Научная статья на тему 'QURILISHNING TASHKILIY SHAKLLARI'

QURILISHNING TASHKILIY SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kapital qurilish / kapital qo’yilmalar / bosh puratchi / tendirlar / konsentatsiya / kombinirlash

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Rasulova Sharifa Gaybullaevna, Abdusalomov Ziyodulla Sherqobil O’g’li, Shojalolov Kamron Abdunabi O’g’li

Maqolada, qurulishning tashkiliy shakillari haqida tushunchalar boladi. Kapital qurilishini amalga oshirishda ilmiy-tadqiqot, loyihaviy-qidiruv va sanoat korxonalarining loyihaviy konstruktorlik tashkiloti, uskuna, qurilish ashyolari, inahsulotlari va qurilmalari bilan ta'minlovchilar, qurilish-yig‘ma tashkilotlari hamda konstruktorlik, loyihaviy-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, buyurtmachilar ishtirok etadilar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QURILISHNING TASHKILIY SHAKLLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

ARTICLE INFO

QURILISHNING TASHKILIY SHAKLLARI

Rasulova Sharifa Gaybullaevna

JizPI., Iqtisodiyot va menejment kafedrasi dotsenti Abdusalomov Ziyodulla Sherqobil o'g'li JizPI., Kimyo muhandisligi fakulteti talabasi Shojalolov Kamron Abdunabi o'g'li

JizPI., Kimyo muhandisligi fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.14415631

ABSTRACT

Qabul qilindi: 06-Dekabr 2024 yil Ma'qullandi: 08- Dekabr 2024 yil Nashr qilindi: 12- Dekabr 2024 yil

KEY WORDS

Kapital qurilish, kapital

qo'yilmalar, bosh puratchi, tendirlar, konsentatsiya,

kombinirlash

Maqolada, qurulishning tashkiliy shakillari haqida tushunchalar boladi. Kapital qurilishini amalga oshirishda ilmiy-tadqiqot, loyihaviy-qidiruv va sanoat korxonalarining loyihaviy konstruktorlik tashkiloti, uskuna, qurilish ashyolari, inahsulotlari va qurilmalari bilan ta'minlovchilar, qurilish-yig'ma tashkilotlari hamda konstruktorlik, loyihaviy-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, buyurtmachilar ishtirok etadilar

O'zbekiston Respublikasida kapital jamg'armalar hajmi va qurilish-yig'ma ishlar tarkibi o'zgarib bormoqda. Hozirgi zamon bosqichida qurilish majmuasi rivojlanishida qurilishni tashkil qilish usullari va shakllari borgan sari takomillashmoqda.

Kapital qurilishda investisiya jarayonining asosiy ishtiroqchilari sifatida odatda bajaradigan vazifalariga ko'ra investor, buyurtmachi, quruvchi, pudratchi va loyihalovchilar ishtirok etadilar.

Investor - ob'yekt qurilishini moliyalashtirishni xususiy yoki qarz mablag'lar hisobiga amalga oshiruvchi investisiya faoliyati sub'yekti. Investor investisiya natijalarini tasarruf qilishga to'liq yuridik huquqlarga ega. Shuningdek, u investisiyalarni (kapital qo'yilmalarni) jalb qilish shaklini belgilaydi, qurilish kontraktlarining shartlarini ishlab chiqadi, investisiya jarayoni ishtiroqchilari bilan bo'ladigan moliyaviy-kredit munosabatlarni amalga oshiradi. Investor qurilish mahsulotining buyurtmachisi, kreditori, haridori bo'lishi, shuningdek, bevosita quruvchi funksiyasini bajaradi.

Buyurtmachi - texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishdan boshlab ob'yektni foydalanishga topshirish yoki ob'yektning ishlab chiqarish quvvatiga chiqishigacha bo'lgan muddatda ob'yekt qurilishining tashkilotchisi va boshqaruvchisi funksiyalarini qabulqilgan huquqiy yoki jismoniy shaxs.

Qurilish egasi - qurilish bo'layotgan yer maydoniga egalik qilish huquqiga ega bo'lgan huquqiy yoki jismoniy shaxs. U yer egasi hisoblanadi. Buyurtmachi qurilish egasidan farqli ravishda yer maydonidan qurilish uchun faqat ijara shartlari asosida foydalanadi.

Pudratchi (bosh pudratchi) - pudrat shartnomasi yoki kontrakti asosida ob'yekt qurilishini amalga oshirayotgan qurilish firmasi. Bosh pudratchi qurilish natijalari uchun shartnoma shartlariga muvofiq ravishda buyurtmachi oldida to'liq javobgar bo'ladi. U zarur hollarda ayrim turdagi ishlarni bajarish uchun quyi pudrat tashkilotlarini jalb qilishi mumkin.

Loyihalovchi - buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida u yoki bu ob'yektning kelgusidagi qurilishini loyihalovchi loyihalash tashkiloti yoki shunga o'xshash boshqa

muassasa. Loyihalovchi loyihaning va uning asosidagi texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarning sifati uchun to'liq javobgar bo'ladi. Buyurtmachi loyihada ko'zda tutilgan yechimlarga rioya qilinishini nazorat qilish uchun mualliflik nazorati o'rnatadi. Qurilish ishlab chiqarishi jarayoni turli shakl va usullarda tashkil qilinishi mumkin bo'lib, pudrat usuli, xo'jalik usuli, ob'yektlarni "qulf-kalit" qilib topshirish va sotish shular jumlasidandir.

Pudrat - usulida qurilish muntazam ishlab turuvchi qurilish tashkilotlari (firmalari) tomonidan buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar assida amalga oshiriladi. Bu qurilishning asosiy va eng keng tarqalgan usulidir. Bugungi kunda kapital qurilish sohasidagi barcha pudrat ishlarining taxminan 80 foizi shu usulda amalga oshiriladi. Uni amalga oshirish uchun "Kapital qurilish pudrat shartnomasi" asos bo'lib xizmat qiladi.

Xo'jalik usulida - ob'yektlar qurilishi yoki qurilish-montaj, ta'mirlash-qurilish ishlari xo'jalk sub'yektlarining - korxonalar, tashkilotlar, institutlar va shu kabilarning kuch va mablag'lari hisobiga amalga oshiriladi. Korxonalarni qayta ta'mirlash va kengaytirish, kichikroq qurilish ob'yektlari, hududlar va xonalarni obodonlashtirish, ta'mirlash ishlari ko'pincha shu usulda olib boriladi. Ob'yektlarni foydalanishga tayyor holda ("qulf-kalit"gacha) topshirishda buyurtmachining funksiyalari bosh pudratchiga berilib, u qurilishni boshidan boshlaydi va ob'yektni buyurtmachiga o'zil-kesil tugallangan holatda topshiradi. Qurilishning bunday usuli uy-joy qurilishida juda keng tarqalgan.

Tanlovlar - iqtisodiyotda nisbatan yangi hodisa bo'lib, bunda buyurtmachi biror ob'yektni qurish yoki loyihalash, asbob-uskunalar yetkazib berish bo'yicha tanlov e'lon qilayotganligini ochiq yoki yopiq shaklda xabardor qiladi va hohlovchilarni shu tanlovda ishtiroq etishga taklif qiladi. Bunda maxsus hujjat tayyorlanadi va unda tanlovning asosiy g'oyasi, uning tijoriy va boshqa shartlari ko'rsatiladi. Bunday hujjatlar majmuasi "tender" deb ataladi.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan shakllardan tashqari, qurilishning ijtimoiy mehnat taqsimoti nuqtai nazaridan ixtisoslashuv, konsentratsiya, kooperatsiya kabi tashkiliy shakllari mavjud. Shuni ham aytib o'tish kerakki, bu shakllar faqat qurilishda emas, balki xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida, avvalo sanoatda ham qo'llaniladi. Amaliyotdan ma'lum bo'lishicha, bu shakllarni mohirlik bilan qo'llash orqali ishlab chiqarish va kapital qo'yilmalarda yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Masalan, agar ixtisoslashuv va kooperatsiya harajatlarning kamayishiga, mahsulot sifatining yaxshilanishiga imkon bersa, konsentatsiya va kombinirlash - xom ashyo va materiallardan kompleks foydalanishga hamda qurilish sohasida fan-texnika taraqqiyoti ko'lamining yanada kengayishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Gaybullayevna, R. S. ., & Musurmangulov. (2024). THE IMPORTANCE OF TIME MANAGEMENT IN ENSURING EFFICIENCY IN CONSTRUCTION. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 3(1), 28-31.

2. Gaybullayevna, R. S. (2023). THE STATE OF THE DIGITAL ECONOMY TODAY: PROBLEMS AND SOLUTIONS. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(12), 38-42.

3. Sharifa, R., & Ilyos, T. (2023). PRINCIPLES OF SCIENTIFIC MANAGEMENT IN MANAGEMENT. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1097-1100.

4. Sharifa, R., & Sayyora, M. (2023). HISTORY OF EMERGENCE OF MANAGEMENT AND ITS

PLACE TODAY. Новости образования:

исследование в XXI веке, 2(16), 1093-1096.

5. Sharifa, R. (2023). DIRECTIONS FOR INCREASING INVESTMENT ATTRACTIVENESS IN REGIONS. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1088-1092.

6. Sharifa, R., & Nozima, T. (2023). QUALITY MANAGEMENT IN COMPETITIVE CONDITIONS IS THE MAIN FACTOR OF ENTERPRISE SUCCESS. SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(20), 200-203.

7. Sharifa, R., & Mahliyo, K. (2023). ORGANIZATIONAL STRUCTURE OF ENTERPRISES AND THEIR APPEARANCES. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(5), 77-83.

8. Gaybullayevna, R. S. (2023). WOMEN'S ENTREPRENEURSHIP IS A FACTOR OF INCREASE IN OUR COUNTRY'S ECONOMIC WELFARE AND SOCIAL DEVELOPMENT. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(5), 73-76.

9. Gaybullayevna, R. S. (2023). MODERN FUNDAMENTALS OF FINANCIAL MANAGEMENT OF INVESTMENT ACTIVITY. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(5), 51-54.

10. Gaybullaevna, R. S. (2023). Methods for Assessing the Economic Efficiency of Investments in Construction. European Journal of Higher Education and Academic Advancement, 1(1), 95-98.

11. Gaybullaevna, R. S. (2023). Construction Industry in Uzbekistan Is an Important Priority Network of the National Economy. Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress, 2(3), 69-71.

12. Qаmаrov Аsаdbеk Zаfаr o'g'li, & Rasulova Sharifa G'aybullayevna. (2023). BIZNESINGIZ UCHUN SAMARALI MARKETING STRATEGIYALARINI QANDAY YARATISH MUMKIN. Scientific Impulse, 2(14), 305-312.

13. Gaybullaevna, R. S. (2023). Economic Efficiency of Investing in Construction. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 5(3), 94-97.

14. Расулова, Ш. F. (2021). УЗБEКИCТOНДA БAНДЛИК MYAMMOCM. ИШСИЗЛAРНИ ИЖТИМОИЙ Х.ИМОЯ КИЛИШ. Global Science and Innovations: Central Asia (см. в книгах), 3(7), 22-25.

15. Расулова, Ш. Г. (2020). ПРИВЛЕЧЕНИЕ ИНВЕСТИЦИЙ. Экономика и социум, (2 (69)), 316-319.

16. Rasulova, S. G., & Obidova, F. Y. (2019). ISSUES OF SMALL BUSINESS DEVELOPMENT. Theoretical & Applied Science, (9), 426-429.

17. Расулова, Ш. Г. (2019). ВAЖНOCТЬ OРГAНИЗAЦИOННO-ЭКOНOMИЧECКИХ МЕР ПО ПОВЫШЕНИЮ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ AКТИВНOCТИ НACEЛEНИЯ. Aктуальные научные исследования в современном мире, (3-8), 95-100.

18. Rasulova, S., & Jabborova, Z. (2019). PRINCIPAL DIRECTIONSON THE DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURSHIP. International Finance and Accounting, 2019(3), 18.

19. Расулова, Ш. F. (2019). ЭКOНOMИЧECКAЯ ПОЛИТИК ГOCYДAРCТВA И ПОВЫШЕНИЕ ЕЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ, НAПРAВЛEННЫE НA ПОВЫШЕНИЕ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ AКТИВНOCТИ НДСЕЛЕНИЯ В УЗБEКИCТAНE. Aктуальные научные исследования в современном мире, (3-8), 90-95.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.