabalar rag'batlantiriladi. Shuni aytish joizki, o'qituvchi dars davomida vaqtni to'g'ri taqsimlay olishi; dars boshida o'tilgan mavzularni mustahkamlashi; har bir darsda yangi usullarni qo'llashi; har bir dars uchun mos tarqatma materiallardan foydalanishi maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib aytganda, talabalarda mustaqil ta'lim jarayonida tayanch kompetensiyalar orqali ingliz tilini o'rganish shakllantirish metodikasi, mustaqil talim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanish, talabalarning og'zaki nutq, tinglab tushunish, yozuv, o'qish ko'nikmalarini o'stirishga va erkin muloqot qilishlariga amaliy yordam beradi.
REFERENCES
1. Kh K. R., Shukurov R. S., Samadov S. S. The Inquiry On The Changes Of Ralations Towards The Basics Of The Culture Of Healthy Life In The Students Of Elective Courses //International Journal of Progressive Sciences and Technologies. -2021. - T. 25. - №. 2. - r. 112-118
2. Tolipova J.O., G'ofurov A.T. Educational technologies. - T .: Teacher, 2002.
3. Farberman B.L., Musina R.T., Jumaboyeva F.A. Modern methods of teaching in higher education. - T., 2002.
4. Yuldashev J.G. New pedagogical technologies: directions, problems, solutions. Journal of Public Education, 1999, №4, pp. 4-12.
5. Abdullayeva, M. R. (2021). FE'LIY FRAZEMALARNI O 'ZBEK TILIDAGI MUQOBIL VARIANTI GURUHLANISHI (AGATA KRISTI ASARLARI TARJIMALARI MISOLIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 227-231.
6. Khojayev N., Hasanboyev J. Economic pedagogy. Study guide. - T .: TDIU,
7. Abdullaeva Marhabo Raxmonkulovna. (2021). Ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima yaratishi va o'ziga xos xususiyatda. Innovation, integration va ta'lim bo'yicha xalqaro ma'lumot jurnali, 2 (2), 297-306.
8. Mirabdullayeva, Z. O. (2021). OBRAZLI HAMDA HISSIY-TASIRCHAN SO'ZLARNING TARJIMASI. Academic research in educational sciences, 2(3).
9. Raxmonkulovna, A. M. (2021). ENGLISH-UZBEK TRANSLATION PROCESS AND THEIR ANALYSIS. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(05), 583-601.
XULOSA
2002.