Научная статья на тему 'Аvtotrаnsport korxonаlаridаgi texnik servis vа tа'mirlаsh jаrаyonlаridagi sifat tushunchasi va ko’rsatkichlari tahlili'

Аvtotrаnsport korxonаlаridаgi texnik servis vа tа'mirlаsh jаrаyonlаridagi sifat tushunchasi va ko’rsatkichlari tahlili Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
784
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtotransport korxonasi / qaror / nizom / texnik servis / taʼmirlash / texnologik jarayon / transport vositalari / texnik holat / texnologik jihozlar / автотранспортное предприятие / постановление / положение / техническое обслуживание / ремонт / технологический процесс / транспортные средства / техническое состояние / технологическое оборудование

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xolxoʼjayev Elmurod Muxtorovich

Ushbu maqolada avtotransport korxonalaridagi texnik servis va taʼmirlash texnologik jarayonlaridagi sifat tushunchasi va ko’rsatkichlari tahlili hamda servis xizmatini zamonaviy takomillashtirish usullari toʼgʼrisida fikr yuritilgan. Shuningdek, avtomobil transporti ishining samaradorligini oshirish va texnik tayyor holda tutib turish vazifalarini amalga oshirishda avtotransport korxonalarida texnik servis va ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirilishi lozimligi ta’kidlab o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Анализ понятия и показателей качества в процессах технического обслуживания и ремонта на автотранспортных предприятиях

В данной статье рассмотрены методы современного совершенствования технологических процессов технического обслуживания и ремонта на автотранспортных предприятиях.

Текст научной работы на тему «Аvtotrаnsport korxonаlаridаgi texnik servis vа tа'mirlаsh jаrаyonlаridagi sifat tushunchasi va ko’rsatkichlari tahlili»

УДК 656.13.01

АVTOTRАNSPORT KORXONАLАRIDАGI TEXNIK SERVIS УА TА,MIRLАSH JАRАYONLАRIDAGI SIFAT TUSHUNCHASI VA KO'RSATKICHLARI TAHLILI

Xolxo'jayev Elmurod Muxtorovich JizPI, magistr, +998975242479, [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada avtotransport korxonalaridagi texnik servis va ta'mirlash texnologik jarayonlaridagi sifat tushunchasi va ko'rsatkichlari tahlili hamda servis xizmatini zamonaviy takomillashtirish usullari to'g'risida fikr yuritilgan. Shuningdek, avtomobil transporti ishining samaradorligini oshirish va texnik tayyor holda tutib turish vazifalarini amalga oshirishda avtotransport korxonalarida texnik servis va ta'mirlash ishlarini sifatli amalga oshirilishi lozimligi ta'kidlab o'tilgan.

Аннотация: В данной статье рассмотрены методы современного совершенствования технологических процессов технического обслуживания и ремонта на автотранспортных предприятиях.

Abstract: This article discusses the methods of modern improvement of technological processes of maintenance and repair at motor transport enterprises. It was also noted that in order to increase the efficiency of road transport and maintain it in technical readiness, it is necessary to carry out high-quality repair and maintenance work at road transport enterprises.

Kalit so'zlar: avtotransport korxonasi, qaror, nizom, texnik servis, ta'mirlash, texnologik jarayon, transport vositalari, texnik holat, texnologik jihozlar.

Ключевые слова: автотранспортное предприятие, постановление, положение, техническое обслуживание, ремонт, технологический процесс, транспортные средства, техническое состояние, технологическое оборудование.

Keywords: motor transport company, resolution, regulation, maintenance, repair, technological process, vehicles, technical condition, technological equipment.

Mamlakatimizda so'nggi yillarda avtomobil transportining keskin sur'atlarda o'sishi sharoitida moddiy texnik va mehnat resurslarini tejashni ta'minlovchi omillardan biri - bu, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash sifatini oshirishdir. Hozirgi sog'lom raqobat muhitida ushbu yo'nalish o'z ahamiyatini yanada oshiradi, chunki sifatsiz TXK va JT qo'shimcha harajatlarga va mijozlarni yo'qotishga olib keladi, bu esa o'z navbatida korxonaning obro'sini tushiradi.

Sifat tushunchasi qadimiy tarixga ega. Birinchi hunarmandlar mahsulotni loyihalagan, ishlab chiqargan, sotgan, sifatni o'zi boshqargan va nazorat qilgan. Keyinchalik fan va texnologiyaning o'sishi, ishlab chiqarishning kengayishi natijasida mulk egasi hamma joyda qatnasholmay qoldi. Nazorat va qaror qabul qilishni boshqa kishilar amalga oshira boshladilar. Shu sharoitda sifatni tekshiruvchi katta nazorat bo'limlari tashkil etila boshlandi va bu ishga nazoratchilar jalb etildi. Sanoatning yiriklashuvi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va mahsulotlarning murakkablashishi sifat tushunchasining rivojlanishiga hamda mohiyatiga aniqlik kiritilishini talab etdi. Endilikda mahsulot o'lchamlarining to'g'riligi, materialning chidamliligi emas, balki "ishonchlilik" tushunchasi paydo bo'ldi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tish bilan sifatga haridor nuqtai nazaridan qaraladigan bo'ldi, ya'ni mahsulotning sifatiga baho berish undan foydalanish jarayonida amalga oshadigan bo'ldi. O'z navbatida ushbu ishlar samaradorligini ta'minlash maqsadida ko'plab hukumat qarorlari qabul qilinmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 1-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Transport

vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ № 4143-sonli qarori bilan Transport vazirligi tashkil etildi. Mazkur qaror asosida 2019 yil 19 aprelda Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 336-sonli qarori qabul qilinib, ushbu qaror asosida O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi avtomobil, temir yo'l, havo, daryo va elektr transporti, metropoliten va yo'l xo'jaligini rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda normativ-huquqiy tartibga solish bo'yicha Davlat boshqaruv organi ekanligi va Nizom asosida O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligining maqomi, asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibi belgilab berildi [1,2].

Sifatni boshqarish konsepsiyasi 1960-yillardan boshlab eski an'anaviy nazorat konsepsiyasi o'rniga vujudga keldi. Bunda A.V.Feygenbaum, U.E.Deming, prof. Isikava Kaoru kabi olimlarning hissasi katta. Ushbu olimlar ilmiy izlanishlarining samarasi o'laroq kompaniyalarning boshqaruv tarkibi o'zgardi, sifat bo'yicha vise-prezident shug'ullanadigan bo'ldi. Bu sohada ayniqsa Yaponiyada juda samarali ishlar amalga oshirildi. Sifatni ta'minlash uchun oddiy farroshdan tortib prezidentgacha ish paytida o'qitildi va "sifat madaniyati" degan tushuncha paydo bo'ldi. Sifatli mahsulot ishlab chiqarish Yaponiyaning milliy g'ururiga aylandi. Sifat bo'yicha standartlar yaratila boshlandi, ularning birinchisi Britaniya standart instituti (British Standart Institution, BSI) tomonidan ishlab chiqilgan va 1979-yili tasdiqlangan BS 5750 standartidir. Keyinchalik ushbu standart Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) tomonidan 1987-yili tasdiqlangan ISO 9000 seriyadagi standartga asos qilib olindi. ISO 9001, 9002 va 9003 standartlari 1994-yili qayta ko'rib chiqildi. 2000-yili ISO 9000 ning yangi tahriri tasdiqlandi va ushbu standart hozirgacha amalda. Bu xalqaro standart jahonda yetakchi o'rinni egallagan va uni korxona rahbarlari, muhandislari hamda ishchilari biladi.

O'zbekiston Respublikasida xalqaro ISO standartini xalq xo'jaligida, shu jumladan, avtomobil sanoatida va avtomobil servisi va ta'mirlashda joriy etish bo'yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro ISO standarti asosida davlat standartlari yaratilgan. Ushbu standartlarni o'rganish va joriy etish ancha murakkab hamda maxsus sertifikati bor organlar tomonidan o'qitiladi.

Mahsulotning sifati deganda uning nimaga mo'ljallanganligiga qarab, belgilangan talablarni qondiruvchi xususiyatlar majmuasi tushuniladi.

TXK va JT sifatini baholovchi ko'rsatkichlar

1-rasm. TXK va JT sifatini baholovchi ko'rsatkichlar

Avtomobillar texnik servisi va joriy ta'miri sifatini boshqarishda asosiy ko'rsatkich bo'lib avtomobil va uning agregat hamda tizimlarining texnik holat darajasi qabul qilinadi.

Avtomobillar texnik servisi va joriy ta'miri sifatini boshqarish tizimi - muhandis-texnik, texnologik, tashkiliy-ta'minot, iqtisodiy, nazorat va boshqa o'zaro kelishilgan jarayonlar majmuidir. Korxonadagi harakatdagi tarkibning texnik holatini yuqori darajada ushlab turish

texnik xizmat bo'limlarining vazifasidir. Shuning uchun TXK va JT sifatini boshqarishda ushbu xizmat faoliyatini baholovchi qator ko'rsatkichlar ishlatilib kelinmoqda.

Bular:

- TXK-1, TXK-2 yoki servis rejasini bajarish foizi; -texnik xizmat yoki servis davriyligining rejadan farqi; -bir servisda o'rtacha mehnat hajmining bajarilish foizi; -avtomobilning servis va ta'mir postida bo'lgan o'rtacha vaqti;

Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va joriy ta'mirlash sifatini baholashda joriy ta'mirga buyurtmalar miqdori keng qo'llanilib kelinmoqda. Shulardan biri 1000 km yo'lga to'g'ri keladigan joriy ta'mir sonini aniqlashdir:

ntb = ntb-1000/ L

bu yerda: £ntb - ma'lum davrdagi JT ga buyurtmalarning umumiy soni;

L - avtomobilning ushbu davrda yurgan yo'li, km.

Ushbu ko'rsatkichning teskarisi bo'lgan - buzilishlargacha yurilgan yo'l bilan ham baholash, ya'ni navbatdagi ta'mirlashgacha yurilgan o'rtacha yo'l ham qo'llanilmoqda:

Lo'r = L / £ ntb

Avtomobillar va agregatlarning asosiy ta'mirlashgacha yurgan yo'li ham sifat ko'rsatkichi hisoblanadi. Lekin bu sifat ko'rsatkichiga juda ko'p omillar: haydovchi mahorati, avtomobilning ishlash sharoiti, yonilg'i-moy mahsulotlari va ekspluatatsiya ashyolarining sifati, servis va ta'mir sifati, chilangarlar malakasi kabilar ta'sir etadi.

Avtomobillar texnik servisi va joriy ta'miri sifatini oshirishning tashkiliy usullari birinchi navbatda, harakatdagi tarkibning buzilgan holda bekor turishini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlardan iborat. Umumiy bekor turish vaqti texnik xizmatni kutish, servis va ta'mirni o'tkazish vaqtidan tashkil topadi[3,4,5,6].

Servis va ta'mirni o'tkazish vaqtini kamaytirish uchun yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy diagnostika jihozlarini qo'llash va tashkiliy boshqarish tizimini takomillashtirish talab etiladi. Avtomobillar texnik servisi va joriy ta'miri sifatini oshirishda bajarilgan ishni nazorat qiish ham katta omildir. Chunki servislar oralig'ida va ta'mirdan keyin avtomobilning buzilmasdan ishlashi bajarilgan ishlarning sifatiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, joriy ta'mirning 30% ga yaqini servisning sifatsiz bajarilganligi sababli kelib chiqar ekan. Qabul qilingan nizom bo'yicha avtomobillar servisi va ta'mir sifatini yakuniy nazorat qilish avtokorxonaning texnik nazorat bo'limi tomonidan bajariladi. Lekin amalda ushbu bo'lim ko'pchilik korxonalarda to'liq tashkil etilmagan, nazorat esa, texnik nazorat joyining mexanigi yoki navbatchi mexanik tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda. Avtokorxonada ishlarni sifatli bajarish uchun yetarli sharoit yaratilishi va sharoitdan kelib chiqib, ishchilarni ma'naviy va moddiy rag'batlantirish tizimi ishlab chiqilishi zarur.

Avtosevis korxonalarida xizmat ko'rsatish sifatini boshqarishning kompleks tizimlari ishlab chiqilgan. Tizim bajariladigan xizmatlar sifatini belgilash va uni davriy ravishda nazorat qilish va unga ta'sir etuvchi omil va sharoitlarni hisobga olish yo'li bilan sifatning yuqori darajasini ta'minlovchi usullar, mablag'lar va chora-tadbirlar majmuidan tashkil topgan.

Tizimning asosini texnik nazorat tashkil etadi va u kirish nazorati, amallar nazorati va qabul nazoratiga bo'linadi. Nosozliklarni aniqlash zaruriy ishlar ro'yxatini tuzish va uni oqilona bajarish texnologiyasini yaratish vazifasini bajaradi. Amallar nazorati texnologik jarayondagi amalni bajarish sifatini va avtomobilni keying ishga o'tkazish mumkinligini aniqlaydi. Bu bilan keyinchalik paydo bo'lishi mumkin bo'lgan nosozliklarning oldi olinadi.

Amallar nazorati tirsakli valning silliqlqnishi, kuzovni boyashga tayyorlanganligi, amortizatorning ta'miri kabi oraliq ishlar sifatini ish bajarilgan joyning o'zida aniqlaydi.

Qabul nazorati bajarilgan ishlarning hajmi va sifatini baholashni amalga oshiradi. Ushbu

jarayonda texnik nazorat bo'limi nazoratchilari, bo'lim ustalari, brigadirlar va mijoz qatnashadi. Mijozga avtomobilni e'tirozsiz topshirilishiga qarab xodimlarni rag'batlantirish miqdori belgilanadi. Shuning uchun ham texnik-nazorat bo'limining faoliyatini mukammallashtirish bilan birgalikda servis-ta'mir xodimlarining shaxsiy javobgarligini ko'tarish, sifat uchun ma'naviy va moddiy rag'batlantirishni mukammallashtirish muhum ahamiyat kasb etadi.

Аvtomobil transporti korxonalarida texnik servis va ta'mirlash texnologik jarayon ko'rsatkichlarining bevosita harakat tarkibining ishlash sifatiga ta'sirini ilmiy asoslash hamda ushbu jarayonlarda zamonaviy takomillashtirilgan usullardan foydalanish ta'minlanishi lozim. Аvtomobil transporti korxonalarida texnik servis va ta'mirlash jarayonida ishlatiladigan texnologik jihozlar, ishlab chiqarish texnika bazasining ushbu jarayonlarga bevosita ta'sirini, mexanizatsiyalashganlik darajasini hisoblash, zamonaviy texnologik jihozlarga bo'lgan ehtiyojini aniqlash va ularning turini tanlash bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish lozim. Jumladan quyidagi zamonaviy texnik servis va ta'mirlash jarayonlarni takomillashtirish usullarini taklif qilamiz:

- so'nggi rusumdagi zamonaviy texnologik jihozlarni ishlab chiqarishga joriy etish;

- texnik servis va ta'mirlash jarayonidagi ishchi xodimlarning tizimli malakasini oshirish o'quv jarayonlarini tashkil etish;

- zamonaviy texnik servis va ta'mirlash texnologik jihozlarini sotib olishda xususiy tadbirkorlarga moliya,bank muassasalari tomonidan maqsadli kreditlar va davlat tomonidan subsidiyalar ajratish;

- avtoservis korxonalari moddiy texnika bazasi jihozlarini ishlab chiqaruvchi hamda kafolatli davrda xizmat ko'rsatuvchi markazlashgan kompleks tashkil etish;

- mavjud avtotransport korxonalari bazasida zamonaviy elektromobillar va gibrid avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish uchun qayta jihozlangan postlarni tashkil etish;

- mavjud avtotransport korxonalari hamda avtoservislardagi texnik servis va ta'mirlash texnologik jihozlari bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlab,ularga bo'lgan ehtiyojni hisoblab chiqish;

- avtotransport korxonalari, avtoservislar va avtoustaxonalarning elektron axborot bazasini yaratish.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tishimiz lozimki, yuqoridagilarni inobatga olgan holda, avtomobillarning ekspluatatsiyasi jarayonida ularning yuqori texnik tayyorgarligi bevosita ishlab chiqarish texnika bazasi tomonidan ta'minlanadi. Bunga esa avtomobillarga o'z vaqtida belgilangan Nizom asosida sifatli texnik servis va ta'mirlash texnologik jarayonlarini yo'lga qo'yish orqali erishish mumkin.

АDABIYOTLAR

1. Sh.M.Mirziyoev."O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ № 4143-sonli qarori. 2019 yil 1 fevral / lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 336-sonli qarori. 2019 yil 19 aprel/ lex.uz

3. Siddiqnazarov Q.M. Аvtomobillar texnik ekspluatatsiyasi // «VORIS - NASHRIYOT» TOSHKENT, 2008- 560 b.

4. "O'zbekiston Respublikasi avtomobil transporti harakat tarkibiga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash to'g'risida"gi Nizom. T:"O'zavtotrans" DÄK, 1999 y -195 bet.

5. Musajonov M.Z. АЖ loyihalash. O'z R FА. Fan nashriyoti, 2007-yil, 232 bet.

6. Sh.E.Islomov, t.f.d dots. N.M.Mo'minjonov tahriri ostida. АТС loyihalash.T:"Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2021 yil - 284 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.