AVTOTRANSPORT KORXONALARINI INNOVATSION JIHOZLASHGA TA'SIR QILIVCHI EKSPLUATATSION OMILLAR
Sherzod Islomov
Jizzax Politexnika Instituti kholbutay@mail .ru
Oybek Nomozboyev
Jizzax Politexnika Instituti magistranti [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada yangi ATKni loyihalashda yoki mavjud bo'lgan avtotransport korxonasini rekonstruksiya qilishda texnologik jihozlarning turlari va modellari texnologik jihozlar tabeli, andozaviy loyihalar ilmiy-texnik adabiyotlar va internet sahifalarida keltirilgan zamonaviy jihozlar asosida tanlanishi, ularning miqdori va ishlab chiqarish maydonlariga joylashtirishda ta'sir qiluvchi omillar ko'rsatkichlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: avtotransport korxonalari, ishlab chiqarish texnika bazasi, post jihozlari, ustaxona jihozlari, universal jihozlar, ishchi post, ustaxona.
OPERATING FACTORS AFFECTING INNOVATIVE EQUIPMENT OF MOTOR TRANSPORT ENTERPRISES
Sherzod Islomov
Department of "Vehicle Engineering" Jizzakh Polytechnic Institute kholbutay@mail .ru
Oybek Nomozboyev
Jizzakh Polytechnic Institute oybeknomozboyev @mail.ru
ABSTRACT
This article describes the types and models of technological equipment in the design of a new ATC or reconstruction of an existing trucking company, the selection
of standard projects on the basis of modern equipment listed in scientific and technical literature and websites, their quantity and placement in production areas indicators of determinants are given.
Keywords: motor transport enterprises, production equipment base, post equipment, workshop equipment, universal equipment, work post, workshop.
KIRISH
Avtomobil transporti korxonalarining ishlab chiqarish texnika bazalari harakatdagi tarkibning ishlash qobiliyatini va uning kafolatli isonchliligini ta'minlashga smenalar oralig'ida saqlash, kunlik xizmat ko'rsatish, texnik servis va joriy ta'mirlash ishlarini bajarishga mo'ljallangan. ATKning ishlab chiqarish fondlaridan yanada samarali foydalanish masalasini hal etish uchun uning texnika bazasi elementlarining quvvati va katta-kichikligi haqida tushunchaga ega bo'lishi kerak. ATKning va elementlarining katta-kichikligi asosan xizmat ko'rsatilayotgan avtomobillar soni bilan belgilanadi.
ATKning ishlab chiqarish-texnik bazasi (IChTB) vaqt o'tishi bilan zamon talablariga mos kelmay qolish holatlari yuzaga keladi. Hususan, hozirgi kunda mamalakatimizda gazballonli avtomobillarni keng miqyosda ekspluatatsiya qilinmoqda, lekin ATKlarning texnik bazasi elementlari gazballonli avtomobillarning ekspluatatsiyasiga moslashmagan bo'lib, avtomobillar, ularning agregatlari, tizimlari va uzellari konstruksiyasiga xizmat va ta'mir texnologik jarayonini tashkil etish muammolari mavjud bo'lib, bunda ishlab chiqarish ustaxonalarini ishchi postlarni modernizatsiyalashni, yangi texnologik jihozlar bilan jihozlashni taqozo etadi.
Avtotransport tarmog'i korxonalarining muhandis-texnika inshootlari va texnologik jihozlari asosiy ishlab chiqarish-texnik bazasining tarkibiy qismi bo'lib, avtomobillarga texnik servis va ta'mirlashning samaradorligi va sifatini oshirish, hodimlarga qulay ish muhitlarini yaratish, atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslarni saqlashni ta'minlaydi.
Olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki muhandis-texnika inshootlari va jihozlari barcha turdagi avtotransport tarmog'i korxonalari uchun umumiy hisoblanadi va quyidagi 1-rasmda keltirilgandek tasniflanadi [1].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Avtotransport korxonalarida transport vositalari, agregatlari va tizimlarining texnik holatini saqlash yoki tiklash uchun maxsus texnologik jihozlardan foydalaniladi.
Avtotransport korxonalarida jihozlar tashkiliy-texnologik qo'llanilishiga bog'liq holda post va ustaxona jihozlariga bo'linadi.
Post jihozlari postda joylashtirilgan transport vositalariga (ko'tarichlar, portalli va tunnelli yuvish moslamalari, rul chambaraklarining burchaklarini sozlash uskunalari va boshqalar) texnik servis va ta'mirlash uchun mo'ljallangan.
Ustaxona jihozlari avtomobildan yeshib olingan agregat, uzel va mexanizmlarni diagnostika qilish, sozlash va texnik holatini tiklash uchun (muvozanatlash mashinalari, avtomobilning elektr jihozlarini tekshirish uchun stendlar, g'ildirak disklarini to'g'rilash mashinalari va boshqalar) ishlatiladi.
1-rasm. Avtotransport tarmog'i korxonalarining muhandis-texnika inshootlari va
texnologik jihozlari.
NATIJALAR
Texnologik jihozlar ixtisoslashganligiga ko'ra: universal va maxsus bo'lishi mumkin.
Universal jihozlar tarkibiga ko'ra turli xil mahsulotlarga nisbatan bir hil operatsiyalarni bajarish uchun mo'ljallangan uskunalarni o'z ichiga oladi (barcha turdagi avtomobillarni yuvish qurilmasi, motor-testerlar, kuzovta'mirlash jihozlari va h.k) .
Maxsus (yoki ixtisoslashgan) jihozlar turli xil mahsulotlarga (modellarga) bir yoki bir nechta texnologik bog'liq operatsiyalarni bajarishga yoki mahsulotning faqat bitta turiga mo'ljallangan bo'ladi.
J^z^ming sоnini hisоblаsh vа ukrni tаnlаsh ul^ni ishlаtish vаqtigа vа vаzifаsigа qаrаb аmаlgа оshirilаdi [3]:
a) Kun dаvоmidа vаqti-vаqti bil^ ishlаtilаdigаn jiхоzlаr tехnоlоgik jihоzlаr vа mахsus аsbоb-uskunаlаr tаbеli yoki garaj jitozkri vа аsbоb-uskunаlаr, ro'yхаti, hаmdа ishchi pоstlаr sоnigа qаrаb mахsus sоhа хujjаtlаri bo'yichа tаnlаb оlinаdi;
b) Kun dаvоmidа to'хtоvsiz (dоim)ishlаtilаdigаn jihоzlаr sоni esа (pаyvаndlаsh аppаrаtlаri, mехаnik ishlоv bеrish stаnоklаri vа bоshqаlаr) m^zkur ish хаjmi vа jihоzini ish vаqti fоndigа qаrаb аniqlаnаdi:
Tt Tt
Q=--—=----(1)
Fy •R-V Dyi a R-
bu yerda:
Tj- ish turi bo'yicha yillik hajm, ishchi-soat; F- ish o'rnini vaqtiningyillik fondi,soat; Dyi- bir yildagi ish kunlari soni, kun; a- almashnuv davomiyligi, soat; m - almashinuvlar soni;
q=0.75... 0.90 - jihozdan vaqt bo 'yicha foydalanish koeffitsenti; Rj- bir vaqtda mazkur jihozda ishlaydigan ishchilar soni, ishchi. Jihozda bir vaqtda ishlovchi ishchilar soni bajariladigan ishning tavsifiga bog'liq bo'lib, dvigatel, uzatmalar qutisi va ramalarni ajratish-yig'ish uchun 1-2 ishchi, avtomobillarni yuvish, ish qobiliyatini tiklash stanoklarida 1-1,5 ishchi, katta turkumli avtomobillarni ajratish-yig'ishda 3-4 ishchi qabul qilinadi.
v) jihоzdаn fоydаlаnish dаrаjаsi vа mаhsuldоrligi bo'yichа (misol uchun: yuvish, bo'yash, quritish, elеktr kimyo ishlоv bеrish mехаnizmlаri): ^ N^«. • U
yO _ kxkk_
~ Nq • Tv (2)
Bu yerda:
Nhxkk - bir kecha -kunduzda yuviladigan avtomobillar soni; U=1,2..1,3 avtomobillarni yuvishga bir tekisda kelmasligini hisobga oluvchi koeffitsient;
Nq- yuvish qurilmasining unumdorligi, avt/soat; T-qurilmaning bir kecha-kunduzda ishlatilish soati; n -qurilma ish vaqtidan foydalanish koeffitsenti (0,85-0,90). g) Ko^rish-ko^ish vа ko'tаrish-tаshish jitozlBrining sоni TS vа JT ishchi pоstlаrining iхtisоslаshgаn ish tur^n bo'yichа sоnigа qаrаb, shuningdеk lоyihаdа
ko'z tutilgаn ishlüb chiqürish jürüyonini mехаnizаtsiyalаsh dаrаjаsigа qаrаb (to'sin kren, elеktr tеl'fеr vа bоshqа mехаnizаtsiya vоsitаlаri)аniqlаnаdi;
d) isЫаb chiqаrish аslаhаlаri (invеntаri) sоni esа eng ko'p ish bоshqаrilаdigаn smеnаdаgi ishchilаr sоnigа qаrаb аniqlаnаdi;
e) оmbоrхоnа j^z^ming sоni оmbоrхоnа zаhirаsining ro'yхаti vа miqdоrigа
л
qаrаb аniqlаnаdi (1 m yuzаgа ruхsаt bеrilgаn yuklаmаgа qаrаb).
Аvtоtransport kоrхоnаlаrining turg'un tехnоlоgik jihоzlаrini (mеtаll qirquvchi stаnоklаr, bоsmаlаr, yuvish qurilmаlаri, ko'tаrgicЫаr, ko'tаrish-tаshish mаshinаlаri, shаmоllаtgicЫаr, diаgnоstik jihоzlаr) o'rnаtish (mоntаj qilish)shu jihоzlаrni isЫаb chiqаrgаn zаvоd ko'rsаtmаlаri yoki yo'riqnоmаlаri аsоsidа, shuningdek texnologik jihozlar tabelidan foydalanish orqali аmаlgа оshirilаdi.
Yangi ATKni loyihalashda yoki mavjud bo'lgan avtotransport korxonasini rekonstruksiya qilishda texnologik jihozlarning turlari va modellari texnologik jihozlar tabeli, andozaviy loyihalar ilmiy-texnik adabiyotlar va internet sahifalarida keltirilgan zamonaviy jihozlar asosida tanlanadi, ularning miqdori aniqlanadi va ishlab chiqarish maydonlariga joylashtirish amalga oshiriladi.
MUHOKAMA
TS va JT mintaqalari uchun texnologik jihozlarning ro'yhati va soni ATKlarning talabi yoki texnologik jihozlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va dilerlik firmalarning tavsiyasi asosida ishlab chiqarish texnika bazasining o'lchami, avtomobil markasi hamda TS va JT ishlarining turi asosida tanlab olinadi.
Jihozlarning imkoniyatlarini tahlil qilish uning texnik xususiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bir xil turdagi ikkita modelni (texnologik qo'llanilishi nuqtai-nazaridan) qiyosiy baholash bir qator ko'rsatkichlar yordamida sifat va miqdoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Shunga o'xshash texnologik uskunalarning ikki yoki undan ortiq modellarini sifat jihatdan taqqoslashda ularning texnologik imkoniyatlarini, muayyan ish sharoitlarida paydo bo'lishi mumkin bo'lgan ijobiy va salbiy sifat xususiyatlarini taqqoslash yo'li bilan amalga oshiriladi.
Avtotransport korxonalarining texnologik jihozlar tabeli avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlar (BMW, Mersedes Benz, VAZ kabi), texnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi firmalar yoki dilerlar tomonidan tavsiya etiladi, tabelda avtotransport korxonasining quvvati va avtomobil turiga bo'gliq holda jihozlarning nomi va tavsiya etilayotgan soni ko'rsatilgan bo'ladi. Quyidagi 1-jadvalda texnologik jihozlar tabelining namunasi keltirib o'tilgan [4].
1-jadval
Avtotransport korxonalari texnologik jihozlari tabelining namunasi
Texnik ATKdagi avtomobillar turi va
Ishlab tavsifi Bitta jihozni ng narhi Qo'llanis soni uchun jihozlar soni
Jihozning chiqaruv (gabarit h sohasi yengil yuk avtobus
nomi, modeli chi (zavod, o'lchami, mm; (KXK, 1-TS, 2- 100- 301 100- 301 100 301-
firma) og'irligi, kg) TS, JT) 300 600 300 600 300 600
avtomobillar va detallarini yuvish jihozlari
Tunnelli
yuvish Ispaniya 30000x
qurilmasi ISTOBA 2300x KXK 1 1
T'WASH L 2500 mm
30
moylash va suyuqlik quyish jihozlari
sovutish
suyuqligini SIVIK 640x 440x 1-TS, 2-
almashtiris ^-121 1110 mm TS, JT
h qurilmasi
ko'tarish-qarash va ko'tarish-tashish jih lozlari
XULOSA
Xulosa o'rnida aytish mumkinki, tavtotransport korxonalari uchun texnologik jihozlarni taqqoslashda va tanlashda quyidagi texnik, iqtisodiy, ishlab chiqarish va ekspluatatsiyaviy omillar hisobga olinadi: -avtotransport korxonasining quvvati;
-avtotransport korxonasining ixtisoslashganligi (yuk, yengil, avtobus, maxsus, aralash);
-ishchi postlar va ustaxonalar soni (amaldagi, kelajakdagi yoki hisobiy); -avtomobillarning konstruksiyasi, (rusumi, turi, tuzilishi, gabarit o'lchami);
-ustaxonalar va postlaming o'lchami va joylashishi; -energiya, suv, kanalizatsiya va samollatish tizimi; -transport korxonasidagi TS va Tni tashkil etish tizimi; -TS va T ishlarining texnologiyasi va tarkibi; -TS va T postlarining ixtisoslashganligi; -TS va T postlarini jihozlash tamoyili; -texnika xavfsizligi;
-jihozning tavsifi, qo'llash doirasi, narhi, ishonchliligi, o'lchamlari, ishlatish qulayligi.
Bundan tashqari ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan jihoz tanlash uslubi ishlab chiqilgan. Ushbu uslub quyidagi holatlarda ishlatilishi mumkin:
-yangi avtotransport korxonasi, alohida mintaqa, ustaxona qurish yoki amaldagi korxonani qayta qurishda;
-mavjud avtotransport korxonasini texnologik jihozlar bilan to'g'ri jihozlanganini aniqlashda;
-texnologik jihozlarni ustaxona, mintaqa va postlarga taqsimlashda; -avtotransport korxonasi ishlab chiqarish texnika bazasining kelajakdagi riivojlanish rejasini ishlab chiqishda.
REFERENCES
1. Islomov Sh. E. "Avtotransport tarmog'i korxonalarini loyihalash", o'q'uv qo'llanma, 1-qism, JizPI 2020 yil, 266 b.
2. Напольский Г. М., Пугин А.В. Автотранспорт корхоналарини кайта куриш ва техник кайта жихрзлаш. Укув кулланма. (М.З.Мусажонов, Н.М.Муминжонов таржимаси). Tошкент: TAHH, 2004 - 88 б.
3. Sh. Islomov, F.Isroilov Avtotransport korxonalarini rivojlantirish muammolarining texnologik yechimi, Me'morchilik va qurilish muammolari ilmiy-texnik jurnali, SamDAQI, 2-son 2018 yil. 118-120 b.
4. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Уразов, Б. А. (2020). Методика определения деталей, критических по надежности автомобилей. Academic research in educational sciences, (1).
5. Адилов, А. К., Сувонкулов, Ш. А., Кулмурадов, Д. И., Умиров, И. И., & Бойжигитова, И. А. (2019). Причины изменения технического состояния автомобиля. Актуальные научные исследования в современном мире, (1-2), 116118.
6. Адилов, О. К., Умиров, И. И. У., & Барноев, Л. (2020). Транспортни хавфсиз бошкариш курсаткичларини бахолаш. Academic research in educational sciences, (1).
7. Исроилов, Ф. И., & Норкулов, А. Я. (2021). Юкларни истеъмолчи манзилига етказиб бериш жараёнини бошкариш модели. Academic research in educational sciences, 2(1).
8. Umirov, I., Turushev, S., & Ravshanov, F. (2021). Йул булакларининг харакатланиш хавфсизлигига таъсирини тахлил килиш. Academic research in educational sciences, 2(2).
9. Бегматов, Б. Я., & Хдккулов, Б. А. (2020). Кафолат даврида автомобилларнинг техник холатини текшириш. Academic research in educational sciences, (3).
10. Odilov, N. (2020). The analysis of the development of gas cylinder supply system. Academic research in educational sciences, (3).
11. https://www.garo.cc/katalog-GARO, barcha turdagi garaj jihozlarini ishlab chiqarish kompaniyasi rasmiy sayti (Rossiya).