Central Asian Journal of
Education and Innovation
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-May 2024 yil Ma'qullandi: 15- May 2024 yil Nashr qilindi: 20- May 2024 yil
Ingliz va o'zbek tillarida kesim ergash gapli qo'shma gaplarni o'zbek tiliga tarjima qilishda bir qator muammolaryuzaga keladi va tarjima qilish usullariga
KEY WORDS
- ham turlichayondashuvlar kelib chiqadi.
gap, qo'shma gap, struktura, kesim
ergash gap.
Ingliz tili kesim ergash gapli qo'shma gaplarida bir qancha o'zbek tilidagi kesim ergash gapli qo'shma gaplar qoidasiga muvofiq kelmaydigan holatlar mavjud va bu tafovutlarni quyidagi bandlarda ko'rsatib o'tmoqchiman:
1. Ba'zi ingliz tilidagi ergash gapli qo'shma gaplari, xususan, ega ergash gapli qo'shma gaplar o'zbek tiliga sodda yoyiq gap tarzida tarjima qilinishi;
2. O'zbek tilidagi ergash gapli qo'shma gaplarni tashkil qiluvchi komponentlar o'rtasida tinish belgilarning ishlatilishi qat'iyligi, ingliz tilida esa bu rivojlanmaganligi;
3. O'zbek tilida fe'l formalari, kelishik qo'shimchalari, affikslar bog'lovchi vazifasida kelib ergash gaplarni bosh gapga bog'lashi, ingliz tilida esa bunday vositalarning yo'qligi;
4. O'zbek tili ergash gapli qo'shma gaplari tarkibidagi komponentlarning tartibi qat'iyligi, ingliz tilida esa ergash gapli qo'shma gap tarkibidagi komponentlarning joylashish o'rni erkinligi;
5. O'zbek tilidagi bog'lovchisiz ergash gapli qo'shma gaplar bilan ingliz bog'lovchisiz ergash gapli qo'shma gaplari o'rtasida farqning mavjudligi:
6. Ingliz tilidagi aniqlovchi ergash gaplarining nisbiy aniqlovchi ergash gap va appozitiv aniqlovchi ergash gap turlariga bo'linishi, o'zbek tili aniqlovchi ergash gaplarida esa bunday bo'linishning yo'qligi.
Bu farqlarning ba'zilariga quyida izoh berib o'tmoqchiman.
O'zbek tilida ergash gapli qo'shma gaplar komponentlarini biriktirishda ergashtiruvchi bog'lovchilar, fe'l formalari, yuklamalar, ko'makchilar, bog'lovchi so'zlar, nisbiy so'zlar, kelishik qo'shimchalari, -day(-dek) affikslari, intonatsiya va tartib kabi vositalar xizmat qiladi.
www.in-academy.uz
Ingliz tili ergash gapli qo'shma gaplar komponentlarini biriktirishda ergashtiruvchi bog'lovchilar, ko'makchilar, bog'lovchi so'zlar, nisbiy so'zlar, intonatsiya va tartib kabi vositalar xizmat qiladi. Lekin ingliz tilida o'zbek tilida mavjud fe'lning shaxsli formasi, turli xil affikslar, kelishik qo'shimchalari orqali ergash gapni bosh gapga birikish hollari umuman uchramaydi. Buning o'rniga ingliz tilida shu ma'noni beruvchi bog'lovchilar yordamida beriladi.
O'zbek tili ergash gapli qo'shma gaplarida tartib katta ahamiyatga ega, qo'shma gap komponentlarining o'rni qat'iy qilib qo'yiladi. Ingliz tilida esa ergash gap va bosh gapning joylashish tartibi erkin bo'lib, aytaylik, ergash gapli qo'shma gaplarda ergash gap so'zlovchining hohshiga ko'ra bosh gapdan keyin yoki bosh gapdan oldin qo'yilishi mumkin. Masalan:
His mother died when he was only 6. yoki When he was only 6 his mother died.
Ingliz tilida o'zbek tilidagi kabi ergash gap bosh gapga asosan ikki xil yo'l bilan birikadi:
1. Bog'lovchi vositalar bilan ergashish:
When his father came he was still watching TV.
2. Bog'lovchi vositalarsiz yoki intonatsion ergashish.
Bu o'rinda o'zbek tilida bog'lovchi vositasiz birikkan qo'shma gap emas, sof bog'lovchilarsiz, turli fe'l formalari va boshqa vositalar orqali birikkan ergash gapli qo'shma gap nazarda tutiladi. O'zbek tilida ergash gapli qo'shma gap komponentlarining bog'lovchi vositalarsiz birikish usuli keng tarqalgan. Bunda ergash gap bosh gapga bog'lovchi funksiyasini bajaruvchi grammatik formalar, ko'makchilar, yuklamalar, nisbiy so'zlar, payt bildiruvchi ba'zi otlar, ravishlar va boshqa shunga o'xshash vositalar bilan birikadi. Masalan:
Alisher nima qilishni bilmay turganida, telefon jiringladi.
Ingliz tilida esa bu tur o'zbek tilidagiga nisbatan butunlay bo'lakcha, ya'ni ingliz tilidagi bog'lovchisiz ergash gapli qo'shma gap komponentlari bir-biriga hech qanday bog'lovchi vositalarsiz, faqatgina intonatsion yo'l bilan birikadi. Masalan:
I wish I had an umbrella.
Ingliz ergash gapli qo'shma gaplari va o'zbek ergash gapli qo'shma gaplari tarkibida tinish belgilarining qo'llanilishi bo'yicha ham sezilarli farqlar mavjud.
O'zbek tilida ergash gapli qo'shma gaplar tarkibida tinish begilari (asosan vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta va tire) qo'shma gap komponentlarining bir-biriga birikkan chegarasini ko'rsatib turishi qat'iydir. Masalan:
Birovga ayta ko'rmang - ikkovimiz ham baloga qolamiz.
O'zbek tilida ergash gapli qo'shma gaplarda qo'shma gap bir voqeadan ikkinchi voqea-harakatga tez ko'chish ma'nosini ifodalasa, tire ishlatiladi. Bunda oldingi komponentdagi intonatsiya balandroq, keyingi komponentdagi intonatsiya pastroq bo'ladi. Masalan:
To'g'ri bo'ling - bexavotir bo'lasiz.
Bu holat ergash gapli qo'shma gaplarning shart ergash gapli qo'shma gap turida uchratishimiz mumkin. Bunda gapning tobe qismida shart mazmuni ifodalanadi, birinchi komponent ikkinchi komponentdagi voqeaning yuzaga kelish shartini bildiradi. Misolimizdan ko'rinadiki, bunday qo'shma gaplarning birinchi komponentidagi fe'l kesim o'tgan zamon formasida bo'ladi.
Ingliz tilida esa ergash gapli qo'shma gap tarkibida komponentlarning bir-biriga birikkan chegarasini ko'rsatib turish uchun tinish begilar (asosan vergul, va tire, ba'zan
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
www.in-academy.uz
nuqtali vergul, ikki nuqta)ning qo'llanilishi juda kam hollarda uchraydi, ya'ni ko'p hollarda qo'llanilmaydi. Masalan:
Even you don't know what you are talking about. Wherever I go, I usually try to be kind.
Ingliz tilida ergash gapli qo'shma gaplarning komponentlari o'rtasida quyidagi hollardagina tinish belgilari ishlatilishi qat'iy qilib belgilangan:
a) ayrim ergash gaplarni, xususan, tasvirlovchi nisbiy aniqlovchi ergash gap bosh gapda vergul bilan ajratiladi.
b) ergash gapli qo'shma gap sostavidagi uyushiq ergash gaplarni bir-biridan ajratish uchun vergul yoki nuqtali vergul ishlatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1. A. Hakimov "O'rta maktabda nemis tili grammatikasini o'rgatish metodikasi", Toshkent -1978.
2. B. A. Ilyish "The Structure of Modern English". - Moscow, 1971, p. 269 - 304.
3. D. Nurmonova "Hozirgi o'zbek adabiy tilining sintaksis kursi", Andijon-2007, 25 - 55-betlar.
4. E. A. Kruisinga "A Handbook of Present-Day English". - Groningen, 1932.
5. H. Sweet "A New English Grammar Logical and Historical" 1900, Oxford. p. 60 - 73.
6. K. Nazarov, F. Ubayeva, M. Narimonova, R. Sayfullayeva - Qo'shma gap komponentlarini sistemali o'rganish masalasiga doir//Hozirgi o'zbek adabiy tilining taraqqiyot yo'nalishlari. -Toshkent. 1990. -B. 22-25.
6. S Mukhammadali - OATHS CLASSIFICATION. OATHS OF THE FIELD The American Journal of Social Science and Education ..., 2023. 31-37
7. M Saminjonov - TILSHUNOSLIKDA NUTQIY JANRLAR VA SOHA QASAMLARI MASALASI Farg'ona davlat universiteti, 2023. 93-93
8. M Saminjonov - ВОПРОС О РЕЧЕВЫХ ЖАНРАХ И ОТРАСЛЕВЫХ КЛЯТВАХ В ЛИНГВИСТИКЕ Farg 'ona davlat universiteti ilmiy jurnali, 2023. 450-453
9. Saminjonov Muxammadali Salimjon o'g'li - ILSHUNOSLIKDA NUTQIY JANRLAR VA SOHA QASAMLARI MASALASI FarDU. ILMIY XABARLAR 1-2023. 355-358
10. S Mukhammadali - A SYSTEMATIC STUDY OF FIELD OATHS IN DIFFERENT LINGUISTIC-CULTURAL ENVIRONMENTS American Journal of Interdisciplinary Research and ..., 2022. 178-182