Scientific Journal Impact Factor
AVTOMOBIL YO'LLARINI QURISH VA REKONSTRUKSIYA QILISH ISHLARINI TASHKIL QILISHDA FIDIC METODIKASIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Maqolada xalqaro Injener konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) ning tashkil topish tarixi va tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan andozaviy shartnomalar va ularni butun dunyoda ishlab chiqarish quvvatlarini, shuningdek ijtimoiy soha binolari va inshootlarini qurishda qo 'llanilishi yoritilgan. Bundan tashqari, maqolada avtomobil yo 'llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini bajarishda FIDIC metodikasini qo 'llash tajribasi va afzalliklari tahlil qilingan.
Ushbu maqolada mahalliy qurilish tashkilotlari kuchi bilan avtomobil yo 'llari sohasidagi qurilish - montaj ishlari shartnomalarini FIDIC metodikasi asosida tashkil qilish bo 'yicha asoslangan aniq amaliy va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: Avtomobil yo'llari, Injener konsultant, FIDIC, hajm usuli, loyiha smeta hujjatlari, pudrat shartnomasi, tenderga ariza, konsalting xizmatlari bozori, davlat va xususiy sherikchilik, O^zDST, AASHTO, qizil kitob.
The article describes the history of the International Federation of Engineering Consultants (FIDIC) and the standard contracts developed by the organization and their application in the construction of production facilities around the world, as well as social buildings and structures. In addition, the article analyzes the experience and advantages of using the FIDIC methodology in the construction and reconstruction of roads.
This article develops clear practical and methodological recommendations based on the organization of construction and installation contracts in the field of roads on the basis of the FIDIC methodology with the help of local construction organizations.
Keywords: Roads, Engineer Consultant, FIDIC, size method, project estimate documentation, contract, tender application, consulting services market, public-private partnership, UzDST, AASHTO, red book.
Amirov Tursoat Jummayevich, PhD., dotsent Yusupaliyev Umid G'aniyevich, doktorant
Toshkent davlat transport universiteti
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
АННОТАЦИЯ
В статье описывается история Международной федерации инженерных консультантов (FIDIC) и типовых контрактов, разработанных организацией, и их применение при строительстве производственных объектов по всему миру, а также социальных зданий и сооружений. Кроме того, в статье анализируются опыт и преимущества использования методологии FIDIC при строительстве и реконструкции автомобильных дорог.
В данной статье разработаны четкие практические и методические рекомендации, основанные на организации строительно-монтажных подрядов в сфере автомобильных дорог на основе методологии FIDIC с привлечением местных строительных организаций.
Ключевые слова: дороги, инженер-консультант, FIDIC, размерный метод, проектно-сметная документация, договор, конкурсная заявка, рынок консультационных услуг, государственно-частное партнерство, УзДСТ, ААШТО, красная книга.
KIRISH
Respublikaning geografik joylashuvini hisobga olgan holda zamonaviy avtomobil yo'llari tarmog'ini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda, respublika transport salohiyatini rivojlantirishda va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda birinchi darajali vazifa hisoblanadi.
Ayni vaqtda, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot jamg'armasi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg'armasi kabi xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda yo'l qurilishi sohasida loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki mablag'larini jalb qilgan holda ilg'or xalqaro standartlarga muvofiq tezyurar pulli avtomobil yo'llari qurish bo'yicha loyihalarni tayyorlashga kirishildi.
Shu bilan birga, respublikada yo'l qurilish ishlari sifatini oshirish va tarmoqqa investitsiyalar jalb etilishiga to'sqinlik qilayotgan qator muammolar va kamchiliklar mavjud.
Jumladan, yo'l tarmog'iga investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilish bo'yicha uzoq muddatli strategiyaning yo'qligi xarajatlarning asosiy moliyaviy yukini Davlat budjetiga yuklagan holda ishlarni moliyalashtirishning muqobil manbalaridan foydalanish imkonini bermayapti.
Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi
Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan nazorat va xo'jalik funksiyalarining, shu
535
Scientific Journal Impact Factor
jumladan buyurtmachi va pudratchi vakolatlarining birga olib borilishi boshqaruvning samarali tizimini yaratish va yo'l-qurilish ishlari bozorida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish imkonini bermayapti.
Bugungi kunda avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibidagi "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi" DUK buyurtmachi hisoblanadi. Ushbu ishlarni esa qo'mita tarkibidagi boshqa korxonalar pudrat asosida bajarishadi. Bajarilgan ishlarni qabul qilish ham shu direksiya zimmasida. Ishlatilgan materiallar va bajarilgan ishlarning sifati esa Transport vazirligi huzuridagi yo'l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Yo'l ishlari bo'yicha "Buyurtmachi", "Pudratchi" va "Sifat inspeksiyasi" bitta vazirlik tasarrufidagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mamlakatning yo'l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish, ilg'or texnologiyalar va eng yaxshi xorijiy tajribalarni joriy etish asosida loyiha va yo'l qurish ishlari sifatini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 noyabrdagi PQ-4035-son qarori e'lon qilindi. Ushbu qarorda O'zbekiston Respublikasining Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasiga (FIDIC) kirishi bo'yicha takliflar tayyorlash belgilangan. Shuningdek, ushbu qarorda 2019 yildan boshlab yo'l xo'jaligi sohasida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda va qurilish-montaj ishlarini bajarishda ish hajmi va sifat ko'rsatkichlarini hisobga olgan holda ularni qabul qilishni "hajm usuli" orqali amalga oshirish belgilandi [1].
Qurilish ishlari sifatini oshirish bo'yicha xalqaro tajribalarni qo'llash - nafaqat yuqori sifatli qurilish ishlarini bajarish uchun zarur bo'lgan barcha masalalarni hal qilishni tartibga soladigan sifat menejmenti tizimini yaratishga balki uni amalda qo'llashga imkon beradi. Buning uchun konsalting xizmatlari bozorini rivojlantirish kerak.
Avtomobil yo'llari sifatini boshqarish sohasida Davlat va xususiy sherikchilik asosida ishlarni tashkil qilishda ham buning ahamiyati katta.
Shuning uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi PF-5890-son farmoni asosida yo'l-qurilish ishlari bo'yicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) autsorsing shartlari asosida xalqaro amaliyotga, shu jumladan FIDIC qoidalariga muvofiq mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
FIDIC standartlari: nima uchun bu bizga kerak?
536
Scientific Journal Impact Factor
Butun dunyoda ishlab chiqarish quwatlarini, shuningdek ijtimoiy soha binolari va inshootlarini qurishda xorijiy kreditorlar, investorlar, buyurtmachilar va pudratchilar xalqaro standartlar va shartnomalar (bitimlar) shakllaridan foydalangan holda ishlashni afzal ko'rishadi. Ushbu shartnomalar FIDIC hujjatlariga asoslangan. Xalqaro Injener-Konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) faoliyatida qurilish va sanoatni rivojlantirishning zamonaviy amaliyotiga nisbatan ushbu tashkilot tomonidan muhandislik sohasini unifikatsiya qilish va standartlashtirish orqali rivojlantirishga ko'maklashish uchun yaratilgan va konsolidatsiyalangan uslubiy asos katta ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan Federatsiya doimiy ravishda investitsiya loyihalari ishtirokchilariga shartnomalarni tayyorlash va ishlarni tashkil qilishda yordam beradigan bir qator uslubiy qo'llanmalar va tavsiyalarni tayyorlaydi, nashr etadi va tarqatadi. FIDIC tomonidan nashr etilgan materiallar tarkibiga shartnoma hujjatlari standartlari va buyurtmachi bilan konsultant o'rtasida tuzilgan shartnomalar, yangi qurilish sohasida injener-konsultantlar, loyiha buyurtmachilari va xalqaro agentliklar uchun ma'lumotlar, namunaviy malaka anketalari, turli konferensiyalar, seminarlar va boshqalar kiradi [2].
FIDIC tarixi.
Xalqaro Injener-Konsultantlar federatsiyasining rivojlanish tarixi ushbu kasbning rivojlanishi bilan uzviy bog'liqdir. 19-asrning boshlarida Yevropada qurilish loyihalarining tobora murakkablashib borishi va ularni amalga oshirishda ishtirokchilar sonining ko'payishi sababli, buyurtmachi tomonidan mustaqil ravishda yollangan maslahatchi muhandis kasbi paydo bo'la boshladi. Mustaqil Injener-Konsultantlar qurilayotgan loyihalarga egalik huquqiga ega bo'lmagan va tadbirkorlar va qurilish kompaniyalari bilan shartnomaviy munosabatlar bilan bog'liq bo'lmagan kasb egalaridir. Ular o'zlarining muhandislik bilimlari va tajribalarini buyurtmachiga sotadilar va pudratchilar hamda yetkazib beruvchilarning eng yaxshi tanlovini ta'minlaydilar.
20-asr boshlarida injener-konsultantlik institutining jadal rivojlanishi bilan ularning faoliyatini muvofiqlashtirish zarurati tug'ildi. Shu maqsadda bir qator mamlakatlarda injener-konsultantlar milliy assotsiatsiyalari tashkil etildi. 1903 yilda Germaniyada injener-konsultantlar uyushmasi, 1904 yilda Daniyada, 1905 yilda -AQShda, 1908 yilda - Buyuk Britaniyada, keyin Belgiya, Gollandiya, Shvesiya va Fransiyada tashkil topgan [2,3].
1913 yilda Belgiyada bo'lib o'tgan Xalqaro sanoat ko'rgazmasi davomida birinchi injener-konsultantlar kongressi bo'lib o'tdi, unda Xalqaro injener-konsultantlar federatsiyasi tashkil etildi (FIDIC - fransuz tilida Federatsiya nomining
Scientific Journal Impact Factor
qisqartmasi). Dastlab FIDIC injener-konsultantlar faoliyatini tartibga solish bo'yicha yagona xalqaro uslubiy bazani yaratishga qaratilgan edi. Shuni ta'kidlash kerakki, turli mamlakatlarda injener-konsultantlar faoliyatini tartibga soluvchi bir qator masalalarni hal qilishda turli xil yondashuvlar mavjud edi.
Hozirgi kunda FIDIC 100 ga yaqin milliy assotsiatsiyalar va ko'plab amaliyotchi Injener-konsultantlarni birlashtirgan. FIDIC ning bosh qarorgohi Jenevada (Shveysariya) joylashgan.
Federatsiyaning qurilish jarayoni ishtirokchilari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish sohasidagi faol ishi tufayli hozirgi paytda xalqaro qurilishda keng qo'llaniladigan jahon amaliyotida FIDIC metodikasi rivojlandi. FIDIC metodologiyasi keng ma'noni anglatib amalga oshirilayotgan loyihalarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish usuli hisoblanadi:
- tovarlarni yetkazib berish bo'yicha tender savdolarini o'tkazish uchun tender hujjatlarini tayyorlash;
- loyiha bo'yicha ishlarni bajarish va xizmatlar ko'rsatish;
- tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun tender savdolarini tashkil etish va o'tkazish;
- ishlab chiqarish.
FIDIC metodikasi so'zining tor ma'nosi qurilish loyihalarini amalga oshirish qoidalarini (shartlarini) o'z ichiga olgan belgilangan shakldagi huquqiy hujjatlari (shartnomalari) dan iborat.
FIDIC ning standart shartnoma hujjatlari soddaligi va to'liqligi tufayli qurilishning barcha ishtirokchilarining o'zaro murakkab munosabatlarini aks ettirib, tezda butun dunyo bo'ylab sanoat va qurilish loyihalarida keng qo'llanila boshladi. Shuni aytish kifoya: barcha yirik xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, Yevropa komissiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom banki va boshqalar), shuningdek yirik davlat va xususiy buyurtmachilar va investorlar loyihalarini amalga oshirishda ushbu metodologiya va unga qo'shib qo'yilgan shartnomaviy hujjatlar qo'llaniladi. Shularni hisobga olgan holda, zamonaviy qurilish amaliyotida FIDIC haqli ravishda loyihalarni tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi asosiy qonun chiqaruvchi hisoblanadi.
XX asrning 60-yillaridan boshlab Federatsiya qurilishning turli sohalarida shartnomalarni unifikatsiyalash sohasida muhim ishlarni amalga oshirmoqda. Hammasi bo'lib FIDIC homiyligida to'qqizta andazaviy shartnomalar ishlab chiqilgan [4].
1. 1988 va 1992 yillarda qayta ko'rib chiqilgan va yangilangan 1987 yil 4 -nashr. Qurilish loyihalarini amalga oshirish uchun shartnoma shartlari (Qizil kitob).
Scientific Journal Impact Factor
Conditions of Contract for Works of Civil Engineering Construction, Fourth Edition 1987, reprinted with editorial amendments in 1988, reprinted with further amendments in 1992 (RedBook);
2. Elektr va mexanik montaj ishlari uchun shartnoma shartlari, 1987 yil 3-nashr (Sariq kitob). Conditions of Contract for Electrical and Mechanical Works, Third Edition 1987 (Yellow Book);
3. "Qurilish ob'ektlarini qurish uchun subpudrat shartlari", 1994 yil 1-nashr. Conditions of Subcontract for Civil Engineering Construction, First Edition 1994;
4. "Xizmatlar ko'rsatish bo'yicha buyurtmachi va konsultant o'rtasida namunaviy shartnoma", 1998 yil 3-nashr (Oq kitob). Client/Consultant Model Services Agreement, Third Edition 1998 (White Book);
5. "Tayyor mahsulotlarni loyihalashtirish, qurish va yetkazib berish bo'yicha shartnoma shartlari", 1995 yil 1-nashr (to'q rangli kitob). Conditions of Contract for Design-Build and Turnkey, First Edition 1995 (Orange Book).
1999 yilda yana to'rtta shakl ishlab chiqarildi. Birinchidan, bu Yangi Qizil kitob - "Qurilish shartnomasi shartlari" Conditions of Contract for Construction, First Edition 1999 (New Red Book). Bu kitob Buyurtmachi yoki uning vakili - injener tomonidan ishlab chiqilgan qurilish yoki muhandislik ishlarini bajarishda tavsiya etiladi.
Pudratchi barcha ishlarni buyurtmachi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq amalga oshiradi. Shu bilan birga, ish hajmiga pudratchi tomonidan ishlab chiqilgan muhandislik infratuzilma, mexanik, elektrotexnika yoki qurilish ishlari elementlari ham kirishi mumkin.
Ikkinchidan, bu Yangi sariq kitob - "Uskunalarni yetkazib berish, loyihalash va qurish bo'yicha shartnoma shartlari" Conditions of Contract for Plant and Design and Build, First Edition 1999(New Yellow Book). U elektr va mexanik uskunalarni yetkazib berish va o'rnatishda, shuningdek loyihani ishlab chiqishda va qurilish yoki muhandislik ishlarini bajarishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Bunday shartnomaga binoan pudratchi loyihani ishlab chiqadi va buyurtmachi talablariga muvofiq uskunalarni o'rnatish va boshqa ish turlarini amalga oshiradi.
Shuningdek, Federatsiya tomonidan ikkita yangi kitoblar ishlab chiqildi: Kumush - "Kalit loyihalar uchun shartnoma shartlari" Conditions of Contract for EPC Turnkey, First Edition 1999 (Silver Book) va Yashil - "Shartnomaning qisqacha shakli" Short Form of Contract, First Edition 1999 (Green Book).
Kumush kitobdan to'liq jihozlangan va foydalanishga tayyor bo'lgan zavod, elektr stansiyasi, infratuzilma ob'ekti yoki boshqa shunga o'xshash inshootlarning
Scientific Journal Impact Factor
kalitgacha qurilishida foydalanish mumkin. Bunday holda, birinchi navbatda, ob'ektning yakuniy narxini baholashning aniqligi va uni tugatish muddati muhim, ikkinchidan loyihani ishlab chiqish va buyurtmachining minimal ishtirokida ishlarni bajarish uchun pudratchi to'liq javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. Yashil kitob nisbatan kichik investitsiya hajmiga ega bo'lgan qurilish va muhandislik ishlari uchun, shuningdek katta miqdordagi investitsiya hajmiga ega, ammo nisbatan sodda, takrorlanadigan yoki qisqa muddatli ish turlari bilan tuzilgan shartnomalar uchun tavsiya etiladi. Pudratchi barcha turdagi ishlarni buyurtmachining loyihasiga muvofiq amalga oshiradi. Eng mashhurlari - sariq va qizil kitoblar.
Andazaviy FIDIC shartnomalari milliy qonunchilikning va har bir qurilish loyihasining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Shu maqsadda, shartnoma ikki qismdan iborat: shartnomaning umumiy shartlari va maxsus qo'llanilish shartlari.
Loyiha ishtirokchilari tomonidan ma'lum bir qurilish loyihasining xususiyatlariga qarab qarorlar qabul qilinadi.
Avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun buyurtmachi va pudrat tashkilotlari o'rtasidagi shartnoma uchun Red Book (Qizil kitob) "Conditions of Contract for Works in Civil Engineering Construction" deb nomlangan andozaviy shartnoma ishlatiladi.
Andozaviy shartnomalarning qulayligi va ustunlik tarafi shundaki, barcha taraflarning (Buyurtmachi, Injener va Pudratchi) majburiyatlari, o'z vakolatlarini boshqaga qisman yoki to'la topshirilishi, to'lovlar, muddatlar, yozishma va hujjatlar taqdim etilishi kabilar aniq shartlar bilan belgilab qo'yilgan. Shu bilan birgalikda qurilish jarayonidagi vaziyatlar va geotexnik jarayonlardan ko'riladigan zararlar, loyihaga kiritiladigan o'zgartirishlar va o'zgartirishlar natijasida xosil bo'ladigan qo'shimcha yoki iqtisod qilingan mablag'lar xaqida ham aniq shartlar belgilangan. Qisqa qilib aytganda, FIDIC ning andozaviy shartlari qurilish davrida uchraydigan deyarli barcha savollarga yoki muammoli vaziyatlarga javob beradi. O'z navbatida tomonlar muammoli vaziyatlarda bir-birlari bilan kelisha olmagan holatlari uchun ham nizolarni hal qilish chora-tadbirlari va bu jarayonlar haqida ham alohida bandlar keltirilgan. Albatta, har bir loyihaning amalga oshirilayotgan davlatning iqtisodiy-siyosiy holati, iqlim va geografik joylashuvi, transport oqimini tarkibi va miqdori kabi omillar asosida o'ziga xos yoki maxsus shartlari bo'ladi. Shularni hisobga olgan holda FIDIC ning andozaviy shartlari shartnomaning umumiy shartlari deb yuritiladi va umumiy shartlarda ko'zda tutilmagan yoki ulardan boshqacharoq shartlar
Scientific Journal Impact Factor
shartnomaning maxsus shartlari deyiladi. Albatta shartnomaning maxsus shartlari umumiy shartlardan ustun turadi.
FIDIC shartnomasiga quyidagilar kiradi: pudrat shartnomasi (umumiy, maxsus shart-sharoitlar), tenderga ariza (pudratchining taklifi), qabul qilish xati, spesifikatsiyalar, chizmalar va qo'shimcha hujjatlar.
Bunda qurish, ta'mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonlarini texnik nazorat qilish, muhim texnik qarorlar qabul qilish, to'lov jarayonlarini nazorat qilish ishlari mustaqil Sonsultant (Injener) kompaniyalarga yuklanadi. Sonsultant (Injener) kompaniyalar "Buyurtmachi" va "Pudratchi" bilan tuzilgan shartnomalar texnik talablarini belgilashda va loyiha yechimlarini ekspertiza qilishda ham bevosita ishtirok etadi.
O'zbekistonda ham Injener-konsultantlar va quruvchilar uyushmasi (O'IKQU) nodavlat va notijorat tashkilot sifatida Adliya vazirligi tomonidan 2007 yil 24 dekabrda ro'yxatga olingan. Lekin, a'zolik badallarining to'lanmasligi, qonuniy moliyalashtirish manbalarining yo'qligi va boshqa ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra ushbu tashkilot faoliyati uzoqqa cho'zilmadi.
O'zbekiston muhandis-konsultantlar uyushmasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 sentabrdagi "Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3939-sonli qaroriga muvofiq qonuniy qayta tashkil etildi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi [5]:
• loyiha, injiniring va konsultatsiya xizmatlarini rivojlantirish;
• uyushma a'zolarini istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo'yicha faoliyatga jalb etish;
• uyushma a'zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
• xalqaro moliya institutlari hisobidan moliyalashtiriladigan muhandislar-konsultantlar, loyihalarni amalga oshirish guruhlari xodimlarining malakasini oshirish;
• oliy ta'lim muassasalari bilan ularning o'quv dasturlariga loyihalash va qurilish sohasidagi eng yangi yutuq va innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo'yicha hamkorlik qilish;
• xorijiy muhandislar uyushmalari bilan hamkorlik qilish, sifatli loyihalashtirish ishlarini, shu jumladan, xorijda amalga oshirish uchun konsorsiumlar shakllantirish.
2008 yil oxirida "Toshg'uzor - Boysun - Qumqo'rg'on" yangi temir yo'l liniyasida №2 va №3 ko'priklar ochildi. Ikki ko'prikning umumiy uzunligi 567 metr,
Scientific Journal Impact Factor
balandligi mos ravishda 24 metr va 41 metrni tashkil qiladi. Ko'priklar dengiz sathidan 1302 metr va 1341 metr balandlikda joylashgan. Ushbu ko'priklarning qurilishi Yaponiya va O'zbekiston ko'prik quruvchilarining hamkorligi samarasidir. Tender, loyihalash va shartnoma hujjatlarini tayyorlashni Japan Transportation Consultants Inc kompaniyasi mahalliy muhandis-dizaynerlar tomonidan xalqaro Injener konsultantlar federatsiyasi (FIDIC) tomonidan ishlab chiqilgan standartlar asosida amalga oshirildi. Bundan tashqari, avtomobil yo'llarini xorijiy moliya institutlari mablag'lari evaziga qayta qurish va ta'mirlash bo'yicha 2009 yildan boshlab 10 dan ortiq loyihalar FIDIC metodikasi bo'yicha tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirildi.
Aslida ushbu shartnoma shartlarini mahalliy pudratchi va buyurtmachi o'rtasidagi loyihalarda ham qo'llanilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Sababi, ushbu shartlar yordamida ish sifatini nazorat qilish, loyiha jarayonini boshqarish va moliyaviy jarayonni nazorat qilish orqali loyihalarni sifatli va o'z belgilangan muddatida yakunlash mumkin.
Ko'pincha infratuzilma loyihalarini amalga oshirishdagi asosiy muammolardan biri qurilish sifatini nazorat qilishning yetarli tashkil etilmayotganligi hisoblanadi. Masalan, Loyihachi va Pudratchi tomonidan yo'l qo'yilgan xatoliklar, sifatsiz qurilish materiallarining ishlatilishi, texnologik qoidalarga va normativ hujjatlarga amal kilmaslik holatlari uchraydi.
Albatta, mahalliy loyihalarda buyurtmachining vakili (texnik kuzatuvchisi) qurilish-montaj ishlarini har bir bosqichini nazorat kilishga jismonan ulgurmaydi. Xuddi shu shaklda sifat inspeksiyasining inspektorlari ham viloyatlar kesimida 2 yoki 3 mutaxassisdan tashkil topgan va shu viloyatdagi barcha qurilish-montaj ishlarini har bir boskichini nazorat qilishning imkoni yo'k. Ammo shunga o'xshash ko'plab xatolar va sifatsiz ishlarni bartaraf kilishning eng optimal va samarali usullaridan biri qurilish ishlariga (loyihalarga) uchinchi mustaqil tomonni jalb kilishdir. Butun dunyoda bunday tomon "Konsalting" (Injener-konsultantlar) deb atalib, ularning vazifasi shartnomalarni bajarish talablariga rioya etilishini to'liq nazorat qilishni o'z ichiga oladi. Global miqyosda konsalting ishi FIDIC tashkiloti tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Mustaqil Injener (konsultant) paydo bo'lishi tufayli manfaatlar to'qnashuvidan uzoqlashish mumkin. Odatda, Injenerlar ko'p yillik tajribaga va sohada obro'-e'tiborga ega bo'lgan yirik firmalarning vakillari hisoblanadi. Shuning uchun ular pora olishi va loyihada haqiqiy vaziyatni yashirishi mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Injener mamlakat miqyosida konsalting xizmatlarini davom ettirishi uchun eng
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
muhimi obro'si (reputatsiyasi) hisoblanadi. Ko'pincha shartnoma summasining 2 dan 5% gacha "konsalting" (injenerlar) xizmatlariga sarflanadi. Lekin loyihani amalga oshirish sifatining kafolati, o'z muddatida amalga oshirilishi orqali sarflangan mablag'ni to'liq oqlaydi.
Bunday shartlar asosida pudratchi qurilish-montaj ishlarini kalendar reja asosida bajarishga astoydil harakat qiladi va buyurtmachi ham mablag'larni belgilangan muddatda o'tkazishga harakat qiladi. Aks holda, ikki taraf ham kechikkan kunlar uchun qo'shimcha mablag' yo'qotishiga to'g'ri keladi. Bunday shartlar o'z navbatida ikki tomonni o'zlariga yuklatilgan shartlar (vazifalar) ni o'z vaqtida bajarishga undaydi. Har bir infrastruktura ob'ekti qurilishining belgilangan muddatda bajarilishi Respublika iqtisodiyotiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Mamlakatimizda avtomobil yo'llarini qurishda asosan ShNQ 3.03.06-08 asosiy normativ hujjat hisoblanadi. Ushbu standartda yo'l ishlari sifatini nazorat qilish va qurilish jarayonidagi talablar keltirib o'tilgan. Shu asnoda ShNQ 3.03.06-08 ni boshqa GOST, OzDST, MShN (MQN, IQN) hujjatlari talablari ham to'ldiradi. Bundan kelib chiqib mahalliy loyihalar uchun ShNQ, GOST, OzDST, MShN (MQN, IQN) va mamlakatimiz hududidagi qonun hujjatlarni talab va texnik shartlarini inobatga olgan holda milliy andozaviy shartnoma shartlarni ishlab chiqish kerak. Bu kabi milliy andozaviy shartnoma shartlarni ishlab chiqish va uni tadbiq etish tajribasi Yevropa davlatlarida keng tarqalgan. Bunga misol tariqasida quyida Germaniya va Angliyada ishlab chiqilgan shartnomalarni keltirish mumkin:
- VOB - "Vergabe und Vertragsordnung für Bauleistungen" (Germaniya);
- JCT - "Joint Contract Tribunal Limited" (Angliya);
- ICE - "Conditions of contract" (Angliya);
- NEC/ECC - New engineering contract/ Engineering and construction contract (Angliya).
Bir so'z bilan aytganda, tartibga solingan shartnoma shartlari qurilish sohasida kelib chiqadigan turli muammoli vaziyatlarni oldini oladi, vaziyatga haqqoniy baho berishda yordam beradi, tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab beradi va ishlar sifati, jadalligini oshiradi. Bu o'z navbatida, ushbu sohaning rivojini ta'minlaydi va mamlakat taraqqiyotini o'sishida sezilarli darajada yordam beradi.
Ushbu FIDIC tizimining kamchiliklaridan biri shundaki, shartnomani bajaradigan malakali mutaxassislarning mavjudligini nazarda tutadi. Mamlakatimizda bunday mutaxassislar hali ko'p emas. Albatta, ushbu tizimga avtomobil yo'llari sohasidagi barcha qurilish - montaj va boshqa shartnomalarni birdan o'tkazib
Scientific Journal Impact Factor
bo'lmaydi. Eng avvalo, soha vakillari orasida ushbu tizimda ishlab kelayotgan va aynan FIDIC tomonidan o'tkaziladigan seminar treninglarda qatnashib sertifikatlarga ega bo'lgan mutaxassislar ro'yxatini shakllantirish kerak. Shakllangan ro'yxat asosida ushbu mutaxassislarni yanada chuqurroq bilimga va ko'nikmalarga ega bo'lishi uchun ularni chetda intensiv kurslarda o'qishini moliyalashtirish zarur. So'ngra ushbu mutaxassislar mamlakat hududida viloyatlar kesimida seminar va treninglar tashkil etib Pudratchi, Loyihachi va Buyurtmachi vakillariga yangi tizimni to'liq tushuntirishi kerak. Shuni ta'kidlash kerakki, har bir soha vakili chuqur FIDIC bilimlariga ega bo'lishi shart emas. Lekin uning umumiy prinsiplari, oltin qoidalarini va eng asosiy ishlatiladigan bo'limlari bo'yicha bilimlarga ega bo'lishi kerak. Har bir loyihada "Contract Specialist- Shartnoma mutaxassisi" va "Construction Claim Engineer- qurilish da'volari bo'yicha Injener" to'liq bilimga ega bo'lishi shart.
Shu bilan birgalikda mamlakat miqyosida injener konsultantlar reestrini shakllantirib, Injener-muhandislar assotsiatsiyasi tomonidan ularga O'zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun ruxsatnomalar berilishi kerak. Har bir Injener-konsultantlik faoliyati bilan shug'ullanadigan korxonaning mahalliy xodimida ushbu guvohnoma bo'lishi lozim. Ushbu guvohnomani olish uchun mutaxassis birlamchi kriteriyalarga javob berishi va imtihonlardan o'tishi va har uch yilda attestatsiya topshirishi kerak (Latviya tomonidan tartibga solingan tizimni qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi). Mahalliy injener-konsultantlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalar orasida sog'lom raqobatni kuchayishi asosida o'z mutaxassislari yanada kuchliroq tayyorlash va reestrga kirgan a'zolarini ko'paytirish maqsadida ular o'z xodimlarini FIDIC bo'yicha va texnik bilimlarini oshirishga harakat qilishadi.
Bugungi kunda o'zbek milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi avtomobil yo'llarini rekonstruksiya qilish loyihalari xorijiy moliya institutlari ko'magida amalga oshirilayotganligi va xorijiy kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar texnik talablari xalqaro injener-konsultantlar uyushmasi FIDIC nizomlari asosida tuzilganligi sababli yo'l qurilish materiallari va bajarilayotgan ishlarning sifatini baholash maqsadida, AASHTO(AQSh), EN(Yevropa), BS(Buyuk Britaniya), DIN(Germaniya) kabi xorijiy standartlarni qo'llash zaruriyati tug'ilmoqda. Bu o'z navbatida milliy standartlar bilan xorijiy standartlarni «uyg'unlashtirish» ga ham xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari, bu yo'llarda investitsiya dasturi bo'yicha yuqori aniqlikda ishlaydigan o'lchov vositalari va laboratoriya jihozlari olib kelindi. Bu laboratoriya jihozlari yordamida sifatni nazorat qilish qurilish jarayonlarining hamma bosqichlarida amalga oshirilmoqda. Bu esa, zamonaviy avtomobil yo'llarida
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
mustahkam va ko'p xizmat qiladigan yo'l konstruksiyalarining qurilishida asosiy omil bo'lmoqda.
Bugungi kunda yo'l qurilish materiallari va bajarilayotgan ishlarning sifatini baholash bo'yicha o'tkazilayotgan sinovlarda mahalliy mutaxassislar ham kerakli barcha sinov uslublari va uskunalardan foydalanish ko'nikmalarini egallab, ularni qo'llashda yetarlicha tajribaga ega bo'ldilar.
Ushbu tajriba amaldagi mavjud standartlar bilan xorijiy standartlardagi o'xshash hamda bir-biridan prinsipial ajralib turadigan sinov uslublarini tahlil qilishga imkoniyat yaratdi.
XULOSA
Quyida FIDIC metodikasini qo'llashdagi afzalliklarni sanab o'tamiz:
- Investitsiya va qurilish loyihalarini amalga oshirishda xalqaro standartlar, eng yaxshi amaliyotlar va tajribalar;
- Mahalliy va xorijiy hamkorlar uchun oldindan shartnomalarning ishonchliligi va shaffofligi;
- Keng xalqaro e'tirof (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va boshqa moliya tashkilotlari);
- Qurilish jarayonining deyarli barcha bosqichlaridagi murakkab jihatlarni tartibga solishni qamrab olishi;
- Davlat-xususiy sektor hamkorligi doirasida foydalanish imkoniyati;
- Ish sifati, o'zgarishlar va risklarni boshqarishning samarali mexanizmi, xarajatlar va ishlarning borishini nazorat qilish hisobiga loyiha qiymatini pasaytirish;
- Muzokaralar va shartnomalarni tayyorlash uchun resurslar va vaqtni tejash;
- Bahsli va noaniq vaziyatlar yuzaga kelganida qurilish jarayonining uzluksizligi;
-Kompaniyalar va mutaxassislarning ichki va tashqi bozorda
raqobatbardoshligini oshirish. Xizmatlarni eksport kilish va xalqaro integratsiya;
- Konsalting xizmatlari bozorini rivojlantirish.
Yuqoridagilarga asosan aytish mumkinki, avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va rekonstruksiya qilish ishlarini xalqaro injener-konsultantlar uyushmasi FIDIC shartnomalari asosida tashkil qilishning ahamiyati beqiyosdir.
REFERENCES
1. Amirov T.J. Yo'l qurilish ishlari sifatini nazorat qilishda FIDIC metodikasini qo'llash. «Orol bo'yi mintaqasida me'morchilik va shahar qurilishi barqaror rivojlanishi masalalari» mavzusida xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik anjuman materiallari to'plami. QDU. Nukus, 22-23 aprel 2021 yil. 396-401 betlar.
545
Scientific Journal Impact Factor
2. Мирахмедов М.М, Досметов С.К, Садриддинов Б.Б. Организация строительства в рыночных условиях: порядок разработки, проведения экспертиза и утверждения документации инвестиционных проектов, заключение и исполнение инвестиционных договоров по международным правилам. Электронное издание. Ташкент 2013.
3. https://pdfslide.tips/documents/-wwwuzaceorgimgmenu20fidic.html
4. https://fidic.org
5. https://uzace.uz/