Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INGLIZ TILI DARSLARIDA MUTAXASSISLIKKA OID MATERIALLARDAN FOYDALANIB O‘QITISHNING HOZIRGI HOLATI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INGLIZ TILI DARSLARIDA MUTAXASSISLIKKA OID MATERIALLARDAN FOYDALANIB O‘QITISHNING HOZIRGI HOLATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
238
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chet tili / davlat ta’lim standarti / umumiy bosqich / kasbga yo‘naltirilgan bosqich / CEFR / B2 / fan dasturi / Lingvistik kompetensiya / til kompetensiyasi. / Foreign Language / state educational standard / General stage / profession-oriented stage / CEFR / B2 / science program / linguistic competence / language competence.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — N. Bekmuratova

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili darslarida mutaxassislikka oid materiallar, ularning afzalliklari va ulardan foydalanib o‘qitishning xozirgi xolati keltirib o’tildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CURRENT STATE OF TEACHING USING SPECIALIZED MATERIALS IN ENGLISH LANGUAGE CLASSES IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

this article presents materials related to the specialty in English lessons in higher education institutions, their advantages and the current state of teaching using them.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA INGLIZ TILI DARSLARIDA MUTAXASSISLIKKA OID MATERIALLARDAN FOYDALANIB O‘QITISHNING HOZIRGI HOLATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA INGLIZ TILI DARSLARIDA MUTAXASSISLIKKA OID MATERIALLARDAN FOYDALANIB O'QITISHNING

HOZIRGI HOLATI Bekmuratova Nargiza Arslanbaevna

Nukus shahri, Qaraqolpoq Davlat Universiteti ingliz tili fani o'qituvchisi, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.7274852

Annotatsiya. Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida ingliz tili darslarida mutaxassislikka oid materiallar, ularning afzalliklari va ulardan foydalanib o'qitishning xozirgi xolati keltirib o'tildi.

Kalit so'zlar: Chet tili, davlat ta'lim standarti, umumiy bosqich, kasbga yo'naltirilgan bosqich, CEFR, B2, fan dasturi, Lingvistik kompetensiya, til kompetensiyasi.

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ПРЕПОДАВАНИЯ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ СПЕЦИАЛИЗИРОВАННЫХ МАТЕРИАЛОВ НА ЗАНЯТИЯХ ПО АНГЛИЙСКОМУ

ЯЗЫКУ В ВУЗАХ

Аннотация. В данной статье упоминались специальные материалы, их преимущества и современное состояние обучения с их использованием на уроках английского языка в высших учебных заведениях.

Ключевые слова: иностранный язык, государственный образовательный стандарт, общий этап, профориентационный этап, CEFR, B2, научная программа, языковая компетенция, языковая компетенция.

THE CURRENT STATE OF TEACHING USING SPECIALIZED MATERIALS IN

ENGLISH LANGUAGE CLASSES IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

Abstract. this article presents materials related to the specialty in English lessons in higher education institutions, their advantages and the current state of teaching using them.

Key words: Foreign Language, state educational standard, General stage, profession-oriented stage, CEFR, B2, science program, linguistic competence, language competence.

KIRISH

Respublikamizda oliy ta'lim tizimida bo'lajak kadrlarni tayyorlash va ilmiy maqsadlar uchun zarur bo'lgan axborotni topish jarayonida mutaxasislik bo'yicha original adabiyotni o'qish, xorijiy tildagi og'zaki muloqotda ishtirok etish ko'nikmasini shakllantirish maqsadida ingliz tili darslari o'tilmoqda. O'z sohasini mutahasisi o'z kasbiga oid ingliz tilidagi adabiyotlarni asl nusxasini o'qiy olishi, o'qilgan matnni tushunishi va uni o'z kasbida qo'llay olishi lozim. Bundan tashqari, u berilgan mavzuda suhbatdoshi bilan chet tilida erkin fikr almasha olishi kerak. Oliy ta'lim muassasalarda ingliz tilini mutaxasislikka oid materiallar orqali o'rgatish yaxshi samara beradi, bu orqali talabalarning tafakkurini yanada o'stirish, ingliz tilidan ma'lumot olish va berish, ingliz tili haqidagi yangi bilimlar, o'z sohasidagi ilmiy o'zgarishlarni kuzatib borish va yangiliklardan bexabar qolmaslik imkonini beradi va bu talabalar dunoyoqarashini kengaytiradi. Talabalarning o'z kasbida tegishli material ya'ni mavzularda ishlash ular uchun qiziq va foydalidir. Bugungi kunda, oliy ta'lim muassasalarida chet tili fani darslarining samaradorligini o'rganish va o'qitish jarayonini yanada osonroq olib borish maqsadida bir qancha mutaxasislikka oid material-dasturlar yaratilgan bo'lib, ushbu qo'llanmamiz orqali ularni tahlil qilib chiqamiz.

METOD VA METODOLOGIYA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Biz o'rganib chiqqan birinchi dastur bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-sonli, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi "Chet tillar bo'yicha ta'limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar" to'g'risidagi 124-sonli qarorlari hamda Yevropa Kengashining "Chet tilini egallash umumevropa kompetensiyalari: o'rganish, o'qitish va baholash" to'g'risidagi umume'tirof etilgan xalqaro me'yorlari (CEFR - Common European Framework of Reference) ga muvofiq qayta ishlab chiqildi.

Vazirlar Mahkamasining "Chet tillar bo'yicha ta'limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar" ga ko'ra oliy ta'lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo'lmagan fakultetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari to'rt yillik tahsillari nihoyasida o'rgangan chet tili bo'yicha B2 darajani egallashlari lozim.

"Chet tili" fanidan tuzilgan ushbu dastur asosida chet tili o'qituvchilari ixtisoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishchi dastur, o'quv-metodik majmualar va o'quv qo'llanmalarni ishlab chiqishlari mumkin. Ushbu dastur "Chet tili" fanini ikki bosqichga bo'lingan holda o'qitishni nazarda tutadi:

TADQIQOT NATIJASI

- umumiy bosqich (umumiy chet tili o'rganiladi).

- kasbga yo'naltirilgan bosqich (chet tili maxsus maqsadlarda o'rgatiladi).

Har bir kurs uchun ajratilgan o'quv soatlari teng, ya'ni 50%dan taqsimlanadi. Kurslar bir-biridan mavzusi, leksik tizimi, o'quv matnlari, nutq faoliyatlari xususiyati va mavqeiga qarab malakalarni rivojlantirish bo'yicha farqlansada, o'quv jarayoni uchun umumiy bo'lgan grammatik mavzular, o'xshash sintaktik hodisalar, nutq ko'nikma va malakalarini egallashda o'zaro uzviy bog'liq va uzluksiz holda o'rgatiladi. Chet tilini o'rgatish ixtisoslik xususiyatlaridan kelib chiqib, "Chet tili maxsus maqsadlar uchun" tamoyillariga va kommunikativ, integrativ kompetentlik yondashuvlariga asoslanadi.

Kommunikativ faoliyatga yo'naltirilgan yondashuv - ta'limning rivojlantiruvchi, funksional va kommunikativ xususiyatlariga ega bo'lib, ta'lim jarayonida bilish faolligini oshirishga ko'maklashadi. Ta'lim jarayonida mazkur yondashuv talabalarda refleksiya, o'z-o'zini rivojlantirish, namoyon etishga ko'maklashadi; chet tili ta'limini madaniyatlararo muloqot sifatida tashkil etishga; dars jarayonida o'qituvchi talabalarning o'zaro teng huquqli ishtirokchi sifatida o'zini namoyon etishlarini ta'minlaydi; ta'limning interaktiv shakllarini qo'llash; talabalarda yangi til malakalari, sosio-madaniy bilimlar, amaliy malakaviy ko'nikmalarni mustaqil egallashni rivojlantirish.

Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv - chet tilini o'qitishda nafaqat ilmiy bilimlar berish, balki ta'lim jarayonining ishtirokchilari (talabalar, o'qituvchilar, ota-onalar) munosabatlarining faol shakllariga asoslanish; talaba xarakteri va uning o'zini rivojlantirish usullarini o'rganish; individuallikni shakllantirish uchun talabaga qulay shart-sharoitlar yaratish; madaniyatimizda shakllangan shaxsning psixik rivojlantirish me'yorlari haqidagi tasavvurlarni o'zgartirish (gorizantal emas, balki vertikal, ya'ni talaba rivojlanish dinamikasini uning oldingi holati bilan taqqoslash orqali amalga oshirishni, boshqalar bilan emas, balki uni o'zi bilan taqqoslash).

Integrativ yondashuv - turli fanlardan olingan bilimlar, ko'nikma, malaka va tajribani hisobga olish, tayanish, integrasiya qilish, chet tilida kommunikativ, kasbiy kommunikativ, ijtimoiy kompetentlikni baravar rivojlantirishni nazarda tutadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ta'limda kompetentlik yondashuv - muayyan natijalarga erishish va muhim kompetensiyalarni egallashga qaratiladi. Kompetensiya bo'lajak kasbiy faoliyatga qarab shakllanib boradi. Bunday sharoitda ta'lim jarayoni yangi mazmunga ega bo'ladi, u o'rganish va o'rgatish jarayoniga aylanadi, ya'ni kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kompententlikni mustaqil o'qib o'rganish, ijtimoiy-mehnat, madaniy, maishiy hamda madaniy hordiq sohalarda chet tilini qo'llashga erishiladi.

Oliy ta'lim muassasalarida ingliz tili fanidan mutaxassislikka oid materiallardan foydalanish holatini aniqlash maqsadida bizning e'tibor qaratgan yana bir hujjatimiz bu —Chet tili fani bo'yicha barcha bakalavriat talim yo'nalishi talabalari uchun yaratilgan namunaviy fan dasturi edi. Fan dasturi chet tili kafedralari tomonidan ishchi dasturlar, o'quv-uslubiy majmualar, o'quv qo'llanmalar va darsliklar yaratilishiga asos bo'ladi. Ishchi dasturlar asosida pedagog xodimlar o'zlarining kalendar rejalarini ishlab chiqadilar.

MUHOKAMA

Biz tahlil qilgan fan dasturi 2018 yil 14 iyunda Oliy va O'rta maxsus talim vazirligi tamonidan tasdiqlangan. Mualliflari G.X.Bakiyeva, B.R.Samatova, M.M.Tursunov va boshqalar. Xorijiy til fan dasturi mazmun-mohiyatiga ko'ra umumiy ilmiy (akademik) til ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan, talabalarning bo'lg'usi kasbiy faoliyatlarida foydalanadigan til kompetensiyalarini rivojlantirishga moslashtirilgan. Ushbu dastur —Xorijiy til fanini o'qitish davrida talabalarning umumiy, akademik va kasbga yo'naltirilgan til ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Xorijiy tilni o'rganishning mustaqil muloqot (B2) darajasi talabalarda ko'proq akademik va kasbga yo'naltirilgan til ko'nikmalarini rivojlantirishni taqozo qiladi. Shu bois, bu dasturda xorijiy tilni o'rgatishdan asosiy maqsad - bo'lg'usi mutaxassislarda kundalik hayotlari, ilmiy va kasbiy faoliyatlarida chet tili yoki bir necha tillardan erkin foydalanuvchi mutaxassislarni tayyorlash deb belgilab bergan. Ushbu maqsadga erishish uchun xorijiy til fanining oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi. Jumladan:

> talabalarning nutqiy (o'qish, yozish, tinglab tushunish, gapirish), til (leksik, grammatik), ijtimoiy-madaniy va pragmatik kompetensiyalarini rivojlantirish; ilmiy, kasbiy va maishiy faoliyatga bog'liq mavzular yuzasidan og'zaki va yozma ravishda bayon etish ko'nikma va malakalarini rivojlantirish;

> ilmiy va kasbiy faoliyatda qo'llaniladigan termin va atamalarni o'rgatish;

> talabalarning ilmiy va sohaviy yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ishlarini tashkil etish.

Ushbu dasturning yana bir yaxshi tamoni shundan iboratki, til kompetensiyasini rivojlantirish chog'ida o'tilgan grammatik material (fe'l zamonlari, modal fe'llar, sifat va ravishlarning qiyosiy darajalari, determinativ so'zlar, predloglar va hokazo)ni kundalik, ilmiy va sohaviy kontekstlarda to'g'ri qo'llay olish nazarda tutilgan. Pragmatik kompetensiyani rivojlantirishda turli ijtimoiy, ta'lim va mutaxassislik doiralarida mos ravishda tilni tegishli rasmiy shaklda qo'llashni anglashga o'rgatish maqsad qilib qo'yilgan.

Dasturning asosiy qismida nutqiy mavzular ro'yxati berilgan va har bir nutqiy mavzuda kasbiy faoliyatga doir mavzularga e'tibor qaratilgan. Jumladan, ijtimoiy mavzularda atrof-muhit, maishiy masalalar, global muammolar bilan bir qatorda shaxs va kasb psixologiyasi mavzusini o'rganish ko'rsatilgan. XULOSA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Xulosa qilib aytganda, ushbu mutaxasislikka oid materiallar orqali jtimoiy-madaniy mavzularda dunyo va tili o'rganilayotgan mamlakatlarning madaniy, ijtimoiy xususiyatlarini o'rganish bilan bir qatorda ilmiy va sohaga oid vaziyatlarda madaniy tafovutlarni ham o'rganadilar. Va bu dasturlarda eng e'tirof etib ko'rsatadigan narsa bu mutaxassislik sohasiga oid mavzularga alohida e'tibor qaratilganligi. Mana shu bo'limda talabalar soha yo'nalishlari, dolzarb mavzulari, mas'uliyat, hujjatlar yuritish, kasbiy etika, muzokaralar olib borish, mutaxassislik sohasidagi ilmiy va amaliy yutuqlar, innovasion g'oyalar va yangiliklar bilan tanishishga, ular bilan amaliy ishlashga imkoniyatlari bor.

REFERENCES

1. Davlatov KD. "XORLJIY TIL (DEUTSCH) fani bo'yicha O'QUV USLUBIY MAJMUA". Toshkent - 2019

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 124 son qarori bilan tasdiqlangan —Uzluksiz ta'lim tizimining chet tillar bo'yicha davlat ta'lim standartill 2013 yil 8 may.

3. Bakiyeva G.X., Samatova B.R., Tursunov M.M. va boshkalar. —Chet tili fani buyicha barcha bakalavriat ta'lim yunalishi talabari uchun fan dasturi. T. 2018 yil 14 iyun.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.