Научная статья на тему 'INGLIZ TILI DARSLARIDA TALABALARNING BOG‘LANISHLI NUTQINI O‘STIRISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI'

INGLIZ TILI DARSLARIDA TALABALARNING BOG‘LANISHLI NUTQINI O‘STIRISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bog‘lanishli nutq / lingvodidaktika / texnik ta`limy o‘nalishlari / tasvirlash / model. / connected speech / language didactics / technical education directions / description / model.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Botirova Palina Xakimjonovna

Ushbu maqolada texnika oliy o‘quv yurti talabalarining bog‘lanishli nutqini o‘stirish masalalari haqida so‘z boradi. Jahonda tilni muloqot va fikrni ifodalash vositasi sifatida lingvodidaktik asosda o‘rgatishning eng sodda, qulay va samarali usullar orqali tashkil etishni tadqiq etish zamonaviy ta’limning muhim masalalaridan biriga aylandi. Shu nuqtayi nazardan, bo‘lajak mutaxassislarda o‘z fikrlarini muayyan kompozitsion tuzilishda mantiqan asoslangan va bog‘langan, og‘zaki va yozma shaklda bayon etish malakalarini rivojlantirishni samarali va mahsuldor texnologiyalarini yaratishni taqozo etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUODIDACTIC PRINCIPLES OF DEVELOPING CONNECTED SPEECH OF STUDENTS IN ENGLISH CLASSES

This article talks about the issues of developing coherent speech of students of technical higher education institution. In the world, the study of the organization of language as a means of communication and expression of thought through the simplest, most convenient and effective methods of teaching on a linguo-didactic basis has become one of the important issues of modern education. From this point of view, it is necessary to develop the skills of future specialists to express their thoughts logically based and connected in a certain composite structure, verbally and in writing, to create effective and productive technologies.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILI DARSLARIDA TALABALARNING BOG‘LANISHLI NUTQINI O‘STIRISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI»

UDK 30 428

INGLIZ TILI DARSLARIDA TALABALARNING BOG'LANISHLI NUTQINI O'STIRISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI

Botirova Palina Xakimjonovna Namangan muhandislik-qurilish instituti, "Xorijiy tillar" kafedrasi dotsenti, PhD E-mail: palina.botirova@mail.ru

Annotatsiya. Ushbu maqolada texnika oliy o'quv yurti talabalarining bog'lanishli nutqini o'stirish masalalari haqida so'z boradi. Jahonda tilni muloqot va fikrni ifodalash vositasi sifatida lingvodidaktik asosda o'rgatishning eng sodda, qulay va samarali usullar orqali tashkil etishni tadqiq etish zamonaviy ta'limning muhim masalalaridan biriga aylandi. Shu nuqtayi nazardan, bo'lajak mutaxassislarda o'z fikrlarini muayyan kompozitsion tuzilishda mantiqan asoslangan va bog'langan, og'zaki va yozma shaklda bayon etish malakalarini rivojlantirishni samarali va mahsuldor texnologiyalarini yaratishni taqozo etmoqda.

Annotation. This article talks about the issues of developing coherent speech of students of technical higher education institution. In the world, the study of the organization of language as a means of communication and expression of thought through the simplest, most convenient and effective methods of teaching on a linguo-didactic basis has become one of the important issues of modern education. From this point of view, it is necessary to develop the skills of future specialists to express their thoughts logically based and connected in a certain composite structure, verbally and in writing, to create effective and productive technologies.

Аннотация. В данной статье говорится о вопросах развития связной речи цтудентов технического вуза. В миреизучение организации языка как средства общения, и выражения мысли посредством простейших, удобных и эффективных методов обучения на лингводидактической основе, стало одним из важных вопросов современного образования. С этой точки зрения необходимо развивать у будущих специалистов умения логически, обоснованно и связанно излагать свои мысли в устной и письменной форме, создавать эффективные и продуктивные технологии.

Kalit so'zlar. bog'lanishli nutq, lingvodidaktika, texnik ta'limy o'nalishlari, tasvirlash,

model.

Key words. connected speech, language didactics, technical education directions, description, model.

Ключевые слова. связная речь, языковая дидактика, направления технического образования, описание, модель. Kirish.

Jahonda tilni muloqot va fikrni ifodalash vositasi sifatida lingvodidaktik asosda o'rgatishning eng sodda, qulay va samarali usullar orqali tashkil etishni tadqiq etish zamonaviy ta'limning muhim masalalaridan biriga aylandi. Texnik yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasasida chet (ingliz) tilni o'rgatishning asosiy maqsadi talabalardan kelajakda xorijiy adabiyotlar bilan samarali ishlash, turli anjumanlarda, munozaralar va seminarlarda hamkasblar bilan kompetentli muloqot qilish, kasbiy faoliyat bilan bog'liq ma'ruzalarni tinglash, ilmiy ma'ruzalar qilish, chet ellik hamkasblarga biznes maktublar, tezislar va ilmiy referatlarni yozma ravishda izchil, mantiqiy bog'langan holatda bayon etish malakalarini rivojlantirishdan iborat. Biroq texnika oliy o'quv yurtlari talabalarida ingliz tilida kasbiy yo'nalishlarida fikrlarini mantiqiy bog'langan shaklda bayon etish masalalari yetarli darajada shakllanmaganligini e'tirof etish lozim. Shu nuqtayi nazardan, bo'lajak mutaxassislarda o'z fikrlarini muayyan kompozitsion tuzilishda

mantiqan asoslangan va bog'langan, og'zaki va yozma shaklda bayon etish malakalarini rivojlantirishni samarali va mahsuldor texnologiyalarini yaratishni taqozo etmoqda.

Dunyoda xorijiy tillarni lingvodidaktik tamoyillar va lingvopedagogik tadqiqot metodlari asosida o'rganish muhim muammo sifatida shakllantirildi. Binobarin, til sistemasi va nutqiy ko'nikmalarni yaxlit tarzda o'rgatish, nutqiy faoliyatning barcha turlarini majmuaviy rivojlantirish, ularning tarbiyaviy asoslarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, xalqaro amaliyot bog'lanishli nutqni chet tili o'rgatish jarayonida kichik maktab yoshidan boshlash zaruriyatini tasdiqlaydi. Ingliz tili ta'limi jarayonida bog'lanishli nutqni o'stirishning ahamiyatliligini Kaliforniya tillarni o'rganish markazi, Amerika Falsafa Assotsiatsiyasi, AQSH Milliy kengashi, Rossiyaning «O'qish va yozish orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish» markazlarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Respublikamizda chet til ta'limi mazmunini sifatini takomillashtirish borasida izchil, tizimli, maqsadga yo'naltirilgan faoliyat olib borilmoqda. Prezidentning 2021-yil 6-mayda chet tillarini o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishidagi nutqida: «Mamlakatimizda xorijiy tillarni o'rgatish bo'yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo'ladigan yangi tizimni yo'lga qo'yish vaqti-soati keldi. Biz raqobatdosh davlat qurishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bundan buyon maktab, litsey, kollej va oliy o'quv yurti bitiruvchilari kamida ikkita chet tilni mukammal bilishlari shart. Bu qat'iy talab har bir ta'lim muassasasi rahbari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi lozim» ligi ta'kidlab o'tilgan.

Mamlakatimizda bir necha tillarni biluvchi zamonaviy kadrlarni tayyorlashga talab ortib borayotganligidan kelib chiqqan holda texnika oliy o'quv yurtlarida kasbga yo'naltirilgan ingliz tilini o'qitish metodikasini takomillashtirish, shu jumladan, talabalar bog'lanishli nutqini o'stirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Prsezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PQ-4947-sonli «O'zbekicton Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi, 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-sonli «O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorlari, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-sonli «O'zbekiston respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi, 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-sonli «O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli «2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 610-son «Ta'lim muassasalarida chet tillarni o'qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Mamlakatimizda chet tillarni o'qitish metodikasiga oid muammolar, ingliz tilida nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ahamiyati masalalari to'g'risida bir qator olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, J.J.Jalolov, O'.H.Hoshimov, T.K.Sattorov, L.T.Axmedova, D.U.Xoshimova, M.D.Jusupov, G.X.Bakiyeva, D.R.Babayeva, F.M.Rashidova, F.Sh.Alimov, D.M.Isroilova, D.N.Gafurova, S.A.Misirov, B.H.Xoliyorov kabi olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan.

Mustaqil davlatlar hamdo'stligi (MDH) mamlakatlarida bog'lanishli nutqning psixologik tabiati, uning shakllanish mexanizmlari va maktab o'quvchilarida rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari hamda bog'lanishli nutqning murakkab tuzilishini ta'kidlagan holda maxsus nutqiy ta'lim-tarbiya zarurligi borasida nazariyalar Y.I.Tixeyeva, F.A.Soxin, M.K.Tlexuray, A.M.Borodich, O.C.Jukova, A.A.Leontyev, V.M.A.Babneva, L.G.Shadrina,

O.V.Yefimova, N.D. Zarubina, O.A.Nechayeva, T.A.Ladijenskaya, T.A.Tkachenko, A.N.Bordunova, M.I.Rotts, Y.L.Agayev, L.A.Venger, M.R.Lvov, L.V.Makar, I.I.Moroz, A.T.Stefanovskaya, Y.N.Lyogochkina, T.N.Astafurova, T.B.Lesoxina, V.M.Tamilova, O.A.Oleynik, I.B.Antonova, G.P.Baranova kabi tadqiqotchi olimlar tomonidan o'rganilgan.

Xorijiy olimlar Canale M., Swain M., Savignon S., Widdowson H.G, Hans Rickheit H., Piajet J. va boshqalar o'z tadqiqotlarida chet til o'qitishda talabalarni tanqidiy fikrlash orqali nutqini o'stirish masalalari kabi muammolar tadqiq etilgan.

Biroq, texnika oliy o'quv yurtlarida ingliz tili o'qitish jarayonida talabalarning bog'lanishli nutqini o'stirishni takomillashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayonni ilmiy asoslash hamda maxsus tadqiq etish zarurati muammo sifatida qolayotganligi mazkur yo'nalishda maxsus ilmiy izlanish olib borishni taqozo etadi.

Yaxlit mazmunli nutq jamiyatning har bir a'zosini kommunikativ qobiliyati, ya'ni ikki tomonlama va ko'p tomonlama foydali muloqotga kira olishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni nazarda tutgan holda, ta'lim jarayonida - maktabgacha ta'limdan oliy ta'limgacha - tarbiyalanuvchilarda, o'quvchilarda va talabalarda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirish muhim vazifa ekanligi til ta'limi nazariyasida e'tirof etilmoqda. Jumladan, ta'limning barcha bo'g'inlari uchun tasdiqlangan Davlat ta'limi standartlariga kiritilgan malakaviy talablar qatoridan «kommunikativ kompetensiya» tushunchasi ham o'rin egallagan.

Kommunikativ kompetensiya jamiyatda o'zaro muloqotga kirishish uchun ona tili, ikkinchi til (rus tili) va o'rganilayotgan xorijiy tilni o'zlashtirish hamda undan muloqotda foydalanish, fikrini og'zaki va yozma ravishda muayyan mantiqiy ketma-ketlikda, kompozitsion va bog'langan tarzda bayon etishni taqozo etadi.

Bog'lanishli nutq - talabaning nutqiy va aqliy rivojlanish darajasini aniqlab beradigan fikrlash faoliyatining eng yuqori shaklidir (T.V.Axutina, L.S.Vigotskiy, N.I.Jinkin, A.A.Leontyev, S.L.Rubinshteyn, F.A.Soxin, T.A.Ladijenskaya, M.R.Lvov, D.R.Babayeva). Bog'langan nutqni o'zlashtirish ta'lim olish uchun muvaffaviyatli tayyorgarlikning muhim shartlaridan biridir.

O'rganilayotgan muammo doirasida o'tkazilgan tadqiqotlarda bog'lanishli (mantiqiy bog'langan, yaxlit, tartibga solingan) nutq tushunchasining turli ta'riflari mavjud. Taqdim etilgan ta'riflarda bog'lanishli nutq tushunchasi qisqa va kengaytirilgan shaklda yoritilgan. Qisqa shaklda fikrni bayon etishga qaratilgan, to'liq mazmunni ifodalaydigan, mantiqiy va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, o'zaro bog'langan ma'noli qismlarga bo'linadigan nutq bog'lanishli nutq deyiladi.

Kengaytirilgan shaklda esa, fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mazmunni ifodalaydigan, mantiq va grammatika qoidalari asosida tuzilgan, mustaqil, muayyan kompozitsion tuzilishdan iborat, to'liq va o'zaro bog'langan ma'noli qismlarga bo'linadigan nutq bog'lanishli nutq deyiladi.

Bog'lanishli nutq natijasida og'zaki va yozma matn paydo bo'ladi. Matn atamasi keng qamrovli tushunchani ifodalaydi va shu sababli tilshunoslik, lingvodidaktika, poligrafiya kompyuter texnikasi kabi sohalarda keng qo'llanadi. Ko'rsatilgan sohalarda ushbu tushunchaning o'ziga xos ta'riflari mavjud.

«Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O'zbek tilining izohli lug'atida matn so'zining arabchadan o'zlashganligi, eskirgan kitobiy so'z ekanligi va aynan tekst so'zi anglatgan ma'noga tengligiga ishora qilinadi. Izohli lug'atda tekst so'ziga quyidagicha ta'rif beriladi: «Yozilgan, ko'chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar, nutq, hujjat va shu kabilar yoki ularning bir parchasi; matn».

Mamlakatimiz va xorij til ta'limi nazariyasida bog'lanishli nutq va uning xususiyatlarini o'rganish, ta'lim jarayonida bog'lanishli nutq malakalarini shakllantirish borasida muayyan yutuqlarga erishilgan. Bu sohada izlanishlar olib borgan yetuk olimlarning, mutaxassislarning nazariy va amaliy jihatdan mukammal asoslangan g'oyalari va talqinlarini e'tirof etgan holda bog'lanishli nutq tushunchasining quyidagi qirralarini to'liq o'rganilmaganligini va ularni tadqiq etish zarurligini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

1) bog'lanishli nutq turlarining tasnifi (klassifikatsiyasi);

2) uyg'unlashgan nutq shakllantirish birliklari (lingvodidaktik nuqtayi nazardan);

3) mantiqiy bog'langan nutq tarkibidagi mustaqil gaplarning grammatik aloqa turlari;

4) ta'lim bosqichlarida bog'lanishli nutq malakalarini rivojlantirish tartibi va usullari (keng ma'noda);

5) ta'lim oluvchilarda bog'lanishli nutq malakalarini shakllanganligi darajasini aniqlash ko'rsatkichlari va baholash mezonlari.

Ta'kidlab o'tilganidek, bog'lanishli nutq natijasida matn paydo bo'ladi. Demak, undagi mustaqil gaplarning o'zaro grammatik aloqasi matn sintaksisi doirasiga kiradi va maxsus tadqiqotni taqozo etadi.

Bog'lanishli nutqning birliklari haqida fikr yuritilganda quyidagilarni ta'kidlash lozim: birinchidan, bog'lanishli nutq birliklarini (namoyon bo'lish vositalari) ajratish til ta'limini samarali tashkil etish uchun muhim; ikkinchidan, ular nutq shakliga mutanosib ravishda belgilanadi; uchinchidan, bog'lanishli nutq malakalarini o'stirish maqsadi talabalarni, o'rganuvchilarni fikrini muayyan ketma-ketlikda mantiqiy bog'langan va yaxlit holatda ifoda etishga o'rgatishdan iborat ekanligini hisobga olish zarur. Masalaga shu nuqtayi nazardan yondashilganda, bog'lanishli nutqni rivojlantirish uchun qulay birliklarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Og'zaki bog'lanishli nutq birliklari (namoyon bo'lish vositalari) sifatida savollarga og'zaki javob berish, qayta hikoyalash, mant tuzish, predmet, voqea, hodisalarni tasvirlash, ular haqida mulohaza yuritish kabi nutqiy faoliyat turlarini ko'rsatish mumkin. Albatta, bunday faoliyat turlari yozma ravishda ham amalga oshiriladi va ular, shubhasiz, yozma bog'lanishli nutq turlarini ham tashkil etadi. Bog'lanishli yozma nutq birliklari qatoriga keng ma'noda bayon, insho, esse, maqolani ham kiritish mumkin.

Ta'lim jarayonining bosqichlarida bog'lanishli nutq malakalarini o'stirish tartibi va usullarini belgilashda, fikrimizcha, quyidagi holatlar inobatga olinishi kreak:

1) til ta'limi jarayonining bosqichi;

2) o'rganilayotgan til turi (ona tili, ikkinchi til (rus til) yoki xorijiy til);

3) belgilangan kommunikativ maqsad.

Yuqorida keltirilgan talqinlar tahlili asosida bog'lanishli nutq tushunchasini quyidagi mualliflik ta'rifini taqdim etamiz: «Belgilangan mavzu bo'yicha fikrlarni izchil ketma-ketlikda bayon etishga yo'naltirilgan mantiqan o'zaro bog'langan qismlardan iborat, grammatik qoidalar asosida tuzilgan, tarkibidagi to'liq mazmunni ifodalovchi gaplar o'rtasidagi bog'linishlar maxsus grammatik aloqa vositalari (leksik-takror, mayl shakllari, fe'l zamonlari, semantik qismlar joylashuvi, predikativ bo'laklar uchun umumiy bo'laklar, jumlalarni joylashuvi tartibi) yordamida ifodalangan, muayyan tuzilishga ega bo'lgan nutq bog'lanishli nutq deyiladi».

Bog'lanishli nutq turlarini tasnifi va tavsifi bir nechta omillar asosida amalga oshiriladi. Birinchi navbatda uning nutqiy faoliyatdagi vazifasiga ko'ra turlarini tavsifini keltiramiz. Ushbu omil bo'yicha lingvodidaktikada bog'lanishli nutqning tasvir, faraz va mulohazani ifodalovchi turlari ajratiladi. Mazkur turlar til ta'limi nazariyasida batafsil yoritilmaganligi sababli ularni qisqa sharhini keltiramiz.

Tasvirlashga monologik nutqning funksional-semantik (nutqiy faoliyat jarayonidagi vazifasi bo'yicha) turi sifatida yondashuvi ilk marotaba rus tilshunosligida o'rnatildi.

Tasvirda predmet, narsalar, obyektlarni vaqtincha namoyon bo'layotgan yoki doimiy belgilarini ifodalash tushuniladi. Matnning kommunikativ vazifasi - «Bu predmet, hodisa, odam qanday?» degan savolga javob berish. Ketma-ketlikda yuzaga kelgan faktlarni xabarini yetkazib berish bayon qilish deyiladi. Bu turdagi matnlar rivojlanib borayotgan harakatlar va holatlarni ifodalaydi. Odatda bunday matnlarga vaqtga tegishli rejalarni almashtirish, holatga oid vaqtni ifodalovchi bog'lovchilarni ishlatilishi va his-tuyg'uni aks ettiruvchi vositalar xosdir. Bunday matnlarga zanjirli tema-rematik harakat, birinchi gapning predikati keyingi gapning subyektiga aylanishi xos va xokazo Bayon qilishni asosiy vazifasi - ma'noni yetkazib berish, "Nima sodir bo'ldi?" degan savolga javob berish. Fikr bildirishning biron bir faktlarni (hodisalar) sabab-oqibatini ifodalashga yo'naltirilgan turi mulohaza yuritish deb ataladi.

Mazkur tadqiqotda talabalarda monolog - tasvir yaratish malakalarini shakllantirish orqali bog'lanishli nutqni o'stirish masalalari tadqiq etilayotganligi sababli monologik bog'lanishli nutqning ushbu turini lingvistik mazmun va kompozitsion jihatdan, hamda grammatik xususiyatlarini misollar yordamida sharxlab o'tamiz.

«We have two small rooms in our flat and one of them is mine. It is not big, but very cozy. There is a wardrobe near the wall and a desk near the window. My bed is at the left corner. I like my room very much, because it is very comfortable. Our kitchen is not very large, but light. It's very well equipped. We have got a refrigerator, a microwave oven, a coffee maker and a toaster. In evenings we like have tea and have rest in it».

Predmet belgilarini yoritish usuliga ko'ra tasvirlashning umumlashtirilgan va konkret turlari ajratiladi. Umumlashtirilgan tavsifda predmetlarga umuman xos bo'lgan belgilar sanab o'tiladi. Bundan tashqari, bunday tavsifda nafaqat ko'rinadigan belgilar aytib o'tiladi, balki ushbu predmetning xususiyatlariga baho ham beriladi. Konkret tasvirlash-muayyan predmetning aniq vaziyat va holatdagi tasviri. Masalan, bahor fasli uchun umumiy belgilar mavjud: kunlarning uzayishi, isiy boshlashi, tabiat uyg'onishi va h.k. Shu bilan bir qatorda yilning uchta oyi davomida bahor turli manzaralarda namoyon bo'ladi. Bunday xolatning tasviri - konkret tasvirni tashkil etadi.

Tilshunoslikda og'zaki va yozma tasvirni matnlarni stilistik xususiyatlarga ko'ra tasnifi ham mavjud. O.Nechayeva ushbu masala to'g'risida fikr yuritib, «... tasvirlash nafaqat badiiy, balki rasmiy, ilmiy, publisistik va kundalik so'zlashuv uslubda ham bo'lishi mumkin. Umuman olganda, har qanday tasvirda predmetlar tavsiflanadi, ammo ularning uslubiy ifodasi har xil bo'lishi mumkin.» deb ta'kidlab o'tadi. Lekin muallif tomonidan tasvirlashning uslubiy jihatdan o'ziga xos xususiyatlari yoritilmagan.

Til ta'limi nazariyasida ham tasvirlash va uning turlari haqida turli talqinlar mavjud. Metodistlar tasvirlash matnlarini tasniflarda yoritiladigan obyekt tuzilishining murakkabligiga e'tibor qaratganlar va shu asnoda tasvirlashning quyidagi turlarini belgilaganlar:

1) alohida predmetlarning tasviri;

2) xonaning tavsifi (interyer);

3) tabiat manzarasini tasviri;

4) odamning tashqi qiyofasi tasviri;

5) harakatlar tavsifi;

6) muayyan hududning tavsifi.

Tasvirlash turlarining ketma-ketligi tasvirlayotgan obyekt tuzilishining murakkabligiga muvofiq begilanadi. Masalan, predmetlar va hayvonlarning tavsiflari birinchi darajadagi murakkablikni tashkil qiladi; xonalarning ichki holati va tabiatning tasvirlari - ikkinchi

murakkablik darajasida; odamning tashqi qiyofasi va harakatlarining tasvirlari uchinchi murakkablikka, to'rtinchisiga esa muayyan hudud tasvirlarini kiritish mumkin.

«TV, in any form, is great. In the evenings he attracts us like a magician. It can also hurt our eyes if we watch it too much. It's rectangular in shape, just like a big phone. If you have a TV, you will not be bored».

«Television serves to show movies, cartoons fun show programs and news all over the world. It is rectangular in shape and has large and small types. The TV is made of plasma screen and plastic. It has a factory brand mark on the back side of the TV. The inner part consists of glass diodes or circuits».

Ilmiy metodik adabiyotlar tahlili asosida takidlash lozimki, obyekt tuzilishining murakkabligini tahlili asosida tasvirlashning quyidagi turlari aniqlangan: alohida predmetlarning tasviri; hayvonning tasviri;

(interyer) xona interyerining (ichki maketi) tasviri;

tabiat manzarasining tasviri;

odamning tashqi qiyofasi tasviri;

harakatlar tavsifi;

hududning (joyning) tasviri.

Keltirilgan metodik tasnif muayyan darajada nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, mazkur tasnif ba'zi bir noaniqliklardan ham forig' emas. Xususan, tasvirning «harakatni tavsiflash» turi ayrim fikr va munozaralarni talab etadi.

Ma'lumki, nutqning tavsiflovchi turida tasvirlangan obyektning bir vaqtning o'zida yoki doimiy namoyon bo'ladigan statik belgilari yoritiladi, «harakatlarning tavsifida» esa, ketma-ket rivojlanayotgan harakatlar, voqealar va jarayonlar sharhlanadi. Demak, bunday vaziyatda nutqning tavsiflovchi turi haqida emas, balki asosiy vazifasi ketma-ket rivojlanayotgan harakatlar va jarayonlar to'g'risida xabar berishdan iborat bo'lgan hikoya qilish haqida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.

Bildirilgan fikr asosida tasvirlashning mavjud tasnifiga aniqliklar kiritib, uning quyidagi mualliflik tasnifini taqdim etamiz:

1) alohida predmetlarning tasviri;

2) hayvonning tasviri;

3) xonaning ichki qismi (maketi) tasviri (interyer);

4) tabiat manzarasi tasviri (manzara);

5) odamning tashqi qiyofasini tasviri (portreti);

6) hududning tasviri;

7) shaxsning ruhiy holatini tasviri.

Stilistik (uslubiy) mansubligi nuqtai nazaridan tasvirlashning ilmiy, rasmiy, publitsistik, badiiy, so'zlashuv uslublarida qo'llanadigan turlarini ajratish mumkin. Tasvirlash turlarini quyidagi rasmda ifoda etish mumkin (1-rasm).

Bog'lanishli nutqni o'stirish tizimi deganda nutq rivojlantirishni ta'minlovchi metodik usullarning ma'lum bir ketma-ketligini ta'minlovchi didaktik majmua tushuniladi.

Mazkur majmuani amalda qo'llash maqsadida modellashtirish texnologiyasiga murojaat qilindi va bog'lanishli nutqni o'stirishning lingvodidaktik takomillashtirilgan modeli yaratildi.

Modelni, xususan bog'lanishli nutqni o'stirishning takomillashgan lingvodidaktik modelini yaratishda birinchi navbatda model tushunchasining mohiyatini sharxlash, shu jumladan, uning o'ziga xos xususiyatlarini izohlash maqsadga muvofiqdir.

Model (lot. Modulus - o'lchov, me'yor) biror obyekt va obyektlarning obrazi yoki namunasidir.

1-rasm. Tasvirlash turlarining tasnifi

Modellashtirish bilish nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biridir. Har qanday ilmiy-tadqiqot usuli, xoh amaliy xoh nazariy bo'lsin, modellashtirishga asoslanadi. «Modellashtirish» bir obyektning xususiyatlarini boshqa obyektda aks ettirishdir. Bunday aks ettirilgan obyekt model deb nomlanadi.

Modelda orginal struktura uchun muhim bo'lmagan elementlar olinib, soddalashtiriladi. Model hodisaning umumlashgan in'ikosi, amaliy tajribaning mavhum umumlashtirilgan tasviri, obyekt haqidagi nazariy tasavvurlar va amaliy bilimlar yig'indisidir.

Mavjud ilmiy-metodik manbalar tahlili hamda ingliz tili ta'limi jarayoni asosida texnika oliy o'quv yurtlari talabalarini bog'lanishli nutqlarini o'stirishni tizimli ravishda amalga oshirish maqsadida uning lingvodidaktik modeli takomillashtirildi.

Texnika oliy o'quv yurtlari talabalarida bog'lanishli nutq malakalarini rivojlantirishning lingvodidaktik modelini yaratishda birinchi navbatda, uning maqsadi va vazifalari aniq belgilanishi lozim. Albatta, belgilangan maqsadga erishish uchun modelni takomillashtirish yetarli emas. Uni ta'lim jarayoniga tadbiq etish ham muhimdir. Shu nuqtayi nazardan, tadqiqot jarayonida modeldan foydalanish algoritmi aniqlandi. Modelda belgilangan maqsadni amalga oshirishda, shubhasiz, muammoga bo'lgan ilmiy yondashuvlar, uni amalga oshirishning bosqichlari, shuningdek talabalarda rivojlantirilishi lozim bo'lgan bog'lanishli nutq malakalarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'kidlash lozimki, tadqiq etilayotgan muammoning serqirra bo'lganligi sababli unga nisbatan turli ilmiy yondashuvlar mavjud. Didaktik nuqtai nazardan, biz tadqiqotimizda shaxsga yo'naltirilgan, tizimli, kognitiv-kommunikativ, kompetensiyaviy va kreativ-faoliyatli yondshuvlarga asoslanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Shu nuqtayi nazardan psixologiya, psixolingvistika hamda funksional stilistika ma'lumotlari, umumiy didaktika prinsiplariga asoslangan holda texnika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalari talabalarini ingliz tili ta'limi jarayonida monolog-tasvirlashga o'rgatish orqali bog'lanishli nutqlarni o'stirishning bosqichlari va ularni amalga oshirish shakllari aniqlandi.

Shuningdek, mazkur bosqichlarda foydalanish uchun didaktik materiallar tizimi

yaratildi.

Xulosa

Hozirgi davrda davlatimizning ta'lim sohasidagi siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sifatida talabalarga malakaviy talablarda ko'rsatilgan bilimlarni berish bilan bir qatorda ularda atrof-muhitdagi voqea-hodisalarga ongli munosabat bilan yondashib, ular haqida fikr-mulohaza yuritish orqali o'z fikrlarini mantiqiy va grammatik jihatdan bog'lanishli tarzda bayon etish kompetensiyasini takomillashtirishdan iborat ekanligini e'tirof etish lozim.

Ingliz tili darslarida texnika oliy o'quv yurti talabalarini bog'lanishli nutqini o'stirishning maqsadi talabalarda predmet, voqea va hodisalar haqidagi fikrlarini mantiqiy ketma-ketlik, grammatik, mantiqiy jihatdan bog'langan, sintaktik jihatdan yaxlit ifodalash malakalarini rivojlantirishdan iborat.

Texnika oliy o'quv yurti talabalarida bog'lanishli nutq malakalrini o'stirishning asosiy vazifalari quyidagilar: fikrlarini og'zaki va yozma ravishda bog'lanishli holatda ifoda etishga motivatsiya yaratish, talabalarni bog'lanishli nutqning funksional mazmunli turlari bilan tanishtirish, talabalarda fikrlarini og'zaki va yozma shaklda muayyan kompozitsion tuzilishda, mantiqiy izchillik va bog'langan tarzda bayon etish malakalarini o'stirish, talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini takomillashtirish, bog'lanishli nutqning funksional-uslubiy turlari haqida bilimlar berish, grammatik va mantiqiy jihatdan bog'langan, tuzilishi jihatdan yaxlit, muayyan mavzuni belgilangan kompozitsion ko'rinishda ifodalaydigan monolog - tasvir tuzish malakalarini rivojlantirish.

Ingliz tili lingvodidaktkasida muammo doirasida o'tkazilgan tadqiqotlarda bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining kasbiy nutqini o'rganishga asosiy diqqat qaratilgan. Texnika oliy o'quv yurtalrining nomutaxassislik ta'lim yo'nalishlari talabalarining bog'lanishli nutqini o'stirish muammosi yetarli darajada tadqiq etilmagan. Shu bilan bir qatorda bog'lanishli nutqning o'ziga xos grammatik, semantik, strukturaviy xususiyatlari, tasnifiga mos ravishda uni o'stirish metodikasi yaratilmagani e'tirof etish lozim.

Monologik nutqning funksional-semantik turlaridan foydalanish talabalarning bog'lanishli nutqini o'stirish bo'yicha faoliyat samaradorligini oshirishni ta'milaydi.

ADABIYOTLAR

1. Khakimjonovna, B. P., Ikramovna, I. D., & Abdugafurovich, R. B. Coherent Speech and Its Types.

2. Khakimjonovna, B. P. COHERENT SPEECH AND ITS PECULARITIES. In The III International Scientific and Practical Conference «Scientific opinions on modern methods of solving problems», October 02-04, 2023, Prague, Czech Republic. 281 p. (p. 181).

3. Botirova, P. K. (2021). THE DEVELOPMENT OF COHERENT SPEECH STUDENTS OF TECHNICAL INSTITUTIONS IN ENGLISH LESSON. In ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ (pp. 101-105).

4. Khakimjonovna, B. P. (2023). Problems of using approach and methods in teaching english in non-philology education. Строительство и образование, 2(4), 44-49.

5. Khakimjonovna, B. P. (2023). The importance of innovative and information technologies in teaching foreign languages. Строительство и образование, 2(4), 53-58.

6. Khakimjonovna, B. P., Ogli, U. I. I., & Ogli, V. O. N. (2023). Using Kahoot Technology in Teaching English. Строительство и образование, 4(5-6), 157-163.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. Ботирова, П. Х. (2023). Подход к описанию связной речи. Строительство и образование, 3(5), 49-61.

8. Xakimjonovna, B. P. (2023). TALABALAR BOG 'LANISHLI NUTQINI O 'STIRISHDA QO 'LLANILADIGAN METODLAR: TALABALAR BOG 'LANISHLI NUTQINI O 'STIRISHDA QO 'LLANILADIGAN METODLAR.

9. Khakimjonovna, B. P. (2023). Methodology of Student Coherent Speech Development in The Process of English Language Learning.

10. Анваров, A. А., Ботирова, П. Х., & Азимова, Д. М. (2015). Обеспечение стратегии устойчивости проекта MATCHES. Молодой ученый, (22), 730-732.

11. Botirova, P. X. (2020). Bog'lanishli nutq-muloqot nutqi. NamDUilmiy axborotnomasi.

12. Khakimjonovna, B. P. (2022). DESCRIPTIVE COHERENT SPEECH AND ITS TYPES. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 2(1.5 Pedagogical sciences).

13. Botirova, P. K. (2021). THE PROBLEM OF FORMATION OF A COHERENT SPEECH OF STUDENTS IN ENGLISH LESSONS. In ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ (pp. 105-109).

14. Botirova, P., & Sobirova, R. (2019). FEATURES OF THE TRANSLATION OF POETRY INTO ENGLISH. Theoretical & Applied Science, (6), 383-387.

15. Botirova, P. (2022). Palina DEVELOPMENT OF COHERENT SPEECH INNOVATIVE METHODS IN TEACHING ENGLISH: DEVELOPMENT OF COHERENT SPEECH INNOVATIVE METHODS IN TEACHING ENGLISH. Журнал иностранных языков и лингвистики, 4(4).

16. Anvarov, A., Tojaxmedova, I., & Botirova, P. (2015). Learning Resources and Professional Development at Namangan Engineering Pedagogical Institute. YoungScientistUSA, 3(ISBN), 54.

17. Ботирова, П. Х. (2016). Using modular object-oriented dynamic learning environment (Moodle) in NEPI. Молодой ученый, (3), 796-798.

18. Botirova, P. (2019). Modern methods of teaching foreign languages. Теория и практика современной науки, (2 (44)), 25-27.

19. Botirova, P. (2019). Modern problems of linguistics and methods of teaching english language. Теория и практика современной науки, (2 (44)), 28-31.

20. Khakimjonovna, B. P. (2023). Methodology of Student Coherent Speech Development in The Process of English Language Learning.

21. Khakimjonovna, B. P. (2020). Development of coherent speech of students of technical universities in english language education process. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 5(11).

22. Botirova, P. K. (2021). THE DEVELOPMENT OF COHERENT SPEECH STUDENTS OF TECHNICAL INSTITUTIONS IN ENGLISH LESSON. In ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ (pp. 101-105).

23. Khakimjonovna, B. P., & Sergeeva, M. G. (2023). Principles of coheerent speech and its practical reflections. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 9(4), 163-166.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.