Научная статья на тему 'KS-GRAMMATIKA YORDAMIDA O’ZBEK TILIDAGI SODDA GAPLARINING DARAXTINI QURISH'

KS-GRAMMATIKA YORDAMIDA O’ZBEK TILIDAGI SODDA GAPLARINING DARAXTINI QURISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
391
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sintaksis / sodda gaplar / KS-grammatika / tabiiy tilni qayta ishlash

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — G’Ayrat Matlatipov Raximbayevich, Ma’Mura Ramatova Gulimboy Qizi

KS(konteks erkin grammatika) tabiiy tilni qayta ishlashning ishlashning asosiy tushunchalaridan biridir,shuning uchun KS-grmmatika orqali o’zbek tilining matnlarini sintaktik tahlil qilishni yaratish o’zbek tili uchun muhim vazifadir.Ushbu maqolada o’zbek tili uchun KSgrammatikadan foydalanib o’zbek tilidagi sodda gaplarning sintaktik tahlil daraxti haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KS-GRAMMATIKA YORDAMIDA O’ZBEK TILIDAGI SODDA GAPLARINING DARAXTINI QURISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

KS-GRAMMATIKA YORDAMIDA O'ZBEK TILIDAGI SODDA GAPLARINING

DARAXTINI QURISH 1G'ayrat Matlatipov Raximbayevich, 2Ma'mura Ramatova Gulimboy qizi

1Urganch Davlat Universiteti "Axborot texnalogiyalari kafedrasi dotsenti,texnika fanlar nomzodi: m.gayrat@gmail.uz.com +998939228762 2Urganch Davlat Universiteti Kompyuter lingivistikasi yo'nalishi magistranti mamurarahmadova@gmail.com +998934666569 https://doi.org/10.5281/zenodo.7854619

Annotatsiya. KS(konteks erkin grammatika) - tabiiy tilni qayta ishlashning ishlashning asosiy tushunchalaridan biridir,shuning uchun KS-grmmatika orqali o'zbek tilining matnlarini sintaktik tahlil qilishni yaratish o'zbek tili uchun muhim vazifadir.Ushbu maqolada o'zbek tili uchun KS- grammatikadan foydalanib o'zbek tilidagi sodda gaplarning sintaktik tahlil daraxti haqida so'z boradi.

Аннотация. КС (контекстно-свободная грамматика) является одной из основных концепций обработки естественного языка, поэтому создание синтаксического анализа текстов узбекского языка посредством КС-грамматики является важной задачей для узбекского языка. дерево разбора простых предложений в узбекском языке.

Abstract. KS (context free grammar) is one of the main concepts of natural language processing, therefore creating a syntactic analysis of Uzbek language texts through KS-grammar is an important task for the Uzbek language. using grammar, it is discussed about the syntactic analysis tree of simple sentences in Uzbek language.

Tayanch so'zlar: Sintaksis,sodda gaplar, KS-grammatika, tabiiy tilni qayta ishlash

Kirish: Sintaksis grammatikaning muhim bo'limlaridan biri bo'lib,so'zlarning va gaplarning o'zaro aloqasini,so'z birikmalari va gaplarni tashkil etgan bo'laklarning xususiyatlarini o'rganadi.Hozirgi kungacha o'zbek tili sintaksis sohasi o'zbek tilshunosligining eng dolzarb va muammoli sohalaridan biri hisoblanadi.O'zbek tili sintaksis bo'limining sintaktik tahlilida asosiy ikki aspekt o'raniladi: l.So'z birikmasi 2.Gap bo'laklari

So'z birikmalari boshqaruvni, ya'ni bosh so'zning qanday so'z turkumi ekanligiga qarab, tasnif qilinadi. Gap bo'laklari gap tuzilmasidagi ahamiyatiga ko'ra quyidagi ikkita asosiy turga ajraladi: 1) bosh bo'laklar — gapning predikativ asosini tashkil etuvchi ega va kesimdan iborat bo'ladi; 2) ikkinchi darajali bo'laklar — bosh bo'laklar bilan yoki o'zaro bir-birlari bilan tobe aloqada bo'ladi, hokim bo'lak ma'nosini aniqdab, to'ldirib, izohlab keladi hamda asosiy xususiyatlariga ko'ra aniqlovchi, to'ldiruvchi va holga bo'linadi.

Asosiy qism: Aslini olib qaraydigan bo'lsak,o'zbek tilidagi gaplar grammatik asoslarning miqdoriga ko'ra ikki turga bo'linadi: sodda va qo'shma: Men bugun maktabga keldim. Agar u kelsa, men uyga ketaman.

Sodda gap — o'z tarkibida birgina predikativ birlikka ega bo'lgan, ma'lum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlikdir[1]. Aynan bu maqolada o'zbek tilidagi sodda gaplarning sintaktik tahlildagi gap bo'laklarini formal grammatikaning bir bo'lagi bo'lgan KS(konteks erkin grammatika)orqali daraxtini qurishini ko'rib chiqamiz. KS-grammatikasi bu rasmiy grammatikaning maxsus holati bo'lib bunda bz rasmiy tilni tavsiflash usuli ya'ni ba'zi chekli alifboning barcha so'zlari to'plamidan ma'lum bir

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

kichik to'plamni tanlashdir. Grammatikalar mavjud birinchi, siz tilning istalgan so'zini yaratishingiz mumkin bo'lgan qoidalarni o'rnatasiz, ikkinchisi esa berilgan so'zdan uning tilga kiritilgan yoki yo'qligini aniqlashga imkon beradi. O'zbek tilidagi sodda gaplarning daraxtini qurishda ,avvalo ,biz o'zbek tilining umumiy Grammatik qoidalarini Yuqoridagi masalani amalga oshirish uchun, biz o'zbek tilidagi sodda gaplarning tuzilishining modellashtirishini ko'rib chiqamiz va modelda quydagi jadvalda ko'rsatilgan belgilashlardan foydalanamiz.

Gap bo'laklari Teg nomlari

Ega E

Kesim KSM

Ot kesim -OTK

Fe'l kesim -FLK

Aniqlovchi -AN

a)sifatlovchi aniqlovchi -SA

b)qaratqich aniqlovchi -QA

To'ldiruvchi -TL

a)vostiali to'ldiruvchi -VLT

b)vositasiz to'ldiruvchi -VST

Hol HL

a)sabab holi -SBH

b)daraja-miqdor holi -DMH

c)o'rin holi -OH

d)vaziyat holi -VH

f)maqsad holi -MH

g)payt holi -PH

O'zbek tilidagi eng sodda gap birgina predekativ asosdan iborat bo'ladi. Masalan, quydagi gap faqat bitta "Keldim" so'zidan iborat. Aynan, bu so'z sintaktik tahlilda - fe'l kesim vazifasida keladi. Biz bu orqali butun bir gapning shaxsi-zamoni va egasini aniqlashimiz mumkin. Bundan tashqari, o'zbek tilida birdan ortiq so'zlar yordamida ham, sodda gaplar tashkil etishimiz mumkin. Buni quydagi misollar orqali ko'ramiz:

E+PH+VST+FK Men bugun kitobni o'qidim. E+FK Men keldim. E+SA+FK U chiroyli qiz.

QA-VLT-VLT-VH-FLK-yurtimizning tinchligi va obodonligiga munosib hissa qo'shamiz QA-E-PH-OH-FLK-Sinfimizning o'quvchilari ta'tilda Buxoroga sayohat qilmoqchilar. SA-E-OH-VH-K-ko'rkamgina yigit do'konga shoshilib kirdi QA-SA-E-DMH-OTK-Navoiyning yozgan asarlari butun dunyoga mashhurdir E-SA-VST-FLK= sen qaysi kitobni yoqtirasan MH-VST-FLK=shu maqsadda tikuvchilikni o'rganmoqchiman

VLT-PH-E-VLT-K-menga navbat kelganda ustozimiz yozganlarimga ko'z yugurtirib

chiqdi.

Yuqoridagi sodda gaplarni o'zimiz qurib olgan modellar yordamida belgilab oladik.Shunisi ma'lumki, sintaktik tahlil NLPning uchinchi bo'lgan asosiy bosqichlaridan biridir.KS-grammatikadagi tahlil daraxtini qurishimiz uchun bizga sintaktik tahlil juda muhim qismdir. Bilamizki, KS-grammatika -bu NLPda ishlab chiqarish qoidalari shaklga ega bo'lgan rasmiy grammatika bo'lib,bunda tabiiyni tilni rasmiy grammatika qoidalari orqali tahlil qilish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

jarayonidir.Aslida, KS-grammatikasidan foydalanib, gaplarni sintaktik tahlil qilishdan asosiy maqsadimiz:

-Gapdagi so'zlarning ro'lini topish -So'zlar o'rtasidagi munosabatni izohlash

-Gaplarning grammatik tuzilishini izohlashlardan iboratdir.KS-grammatikda asosiy tahlil vazifasini amalga oshirish uchun ( lot-" parser" qism)dan foydalanamiz.Parser-NLPda muhim ro'l o'ynaydigan belgilar jadvalini yaratish bo'lib, KS -grammatikadagi tahlil daraxti parser asosida yaratiladi.Quyda biz hozir o'zbek tilidagi sodda gapning tahlil daraxtining qurilishini ko'rib chiqamiz:

Men xonamdagi qiziqarli kitoblarni birin-ketin o'qidim.

Bu gapda oldin ega va kesim, aniqlovchi, to'diruvchi, hol aniqlandi.Ush bu gapni dasturlash tiliga o'tkazish uchun gaplani teglash lozim.Gapning daraxtini qurish uchun yuqoridagi ko'rsatgan teglardan foydalanamiz.

Men-E kitoblarni-VST

Xonamdagi-OH birin-ketin- VH

Qiziqarli-SA o'qidim-FLK

Aynan, shu sodda gapimiz: "Men xonamdagi qiziqarli kitoblarni birin-ketin o'qidim"ni Python dasturlash tili yozish uchun NLTK kutubxonasidan foydalanamiz.Bunda, avvalo grammar=nltk.CFG.fromstring buyrug'i orqali qoidalarni kiritishdan boshlaymiz. (G (OTB (OTB (E Men))

(OTB (OH xonamdagi) (SA qiziqarli) (VST kitoblarni))) (FB (VH birin ketin) (FLK oqidim))) (G

(OTB (E Men) (OTB (OH xonamdagi) (SA qiziqarli) (VST kitoblarni))) (FB (VH birin ketin) (FLK oqidim))) Tree.draw() funksiyasi yordamida gapning daraxtini chizib olganimizdan keyin, natijada misol qilib olgan sodda gapimizning KS-grammatikadagi daraxtini ko'rishimiz mumkin bo'ladi.

Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,ushbu maqolada tabiiy tillarning muhim bo'lagi bo'lgan KS-grammatika orqali sodda gaplarning daraxtini qanday qurishini ko'rib chiqdik.Maqolada asosiy qilgan ishimiz:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

1.Avvol, o'zbek tilining sintaksisi haqida umumiy ma'lumotlar berildi

2. O'zbek tilining sodda gaplari va uning turlari tavsiflandi.

3.Sodda gaplarni sintaktik tahlil qilish uchun ularga teglar yaratildi va jadvali tuzildi.

4.Ushbu jadval asosida 10 ta sodda gap tahlil qilindi.

5.Eng so'nggi bosqichimizda Tree.draw() funksiyasi yordamida berilgan sodda gapimizning daraxti qurildi.

Ushbu mavzu bo'yicha ko'rib chiqilgan masalalar tabiiy tilni qayta ishlash jarayonida o'zbek tilining rivojlanishiga va takomillashishiga katta turki bo'ladi deb hisoblayman.

REFERENCES

1. Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari - Toshkent-2011. 55-bet

2. Abjalova Manzura 2.Abdurashetovna —Tahrir va tahlil dasturlarining lingvistik modullaril. Toshkent: Nodirabegim, 2020. b23

3. Po'latov Abdumajid. Kompyuter lingvistikasi "Akademnash" nashriyoti, 2011y

4. Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. O'quv qo'llanma. Toshkent- 2011. b93

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.