Научная статья на тему 'ILK O‘RTA ASRLARDA SUD‘NING YUKSALISHI.'

ILK O‘RTA ASRLARDA SUD‘NING YUKSALISHI. Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sug‘d / Buyuk ipakyo‘li / Xitoy / sug‘d tangalari / Artav / Turfan / SharqiyTurkiston / ekspeditsiya / xoqon / turk / aristokratiya

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xolmatov Qudratillo

Ushbu maqolada III-VIII asrlarda Sug‘ning taraqqiy etishi haqida so‘z boradi.Ilk o‘rta asrlarda Buyuk ipak yo‘li yoqasida joylashgan Sug‘d har tomonlama rivojlandi.Ayniqsa xalqaro savdoda sug‘d savdogarlari vositachilikni o‘z qollariga oldilar,sug‘d puli xalqaro pul sifatida,sug‘d tili esa xalqaro til sifatida foydalanildi.Sug‘d savdogarlari va aristokratiya vakillari qo‘shni mamlakatlarda o‘z qarorgohlariga ega bo‘ldilar.Arablar bosqini natijasida rivojlangan sug‘d madaniyati asta sekin tarix sahnasidan o‘chib keta boshladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILK O‘RTA ASRLARDA SUD‘NING YUKSALISHI.»

ILK O'RTA ASRLARDA SUD'NING YUKSALISHI.

Xolmatov Qudratillo Farg'ona davlat universiteti magistranti e-mail: [email protected]

https://doi.org/10.5281/zenodo.12569244

ARTICLE INFO

Received: 17th June 2024 Accepted:18th June 2024 Published: 27th June 2024

KEYWORDS

Sug'd,Buyuk ipak yo'li,Xitoy,sug'd

tangalari,Artav, Turfan ,Sharqiy

Turkiston,ekspeditsiya,xoqon,turk,aristokrat

iya.

ABSTRACT Ushbu maqolada III-VIII asrlarda Sug'ning taraqqiy etishi haqida so'z boradi.Ilk o'rta asrlarda Buyuk ipak yo'li yoqasida joylashgan Sug'd har tomonlama rivojlandi.Ayniqsa xalqaro savdoda sug'd savdogarlari vositachilikni o'z qollariga oldilar,sug'd puli xalqaro pul sifatida,sug'd tili esa xalqaro til sifatida foydalanildi.Sug'd savdogarlari va aristokratiya vakillari qo'shni mamlakatlarda o'z qarorgohlariga ega bo'ldilar.Arablar bosqini natijasida rivojlangan sug'd madaniyati asta sekin tarix sahnasidan o'chib keta boshladi.

Kirish. Sug'dning tarixini o'rganar ekanmiz uning ilk o'rta asrlar tarixida qoldirgan o'rni beqiyosligiga guvoh bo'lamiz.Ayniqsa Buyuk ipak yo'li savdosida tutgan o'rni bu davlatning naqadar rivoj topganligidan dalolat beradi. Sug'd, Samarqand Sug'di yoki Sug'diyona shaklida tarixiy manbalarda uchraydigan bu hudud Zarafshon vohasi, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini o'z ichiga olgan,ba'zan esa sug'd tili tarqagan butun hududlarga nisbatan ishlatilgan. Sug'd Markaziy Osiyoning ta'rixiy-madaniy markazlaridan biri bo'lib uning nomi ilk marotaba Axamoniylar sulolasi vakillarining qoyatosh bitiklarida Sug'uda shaklida uchraydi (1. Jeong Su-il,2016, 821-822.). Bundan tashari O'rta Osiyoda keng tarqalgan Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo'lgan Avestoda ham tilga olinadi. III-VIII asrlar Sug'dning eng taraqqiy etgan davri desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki aynan shu davrda sug'd savdogarlari Buyuk ipak yo'lida asosiy vositachilikni o'z qo'llariga oldilar,sug'd tili xalqaro til sifatida,sug'd puli esa xalqaro pul sifatida qo'llanildi. Bu ma'lumotlarga asoslanib ko'plab o'rganuvchilar sug'dlarning asosiy mashg'uloti savdo-sotiq bo'lgan degan xato fikrga borishlari mumkin.Ammo sug'dliklarning asosiy mashguloti sun'iy sug'orishga asoslangan dexqonchilik edi (2. Marshak and Negmatov, 1996, p.237-244.). Qadim zamonlardan bu hududlarda ko'plab ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi aholi yashagan.Ularning ko'plab qabrlari voha chegaralaridan topib o'rganilgan,qabrlardan topilgan sug'd hunarmandlari yasagan sopol buyumlar madaniyataro ta'sirni ko'rsatadi. III asrdan boshlab yangi aholi manzilgohlari paydo bo'la boshladi,kata-katta shaxarlar qurila boshladi.Bunga misol qilib Samarqanddan 60 km sharqdagi Panjikent harobalarini olishimiz mumkin. (2 Marshak and Negmatov, 1996,pp.237-244). Aholi sonini ortishi,yangi shaxarlarning paydo bo'lishi va dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojlanishi yangi shaxar-davlatlarning paydo bo'lishiga olib

keldi.Ushbu mahalliy hokimliklar sug'd ishxidlari deb nomlanib ,ularning soni ilk o'rta asrlarda 10 dan ortiq edi.

Asosiy mashg'uloti sug'orma dehqonchilik bo'lgan sug'd xalqaro maydonda nega yuksak darajaga erishdi? Buning bir necha sabablari mavjud bo'lib bulardan biri sug'd tili va yozuvidir.Sug'd yozuvi oromiy yozuvi asosida,o'z navbatida oromiy yozuvi finikiya alifbosida,vujudga kelgan bo'lib bu yozuv namunalari Afrosiyob(Samarqand), Mug' tog'idan va Turfan (Shariy Turkiston) madaniy yodgorliklaridan topilgan.Ayniqsa Mug' togidan topilgan xujjatlar olimlar uchun juda katta yangilik bo'ldi.

1932 yil bahorida Tojikiston SSR ning Xayrabod qishlog'ida joylashgan Mug' qal'asi xarobalaridan ipak qog'ozga bitilgan nomalum yozuvlar to'plami topildi.

1933 yilda professor A.A.Freyman boshchiligidagi ekspeditsiya 74 ta sug'd tilida,bitta arab tilida va bitta turk tilidagi xujjatlar,ko'plab ashyoviy manbaalar(400 ga yaqin) va bir qancha tangalar topildi. (3. Лившиц, 1962,C.7-10).Ahamiyatlisi topilgan xujjatlarning katta qismi III-VII asrga taaluqli yozishmalar va yuridik xujjatlar edi. Topilgan hujjatlar orasida eng diqqatga sazovori nikox shartnomasi bo'lib,unda turk yigiti Uttegin va sug'd qizi Chatta o'rtasidagi oilaviy qonunlarga asoslangan majburiyatlar ko'zda tutilgan.(4 Лившиц, 1962. С. 17-45) Bu esa sug'd yozuvining keng tarqalganidan dalolat beradi,chunki bu davrda Mug' qal'asi turk xoqonligi tasarrufidagi hudud edi va turk xoqonligi bilan yahshi aloqalar mavjudligina ko'rsatar edi.

Sug'd yozuvining kelib chiqishi yuzasidan ko'plab fikrlar mavjud.Sug'd yozuvlarini o'rgangan nemis olimi V.B.Henning sug'd yozuvi oromiy tili asosida shakllangan va qadimgi fors tiliga juda yaqin deya tarif beradi.Ayrim so'zlar bir biriga shu darajada o'xshashki qaysi bir til o'zlashtirganligini aniqlashni imkoni yo'q degan xulosaga kelgan.(5.Henning,1939,pp.93-106) Sharqiy Turkistonda joylashgan Turfon (Turfan) shaxridan ham ko'plab qadimiy yozuvlar topib o'rganilgan.Ular orasida sug'd madaniyatiga oid topilmalar ham mavjud. Shu o'rinda Turfan kolleksiyasi haqida ma'lumot berib o'tish joiz.1902-1914 yillarda 4 marotaba Nemis Turfan Ekspeditsiyasi amalga oshiriladi. Birinchi ekspeditsiya Berlin Etnologiya Muzeyi sobiq direktori Albert Gryunvedal tomonidan amalga oshirilgan. Ekspeditsiya yuzlab devoriy suratlar va san'at asarlari,shu jumladan 40 000 dan ortiq yozma parchalarni qo'lga kiritadilar.

1 rasm.

Aynan ikkinchi ekspeditsiya jarayonida O'rta Osiyoga hos bo'lgan devoriy suratlar topiladi. (1rasm) Bu suratlarda Budda rohibi (chapda),sug'd savdogarlari(o'ngda) tasvirlangan. Albert van Le Coqning fikricha Budda rohibi Toharistonlik,keyinchalik o'ng tarafdagi suratlar Tan sulolasi (VII-VIIIasrlar) davrida kelib joylashgan etnik sug'dliklar degan tahminlar o'rtaga chiqdi.

Nemis olimi K.Reckning fikriga ko'ra turfan kolleksiyasida sug'd yozuvi namunalari noyob hamda ozchilikni tashkil qiladi. (6.Reck,2015,pp49-62)Turfandan topilgan suratlar o'z

navbatida savollar keltirib chiqaradi.Sug'dliklar nima sababdan Sharqiy Turkistongacha borib o'rnashyapti? Buyuk ipak yoli savdosida sug'd-turk savdogarlari G'arb bilan Sharqni bog'lovchi kuchga ,sug'd tili esa o'zaro muloqot tiliga aylangan edi.

VIII asr boshlariga kelib arablarning sharqqa yurishi boshlandi.Sug'd qanchalik yuksalgan bo'lmasin bunday raqibga qarshi tura olmas edi. Natijada sug'd hukmdorlari umumiy dushmanga qarshi turklar bilan birgalikda harakat qilishga intildilar,biroq G'arbiy va Sharqiy qismlarga ajralib ketgan turk xoqonligi ham emirilish davrini boshdan kechirayotgan edi.Arablarning Movarounnaxrga kirib kelishi ortidan ko'plab sug'd savdogarlari shimolga va shimoliy sharq hududlarga ko'chib keta boshladilar. Ma'lumki Xitoyning bir necha shaxarlari va xattoki Silla qirolligi poytaxti Kenchjuda sug'd-turk savdogarlarining qarorgohlari mavjud bo'lgan. (7.Anarbayev,2016,C.23-27) Ular savdo ishlari bilan shugullanib shu erga o'rnashib qolgan sug'd savdogarlari avlodlari edilar. Shuning uchun arablar bosqini davrida sug'd aslzodalarini bir qismi Xitoy va Silla davlatlarida doimiy boshpana topdilar. Movorounnaxrda qolgan sug'd savdogarlarining ko'pchiligi arablar xizmatiga o'tishga majbur bo'ldilar,ayrimlar kata boj to'lash hisobiga o'z mulklarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldilar. Masalan Qutayba ibn Muslim Samarqandni egallaganda podsho Gurakdan o'z saroyini topshirib shaxardan chiqib ketishini talab qilgan. (8.Smirnova,1970.c.207). Xitoy imperatori va Silla qiroli xizmatida bo'lgan ayrim sug'dliklar xurmat va etiborga erishganlar,buni biz Sillaning 38chi va 42 chi qirollari qabri oldidan topilgan sug'd-turk aslzodalarining xaykallaridan bilib olishimiz mumkin. A.Anarbayevning fikricha Sillaning 38chi qiroli Wonseog (785-798) qabri oldidan topilgan 4 ta granitdan tayyorlangan xaykalning 2 tasi (2-3rasm) Orta Osiyolik etnik guruxlarga mansubdir. Chunki ular antropologik jihatdan evropoid qiyofada bo'lib ,asosan kiyinish madaniyati jihatidan osiyoliklarni eslatadi. Xaykal ustidagi kiyimlar miloddan avvalgi I-milodiy III asrlarda Sug'd, Baqtriya va Xorazmda keng tarqalgan kiyimlar sirasiga mansub.

2-rasm. 3-rasm.

Bunday kiyim namunalari Kushon podsholigi davrida ham ucraydi.VI-VII asrlarga oid Panjikent (9. Ee^eH^KHH, 1973, C.15-16) va Afrosiyob (10Aflb6ayM,1975, C.21) devoriy rasmlarida shunga o'xshash rasmlar uchraydi. Etiborli jihatlaidan yana biri shuki devoriy suratlar va xaykallardagi xamyonlar tasvirlanishi jihatidan biroz farqlanadi. VI-VIIasr

boshlariga oid Afrosiyob hamda Panjikent suratlarida xamyonlar to'rtburchak shaklda tasvirlangan, VII asr o'rtalariga oid xaykallarda esa xamyon pastki qismi dumaloq shaklda tasvirlangan.Bundan shunday xulosa qilish mumkinki bu xaykallar aynan sug'diylarga tegishlidir. Xitoy hududidan topilgan Tan sulolasi davriga(VII asr II yarmi-VIII asr boshlari) oid yodgorliklardan ham toshdan yasalgan xaykallar topilgan.Bu xaykallarda ham belbog' va xamyon tasvirlangan.(4-5 rasmlar).

4-rasm. 5-rasm.

Demak yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan xulosa qiladigan bo'lsak sug'd tilining keng yoyilishi va savdogarlarning Buyuk ipak yo'li savdosida faolligi bu madaniyatning keng quloch yozishiga asos bo'ldi.

Sug'dning xalqaro maydonda yuksak darajaga erishishiga xizmat qilgan omillardan biri bu sug'd tangalari hisoblanadi. Ilk o'rta asrlarda sug'd tili xalqaro til vazifasini bajargani kabi sug'd tangalari ham xalqaro pul vazifasini bajargan.Eng qadimgi davrda Zarafshon, Qashqadaryo va Surhondaryo vohalarida yunon tangalariga o'hshash tangalar zarb qilingan. Ilk sug'd tangalari zarb qilinishida Aleksandr Makedonskiy va Antiox I (Yunon-Baqtra) davri tangalariga taqlid qilingan edi.Aleksandr tangalariga o'xshash tangalar Janubiy Sug'd hamda Buxoroda zarb qilinar edi. (11, MycaKaeBa,2017,C.35-47). Antiox tangalariga taqlid qilingan tangalar esa Panjikent, Erqo'rg'on va Afrosiyobdan topilgan. Keyinchalik Ellinizm mahalliy madaniyatga singib ketishi natijasida ilk o'rta asrlarda sug'ddagi mahalliy hokimliklar o'zlarining tangalarini zarb qila boshladilar.Mazkur tangalarning shakli dastlabki turlicha bo'lgan. Ayrim sug'd tangalarida tog' echkisi tasvrilangan, bo'lib bunday tangalar Toshkent vohasi va Sug'd hududlarida tarqagan. Chunki ilk o'rta asrlarda Choch va Sug'd aholisi diniy tasavvurlarida tog' echkisi muqaddas sanalgan. Sug'd numizmatikasida noyob guruhlardan biri bu Artav tangalaridir. Bu tangalar Parfiya tangalari kabi old tomonida nuqtali hukmdor tasvirli,orqa tomonida esa oyoqlari oldinga siljigan ot tasvirli kumush tangalardir. Tanganing har ikki tomonida sug'd yozuvlari mavjud.Bu tangalarning davri va manzili haqida fanda ma'lumotlar mavjud emas (12.MycaKaeBa,2020,C.28-37). V.A.Livshits tangalardagi yozuvlarni o'qish orqali "Artav-Gavadagi olijanob shaxs" degan ma'noni keltirdi. "Artav"-xukmdorning ismi,"olijanob"-unvon,"Gava"esa mamlakat(miloddan avvalgi VlII-VIIasrlar). Arablar bosqiniga qadar xukmdor juftlik tasvirli tangalar O'rta Osiyoning beshta tarixiy-madaniy hududida zarb qilingan. (13.PeyTOBa,2013,C.76-84) Bular Sug'd, Choch, Buxoro, O'tror va Chog'aniyon (Tohariston). Shulardan uchtasida sug'd yozuvida xukmdor ismi va unvoni keltirilgan.(6rasm)

6-rasm.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, shimoliy va g'arbiy qo'shnilaridan ortda qolayotgan Sug'd III-VIII asrlarda yuksak darajada rivojlandi va ikki daryo oralig'idagi(Transoksaniya) eng rivojlangan va etakchi davlatga aylandi. Mamlakatdagi tinchlik va yuridik qonunlarga amal qilinishi bu hududni gullab- yashnashiga sabab bo'ldi, hunarmandchilik, dehqonchilik va savdo -sotiq yanada rivojlandi.Buyuk ipak yo'lining janubiy tarmog'ini aynan shu mintaqadan o'tganligi savdo-sotiqni va pul munosabatlarini ravnaq topishiga sabab bo'ldi. Xalqaro pul sifatida sug'd puli muomalada bo'ldi,sug'd tili esa xalqaro til maqomini oldi. Sug'd savdogarlari butun yo'l bo'ylab vositachilik qildilar,qoshni mamlakatlarda o'z qarorgohlariga ega bo'ldilar. VIII asrdan O'rta Osiyoga arablarning kirib kelishi sug'd hokimlarining bo'ysundirilishi bilan yakunlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Jeong Su-il. The Silk Road Encyclopedia.2016.pp.821-822.

2. Marshak B.I. and Negmatov N.N.History of Civilizations of Central Asia Volume III p.p 237244.

3.Ливщиц В.А. Согдийские документы с горы Муг.1962.С.7-10.

4. Ливщиц В.А. Согдийские документы с горы Муг.1962.С.7-10.

5. Henning W.B. Sogdian Loan-words in New Persian. Bulletin of the School of Oriental Studies, University of London, Vol. 10, No. 1 (1939)

pp. 93-106

6.Reck Christian. Cotton in a Sogdian Document in the Berlin Turfan Collection. Osaka University Knowledge Archive.2016.pp.49-62.

7. Анарбаев A.A. Араблар босцини ва сугд-турк зодогонларнинг тацдири . Археология Узбекистана. 2016. № 2 (13)

8. Смирнова О.И. Очерки из истории Согда. М., 1970.C.207.

9. Беленицкий А.М. Монументальное искусство Пенджикента. М., 1973.

10. Альбаум Л.И. Живопись Афрасиаба. Ташкент, 1975.

11. А.А.Мусакаева. К изучению монет Амиса и Согда на Великом Шелковом пути.. Археология Узбекистана. 2017. № 2 (15)

12. А.А.Мусакаева. Сугддаги Артава тангалари. Археология Узбекистана. 2020. № 2 (21)

13. М.А. Реутова . Изучение состава связующих органических материалов настенных росписей Афрасиаба (VII-VIII вв.). Археология Узбекистана.2013. № 1 (6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.