Научная статья на тему 'KICHIK QUVVATLI AVTOTRANSPORT KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHNING YO‘NALISHLARI, TAMOYILLARI VA USULLARI'

KICHIK QUVVATLI AVTOTRANSPORT KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHNING YO‘NALISHLARI, TAMOYILLARI VA USULLARI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avtomobil / kichik quvvatli avtotransport korxonasi / avtomobillashtirish darajasi / avtomobilsozlik / avtomobil sanoati / texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash. / Automobile / small capacity motor vehicle enterprise / level of automobileization / automobile industry / maintenance and repair.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Namozova Barno Behzod Qizi

Mazkur maqolada respublikamizda kichik quvvatli avtotransport korxonalarning rivojlantirishning ahamiyati, avtomobillashtirish darajasi, avtomobillarga servis xizmat ko’rsatish holati tahlil qilingan. Kichik quvvatli avtotransport korxonalarining rivojlantirishning ahamiyati, yo‘nalishlari, tamoyillari va usullari. Korxona ob’ektlarining faoliyatini tartibga solish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECTIONS, PRINCIPLES AND METHODS OF THE DEVELOPMENT OF SMALL CAPACITY AUTO TRANSPORT ENTERPRISES

This article analyzes the importance of the development of small-capacity motor transport enterprises in our republic, the level of motorization, and the status of car servicing. Importance, directions, principles and methods of development of small-capacity motor transport enterprises. Recommendations are given to regulate the activity of enterprise objects and increase their efficiency.

Текст научной работы на тему «KICHIK QUVVATLI AVTOTRANSPORT KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHNING YO‘NALISHLARI, TAMOYILLARI VA USULLARI»

UO'T 658.5.011

KICHIK QUVVATLI AVTOTRANSPORT KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHNING YO'NALISHLARI, TAMOYILLARI VA USULLARI

Namozova, Barno Behzod qizi

JizPI, "Transport" fakulteti 121-21 guruhi А va T yo'nalishi talabasi

Annotasiya. Mazkur maqolada respublikamizda kichik quvvatli avtotransport korxonalarning rivojlantirishning ahamiyati, avtomobillashtirish darajasi, avtomobillarga servis xizmat ko'rsatish holati tahlil qilingan. Kichik quvvatli avtotransport korxonalarining rivojlantirishning ahamiyati, yo'nalishlari, tamoyillari va usullari. Korxona ob'ektlarining faoliyatini tartibga solish va samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan.

Абстрактный. В данной статье анализируется значение развития малотоннажных автотранспортных предприятий в нашей республике, уровень автомобилизации, состояние автосервиса. Значение, направления, принципы и методы развития малотоннажных автотранспортных предприятий. Даны рекомендации по регулированию деятельности объектов предприятия и повышению их эффективности.

Abstract. This article analyzes the importance of the development of small-capacity motor transport enterprises in our republic, the level of motorization, and the status of car servicing. Importance, directions, principles and methods of development of small-capacity motor transport enterprises. Recommendations are given to regulate the activity of enterprise objects and increase their efficiency.

Kalit so'zlar: Avtomobil, kichik quvvatli avtotransport korxonasi, avtomobillashtirish darajasi, avtomobilsozlik, avtomobil sanoati, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash.

Ключевые слова: Автомобиль, малотоннажное автотранспортное предприятие, уровень автомобилизации, автомобильная промышленность, техническое обслуживание и ремонт.

Key words: Automobile, small capacity motor vehicle enterprise, level of automobileization, automobile industry, maintenance and repair.

Kichik quvvatli avtotransport korxonalarida kompleks ravishda ishlab chiqarish texnika bazasini tashkil etish iqtisodiy, tashkiliy va tuzilmaviy jihatidan imkonsiz, lekin avtomobillarga sifatli texnik servis va ta'mirlash ishlari orqali avtomobillarni texnik jihatdan soz, harakat va ekologik xavfsizligini yuqori darajada ushlab turishi, avtotransport korxonalari o'zlari ko'rsatayotgan xizmati orqali transport xizmatlari bozorida yuzaga keladigan raqobat muhitida samarali faoliyat yuritishi zarurati mavjud.

Bu muammoning yechimi kichik quvvatli avtotransport korxonalarida kunlik xizmat, 1-texnik servis va yengil ta'mirlash ishlarini tashkil qilish, 2-texnik servis va murakkab ta'mirlash ishlarini hamkorlik tamoyili asosida kompleks avtotransport korxonalarida bajarishni tashkil qilishdir. Avtotransport korxonalarida texnik servis va ta'mirlash tizimi, texnologiyasi belgilangan me'yorlar, qoidalar, uslub, tamoyil va nizomlar asosida ishlab chiqiladi va amalga oshriladi. Lekin mazkur me'yorlar, qoidalar, uslub, tamoyil va nizomlar kompleks (o'rta va yuqori quvvatli) avtotransport korxonalari uchun mo'ljallangan bo'lib, kichik quvvatli avtotransport korxonalari texnik servis va ta'mirlash tizimini tashkil etish texnologiyasi, uslubiyati, strukturasi va jihozlanishi jihatidan farqli jihatlari mavjud.

Avtomobil transportining iqtisodiyotda tutgan o'rni nuqtai nazardan kelib chiqib, yaqin 10...15 yilda uning taraqqiyotini quyidagi 5 ta yo'nalishlarda ko'rsatishi mumkin :

1. Mamlakatning avtomobil parki, ayniqsa, yengil va jichik sinfli yuk va yo'lovchi avtomobil parki, uning rusumlari, markalari o'sishida davom etadi.

2. Parkda, xususiy avtomobillar sektori (80%dan ortiq) o'sib boradi, u nafaqat yengil, balki yuk-yo'lovchi va kam yuk ko'taradigan yuk avtomobillarni va kam o'rinli avtobuslarni (mikroavtobuslarni) o'z ichiga oladi. Avtomobillarning konstruktsiyalari murakkablashgan, yo'l va ekologik xavfsizligiga talab qat'iylashib borgan va aholining turmush darajasi o'sib borgan sari, bu avtomobillarga maxsus korxonalarda (ustaxonalarda, texnik servis stantsiyalarida, dilerlarda, yuqori toifali korxonalarda) xizmat ko'rsatish ulushi oshib boradi va xalqaro tajribaga binoan 70...80%ga etadi.

3. Transport bozoridagi raqobat ATKning maqsadlariga tuzatishlar kiritib turadi, chunki undan shu lahzada transport jarayonida kerak bo'lgan avtomobil parkining ishga layoqatliligini (yuk ko'tarishini, ixtisoslanishini, sig'imini, qulayligini va boshqalarni) o'z vaqtida ta'minlash talab qilinadi. Bu holat, shuningdek avtomobillarni ishga layoqatliligini ta'minlash bo'yicha xarajatlarni tejash zaruriyati, texnik servis va ta'mirlash texnologik jarayonlarining tashkil qilinishiga talabni orttiradi, ya'ni shaxsiy javobgarlikni va hisobotni yo'lga qo'yish, iloji boricha yangi axborot texnologiyalarini va ilmiy asoslangan uslublarini qo'llash bilan qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish kerak bo'ladi.

4. Avtomobillar texnik tizimining mustahkamligining oshishi va ular konstruktsiyasida elektron va kompyuter qurilmalarining keng qo'llanishi, shuningdek, qo'shimcha uskunalar (konditsionlash, isitish va shamollatish, aloqa va axborot vositalari, muxofaza qurilmalari va h.k..lar) o'rnatilishi oldindan ko'riladigan (profilaktika) choralarni va ta'mirlash ishlarini, nazorat-diagnostika, sozlash, elektrotexnik va akkumulyator ishlarini qayta taqsimlashga olib keladi, texnik foydalanishda yangi ish turlari - avtomobil ichiga o'rnatilgan elektron va kompyuter uskunalar va buyumlarga xizmat qilish va ularning ta'mirlash keng rivoj topadi. Konstruktsiyalarning murakkablashuvi va elektronlashuvi texnik foydalanishda shu o'zgarishlarga mos keladigan nazorat-diagnostika va texnologik uskunalarni qo'llashni taqozo etadi, hamda ularni ishonchligiga, aniqligiga va metrologiya o'lchamlari bilan ta'minlanganligiga talab oshib ketadi. Bu xildagi ishlar malakali xodimlarni jalb etishni va murakkab texnologik uskunalarni qo'llashni talab etadi, ularni bajarish asosan ixtisoslashgan korxona va ishlab chiqarishlarda, shuningdek yuqori toifali korxonalarda rivojlanadi. . Kichik quvvatli avtotransport korxonalarining soni ortib borshi natijasida bunday korxonalar uchun alohida me'yorlar, huquqiy hujjatlar, talablar va nizomlarni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish zarurati paydo bo'ladi.

Raqobatchilik va sifatga talab qat'iylashgan bozor sharoitida, tashkiliy tamoyillar asosida, kichik quvvatli ATKdan ko'ra katta ishlab chiqarish dasturli, samarali ishlab chiqarishga imkon yaratadigan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishni, marakazlashgan texnik servisni va ta'mirlashni qayta tiklash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu ishlar yiriklashtirish (kontsentratsiyalash), (kooperatsiya) va ixtisoslashtamoyili ko'rinishida amalga oshiriladi.

Konsentratsiyalash - bu avtomobil transportining harakatlanuvchi tarkibiga texnik servis va ta'mirlash ishlarini bajarish uchun ishlab-chiqarish texnik bazasini (IChTB), mehnat va boshqa resurslarni birlashtirishdir. Odatda, ITBni kontsentratsiyalash avtomobil parkini yiriklashtirish va korxonaning yagona tashkiliy-boshqaruv tarkibini tuzish bilan bog'liq. Kontsentratsiyalash ishlab chiqarish dasturining o'sishiga olib keladi. Xususan, Mehnat unumdorligini 100%dan 200%gacha oshishi, mexanizatsiyalashganlik darajasi 25% dan 40% gacha o'sishi va ishlab chiqarish maydonining 1 m2 yuzasidan olinadigan mahsulotni100%d an 250% gacha o'shishiga olib keladi.

Ixtisoslashtirish - bu, harakatlanuvchi tarkibga, agregat va tizimlarga texnik servis va ularni ta'mirlash ishlarining cheklangan ro'yxati (nomenklaturasi)ni bajarishga qaratilgan bu

ilg'or texnologik jarayonlarni va unumdor texnologiyalarni samarali ishlatish, malakali xodimlarni jalb qilish imkonini beradi.

Hamkorlik (kooperatsiya) - bu, harakatlanuvchi tarkibga texnik servis va ta'mirlash bo'yicha ma'lum ishlarni, yoki ular qismlarini ikki yoki bir nechta korxona yoki ishlab chiqarish bo'linmalari tomonidan hamkorlikda bajarishdir; ular orasida texnologik, tashkiliy-boshqaruv, xo'jalik va axborotlar aloqasi aniq tayin tashkil qilinishi taqozo etiladi.

Ixtisoslashtirish ishlab-chiqarishni kontsentratsiyalashning ko'rinishi, shakli, teranligi va darjasiga qarab baholanadi. Umum foydalanishdagi avtomobil transportining harakat tarkibini ishga layoqatli holda tutish tizimida ixtisoslashuvning quyidagi turlari ajratiladi: tarmoqlararo, tarmoq bo'yicha, hudud buyicha, xo'jalik ichida, tsex ichida (bo'lim ichida yoki post ichida). Masalan, qismlarga ajratish bo'yicha, butlash bo'yicha, motor bo'limida quvvat agregatlarini echish va chiniqtirish bo'yicha ixtisoslash. Ixtisoslashtirishning quyidagi shakllari bor:

• buyumli, ashyoli - bu MTX bo'limlarining harakatlanuvchi tarkibning alohida turlariga texnik servis va ularni ta'mirlash ishlari bo'yicha ixtisoslanishi; bu holda bitta korxonada yoki bo'linmada, uning ishga layoqatliligini ta'minlash bo'yicha ishlar majmuini bajarish uchun turli texnologik uskunalar yig'iladi, masalan, KamAZ avtomobillar oilasiga markazlashgan xizmat ko'rsatish bo'yicha ishlab-chiqarish texnika kombinati;

• agregat-uzelli - bo'linmalarning agregatlar, uzellar, tizimlarga texnik servis va ularni ta'mirlash bo'yicha ixtisoslanishi, masalan, dvigatellarni mukammal ta'mirlash bo'yicha, gazballonli uskunalarni o'rnatish va ta'mirlash bo'yicha, kompyuter tizimlar bo'yicha markazlashgan ustaxonalar;

• detallar bo'yicha - harakatlanuvchi tarkibni hamma turlarining detallarini ishlab chiqarish va qayta tiklash bo'yicha ixtisoslashish, masalan, tirsakli vallarni qayta tiklash ustaxonalari;

• texnologik - texnologik uskunalarning umumiyligi asosida bir turdagi texnologik jarayonlarni, amal yoki amallar guruhini bajarishga bo'linmalarning ixtisoslanishi, masalan, ustaxonalar, texnik servis shoxobchalari, avtomobillarni bo'yash va shinalarni o'rnatish ishlari bo'yicha markazlashtirilgan bo'linmalar va h.k.;

• tartibli-texnologik - texnik xizmat turlari (KTS, TS-1, TS-2) bo'yicha ixtisoslanish;

• funktsiyali (vazifali) - yordamchi ishlab chiqarishning asosiy ishlab chiqarish jarayonlarini mehnat ashyolari va vositalari bilan ta'minlash, shuningdek, kerakli mehnat va yashash sharoitlarini yaratish bo'yicha ixtisoslanish. Umuman olganda mazkur tamoyillardan kooperatsiyalsh tamoyili sodda, tashkiliy jihatdan murakkab bo'lmagan tamoyil hisoblanadi [1].

Avtotransport korxonalarini rivojlantirish yo'llari, loyihalash tartibi, loyiha qismlarining tarkibi. Avtotransport korxonalarida harakatdagi tarkibdan samarali va ishonchli foydalanish ko'p jihatdan ishlab chiqarish texnika bazasining holatiga, rivojlanish darajasiga va faoliyat ko'rsatish sharoitiga bog'liq. O'z navbatida ishlab chiqarish texnika bazasi iborasini tahlil qiladigan bo'lsak, Q.Siddiqnazarov "Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi" darsligida "Ishlab chiqarish texnik bazasi"ga "avtomobillarning texnik eksplutatsiyasi samaradorligiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillardan biri (TXK va T tizimi ishchilar, ta'minot tizimlari bilan bir qatorda)dir. Ishlab chiqarish-texnik bazasi (IChTB) ning asosiy vazifasi eng kam moddiy mablag' va mehnat sarflagan holda avtomobillarning texnik tayyorligini talab darajasida ta'minlashdan iborat" deb keltiradi. [6].

Mualliflar I.B.Asaqrov va Sh.E.Islomovlarning "Avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash" darsligiga ko'ra "Avtotransport korxonalarining ishlab chiqarish texnika bazasi deganda korxona hududida joylashgan, aniq tashkiliy texnologik mezonlarga mos ravishda o'zaro bog'langan, avtomobillarni saqlash, ularga TXK va ta'mirlash, hamda ishchi-xizmatchilar

va jihozlar uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish uchun mo'ljallangan bino va inshootlar, ishlab chiqarish ustaxonalari, omborxonalar, ishchi va yordamchi postlar, jihozlar, anjomlar, moslama va asboblar, muhandis-texnik tuzilmalar va kommunikatsiya tarmoqlari tushuniladi [2].

Mualliflar IChTB elementlariga quyidagicha alohida ta'riflar berib o'tgan. Binolar (imoratlar) - funksional maqsadiga ko'ra hodimlar va ishchilarning faoliyati, maishiy ehtiyojlari, avtomobil va unung alohida qismlariga xizmat ko'rsatish, saqlash kabi turli xil ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo'ljallangan yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch yoki to'sma sifatida xizmat qiladigan konstuksiyalardan iborat qurilish tizimidir. Misol uchun: Kunlik xizmat ko'rsatish, oshxona, darvoza nazorat punkti, diagnostika, TXK va T mintaqalari, omborxonalar, kompressor, avtomobillarga yonilg'i quyish binosi, hamda ma'muriy-maishiy binolar, avtomobillarni yopiq holda saqlash binosi.

Inshootlar - har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, avtomobil, agregat, mexanizm va uzellarini, material, buyum va asbob-uskunalarni saqlash, ta'mirlash, nazorat qilish, o'tkazishga mo'ljallangan tayanch yoki to'sma sifatida xizmat qiladigan konstuksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi yer yuzasi va yer ostida joylashgan qurilish tizimidir. Misol uchun: suv yig'ish bashnyasi, rezervuarlar, suv va moylash materiallari uchun sisternalar, quduqlar, suv havzalari, estokadalar, ayvonlar, yonilg'i quyish kolonkalari, kanavalar, yuklarni ortish-tushirish qurilmalari, avtomobillarni ochiq holda saqlash maydonlari, maydon va hududning qoplamalari[4].

Mashina va jihozlar - texnologik mashinalar asosan mexanik energiya orqali predmetlarga ishlov berish uchun xizmat qiladi (metallga ishlov beruvchi, press, kran-balka, ko'targichlar va boshqalar). Texnologik jihozlarda predmetlarga ishlov berishda nomexanik energiya (issiqlik, kimyoviy, ultratovish va boshqalar) hisobiga amalga oshiriladi. ATKlarda harakatdagi tarkibga TXK va JT da hammabop (metall qirquvchi, yog'ochga ishlov beruvchi, presslar, kran-balkalar, ko'targich, va x. k.) va maxsus (yuvish mashinalari, ko'targichlar, payvandlash transformatorlari diagnostikalash asboblari va x. k.) jihozlar ishlatiladi. Bulardan tashqari o'z kuchi bilan tayyorlangan nostandart jihozlar (tokchalar, dastgohlar, aravachalar va x. k.) ham qo'llaniladi. Zamonaviy texnologik jihozlar nomenklaturasi, maqsadi, ish jarayonlari, texnik parametrlari, texnologik, dizayn xususiyatlari va boshqalar jihatidan juda xilma-xildir. Diagnostika va o'lchov asbob-qurilmalari - avtomobilning alohida birikmalari va tizimlarini umumiy va elementar diagnostikalashga uchun mo'ljallangan qurilmalar (o't oldirish, ta'minot, elektr jihozlari tizimlari, dvigatelning silindr porshen guruhi va klapan mexanizmi, rul boshqarmasi, oldingi ko'prik va g'ildirak burchaklarini o'rnatish) [6].

Asbob-uskunalar - ishlab chiqarish jarayonini texnik qo'llab quvvatlash ishchilarning mehnat unumdorligini va bajariladigan ish sifatini oshirish maqsadida asosiy va yordamchi texnologik operatsiyalarda foydalanishga mo'ljallangan alohida qurilmadir. Elektrodrellar, elektrotebratgich, qisqichlar, tiskilar, chilangarlik asbob-uskunalari va h.k. Kommunikatsiya tarmoqlari - elektr, issiqlik va shamollatish tarmoqlari, suv va oqova suv tarmoqlari, siqilgan havo bilan ta'minlash tizimi, aloqa tarmoqlari. va boshqalar. Ishlab-chiqarish inventari: Ish stollari, dastgohlar, shkaflar, quti va h.k. Xo'jalik inventari: Xontaxta, o'rindiq, divan, ma'muriy inventarlar va h.k. ATKlarning asosiy ishlab chiqarish fondini avtomobillar sotib olishga va IChTBni yaratishga sarflangan mablag' tashkil etadi. Ularning nisbati hozirgi kunda mos ravishda 60% (avtomobillar narhi) va 40% (IChTB sarfi)ni tashkil etadi. Giperavtotrans tavsiyasiga ko'ra bu 1:1 nisbatda bo'lishi kerak. Shu bilan qatorda, ishlab chiqarish texnika bazasi elementlari avtomobil, uning agregatlari va tizimlari konstruksiyalarining takomillashishiga moslasha olishi kerak [3].

IChTBning ulushi ortishi bilan avtomobillar texnik tayyorligi, korxonaning tashish imkoniyati oshadi, TS va T harajatlarining solishtirma qiymati hamda tashish tannarhi ma'lum

chegaragacha kamayadi, so'ng osha boshlaydi, rentabellik ma'lum chegaragacha oshadi, so'ng kamaya boshlaydi. IChTBga sarflangan mablag'ning maqbul darajasini belgilovchi aniq uslub qabul qilinmagan, omillarning ta'sir etish darajasiga qarab amaliyotda IChTB qiymati belgilanadi. Mavjud ATKlarning ko'pchiligi namunaviy loyihalar asosida qurilgan IChTBga ega (1-jadval).

1-jadval

Avtotransport korxonalarini takomülashtirishning asosiy sabablari

Mavjud holati Rivojlanishning asosiy yo'nalishlari

1.Tashish xajmi va harakatdagi tarkibni parkini sifat o'zgarishlari va o'sish suratidan texnik bazani rivojlanishini orqada qolishi: -ATKni ishlab chiqarish bazasini to'liq ta'minlanmaganligi. -texnikbaza yangi avtomobil parametrlariga mos, kelmasligi. -Jihozlardan foydalanish darajasini pastligi. 1.Texnik bazaga kapital sarflarni oshirish. 2.Ishlab-chiqarishni markazlashti rish, maxsuslashtirish va kooperatsiyalash asosiy kapital sarflarni texnik bazani texnik qayta qurollashga yo'naltirish. 3.Yangi qurilish, qayta qurish muddatlarini qisqartirish. 4.Texnologik jihozlarni va anjomlarni ishlab chiqarishni 1,5-1,7 barobar oshirish.

2. ATK texnik bazani asosiy fondlarini tarkibi va holatini mukammal emasligi: - texnik bazaning asosiy fondlarini aktiv va passiv qismlari orasida no optimal taqsimlanish; - yordamchi ishlab chiqarishni yetarli darajada rivojlanmaganligi. - texnik bazani asosiy fondlarini ancha eskirgani. Texnologik jihozlarni sotib olishga kapital sarflarini oshirish. Kapital sarflarni asosan texnik bazani qayta qurish va texnik qayta qurollashga yo'naltirish. Texnologik jihozlarni sotib olishga kapital sarflarni oshirish. Kapital sarflarni asosan texnik bazani qayta qurish va texnik qayta qurollashga yo'naltirish. Texnologik jihozlarni sotib olishga ajratilgan kapital mablag'

3. Avtotransport korxonalarining quvvati kichikligi Kooperatsiyalash tamoyili asosida kompleks ATKlar bilan texnik servis va ta'mirlash ishlarini

-ishlab chiqarish texnika bazasi elementlari yetishmasligi; -me'yorlar asosida texnik servis va ta'mirlash ishlarining tashkil etilmaganli; tashkil etish; -ATKning quvvati, tashkuliy-tuzilmaviy imkoniyatlardan samarali foydalanishni yo'lga qo'yish.

Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarish binolari va texnologik jihozlardan samarali foydalanmaslik, kichik korxonalar uchun IChTB qiymatini oshirib yubormaslik uchun zamonaviy texnika va texnologiyalar qo'llamaslik hollari uchraydi. TS va JT ishlarini bajarishda ishlab chiqarishni markazlashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash masalalari ham o'z yechimini topmagan.

Kichik quvvatli avtotransport korxonalarida kompleks ravishda ishlab chiqarish texnika bazasini tashkil etish iqtisodiy, tashkiliy va tuzilmaviy jihatidan imkonsiz, lekin avtomobillarga sifatli TS va T ishlari orqali avtomobillarni texnik jihatdan soz, harakat va ekologik xavfsizligini yuqori darajada ushlab turishi, avtotransport korxonalari o'zlari ko'rsatayotgan xizmati orqali transport xizmatlari bozorida yuzaga keladigan raqobat muhitida samarali faoliyat yuritishi uchun kichik quvvatli ATKlarda KXK, 1-TS va yengil ta'mirlash ishlarini tashkil qilish va 2-TS va murakkab ta'mirlash ishlarini kompleks ATKlar bilan kelishilgan holda ularning bazasida tashkil qilishdir. Raqobatchilik va sifatga talab qat'iylashgan bozor sharoitida, tashkiliy tamoyillar asosida, kichik quvvatli ATKdan ko'ra katta ishlab chiqarish dasturli, samarali ishlab chiqarishga imkon yaratadigan, ixtisoslashgan ishlab chiqarishni, marakazlashgan texnik servisni va ta'mirlashni qayta tiklash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu ishlar yiriklashtirish

(kontsentratsiyalash), (kooperatsiya) va ixtisoslash tamoyili ko'rinishida amalga oshirilish tavsiya etiladi [5].

Ishlab turgan korxonalar zarur hajmdagi tashish ishlarini bajara olmagan holda yangi avtotransport korxonasi loyihalanadi va quriladi. Faoliyat yuritayotgan korxonalarni takomillashtirish loyihasi undagi avtomobillar soni keskin o'sganda yoki turi almashtirilganda, ishlab chiqarish texnika bazasi talabga javob bera olmagan holda, yangi texnika va texnologiya joriy qilingan hollarda amalga oshiriladi. Har qanday loyihaning maxsusligi va o'ziga xosligi, uni ishlab chiqishdagi yechilishi zarur bo'lgan masalalar bilan aniqlanadi. Qayta qurish vazifasining qo'yilishi esa, yangi qurilishdan farqli o'laroq, mavjud korxonalarning har-xil turlari, quvvati va ko'rsatkichlarini xamda ularning keyingi rivojlanishi turliligini hisobga olgan holda, konkret ATK faoliyatini har tomonlama va chuqur tahlil qilmasdan ifodalash mumkin emas.

ATKning loyihasi mukammal qurilish bo'yicha qo'yiladigan barcha zamonaviy talablarga javob berishi kerak. ATKlar sanoat korxonalarini loyihalashning umumiy qoidalari asosida, bir yoki ikki bosqichda loyihalanadi. Ikki bosqichli loyihalash texnik loyiha va ishchi chizmalardan iborat bo'ladi. Bir bosqichli loyihalashda ular birlashtiriladi. Necha bosqichda loyihalash oldindan belgilab qo'yiladi. To'plangan materiallar asosida mavjud ATK texnika bazasi elementlarini texnik xolati tahlil qilinadi va ularni istiqbolli rivojlanish imkoniyatlari aniqlanadi. Texnik baza elementlarini, nafaqat miqdoriy xususiyatlari tomonidan, balki ularni sifatli holati tomonidan ham baholash kerak. Bu ikki nuqtai nazarni har tomolama tahlil qilish, kelajakda samarali loyiha yechimini ishlab chiqish imkonini beradi

ADABIYOTLAR

1. Jens Vorwerk. BMW service. Planning principles for the design of service workshops in the dealer organization. November 2014. 149 p.I

2. Islomov Sh.E., I.B.Asqarov Avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash (Darslik) T.:«Lesson press», 2022, 396 b.

3. Islomov Sh.E. Avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash (O'quv qo'llanma) I qism. T.:«Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021, 274b. 4. Islomov Sh.E. Avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash (O'quv qo'llanma) II qism. T.:«Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021, 218b. 5. Islomov Sh.E. Avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash va jihozlash (Darslik) I qism. T.:«Lesson press», 2022, 418b.

4. Musajonov M. Z. "Avtoservis korxonalarini loyihalash asoslari". Oliy o'quv yurtlari uchun darslik - Toshkent. "Tamaddun" 2017 yil. 336 b. 7. Musajonov M. Z. Avtotransport

tarmog'i korxonalarini loyihalash - Т.: Voris-nashriyot, 2006. - 259 b.

Qurilish va Ta'lim ilmiyjurnali 3-jild, 1-son https://jurnal.qurilishtalim.uz

115

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.