Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA YOZMA NUTQIDAGI KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA YOZMA NUTQIDAGI KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
980
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / yozma nutq / og’zaki nutq / tovushlar / nutq o’stirish / nutqning mazmundorligi / nutqning mantiqiyligi / mustaqil fikrlash / A.A.Leont’ev / L.F.Spirova. / speech / written speech / oral speech / sounds / development of speech / meaningfulness of speech / logic of speech / independent thinking / A. A. Leontiev / L. F. Spirova.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — O. Ikromova, Ch. Rahimova

Ushbu maqolada o’quvchilarda yozma nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha fikr yuritilgan. Va ularni savodini oshirishda qo’llaniladigan metod va usullardan to’g’ri hamda samarali foydalanish kerakligi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ELIMINATION OF SHORTCOMINGS IN WRITTEN SPEECH IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article discusses ways to eliminate the shortcomings of students' written speech. And information is provided on the correct and effective use of methods and techniques used to improve their literacy.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA YOZMA NUTQIDAGI KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA YOZMA NUTQIDAGI KAMCHILIKLARINI BARTARAF ETISH Ikromova Ominaxon Elmurod qizi

Andijon davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi Rahimova Charosxon Odiljonovna

O'zbekiston davlat iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Tarjimonlik fakulteti Gid hamkorligi va tarjimonlik faoliyati yo'nalishi magistr talabasi, Prezident stipendianti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7331912

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quvchilarda yozma nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha fikr yuritilgan. Va ularni savodini oshirishda qo'llaniladigan metod va usullardan to'g'ri hamda samarali foydalanish kerakligi haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: nutq, yozma nutq, og'zaki nutq, tovushlar, nutq o'stirish, nutqning mazmundorligi, nutqning mantiqiyligi, mustaqilfikrlash, A.A.Leont'ev, L.F.Spirova.

УСТРАНЕНИЕ НЕДОСТАТКОВ ПИСЬМЕННОЙ РЕЧИ У УЧАЩИХСЯ

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация. В данной статье рассматриваются способы устранения недостатков письменной речи учащихся. И предоставляется информация о правильном и эффективном использовании методов и приемов, применяемых при повышении их грамотности.

Ключевые слова: речь, письменная речь, устная речь, звуки, развитие речи, осмысленность речи, логика речи, самостоятельное мышление, А. А. Леонтьев, Л. Ф. Спирова.

ELIMINATION OF SHORTCOMINGS IN WRITTEN SPEECH IN PRIMARY

SCHOOL STUDENTS

Abstract. This article discusses ways to eliminate the shortcomings of students' written speech. And information is provided on the correct and effective use of methods and techniques used to improve their literacy.

Keywords: speech, written speech, oral speech, sounds, development of speech, meaningfulness of speech, logic of speech, independent thinking, A. A. Leontiev, L. F. Spirova.

KIRISH

Bola nutqini rivojlantirish, eng avvalo, til qobilyatini shakllantirishni talab qiluvchi muloqot shakllarini rivojlantiruvchi demakdir (A.A.Leont'ev).

Hozirga qadar yoshlarga ta'lim - tarbiya berishda amaliy yordam beruvchi , bilim berish jarayonini soddalashtiruvchi bir qancha ilmiy ishlar , nomzodlik dissertatsiyalari , qo'llanma va maqolalar yaratilganligi ma'lum. Biroq o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda ularni mustaqil ravishda bilim olishga , mustaqil ishlashga qaratilgan ilmiy ishlar , ularning yozma nutqi kamchiliklari xususida olib borilgan ilmiy ishlar hozirgi vaqtda dolzarb mavzulardan biri bo'lib qolmoqda.

O'quvchilarni mustaqil ishlashga o'rgatish , yozma nutqini rivojlantirish orqali ularni mustaqil ishlashga , mustaqil fikrlashga, mustaqil tajriba o'tkazishga, mustaqil xulosa chiqarishga undaydi hamda o'quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, tafakkurini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kengaytiradi, ilmiy solohiyatlarini oshiradi. Shuning uchun ham boshlang'ich sinf o'quvchilarini mustaqil ishlashga, savodli yozishga o'rgatishning ahamiyati juda ham kattadir. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Nutq - fikr bayon qilish vositasi bo'lib , og'zaki va yozma shaklda ifodalanadi. Tafakkur nut yordamida ro'y berib , shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog'laydilar. Og'zaki nutq pauza , urg'u , intonatsiya va tovushlar orqali tinglovchiga borib yetsa , yozma nutq harf va so'zlarning ma'lum qonuniyat asosida o'zaro birikuvi , tinish belgilari , har xil ajratishlar , gaplarni grammatik jihatdan aniq va tovushlarni bayon qilish orqali yetib boradi.

Og'zaki nutqning yozma nutqdan yana bir farqi shuki , og'zaki nutqni eshitamiz , yozma nutqni ko'ramiz va o'qiymiz. Yozma nutq murakkab jarayon bo'lib , u ko'p vaqt mehnat talab qiladi. Sintaksis jihatdan qaraganda yozma nutq eng to'liq va mukammal nutqdir. Bu nutq ixtiyoriy fikrimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. Yozma nutq og'zaki nutq asosida rivojlanadi.

Og'zaki nutq hayotda kishilar bilan munosabatda bo'lish , ularga taqlid qilish yo'li bilan rivojlanib , boladan maxsus o'qish va o'rganishni talab etmaydi. Yozma nutq esa harfalar va belgilar yordami bilan tovushlar , so'zlar , gaplarni ko'z bilan idrok qilishga , qo'l bilan yozishga mo'ljallangan nutqdir.

Nutq - kishi faoliyatining turi , til vositasi (so'z , so'z birikmasi , gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o'zaro aloqa va xabar , o'z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta'sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O'quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta'lim olish qurolidir.

Nutq o'stirish nima? Agar o'quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko'zda tutilsa , nutq o'stirish deganda tilni har tomonlama (talafuzi , lug'ati , sintaktik qurilishining , bog'lanishli nutqni) faol amaliy o'zlashtirish tushuniladi. Agar o'qituvchi ko'zda tutilsa , nutq o'stirish deganda , o'quvchilar tilning talafuzi , lug'ati , sintaktik qurilishi va bog'lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo'llash tushuniladi. Shuning uchun ham grammatik va imlo dasturi tovushlar va harflar , so'z , gap , bog'lanishli nutq kabi qismlarini o'z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo'limlari: "Xat-savod o'rgatish va nutq o'stirish", "o'qish va nutq o'stirish", "Grammatika, imlo va nutq o'stirish" deb nomlangan.

TADQIQOT NATIJALARI

Nutq faoliyati uchun, shuningdek o'quvchilar nutqini o'stirish uchun bir necha shartga rioya qilishi zarur:

1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo'lishi kerak. O'quchilar nutqini o'stirishning metodik talabi o'quvchi o'z fikrini , nimanidir og'zaki yoki yozma bayon xohishini va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.

2. Har qanday nutqning mazmuni , material bo'lishi lozim. Bu material qanchalik to'liq , boy qimmatli bo'lsa uning bayoni shunchalik mazmunli bo'ladi. Shunday ekan , o'quvchilar nutqini o'stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida , bola nutqini mazmunli bo'lishi uchun g'amxo'rlik qilish hisoblanadi.

3. Fikr tinglovchi tushunadigan so'z , so'z birikma , gap , nutq axborotlari yordamida ifodalansagina tushunarli bo'ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqqiyatli o'stirishning uchinchi sharti - nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Bolalarga til na'munalarini berish , ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o'z tajribasida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

foydalanish natijasida bolalarda ta'lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda ''tilni sezish'' shakllanadi.

Fikrni ifodalash usullariga ko'ra nutq og'zaki va yozma bo'ladi. O'g'zaki nutq yozma nutqdan quyidagicha farqlanadi: og'zaki nutq tovush nutqi , yozma nutq esa grafik nutqdir. Og'zaki nutqda eshitish sezgisi , yozma nutqda esa ko'rish va motor-harakat (qo'l harakati) sezgisi asosiy o'rin tutadi. Og'zaki nutq ham , yozma nutq ham kishilarning o'zaro aloqa quroli sifatida xizmat qiladi , ammo og'zaki nutq aniq hayotiy sharoitda , bevosita aloqa jarayonida yuzaga keladi; yozma nutqda bevosita , aniq sharoitdan ajratilgan holda ham , kishi ishtirokisiz ham foydalaniladi.

Og'zaki nutq ko'pincha dialog tarzida , yozma nutq esa monolog tarzida bo'ladi. Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda , ayrim til shakllarini tushirib qoldirmay , ortiqcha takrorga yo'l qo'ymay bayon qilishni talab etadi , shuning uchun yozma nutq ancha murakkab va mavhum hisoblanadi.

MUHOKAMA

O'quvchilar nutqini o'stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi:

1. O'quvchilar nutqi mazmundor bo'lsin. Hikoya yoki insho o'quvchilar uchun yaxshi ma'lum bo'lgan dalillar , ularning kuzatishlari , hayotiy tajribalari , kitobardan , rasmlardan , radioeshttirish va teleko'rsatuvdan olgan ma'lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli bo'ladi. Bolalar bilmagan narsa , ko'rmagan voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz so'zlashga yo'l qo'yilsa , nutq kambag'al , mazmunsiz chiqadi.

Nutq o'stirish metodikasi hikoya , insho uchun materialni puxta tayyorlashni , ya'ni material yig'ish uni muhokama qilish , to'ldirish , asosiy mazmunini ajratish , zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta , bunda o'quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi.

2. Nutqda mantiqiylik bo'lsin. O'quvchilar nutqi mantiqan to'g'ri bo'lishi , fikr izchil , asosli bayon etilishi , asosiy o'rinlar tushirib qoldirmasligi va o'rinsiz takrorga , mavzuga taaluqli bo'lmagan ortiqchalikka yo'l qo'ymasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi narsa , voqea-hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi , mantiqy xato esa material mazmunini aniq bilmaslik , mavzuni o'ylamasdan noqulay tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va qurilishiga taaluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham mavjud.

3. Nutq aniq bo'lsin. O'quvchi dalillar , kuzatishlar , taassurotlarni haqiqatga mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay , shu maqsadning eng yaxshi til vositalaridan (so'z , so'z birikmasi , gaplardan) foydalangan holda , maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o'rgansin.

4. Nutq til vositalariga boy bo'lsin. Mazmunni aniq ifodalash uchun o'quvchi nutqi til vositalariga boy bo'lishi , u har qanday vaziyatda ham kerakli sinonimlardan , xilma-xil tuzilgan gaplardan mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko'nikmasiga ega bo'ish zarur. Albatta , boshlang'ich sinf o'quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo'yib bo'lmaydi , ammo o'qituvchi o'quv ishlarida ularning so'z boyligini oshirib borishni har vaqt ko'zda tutishi kerak.

5. Nutq tushunarli bo'lsin. Og'zaki nutq esa eshituvchiga , yozma nutq esa uni o'quvchi tushunarli bo'lishi zarur. So'zlovchi yoki yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o'quvchining imkoniyatini , qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa , uni hamma birdek , hech qiyinchiliksiz tushunadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6. Nutq ifodali bo'lsin. Agar nutq ifodali , ya'ni jonli , chiroyli , ishontiradigan bo'lsa , eshituvchiga intonatsiya orqali ta'sir etsa , og'zaki nutq ham , yozma nutq ham tinglovchi va o'quvchiga hikoyaning umumiy ruhi , dalillar , tanlangan so'zlar , ularning emotsionalligi , tuzilgan jumla , iboralar yordamida ta'sir etadi. Nutqning tushunarli va ifodali bo'lishi har qanday shevaga xos va ortiqcha so'zlardan sof bo'lishini taqozo etadi.

7. Nutq to'g'ri bo'lsin. Maktab uchun nutqning adabiy til normalariga mos-to'g'ri bo'lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatik , imlo va punktuatsiya jihatidan , og'zaki nutq esa orfoepik jihatidan to'g'ri tuzilishi talab etiladi. Nutqning to'g'ri , bo'lishi uchun so'z tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga ega.

Yuqorida sanab o'tilgan talablar o'zaro bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lib , maktab ishlari tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi.

Nutq fikrni bayon etish vositasi bo'libgina qolmay , uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosiy vazifasini bajaradi , uni o'stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o'stirish mumkin. Shuning uchun o'quvchilar nutqini o'stirishda materialni tayyorlash , takomillashtirish , mavzuga tegishlisini tanlash , joylashtirish va mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi.

Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o'sadi. Tushuncha so'zlar yoki so'z birikmalari bilan ifodalanadi , shunday ekan , tushuncha til vositasi bo'lgan so'zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so'z (so'z birikmasi)ni bilsagina , shu tushunchaga asoslangan holda , tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo'ladi.

XULOSA

Yozma nutqdadagi nuqsonlar harflar shaklini noto'g'ri idrok etishga aloqador bo'lishi ham mumkin. Bunda bola yozilishi jihatidan o'xshash harflarni, ularning elementlarini adashtirib yuboradi.

L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar boshlang'ich maktab o'quvchilari nutqida kuzatiladigan yozma nutqdagi kamchiliklarni butun nutq sistema ustida uch bosqichda ish olib borish orqali bartaraf etishni tavsiya etadilar. Birinchi bosqichda fonetika - fonematik komponent ustida quyidagi ishlarni o'tkazish ko'zda tutiladi: 1. So'zning tovushlardan tuzilishi haqidagi tasavvurlarini shakllantirish; 2. Fonematik uquv hamda analiz-sintez malakalarini rivojlantirish; 3. Talaffuz kamchiliklarini bartaraf etish. Birinchi bosqichda bolalar diqqati, xotirasini rivojlantirish, ularni o'z-o'zini boshqarish, tekshirib borishga o'rgatish, savollarga aniq, to'liq javob berishga o'rgatish talab etiladi. Ikkinchi bosqichda leksiko-grammatik kamchiliklarni bartaraf etish, eshitish idrokini rivojlantirish ishlari olib boriladi. Uchinchi bosqichda o'rgatilgan tovushlarni mustaxkamlash, ularni bola nutqiga kiritish, analiz qilish malakalarini rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi. Shunday qilib, yozma nutkdagi kamchiliklar nihoyatda murakkab nutq nuqsonlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Ushbu kamchiliklarni olidini olish ishlari maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilishi darkor. Bundan bolaning og'zaki nutqini o'stirish fazoviy idrokini, hotirasi, diqqati, analiz va sintez qilish faoliyati, nutqini tahlil qilish, lug'at ustida ishlash, grammatik komponentini rivojlantirish, og'zaki nutqdagi kamchiliklarni bartaraf etish, nozik qo'l harakatlarini rivojlantirish ayniqsa muhimdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. D.R.Babayeva. Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent 2018 yil

2. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. 2010 yil

3. Boshlang'ich sinflar uchun metodik qo'llanmalar

4. Q. Shodiyeva. Nutq o'stirish , O'qituvchi: 2008y

5. Karima Qosimova , Safo Matchonov , Xolida G'ulomova , Sharofat Yo'ldosheva , Sharofat Sariyev. Ona tili o'qitish metodikasi. Toshkent 2022 yil

6. https://inforuk.ru/boshlang'ich-sinflarda-nutq-o'stirish

7. https://uz.denemetr.com/docs/321/index-22468-3.html

8. Saidov A. Historical roots of formation of healthy lifestyle culture psychology in the family //International Journal of Pharmaceutical Research. - 2020. - Т. 12. - №. 4. - С. 628-630.

9. Ismailovich A. S. PROBLEMS OF IMPROVING PSYCHOLOGY OF HEALTHY LIFESTYLE OF UZBEK FAMILY //Scientific reports of Bukhara State University. - 2020. - Т. 4. - №. 1. - С. 313-318.

10. Ismoilovich, S. A. SOCIO-PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF THE FORMATION OF THE PSYCHOLOGY OF A HEALTHY LIFESTYLE OF FAMILIES.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.