Научная статья на тему 'AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA AVTOMOBILLAR TEXNIK EKSPLUATATSIYASI TARAQQIYOTINING YO’NALISHLARI'

AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA AVTOMOBILLAR TEXNIK EKSPLUATATSIYASI TARAQQIYOTINING YO’NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avtomobil / avtotransport korxonasi / ishlab chiqarish texnika bazasi / texnik servis / ta’mirlash / ekspluatatsiya / tashkiliy tamoyillar / Автомобиль / автотранспортное предприятие / производственная техническая база / техническое обслуживание / ремонт / эксплуатация / организационные принципы

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Islomov Sherzod Eshquvvatovich

Mazkur maqolada kichik quvvatli avtotransport korxonalarining avtomobillariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA AVTOMOBILLAR TEXNIK EKSPLUATATSIYASI TARAQQIYOTINING YO’NALISHLARI

В данной статье рассматривается рекомендации по повышению эффективности услуг по техническому обслуживанию и ремонту небольших автотранспортных предприятий.

Текст научной работы на тему «AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA AVTOMOBILLAR TEXNIK EKSPLUATATSIYASI TARAQQIYOTINING YO’NALISHLARI»

UDK 629

AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA AVTOMOBILLAR TEXNIK EKSPLUATATSIYASI TARAQQIYOTINING YO'NALISHLARI

Islomov Sherzod Eshquvvatovich, JizPI, dotsent, sh.islom@list.ru. Tel: 933032282

Annotatsiya. Mazkur maqolada kichik quvvatli avtotransport korxonalarining avtomobillariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarini tashkil etish samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Аннотация. В данной статье рассматривается рекомендации по повышению эффективности услуг по техническому обслуживанию и ремонту небольших автотранспортных предприятий.

Abstract. This article discusses recommendations for improving the efficiency of services for maintenance and repair of small motor transport enterprises.

Kalit so'zlar: Avtomobil, avtotransport korxonasi, ishlab chiqarish texnika bazasi, texnik servis, ta'mirlash, ekspluatatsiya, tashkiliy tamoyillar.

Ключевая слова: Автомобиль, автотранспортное предприятие, производственная техническая база, техническое обслуживание, ремонт, эксплуатация, организационные принципы

Key worlds: Automobile, motor transport enterprise, production technical base, maintenance, repair, operation, organizational principles

Respublika statistika qo'mitasining 2022 yilning yakunlari bo'yicha yillik statistika ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning 1 yanvari holatiga ko'ra transport sohasida qariyb 15360 ta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritgan. Respublikamiz miqyosida turli transportda yuk va yo'lovchi tashish aylanmasi bo'yicha statistika qo'mitasi taqdim etgan ma'lumotlarini tahlil qiladigan bo'lsak, 2022 yilda umumiy transportlarda tashilgan yuk xajmi 1398 mln tonnani tashkil qiladi, shundan, 90,2%i avtomobil transport hissasiga, yo'lovchi tashish bo'yicha 97.5% ko'rsatgich avtomobil transportiga to'g'ri keladi [1].

Avtomobil transporti eng qulay va foydalanish oson transport vositasi sifatida mamlakat iqtisodiyotida o'rni muhimligi, katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdi. Yuk va yo'lovhchi tashish bilan shug'ullanayotgan avtomobil transporti vositalarining samarali ishlashi va yuqori texnik tayyorgarligini ta'minlash uchun ularga texnik servis va tamirlash, saqlash, diagnostika, yonilg'i-moy va ehtiyot qismlar bilan ta'minlash zarur. Bu vazifalarni aynan avtotransport tarmog'i korxonalari amalga oshiradilar [2].

100,00%

80,00%

60,00%

40,00%

20,00%

0,00%

90,20%

5,30%

0,001%

temir yo'l avtomobil quvuryo'li havoyo'li,

1-rasm. Tashilgan yuklarning transport turlari bo'yicha taqsimlanishi

97,52%

100,00% 90,00% 80,00% 10,00% 60,00% 50,00% АО, 00% 30,00% 20,00% 10,00% 0;00%

temiryo'li avtomobil 1 metropoliten havoyo'li

2-rasm. Tashilgan yo'lovchilarning transport turlari bo'yicha taqsimlanishi

Hususiylashtirish, bozoq iqtisodiyoti sharoitida va raqobat yuqori bo'lgan hozirgi davrda muhitga tezkor moslashish, raqobatbardoshlilik, moliyalashtirish va kapital mablag'larni qoplash muddati uzoqligi, yuk va yo'lovchi oqimining o'zgarishi, mavsumlarga tezkor moslashish (bu harakatdagi tarkibni iste'molchilarga yaqinlashtirishga yordam beradi va yuk va yo'lovchi oqimiga tezkor moslashish imkonini beradi) kabi omillar ta'sirida avtotransport korxonalarining tarkibidagi avtomobillar soni me'yordan kamayishiga sabab bo'lmoqda. Va bu kompleks avtotransport korxonalari iborasidan farqli ravishda, fanda yangi termin "Kichik quvvatli avtotransport korxonalari" iborasi paydo bo'lishiga olib keldi. Bundan tashqari, sanoat, ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo'jaligi, neft va gazni qayta ishlash, sanoat zonalari, qo'shma korxonalar va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari tarkibida kichik avtotransport korxonalari paydo bo'lmoqda [3].

Avtomobil transportining iqtisodiyotda tutgan o'rni nuqtai nazardan kelib chiqib, yaqin 10...15 yilda avtotransport korxonalarining taraqqiyotini quyidagi 5 ta yo'nalishlarda ko'rsatish mumkin:

1. Mamlakatning avtomobil parki, ayniqsa, yengil va jichik sinfli yuk va yo'lovchi avtomobil parki, uning rusumlari, markalari o'sishida davom etadi.

2. Parkda, xususiy avtomobillar sektori (80%dan ortiq) o'sib boradi, u nafaqat yengil, balki yuk-yo'lovchi va kam yuk ko'taradigan yuk avtomobillarni va kam o'rinli avtobuslarni (mikroavtobuslarni) o'z ichiga oladi. Avtomobillarning konstruktsiyalari murakkablashgan, yo'l va ekologik xavfsizligiga talab qat'iylashib borgan va aholining turmush darajasi o'sib borgan sari, bu avtomobillarga maxsus korxonalarda (ustaxonalarda, texnik servis stantsiyalarida, dilerlarda, yuqori toifali korxonalarda) xizmat ko'rsatish ulushi oshib boradi va xalqaro tajribaga binoan 70...80%ga etadi.

3. Transport bozoridagi raqobat ATKning maqsadlariga tuzatishlar kiritib turadi, chunki undan shu lahzada transport jarayonida kerak bo'lgan avtomobil parkining ishga layoqatliligini (yuk ko'tarishini, ixtisoslanishini, sig'imini, qulayligini va boshqalarni) o'z vaqtida ta'minlash talab qilinadi. Bu holat, shuningdek avtomobillarni ishga layoqatliligini ta'minlash bo'yicha xarajatlarni tejash zaruriyati, texnik servis va ta'mirlash texnologik jarayonlarining tashkil qilinishiga talabni orttiradi, ya'ni shaxsiy javobgarlikni va hisobotni yo'lga qo'yish, iloji boricha yangi axborot texnologiyalarini va ilmiy asoslangan uslublarini qo'llash bilan qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish kerak bo'ladi.

4. Avtomobillar texnik tizimining mustahkamligining oshishi va ular konstruktsiyasida

elektron va kompyuter qurilmalarining keng qo'llanishi, shuningdek, qo'shimcha uskunalar (konditsionlash, isitish va shamollatish, aloqa va axborot vositalari, muxofaza qurilmalari va h.k..lar) o'rnatilishi oldindan ko'riladigan (profilaktika) choralarni va ta'mirlash ishlarini, nazorat-diagnostika, sozlash, elektrotexnik va akkumulyator ishlarini qayta taqsimlashga olib keladi, texnik foydalanishda yangi ish turlari - avtomobil ichiga o'rnatilgan elektron va kompyuter uskunalar va buyumlarga xizmat qilish va ularning ta'mirlash keng rivoj topadi. Konstruktsiyalarning murakkablashuvi va elektronlashuvi texnik foydalanishda shu o'zgarishlarga mos keladigan nazorat-diagnostika va texnologik uskunalarni qo'llashni taqozo etadi, hamda ularni ishonchligiga, aniqligiga va metrologiya o'lchamlari bilan ta'minlanganligiga talab oshib ketadi.

Bu xildagi ishlar malakali xodimlarni jalb etishni va murakkab texnologik uskunalarni qo'llashni talab etadi, ularni bajarish asosan ixtisoslashgan korxona va ishlab chiqarishlarda, shuningdek yuqori toifali korxonalarda rivojlanadi.

5. Kichik quvvatli avtotransport korxonalarining soni ortib borshi natijasida bunday korxonalar uchun alohida me'yorlar, huquqiy hujjatlar, talablar va nizomlarni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish zarurati paydo bo'ladi [4].

Raqobatchilik va sifatga talab qat'iylashgan bozor sharoitida, tashkiliy tamoyillar asosida, kichik quvvatli ATKdan ko'ra katta ishlab chiqarish dasturli, samarali ishlab chiqarishga imkon yaratadigan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishni, marakazlashgan texnik servisni va ta'mirlashni qayta tiklash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu ishlar yiriklashtirish (kontsentratsiyalash), (kooperatsiya) va ixtisoslash tamoyili ko'rinishida amalga oshiriladi (3-rasm).

3-rasm. Kichik quvvatli ATKlarni rivojlantirish tamoyillari

Konsentratsiyalash - bu avtomobil transportining harakatlanuvchi tarkibiga texnik servis va ta'mirlash ishlarini bajarish uchun ishlab-chiqarish texnik bazasini (IChTB), mehnat va boshqa resurslarni birlashtirishdir. Odatda, ITBni kontsentratsiyalash avtomobil parkini yiriklashtirish va korxonaning yagona tashkiliy-boshqaruv tarkibini tuzish bilan bog'liq.

Kontsentratsiyalash ishlab chiqarish dasturining o'sishiga olib keladi. Xususan, Mehnat unumdorligini 100%dan 200%gacha oshishi, mexanizatsiyalashganlik darajasi 25%dan 40%gacha o'sishi va ishlab chiqarish maydonining 1 m2 yuzasidan olinadigan mahsulotni 100%dan 250% gacha o'shishiga olib keladi.

Ixtisoslashtirish - bu, harakatlanuvchi tarkibga, agregat va tizimlarga texnik servis va ularni ta'mirlash ishlarining cheklangan ro'yxati (nomenklaturasi)ni bajarishga qaratilgan bu ilg'or texnologik jarayonlarni va unumdor texnologiyalarni samarali ishlatish, malakali xodimlarni jalb qilish imkonini beradi.

Hamkorlik (kooperatsiya) - bu, harakatlanuvchi tarkibga texnik servis va ta'mirlash bo'yicha ma'lum ishlarni, yoki ular qismlarini ikki yoki bir nechta korxona yoki ishlab chiqarish bo'linmalari tomonidan hamkorlikda bajarishdir; ular orasida texnologik, tashkiliy-boshqaruv, xo'jalik va axborotlar aloqasi aniq-tayin tashkil qilinishi taqozo etiladi.

Ixtisoslashtirish ishlab-chiqarishni kontsentratsiyalashning ko'rinishi, shakli, teranligi va darjasiga qarab baholanadi.

Umum foydalanishdagi avtomobil transportining harakat tarkibini ishga layoqatli holda tutish tizimida ixtisoslashuvning quyidagi turlari ajratiladi: tarmoqlararo, tarmoq bo'yicha, hudud buyicha, xo'jalik ichida, tsex ichida (bo'lim ichida yoki post ichida). Masalan, qismlarga ajratish bo'yicha, butlash bo'yicha, motor bo'limida quvvat agregatlarini echish va chiniqtirish bo' yicha ixtisoslash.

Ixtisoslashtirishning quyidagi shakllari bor:

• buyumli, ashyoli - bu MTX bo'limlarining harakatlanuvchi tarkibning alohida turlariga texnik servis va ularni ta'mirlash ishlari bo'yicha ixtisoslanishi; bu holda bitta korxonada yoki bo'linmada, uning ishga layoqatliligini ta'minlash bo'yicha ishlar majmuini bajarish uchun turli texnologik uskunalar yig'iladi;

• agregat-uzelli - bo'linmalarning agregatlar, uzellar, tizimlarga texnik servis va ularni ta'mirlash bo'yicha ixtisoslanishi, masalan, dvigatellarni mukammal ta'mirlash bo'yicha, gazballonli uskunalarni o'rnatish va ta'mirlash bo'yicha, kompyuter tizimlar bo'yicha markazlashgan ustaxonalar;

• detallar bo'yicha - harakatlanuvchi tarkibni hamma turlarining detallarini ishlab chiqarish va qayta tiklash bo'yicha ixtisoslashish, masalan, tirsakli vallarni qayta tiklash ustaxonalari;

• texnologik - texnologik uskunalarning umumiyligi asosida bir turdagi texnologik jarayonlarni, amal yoki amallar guruhini bajarishga bo'linmalarning ixtisoslanishi, masalan, ustaxonalar, texnik servis shoxobchalari, avtomobillarni bo'yash va shinalarni o'rnatish ishlari bo'yicha markazlashtirilgan bo'linmalar va h.k.;

• tartibli-texnologik - texnik xizmat turlari (KXK, TS-1, TS-2) bo'yicha ixtisoslanish;

• funktsiyali (vazifali) - yordamchi ishlab chiqarishning asosiy ishlab chiqarish jarayonlarini mehnat ashyolari va vositalari bilan ta'minlash, shuningdek, kerakli mehnat va yashash sharoitlarini yaratish bo'yicha ixtisoslanish.

Umuman olganda mazkur tamoyillardan kooperatsiyalsh tamoyili sodda, tashkiliy jihatdan murakkab bo'lmagan tamoyil hisoblanadi.

Avtotransport korxonalarining quvvati, vazifasi, zamonaviy taraqqiyoti va unga ta'sir qiluvchi asosy faktorlar, ATKlarni rivojlantirishning asosiy tamoyillari, avtomobillarning texnik tayyorgarligi va samalaradorligini oshirish yo'llarini tahlil qilgan holda, aytish mumkinki avtotransport korxonalarining ishlab chiqarish texnika bazasini rivojlantirishga qo'yiladigan asosiy talablar qo'yiladi:

Ishlab chiqarish texnika bazasi quvvatini rivojlantirishga qo'yiladigan asosiy talablar [5]:

-takomillashtirish rejasida reglament, me'yoriy-huquqiy xujjatlar va namunaviy loyihalarga asoslanish;

-ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va kompyuterlar bilan jihozlash;

-avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasining atrof-muhitga zararli ta'sirini kamaytirish;

- Fan va texnika yutuqlari va xorijiy davlatlar ilg'or tajribalari qo'llash orqali avtomobillarning yuqori texnik tayyorgarlik darajasini ta'minlash;

ATKlarini rivojlantirishda asosiy tashkiliy tamoyillarini qo'llash [6].

Hulosa o'rnida aytish mumkinki, kichik quvvatli avtotransport korxonalari reglamentda belgilangan vazifalarni amalga oshirishi uchun kichik bo'lsada o'z ishlab chiqarish texnika bazasiga ega bo'lishi, lekin korxonaning quvvati, iqtisodiy ahvoli va kapital mablag'larning qoplanish muddati uzoqligi mazkur reglament talablarini bajarishga to'sqinlik qilar ekan, u holda muammoning asosiy yechimlaridan biri korxonalar o'rtasida hamkorlikni tashkil etish (kooperatsiyalash), va reglamentda belgilangan vazifalarning bir qismini o'zida tashkil etishdir [8].

Lekin, bizda amalda qo'llaniladigan ATKlarni texnologil loyihalash uslublari faqat kompleks ATKlar uchun mo'ljallanganligi "O'zbekiston Respublikasi avtomobil transporti harakat tarkibiga texnik servis va ta'mirlash to'g'risida Nizom" va "ATKlarni texnologik loyihalashning umumittifoq me'yorlari" (TLUM-01-91) va mavjud ATKlarni texnologik loyihalash uslublariga tayangan holda "Kichik quvvatli avtotransport korxonalarini texnologik loyihalash uslubiyatini yaratish" ustida ilmiy-tadqiqot izlanishlarni amalga oshirish zaruratini belgilab beradi.

ADABIYOTLAR

1. Исломов Шерзод Эшкyвaтович, & MaMaeBa Ление MaHcypoBHa (2022). Автoмoбиллapни очи; caклaшнинг aтpoф-мyx,штa зapapли тaъcиpини бax,oлaш. Mexaникa и технология, 3 (8), 145-150.

2. Eshquvvatovich, I. S., & Abdurakhimovich, P. U. (2021). The importance of the level of motorization in the development of vehicle maintenance. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(1), 18-26.

3. Islomov, S. (2020). KICHIK QUVVATLI ATKLARDA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH. Архив Научных Публикаций JSPI.

4. Islomov, S., & Nomozboyev, O. (2021). AVTOTRANSPORT KORXONALARINI INNOVATSION JIHOZLASHGA TA'SIR QILIVCHI EKSPLUATATSION OMILLAR. Academic research in educational sciences, 2(4), 216-223.

5. Mansurovna, M. L., & Eshquvvatovich, I. S. (2021). Study of the influence of operating factors of a vehicle on accident by the method of expert evaluation. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(1), 10-17.

6. Eshquvvatovich, I. S., & Sattorovich, Q. I. (2021). DETERMINATION OF THE MAIN FACTORS AFFECTING THE TECHNOLOGICAL EQUIPMENT OF MOTOR TRANSPORTATION ENTERPRISES. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(1), 1-9.

7. Eshquvvatovich, I. S., & Abdukarimovich, U. B. (2022). INFLUENCE OF CAR ERGONOMICS ON TRAFFIC SAFETY. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(5), 22-29.

8. Eshquvvatovich, I. S., & Baxtiyorovich, A. I. (2021). AVTOTRANSPORT KORXONALARINI TEXNOLOGIK JIHOZLASHGA TA'SIR QILUVCHI ASOSIY

FAKTORLARNI ANIQLASHDA EKSPERT BAHOLASH USULIDAN FOYDALANISH. ME'MORCHILIK va QURILISHMUAMMOLARI, 147.

9. Исломов, Ш. Э., & Мамаева, Л. М. (2022). АВТОТРАНСПОРТ КОРХОНАЛАРИДА АВТОМОБИЛЛАРНИ САКЛАШ УСУЛИНИ ТАНЛАШ УСЛУБИЯТИ. Academic research in educational sciences, 3(5), 244-250.

10. Исломов, Ш. Э., & Одилов, Н. Э. У. (2022). АВТОМОБИЛ ТРАНСПОРТИ МАЖМУАСИ ИШТИРОКИДА АТРОФМУ^ИТ СИФАТИНИНГ ТЕХНОГЕН УЗГАРИШИ. Academic research in educational sciences, 3(5), 479-486.

11. Islomov, S. E., & Mamaeva, L. M. (2022). AVTOMOBIL TRANSPORTI VOSITALARIDAN AJRALIB CHIQADIGAN ZARARLI MODDALARNING UMUMIY KONSENTRATSIYASINI ANIQLASH. Academic research in educational sciences, 3(6), 878884.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.