Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI NUTQNI O‘STIRISH METODIK MUAMMO SIFATIDA'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI NUTQNI O‘STIRISH METODIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
301
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / kommunikatsiya / og‘zaki / yozma / matn / tafakkur. / речь / общение / устное / письменное / текстовое / мышление

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.R. Ismatov

maqolada nutq o‘stirish shaxs tomonidan og‘zaki va yozma badiiy til me’yorlari: to‘g‘ri talaffuz, urg‘u, grammatika, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash qoidalarini o‘zlashtirish orqali unda tilning badiiy ifoda vositalaridan samarali foydalangan holda ravon so‘zlash malakalarini rivojlantirishni ifodalovchi pedagogik jarayon ekanligi xususida fikr bayon etilgan. O‘z mohiyatiga ko‘ra nutq o‘stirish shaxs, jumladan, o‘quvchi tomonidan og‘zaki va yozma badiiy til me’yorlari: to‘g‘ri talaffuz, urg‘u, grammatika, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash qoidalarini amaliy o‘zlashtirish, tilning badiiy ifoda vositalaridan samarali foydalanish, ravon so‘zlash malakalariga ega bo‘lishini ta’minlovchi metod, usul, vositalar yordamida pedagogik qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘ri yo‘naltirish, zarur o‘rinlarda kerakli choralarni ko‘rish hamda jarayonga rahbarlik qilishni anglatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORKING ON THE TEXT IN ELEMENTARY GRADES THROUGH THE DEVELOPMENT OF SPEECH AS A METHODOLOGICAL PROBLEM

в статье излагается мысль о том, что речевое воспитание-это педагогический процесс, представляющий собой развитие человеком навыков беглой речи при эффективном использовании средств художественной выразительности языка посредством усвоения им норм устного и письменного художественного языка: правильного произношения, ударения, грамматики, правильного употребления слов. Речевое развитие по своей сути представляет собой педагогическое сопровождение личности, в том числе учащегося, с помощью методов, приемов, средств, обеспечивающих практическое освоение норм устного и письменного художественного языка: правильного произношения, ударения, грамматики, правил правильного употребления слов, эффективное использование средств художественной выразительности языка, овладение навыками беглой речи, правильной ориентации, необходимой это означает принятие необходимых мер на местах, а также руководство процессом.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI NUTQNI O‘STIRISH METODIK MUAMMO SIFATIDA»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© S.R. Ismatov1^_

1Turon Zarmed universiteti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada nutq o'stirish shaxs tomonidan og'zaki va yozma badiiy til me'yorlari: to'g'ri talaffuz, urg'u, grammatika, so'zlarni to'g'ri qo'llash qoidalarini o'zlashtirish orqali unda tilning badiiy ifoda vositalaridan samarali foydalangan holda ravon so'zlash malakalarini rivojlantirishni ifodalovchi pedagogik jarayon ekanligi xususida fikr bayon etilgan. O'z mohiyatiga ko'ra nutq o'stirish shaxs, jumladan, o'quvchi tomonidan og'zaki va yozma badiiy til me'yorlari: to'g'ri talaffuz, urg'u, grammatika, so'zlarni to'g'ri qo'llash qoidalarini amaliy o'zlashtirish, tilning badiiy ifoda vositalaridan samarali foydalanish, ravon so'zlash malakalariga ega bo'lishini ta'minlovchi metod, usul, vositalar yordamida pedagogik qo'llab-quvvatlash, to'g'ri yo'naltirish, zarur o'rinlarda kerakli choralarni ko'rish hamda jarayonga rahbarlik qilishni anglatadi.

MAQSAD: boshlang'ich sinflarda matn ustida ishlash orqali nutqni o'stirish metodik muammo va uning echimi belgilab olindi.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, anketa, kuzatish, metodlaridan, shuningdek qiyosiy tahlil, pedagogik-sotsiologik (kuzatish, suhbat, anketa, so'rovnoma), pedagogik tajriba-sinov kabi tadqiqot va tahlil usullaridan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: har bir davlatning ta'lim sohasida bolalarda nutq o'stirish tizimning asosiy tarkibiy elementi sifatida e'tirof etilgan. O'zbekistonda ham uzluksiz ta'limning dastlabki bosqichlari - maktabgacha va boshlang'ich ta'lim davrida bolalarda nutqni o'stirish pedagogik jarayonning muhim yo'nalishi etib belgilangan. Global axborotlashuv va innovatsion ta'lim muhitining shakllanishi, inson kapitalini rivojlantirishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyojning ortishi yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish, intellektual jihatdan rivojlantirish, bunda nutq imkoniyatlaridan foydalanishni taqozo etmoqda.

XULOSA: har tomonlama barkamol, erkin fikrlaydigan shaxslarni tarbiyalashda o'quvchilar nutqini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etishini hisobga olib, boshlang'ich ta'lim berish davridanoq o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish, ularning bog'lanishli nutqini talab darajasida o'stirishga oid tizimli ishlar olib borish zarur. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida matn ustida ishlash orqali nutq o'stirish ishlarini ham ustuvor tamoyillar asosida tashkil etish zarur.

Kalit so'zlar: nutq, kommunikatsiya, og'zaki, yozma, matn, tafakkur.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Ismatov S.R. Boshlang'ich sinflarda matn ustida ishlash orqali nutqni o'stirish metodik muammo sifatida . // Inter education & global study. 2024. №6. B. 7584.

РАБОТА НАД ТЕКСТОМ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

ЧЕРЕЗ РАЗВИТИЕ РЕЧИ КАК МЕТОДИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА_

© С.Р. Исматов1Н

Университет Туррн Зармед, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье излагается мысль о том, что речевое воспитание-это педагогический процесс, представляющий собой развитие человеком навыков беглой речи при эффективном использовании средств художественной выразительности языка посредством усвоения им норм устного и письменного художественного языка: правильного произношения, ударения, грамматики, правильного употребления слов. Речевое развитие по своей сути представляет собой педагогическое сопровождение личности, в том числе учащегося, с помощью методов, приемов, средств, обеспечивающих практическое освоение норм устного и письменного художественного языка: правильного произношения, ударения, грамматики, правил правильного употребления слов, эффективное использование средств художественной выразительности языка, овладение навыками беглой речи, правильной ориентации, необходимой это означает принятие необходимых мер на местах, а также руководство процессом.

ЦЕЛЬ: развитие речи через работу над текстом в начальных классах определялась методическая задача и ее решение.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались такие методы исследования и анализа, как беседа, анкета, наблюдение, а также сравнительный анализ, педагогико-социологический (наблюдение, беседа, анкета, анкета), педагогический эксперимент-тестирование.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в сфере образования каждого государства развитие речи у детей признается основным структурным элементом системы. В Узбекистане важным направлением педагогического процесса определено развитие речи у детей на начальных этапах непрерывного образования - в период дошкольного и начального образования. Формирование глобальной информатизации и инновационной образовательной среды, рост социальной потребности в развитии человеческого капитала требуют всестороннего совершенствования, интеллектуального развития подрастающего поколения, использования в этом речевых возможностей.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: учитывая, что развитие речи учащихся приобретает особое значение в воспитании разносторонне развитых, свободомыслящих личностей, необходимо, начиная с периода начального образования, проводить

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

систематическую работу по обучению учащихся самостоятельному мышлению, воспитанию их связной речи на требуемом уровне. На уроках чтения начальных классов необходимо также организовать работу по развитию речи через работу над текстом на основе приоритетных принципов.

Ключевые слова: речь, общение, устное, письменное, текстовое, мышление

Для цитирования: Исматов С.Р. Работа над текстом в начальных классах через развитие речи как методическая проблема. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 75-84.

WORKING ON THE TEXT IN ELEMENTARY GRADES

THROUGH THE DEVELOPMENT OF SPEECH AS A METHODOLOGICAL

PROBLEM_

© Sobir R. Ismatov1®

1Turon Zarmed University, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article presents the idea that speech education is a pedagogical process that represents the development of fluent speech skills by a person with the effective use of the means of artistic expression of the language through the assimilation of the norms of oral and written artistic language: correct pronunciation, stress, grammar, correct use of words. Speech development is essentially a pedagogical support of a person, including a student, with the help of methods, techniques, and means that ensure the practical development of the norms of oral and written artistic language: correct pronunciation, stress, grammar, rules for the correct use of words, effective use of the means of artistic expression of language, mastering the skills of fluent speech, correct orientation, necessary this means taking the necessary measures on the ground, as well as leading the process.

AIM: the development of speech through work on the text in the elementary grades was determined by the methodological task and its solution.

MATERIALS AND METHODS: in the course of the research, such research and analysis methods as conversation, questionnaire, observation, as well as comparative analysis, pedagogical and sociological (observation, conversation, questionnaire, questionnaire), pedagogical experiment-testing were used.

DISCUSSION AND RESULTS: in the field of education in each State, the development of speech in children is recognized as the main structural element of the system. In Uzbekistan, an important area of the pedagogical process is the development of speech in children at the initial stages of continuing education - during preschool and primary education. The formation of global informatization and an innovative educational environment, the growth of the social need for the development of human capital require

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

comprehensive improvement, intellectual development of the younger generation, and the use of speech capabilities in this.

CONCLUSION: considering that the development of students' speech is of particular importance in the education of versatile, free-thinking individuals, it is necessary, starting from the period of primary education, to carry out systematic work on teaching students independent thinking, educating their coherent speech at the required level. In primary school reading lessons, it is also necessary to organize work on speech development through work on the text based on priority principles.

Key words: speech, communication, oral, written, textual, thinking.

Kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti eng sodda aloqalardan murakkab, ko'p qirrali ijtimoiy munosabatlarga tomon o'sib borish asosida kechgan. Agarda eng sodda aloqalar - ibtidoiy jamoa tuzumidagi urug' a'zolarining ko'p holatlarda bir-birlariga oziq-ovqat manbai, yuzaga kelayotgan xavf, harakatlarni tashkil etish yo'nalishlari to'g'risidagi ma'lumotlarni uzatishiga asoslangan bo'lsa, murakkab, ko'p qirrali ijtimoiy munosabatlar -ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, ta'lim, sog'liqni saqlash, xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolik majburiyatlarini bajarish (masalan, soliq to'lash) jarayonida sub'ektlarning bir-birlari bilan kundalik hamda kasbiy faoliyatni tashkil etishda ko'zga tashlanadi. Ijtimoiy munosabatlarning to'g'ri, oqilona tashkil etilishi, birinchidan, hal qilinayotgan masalaning ijobiy yechimga ega bo'lishini, ikkinchidan, vaqtning tejalishini, uchinchidan, samimiy muloqot jarayonining yuzaga kelishini ta'minlaydi. Mazkur jarayonda eng muhim omillardan biri nutq sanaladi.

Yosh avlodning ma'naviy kamolotida qadimdan nutq madaniyatiga alohida ahamiyat berib kelingan. Xususan, Unsurul-Maoliy Kaykovus o'zining «Qobusnoma» nomli asarida farzandiga qarata shunday deydi: "... Ey farzand, so'zning yuzin va orqasin bilg'il va ularga rioya qilg'il, har ne so'z desang yuzi bila degil, to suxango'y bo'lg'aysan. Agar so'z aytib, so'zning nechuk ekanin bilmasang, qushga o'xsharsankim, unga to'ti derlar, ul doim so'zlar, ammo so'zning ma'nosin bilmas. ...So'zni bag'oyat ulug' bilg'il, so'z osmondin kelmas va ul xor narsa emasdir. Qay bir so'zniki bilsang, joyini o'tkazmay aytkil, vaqtni zoe qilmagil, yo'q ersa donishga sitam qilg'on bo'lg'aysan. Har so'z desang, rost degil va bema'nilikni da'vo qilguvchi bo'lmag'il" [1].

Nutq faqat fikrni ifodalash, axborot almashish, til vositalaridan foydalanish jarayoni yoki uning hosilasi [2]gina emas, balki shaxsning intellektual salohiyatini rivojlantiruvchi asos ham ekanligi psixologik va biologik nuqtai nazardan isbotlangan. Shu sababli yosh avlodda ilk bolalikdan nutqni rivojlantirishga alohida e'tibor beriladi.

Nazariy tahlil "nutq" tushunchasiga mavjud tilshunoslik, pedagogik, psixologik hamda metodik adabiyotlarda turlicha izohlar berilganligini ko'rsatdi. Xususan, "Pedagogik

For citation: Sobir R. Ismatov. (2024) 'Working on the text in elementary grades through the development of speech as a methodological problem', Inter education & global study, (6), pp. 75-84. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ensiklopedik lug'at"da nutq "insonlarning til vositasida amalga oshiriladigan muloqot (kommunikatsiya) shakli bo'lib, u fikrni ifodalash vositasi bo'lishi bilan birga fikrlashning asosiy mexanizmi" [3], "O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi"da nutq deganda uning og'zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo'lishidagi jarayonlar, ya'ni so'zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar)" [2], deya e'tirof etiladi.

Nutqda quyidagi xususiyatlar namoyon bo'ladi: fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratiladi, tugallangan mavzuni ifodalaydi, logik va grammatik qoidalar asosida tuziladi, mustaqil, tugallangan, o'zaro bog'langan ma'noli qismlarga bo'linadi (u bog'lanishli nutq deb ataladi); og'zaki va yozma shaklda ifodalanadi; og'zaki va yozma nutqni rivojlantirish yagona jarayonda kechadi; shunga qaramay, og'zaki va yozma nutq orasida jiddiy tafovutlar mavjud (ular haqida ishning keyingi bobida batafsil so'z yuritiladi); nutq muloqot chog'ida ishtirok etuvchilarning soniga ko'ra dialogik va monologik kabi turlarga bo'linadi; dialog og'zaki nutqning keng tarqalgan turlaridan, nutqiy muloqotning tabiiy shakllaridan biri bo'lib, ikki yoki bir necha shaxs o'rtasida kechadi; og'zaki nutq, tabiatiga ko'ra, ko'proq suhbat shaklida yuzaga keladi; nutqning juda muhim shakllaridan biri sanaladigan monolog dialogga nisbatan mazmunni ifodalash uchun til vositalarini tanlash, nutqning qurilishiga ko'ra bir qadar an'anaviylikka ega.

Nutqni rivojlantirishning didaktik talablari, unga nisbatan metodik yondashuvlar xususida so'z yuritishdan avval "rivojlantirish" atamasi aynan qanday holatni yoritishga xizmat qilishini anglab olish navbatdagi amaliy harakat uchun yo'nalishni to'g'ri belgilashga imkon beradi.

"Rivojlantirish" tushunchasi (o'zak so'z "rivoj"; arabcha "tarqalish", "yoyilish", "kengayish") "bir sifat holatidan ikkinchi, yuqori sifat holatiga o'tish" [3] ma'nosini anglatadi. S.I.Ojegov hamda N.Yu.Shvedovalarning muallifligida tuzilgan "Rus tilining izohli lug'ati"da mazkur tushunchaga yana kengroq ta'rif berilgan: rivojlantirish - bir holatdan ikkinchi, yanada takomillashgan holatga o'tish jarayoni, eski sifat holatidan yangi sifat holatiga , oddiydan murakkabga, pastdan yuqorida o'sib o'tish [3].

M.R.Lvovning tadqiqotlarida esa bevosita "o'quvchilarning nutqini rivojlantirish" tushunchasining g'oyaviy-nazariy tadqiqi quyidagicha bayon qilingan: o'quvchilar nutqini rivojlantirish - nutqni: til vositalari (fonetika, leksika, grammatika, nutq madaniyati, uslublari) hamda til mexanizmlari (tushunchalarni anglash, o'z fikrini ifodalash)ni o'zlashtirish jarayoni [4].

Pedagogik jarayonlarda ko'p holatlarda "nutqni rivojlantirish" deyilganda shaxs nutqini bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o'tishini ta'minlash maqsadida qo'llaniladigan metod va vositalar ham e'tirof qilinadi. Tadqiqot ishida "nutq o'stirish" tushunchasini nutqni rivojlantirishning yuqorida ta'kidlangan jihatlarini hisobga olgan holda tushunmoq lozim. Biroq, ayni o'rinda aytib o'tish lozim, shaxs, o'quvchilar nutqini o'stirish (rivojlantirish) bevosita jarayon sanaladi, rivojlantiruvchi metod va vositalar jarayonning o'zi emas, balki uning samarali, muvaffaqiyatli kechishini ta'minlovchi omillardan biri, xolos.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Darhaqiqat, ta'limiy g'oyalar taraqqiyoti tarixining barcha bosqichlarida ham shaxs nutqini o'stirishga alohida e'tibor qaratib kelingan. Ayniqsa, notiqlik san'atining eng yuksak bosqichlari - qadimgi Rim va Gresiyada yosh avlod nutqini rivojlantirish, ularda nutq, so'z kuchi yordamida ijtimoiy sub'ektlarga ta'sir ko'rsatish, hatto, ijtimoiy guruhlarni ta'sirchan, yuqori darajada hissiy-estetik bayon etilgan nutq yordamida boshqarish qobiliyatini rivojlantirish ta'lim jarayonining muhim tarkibiy qismi bo'lishiga erishilgan.

Bugungi kunda ham nutqni rivojlantirish "boshlang'ich sinflar oldiga qo'yilayotgan muhim vazifa sanaladi, binobarin, nutq har qanday aqliy faoliyatning asosi va insoniy muloqot vositasi" [5] bo'lib, uning yordamida "ta'lim tizimi oldida turgan tilshunoslik, psixologik-pedagogik, metodik-didaktik xarakterga ega" [6] o'qitish ishlarining sifatini yaxshilashga erishiladi.

Nutq o'stirish "boshlang'ich ta'lim tizimida uzviylik asosida amalga oshiriladi, bir butun o'qish jarayoniga amaliy yo'nalish beradi va bolalarning ongli o'qish, uqqanlarini tushunarli qilib so'zlab berish, savodli yozishga o'rgatadi. Bolalarning yosh xususiyatini va saviyasini hisobga olgan holda, ona tili va adabiyotdan boshlang'ich bilim beriladi va shular asosida ularning nutqi boyitiladi" [7].

"O'zbek tilining izohli lug'ati"da "matn" (ar. "nutqning yozuvdagi ifodasi") tushunchasiga "yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat" [1] deb ta'rif berilgan. "Matn" so'zi rus va ingliz tillarida chop etilgan adabiyotlarda "tekst" (lotincha "textum" asosida shakllantirilgan "text") shaklida qo'llanilib, "bog'lanish", "birikish", "aloqa", "birikma" kabi ma'nolarni bildiradi [3]. Ushbu tushunchaning g'oyaviy-nazariy tavsifi tadqiqotchi M.Yo'ldoshevning badiiy matn lingvopoetikasining tadqiqiga bag'ishlangan monografiyada batafsil bayon etilgan.

Ko'rsatilgan belgilar asosida matnni mazmunan tugal va o'quvchida xabar qilinayotgan axborotga ma'lum munosabat uyg'otish bilan xarakterlanadigan yozma shakldagi axborot sifatida ta'riflash mumkin. Bizningcha, "matn" tushunchasining g'oyaviy-nazariy talqini yetarlicha yoritilmagan. Ayni o'rinda L.Losevaning matnni ifodalovchi belgilar borasidagi fikrini quyidagilar bilan to'ldirish mumkin: 1) axborotning yozma shaklda ifodalanishi; 2) mazmun jihatidan o'ziga xos tugallikka egalik; 3) o'quvchida voqelikka nisbatan muayyan munosabat uyg'otish imkoniyatining mavjudligi; 4) kompozitsiya, syujet, tarkibiy tuzilmaga, shuningdek, tarkibiy elementlar o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikka egalik; 5) muayyan sohaga taalluqli bo'lishi; 6) aniq mavzu bo'yicha axborot berishi; 7) o'ziga xos bayon uslubiga egalik; 8) aniq sub'ektga yo'naltirilganligi (masalan, o'quvchi yoki o'qituvchi uchun mo'ljallanganligi); 9) aniq maqsad uchun xizmat qilishi.

Matnni sintaktik jihatdan mazmuniga ko'ra va leksik-grammatik vositalar yordamida o'zaro bog'langan gaplar yig'indisi tarzida tushunish ham xato sanalmaydi. "Matn deganda murakkab sintaktik butunlik va erkin gaplardan iborat butunlikni tushunish kerak. Matnning sintaktik tahlili gaplar o'rtasidagi aloqalarni o'rganish, matnni gapdan kattaroq sintaktik birliklarga, murakkab sintaktik butunlikka parchalashni o'z ichiga oladi" [6]. Nutq jarayonida gaplar guruhlanadi, mavzu jihatdan, qurilishi va ohangiga ko'ra birlashadi va alohida

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

sintaktik birlik - murakkab sintaktik butunlik hosil qiladi. Biroq, matndagi barcha gaplar ham murakkab sintaktik butunlikka kirmaydi, ayrimlari uning tarkibiy qismi bo'lmaydi.

Shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerakki, mazkur tadqiqot ishida matn mohiyatini ilmiy-amaliy jihatdan o'rganish emas, balki, matn ustida ishlash orqali boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqini o'stirish metodikasini tadqiq qilish maqsad qilib belgilanganligi sababli masalaning ana shu jihati tahlil qilinadi. Boshlang'ich sinfda matn ustida ishlashga o'quvchilarni jalb qilish o'ziga xos xususiyatlarni namoyon qiluvchi pedagogik jarayon sanaladi. Har qanday pedagogik jarayon kabi boshlang'ich sinflarda matn ustida ishlashda ham muayyan psixologik, pedagogik, metodik talablar inobatga olinishi zarur. Shundagina boshlang'ich sinf o'quvchilari matn bilan ishlash orqali muayyan bilimlarni o'zlashtirish, ravon va ongli o'qish ko'nikma va malakalariga ega bo'ladi, nutq boyiydi, fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Natijada o'quv dasturida ko'zda tutilgan talablar bajariladi.

O'quvchining o'z fikrini qanchalik mazmunli, aniq va to'g'ri ifodalay olishi uning o'quv-bilish faolligi darajasini, ko'nikma va malakalarini aniqlashga imkon beradi. O'qish darslarida matnni idrok qilish va mazmun-mohiyatini o'zlashtirish yuzasidan qo'yilgan savol va topshiriqlar o'quvchilarni o'ylashga majbur qilishi, javob berishda muallif qo'llagan iboralardan, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishga qaratilishi, nutqda ko'proq o'zi uchun yangi so'z va iboralarni ishlatishga undashi lozim.

Matnni o'qish ko'nikmasiga egalik, o'z navbatida, o'quvchi nutqini boyituvchi muhim omillardan biri sanaladi. Matn ustida ishlash orqali o'quvchilarni ijodiy, mustaqil va mantiqiy mushohada yuritishga, matnni tahlil qilish va unga o'z munosabatini bildira olishga o'rgatish o'qituvchidan katta mahorat talab etadi.

Ma'lumki, nutqda insonning fikrlari bilan birgalikda his-tuyg'ulari ham ifodalanadi. Boshlang'ich sinflarning "O'qish kitobi" darsliklarida keltirilgan badiiy matn namunalarini o'rganish orqali o'quvchilar ushbu jihatni ham o'zlashtiradilar. Badiiy matn badiiy asar mazmunini ifodalagan, funksional jihatdan tugallangan, tilning tasviriy imkoniyatlari asosida shakllangan, o'zida turli uslub ko'rinishlarini muallifning badiiy niyatiga ko'ra erkin jamlay oladigan, tinglovchi yoki o'quvchiga estetik zavq berish, ta'sir etish xususiyatiga ega bo'lgan g'oyat murakkab butunlik hisoblanadi [63; 88-b.]. Shunday ekan, badiiy matn ustida ishlashda nutq o'stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud.

O'qish bo'yicha metodik qo'llanmalarda tavsiya qilingan nutq namunalari tahlili butun tayyorgarlik ishi (suhbat va o'qituvchi hikoyasi) uchun optimal vaqt 3 daqiqadan oshmasligini ko'rsatadi. Suhbatda beriladigan savollarning miqdori o'rtacha 4-5 ta bo'lishi ijobiy samara beradi.

Tayyorgarlik ishida o'qituvchi hikoyasi quyidagi ikki maqsadni ko'zlaydi: 1) o'rganish ob'ekti haqida qo'shimcha ma'lumotlar berish; 2) o'qish bilan bog'liq talablarni belgilash. Matnni o'qishga tayyorgarlik jarayonida o'qituvchi topshirig'i qat'iy belgilanadi: "qarang", "Diqqat bilan eshiting". Bular yordamida matnni idrok etish bilan bog'liq to'xtam, urg'u, o'qish sur'ati va ohangga e'tibor qaratish yuzasidan ko'rsatma beriladi. Bunday tayyorgarlik ishi ko'p vaqt talab qilmaydi. O'quvchilarni matnni idrok etishga tayyorlash uchun o'qituvchi

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

suhbat hajmi, maqsadi, mazmunini hamda og'zaki beriladigan qo'shimcha ma'lumotlarning zaruriy hajmini aniqlab olishi lozim

Suhbat va hikoyaning o'rinli hamda maqsadga muvofiqligi, savollar miqdori, ularning mazmuni va qo'yilish mantiqi, hikoya hajmi o'qituvchining diqqat markazida bo'lishi kerak. Odatda, o'quvchilarning hayotiy tajribasiga yaqin mavzularni o'qishda ko'pincha suhbatga zarurat sezilmaydi. Biroq o'qituvchining o'quvchilarni mavzuga yo'naltiruvchi kirish so'zi, albatta, zarur. Busiz o'quvchilarning asarni to'laqonli idrok qilishlariga erishish mushkul.

Tarixiy mavzuga oid hikoyalarni o'qish oldidan o'qituvchi o'quvchilarning Vatan tarixi va uning shonli o'tmishidagi buyuk siymolar haqidagi bilimlarini aniqlaydi. She'riy matnlarni o'qishdan oldingi tayyorgarlik ishlari ancha murakkab. Lirik asarlarni yaxlit idrok etish vazifasi shoir ruhiyatiga hamohang kayfiyat yaratish, o'quvchilarning shoir bilan birga quvonish, hayratlanish, qayg'urish tuyg'usiga turtki berishdir. Bunda o'qituvchining kirish so'zi qisqa, maqsadga yo'naltirilgan hamda shoir dunyosiga kirishga ko'maklashadigan bo'lishi kerak. Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'qish darslarida o'qituvchining kirish so'zi matnni o'qish oldidan tayyorgarlikning yetakchi bo'g'inlaridan biri bo'lib, ma'naviy-axloqiy tarbiya samaradorligi ko'p jihatdan uning to'g'ri uyushtirilishiga bog'liqdir.

Matnni o'qish va uni tahlil qilish. O'quvchilar matnni o'qish jarayonida uning g'oyaviy-badiiy xususiyatlari, asarda aks etgan voqealar bilan tanishadilar. Bunda asarning janr xususiyatlaridan kelib chiqib, matnni ifodali, sharhlab va rollarga bo'lib o'qitish mumkin. Badiiy matnni o'qish muallif tasvirlagan manzaralarni aniq tasavvur etishga, asar qahramonlarining xatti-harakatlaridan tegishli xulosalar chiqarishga yordam beradi.

"Tahlilning bosh maqsadi asarda aks etgan badiiy olam mohiyatini anglash, uning asl mazmunini to'g'ri va to'la idrok etishdan iborat" [7]. Tahlil o'quvchilarni ijodiy va mustaqil fikrlashga yo'llashning muhim omilidir. O'quvchilar tahlil jarayonida asarda tasvirlangan voqealarga o'z fikrlarini bildiradilar, notanish so'zlar ma'nosini bilib oladilar, matnning mazmun-mohiyatini to'liq anglab yetadilar.

Aslida, "adabiy tahlilning bosh masalasi matn ustida ishlash orqali o'tkaziladigan tahlildir. O'quvchi mutolaa chog'ida asar mazmuni bilan tanishsa, tahlil paytida uning poetikasiga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil matn tagzaminidagi ma'noni chuqur o'rganishga yordam beradi" [7].

O'qish darslarida matn ustida ishlash jarayonida asosiy e'tibor uning mazmuniga qaratilsa-da, tuzilishini ham nazardan qochirmaslik kerak. Jumladan, voqea kechayotgan sharoit, peyzaj, asar qahramonlarining kechmishlari, ruhiyati tasvirida o'tgan, hozirgi yoki kelasi zamon shakllaridan foydalanilishini anglagan o'quvchi matn mazmunini og'zaki hikoyalashda adashmaydi. O'quvchilar diqqatini matndagi bir mazmundagi hodisalar tasvirida (peyzaj, adabiy qahramonning ruhiy holati, portreti) fe'l-kesimlar, odatda, bitta zamon shaklida bo'lishiga qaratish ularning nafaqat o'qish va yozuv, balki matn mazmunini idrok etish va fikrlash bilan bog'liq ko'nikmalarini shakllantirishga ham yordam beradi. Matnlarda jumlalararo aloqa alohida e'tiborga molik. Odatda, matnning aynan bir shaxs yoki bitta voqea-hodisa haqida gap boradigan qismi o'zaro aloqada bo'lib, xatboshidan boshlanadi. Darslarda o'quvchilarga matn qismlarini o'qish yoki ko'chirib

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yozishni topshirish ularning diqqatini ma'lum bir maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Matndagi gaplar o'rtasida kommunikatsiya vazifalari bilan belgilangan munosabatlar, ya'ni mazmuniy aloqa mavjud. Bu aloqa uni ifoda etuvchi leksik-grammatik vositalar orqali o'z aksini topadi. Har qanday so'zlarni gapga birlashtirib bo'lmagani kabi har qanday gaplarni ham bitta bog'lanishli matnga birlashtirib bo'lmaydi. Masalan, "Bolalar dam olishga ketishdi", "Gullar ochildi", "Atoqli otlar bosh harf bilan yoziladi" kabi gaplarni bir matnga birlashtirib bo'lmaydi. Ular turli mazmunga ega bo'lgani bois biror bir munosabatga ko'ra ham birlasha olmaydi. Umumlashtirish va xulosalar chiqarish. Bu kabi ish turlari matn mazmuni yuzasidan umumiy xulosalar chiqarish orqali unda aks ettirilgan masalalarni chuqur idrok etishga, mavzuning ochilmay qolgan qirralari haqida mulohaza yuritishga, o'zlashtirilgan bilimlarni amalda qo'llash ko'nikmalarini hosil qilishga qaratiladi.

Matn ustida ishlash jarayonida asar voqealari yuzasidan og'zaki tasvirlash, qiyoslab hikoyalar tuzish, adabiy qahramonlarning xatti-harakatlari, fe'l-atvorlarini tavsiflash nutq o'stirishning muhim vositasi sanaladi. Bu jarayonda o'quvchilarda matnda ifodalangan jarayon, hodisa, shaxs yoki uning xatti-harakatiga nisbatan munosabat shakllanadi. Yaxshining nima uchun yaxshiligini, yomonning nima uchun yomonligini, asar qahramonlarining qilgan ishlarining to'g'ri yoki noto'g'riligini aniqlash boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida matn tahlilining asosiy vazifasidir.

Matnni qayta tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo'lib, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Qayta tasvirlashdan to'g'ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlayotgan hayotiy manzaralarni o'quvchilarning aniq tasavvur qilishlari uchun qulay sharoit yaratadi.

Metodika fanida matnning ikki xil yo'l bilan qayta tasvirlanishi qayd qilinadi. Bular: a) so'z bilan tasvirlash; b) grafik tasvirlash [1].

So'z bilan tasvirlash o'ziga xos murakkab ish turi bo'lib, bunda asarda tasvirlangan voqea, qahramon yoki manzarani so'z yordamida aniq qayta tiklash ko'zda tutiladi. Bunday tasvirlash o'quvchilar nutqini rivojlantirishning muhim vositalaridan biri sifatida so'zlarni to'g'ri tanlash va talaffuz qilishni talab etadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Аминова Ф. X,. Укувчиларни мулокот матни яратишга ургатишнинг дидактик асослари: Пед. фан. номз. ...дис. автореф. - Т.: УзПФИТИ. 2007. - 22 б.

2. Аслонова О.П. Бошлан^ч синф укувчиларида тафаккур тезлигини шакллантиришнинг педагогик шарт-шароитлари: Пед. фанл. буйича фалсафа доктори (PhD). ... дисс. автореф. - КарДу. 2020. - 49 б.

3. Аскарова М., Матчонов С., кодирова Ф., Fуломова Х., Бойматова А., Бозорова М., Мух,амедова Д. Узбек тили машfулотларида нутк устириш. - Т.: ТДПУ, 2000. - 58 б.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

4. Львов М.Р. Речь младших школьников и пути ее развития. - М.: Академия, 2007. - 429 с. ■■■■^■^■■¡■■■■■^■■■Н

5. Бабаева Д.Р. Нутк устириш методикаси (теварак-атрофни урганиш мисолида) -Т.: Fan va texnologiya, 2009. - 128 б.

6. Бекниязова Н. Бошлан^ч синфлар она тили дарсларида укувчиларга матн яратишни ургатиш методикаси (таълим узбек ва коракалпок тилларида олиб бориладиган мактаблар мисолида): Монография. - Т.: Фан ва технологиялар, 2012. - 160 б.

7. Зиядова Т.У. Она тили таълими жараёнида укувчиларнинг суз бойлигини ошириш: Пед. фан. номз. ...дис. автореф. - Т.: ТДПИ. 1995.- 19 б.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Sobir Raximqulovich Ismatov, o'qituvchi, [Собир Рахимкулович Исматов

преподаватель], [Sobir R. Ismatov, teacher]; manzil: O'zbekiston, Buxoro shahri, K.

Murtazayev ko'chasi, 13 A [адрес: Республика Узбекистан,г.Бухара, ул. К. Муртазаева,

13А], [address: Uzbekistan, Bukhara, K.Murtazaev str., 13 A]; sabur-8989@mail.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.