Научная статья на тему 'ILMIY TEXNIK TARAQQIYOTNING QURILISHDAGI MOHIYATI, AHAMIYATI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI'

ILMIY TEXNIK TARAQQIYOTNING QURILISHDAGI MOHIYATI, AHAMIYATI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
23
3
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Taraqqiyot / Tarmoqli ixtisoslashtirish / Kooperatsiyalashtirish / Kombinatsiyalashtirish / Moliya –sanoat guruhlari.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Rasulova Sharifa Gaybullaevna, Rahmatullayev Azamat Ravshan O’gli

Maqolada, taraqqiyot yutuqlari,uning ahamiyati,asosiy yo’nalishlari, ilmiy-texnik taraqqiyotning o’ziga jihatlari o’z aksini topgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотрDOI: 10.5281/zenodo.14525159
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILMIY TEXNIK TARAQQIYOTNING QURILISHDAGI MOHIYATI, AHAMIYATI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI»

»m'sssb1

Central Asian Journal of

Academic Research

ILMIY TEXNIK TARAQQIYOTNING QURILISHDAGI MOHIYATI, AHAMIYATI VA ASOSIY YO'NALISHLARI

Rasulova Sharifa Gaybullaevna

JizPI., Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti Rahmatullayev Azamat Ravshan o'gli

JizPI., Qurilish muhandisligi fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.14525159

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10- Dekabr 2024 yil Ma'qullandi: 15- Dekabr 2024 yil Nashr qilindi: 19- Dekabr 2024 yil

Maqolada, taraqqiyot yutuqlari,uning ahamiyati,asosiy yo'nalishlari, ilmiy-texnik taraqqiyotning o'ziga jihatlari o'z aksini topgan.

KEYWORDS

Taraqqiyot,

Tarmoqli

ixtisoslashtirish, Koopera tsiyalashtirish, Kombinatsiyalashtirish, Moliya - sanoatguruhlari.

Qurilish sohasida ishlab chiqarish konsentratsiyasi deganda mablag'lar, predmetlar va mehnat resurslarining yirik ishlab chiqarish bo'g'inlarida bir nuqtaga jamlanish jarayonini tushunish taqozo etiladi. Fan - texnik taraqqiyot konsentratsiyaning moddiy - texnikaviy asosi bo'lib maydonga chiqadi.

Zamonaviy ishlab chiqarish butun jamiyat manfaatlari uchun konsentratsiya ustunliklaridan to'liq foydalanish imkonini beradi. Konsentratsiyaning ijtimoiy ahamiyati shundaki, ishlab chiqarishda texnik darajaning oshishi og'ir qo'l mehnatini bartaraf etish uchun sharoit yaratadi, aqliy va jismoniy mehnat qiladigan xodimlar o'rtasidagi farqni bartaraf qilish jarayonini tezlashtiradi.

Konsentratsiyaning darajasi ko'rsatkichlar tizimi bilan aniqlanadi, ulardan eng asosiysi bu ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi hisoblanadi. Ilmiy - texnik taraqqiyot sharoitlarida asosiy ishlab chiqarish ;jamg'armalarining hajmi, shu qatorda faol mo'ljallashtirish, energiya qurilmalarining quvvati va shu kabi ko'rsatkichlarning ahamiyati yanada kuchayadi

Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish mehnatni ijtimoiy jihatdan ajratish va uni oqilona tashkil etishning shakllaridan biri hisoblanib, alohida mustaqil tarmoqlarni kengaytirishning obyektiv jarayonida o'zining yorqin ifodasini topadi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir jinsliligi ixtisoslashtirishning eng asosiy ajralib turadigan belgisi sifatida xizmat qiladi. Har bir tarmoq doirasida amalga oshiriladigan ixtisoslashtirish mahsulotlar nomenklaturasini tartiblash, ishlab chiqarishning texnologik bir jinsliligini oshirish, uni standartlashtirish orqali olib boriladi.

Qurilishda ixtisoslashtirishning ikkita shakli mavjud: birinchi shakl tarmoqli, yoki obyektli - bu shakl xo'jalik jihatdan mustaqil ixtisoslashgan tashkilotlarning yaratilishida o'z ifodasini topadi, bu tashkilotlar xalq xo'jaligining alohida tarmoqlari - sanoat, transport, qishloq xo'jaligi - yoki sanoatning alohida tarmoqlari - metallurgiya, kimyo, neft va shu

kabilar uchun korxonalar va obyektlar qurilishini bajaradi; ikkinchi shakl texnologik yoki bosqichli - bu shakl qurilish va montaj ishlarining bir jinsli turlari yoki komplekslarini bajarishga ixtisoslashgan xo'jalik jihatdan mustaqil bo'lgan qurilish tashkilotlarini yaratishda o'z ifodasini topadi. Bu tashkilotlar masalan, sanitar - texnik, elektromontaj, jihozlarni montaj qilish va shu kabi ishlarni bajaradi.

Ixtisoslashtirishni rivojlantirish va chuqurlashtirish bilan kooperatsiyalashtirish yanada yuqori darajada kengayadi va chuqurlasha boradi.

Kooperatsiyalashtirish - bu ma'lum bir mahsulotlarni birgalikda tayyorlaydigan korxonalar va tashkilotlar o'rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari shakllaridan biridir.

Huquqiy davlat sharoitlarida kooperatsiyalashtirish o'zaro aloqador tashkilotlar va korxonalar hamda tegishli ishlab chiqarish kollektivlari asl mohiyatini to'liq aks ettiradi. Konsentratsiya, ixtisoslashtirish va kombinatsiyalashtirishning o'sishi bilan bir qatorda kooperatsiyalashtirishning rivojlanishi ishlab chiqarishni umumlashtirish jarayonini kuchaytirish haqida guvohlik beradi.

Qurilishda kooperatsiyaning darajasi qurilish jarayonining uzluksizligi va ritmikligi hamda qurilish - montaj ishlarini bajaruvchi tashkilotlarning mavjud bo'lgan ishlab chiqarish quvvatidan to'liq foydalanishi, ularning moddiy - texnika bazasi va mehnat resurslari bilan baholanadi.

Kombinatsiyalashtirish - bu bitta korxona doirasida turli ishlab chiqarishlarni texnologik va tashkiliy birlashtirishga asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etish shaklidir. Kombinatsiyalashtirish ijtimoiy mehnatni oqilona tashkil etish va uni ilmiy -texnik jihatdan olg'a intiltirishning eng muhim shart - sharoiti deb hisoblanadi.

Moddiy va mehnat zaxiralaridan unumli foydalanish hamda ijtimoiy ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish kombinatsiyalashning maqsadini ifodalab beradi.

Har bir soha yoki tarmoqda amalga oshiriladigan kombinatsiyalash ishlab chiqarish jarayonlari xarakteri, xom - ashyo zaxiralari, tarmoqning rivojlanganlik darajasi va boshqa shu kabi ko'rsatkichlar bilan shart - sharoitlanadigan tarmoqqa xos bo'lgan jihatlarga ega bo'ladi.

Moliya - sanoat guruhlari (MSG) (sanoat - moliyalashtirish guruhlari) avvalambor, bank va sanoat kapitalini integratsiyalashning muhim shaklini o'zida namoyon etadi. Ularning tarkibiga kichik korxonalar, o'rta va yirik tashkilotlar hamda korxonalar va hattoki transmilliy kompaniyalar ham kiritiladi.

MSG deganda turli vazifalarni bajarishga mo'ljallangan integrallashgan tuzilmalarning keng doirasini tushunish taqozo etiladi. Xorij amaliyotida MSG ma'lum bir tashkiliy - huquqiy shakllarda faoliyat yuritayotgan hamda puxta shaklga ega bo'lgan sanoat va moliyaviy tuzilmalarni o'zining tarkibiga kiritadi.

MSGda boshqarishning asosiy jihatlari - ishtirokchilar ichidan markaziy kompaniya tarkibini ajratib olish. Ishtirokchilar markaziy kompaniya majburiyatlari bo'yicha mas'uliyatni o'z zimmalariga olishga majburdirlar..

1. Gaybullayevna, R. S. ., & Musurmangulov. (2024). THE IMPORTANCE OF TIME MANAGEMENT IN ENSURING EFFICIENCY IN CONSTRUCTION. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 3(1), 28-31.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

2. Gaybullayevna, R. S. (2023). THE STATE OF THE DIGITAL ECONOMY TODAY: PROBLEMS AND SOLUTIONS. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(12), 38-42.

3. Sharifa, R., & Ilyos, T. (2023). PRINCIPLES OF SCIENTIFIC MANAGEMENT IN MANAGEMENT. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1097-1100.

4. Sharifa, R., & Sayyora, M. (2023). HISTORY OF EMERGENCE OF MANAGEMENT AND ITS PLACE TODAY. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1093-1096.

5. Sharifa, R. (2023). DIRECTIONS FOR INCREASING INVESTMENT ATTRACTIVENESS IN REGIONS. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1088-1092.

6. Sharifa, R., & Nozima, T. (2023). QUALITY MANAGEMENT IN COMPETITIVE CONDITIONS IS THE MAIN FACTOR OF ENTERPRISE SUCCESS. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(20), 200-203.

7. Sharifa, R., & Mahliyo, K. (2023). ORGANIZATIONAL STRUCTURE OF ENTERPRISES AND THEIR APPEARANCES. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(5), 77-83.

8. Gaybullayevna, R. S. (2023). WOMEN'S ENTREPRENEURSHIP IS A FACTOR OF INCREASE IN OUR COUNTRY'S ECONOMIC WELFARE AND SOCIAL DEVELOPMENT. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(5), 73-76.

9. Gaybullayevna, R. S. (2023). MODERN FUNDAMENTALS OF FINANCIAL MANAGEMENT OF INVESTMENT ACTIVITY. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(5), 51-54.

10. Gaybullaevna, R. S. (2023). Methods for Assessing the Economic Efficiency of Investments in Construction. European Journal of Higher Education and Academic Advancement, 1(1), 95-98.

11. Gaybullaevna, R. S. (2023). Construction Industry in Uzbekistan Is an Important Priority Network of the National Economy. Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 2(3), 69-71.

12. Qаmаrov Аsаdbеk Zаfаr o'g'li, & Rasulova Sharifa G'aybullayevna. (2023). BIZNESINGIZ UCHUN SAMARALI MARKETING STRATEGIYALARINI QANDAY YARATISH MUMKIN. Scientific Impulse, 2(14), 305-312.

13. Gaybullaevna, R. S. (2023). Economic Efficiency of Investing in Construction. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 5(3), 94-97.

14. Расулова, Ш. F. (2021). УЗБEКИCТOНДA БAНДЛИК MYAMMOCM. ИШСИЗЛAРНИ ИЖТИМОИЙ Х.ИМОЯ КИЛИШ. Global Science and Innovations: Central Asia (см. в книгах), 3(7), 22-25.

15. Расулова, Ш. Г. (2020). ПРИВЛЕЧЕНИЕ ИНВЕСТИЦИЙ. Экономика и социум, (2 (69)), 316-319.

16. Rasulova, S. G., & Obidova, F. Y. (2019). ISSUES OF SMALL BUSINESS DEVELOPMENT. Theoretical & Applied Science, (9), 426-429.

17. Расулова, Ш. Г. (2019). ВAЖНOCТЬ OРГAНИЗAЦИOННO-ЭКOНOMИЧECКИХ МЕР ПО ПОВЫШЕНИЮ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ AКТИВНOCТИ НACEЛEНИЯ. Aктуальные научные исследования в современном мире, (3-8), 95-100.

18. Rasulova, S., & Jabborova, Z. (2019). PRINCIPAL DIRECTIONSON THE DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURSHIP. International Finance and Accounting, 2019(3), 18.

19. Расулова, Ш. F. (2019). ЭКOНOMИЧECКAЯ ПОЛИТИК ГOCУДAРCТВA И ПОВЫШЕНИЕ ЕЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ, НAПРAВЛEННЫE НA ПОВЫШЕНИЕ

Volume 2, Issue 12, December 2024

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH IF = 5.441 ,

ЭКОНОМИЧЕСКОЙ АКТИВНОСТИ НАСЕЛЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Актуальные научные исследования в современном мире, (3-8), 90-95.

Volume 2, Issue 12, December 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.