Научная статья на тему 'ILK O’RTA ASRLARDAGI AFROSIYOB DEVORIY SURATLARI'

ILK O’RTA ASRLARDAGI AFROSIYOB DEVORIY SURATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

1063
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / devoriy suratlar / arablar istilosi / Yui shaharcha / ensiz naqsh / Varxumana / zandanachi / Domision tobuti / so’g’dlar turmushi

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sanjar Sa’dullayev

Ilk o’rta asrlar rang-tasvir san’atining O’rta Osiyo miqyosidagi rivoji Afrosiyob devoriy suratlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Afrosiyob devoriy suratlari faqatgina ilk o’rta asrlar ma’naviyati, madaniyati rivojidan dalolat berib qolmay, balki o’sha davr ichki va tashqi siyosati, iqtisodiyoti hamda hunarmandchilik rivojining ham yaqqol isbotidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILK O’RTA ASRLARDAGI AFROSIYOB DEVORIY SURATLARI»

ILK O'RTA ASRLARDAGI AFROSIYOB DEVORIY SURATLARI

Sanjar Sa'dullayev

Samarqand davlat chet tillar instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ilk o'rta asrlar rang-tasvir san'atining O'rta Osiyo miqyosidagi rivoji Afrosiyob devoriy suratlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Afrosiyob devoriy suratlari faqatgina ilk o'rta asrlar ma'naviyati, madaniyati rivojidan dalolat berib qolmay, balki o'sha davr ichki va tashqi siyosati, iqtisodiyoti hamda hunarmandchilik rivojining ham yaqqol isbotidir.

Kalit so'zlar: innovatsiya, devoriy suratlar, arablar istilosi, Yui shaharcha, ensiz naqsh, Varxumana, zandanachi, Domision tobuti, so'g'dlar turmushi.

ABSTRACT

The development of early medieval color art in Central Asia can be clearly seen in Afrosiab's murals. Afrosiab's murals are not only a testament to the development of early medieval spirituality and culture, but also a testament to the development of domestic and foreign policy, economics and crafts at that time.

Keywords: innovation, murals, Arab conquest, Yui town, narrow pattern, Varkhumana, zandanachi, Domision coffin, sogdian life.

KIRISH

Bugungi kunda madaniy va ma'naviy merosni tiklash hamda keng targ'ib qilish, tarix ilm-fan sohasidagi innovatsiya mazmuniga ega tadqiqotlar natijalarini ta'lim jarayoni, darslik va o'quv adabiyotlariga tadbiq etish, darsliklarning yangi avlodini yaratish va iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ilk o'rta asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar O'rta Osiyo madaniyatiga ham ta'sir etmasdan qolmadi. Bu davrdagi madaniy hayot dastavval antik davr madaniy an'analari asosida rivojlangan bo'lsada, lekin Kushon

1 Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: "O'zbekiston", 2017. 472-473-bet.

April, 2022

186

davlati xarobalarida bir nechta mustaqil davlatlar va mulklarning paydo bo'lishi o'ziga xos mahalliy madaniyatlarning paydo bo'lishiga imkon yarat gan edi. Shu bilan birga, ilk o'rta asrlar madaniyatining shakllanishiga, qo'shni davlatlar avvalo, Hindiston, Eron, Afg'oniston, Xitoy bilan hamda ko'chmanchi chorvadorlar bilan bo'lgan aloqalar(xoh iqtisodiy, xoh siyosiy bo'lsin) ham muhim ahamiyatga ega bo'lgan edi.

Ilk o'rta asrlarda O'rta Osiyo xalqlari san'ati devoriy suratlar, haykaltaroshlik, turli taqinchoq buyumlari orqali izohlanadi. Devoriy suratlar Dilbarjin(Afg'oniston), Varaxsha, Afrosiyob, Panjikentdan topib o'rganilgan bo'lsa, Kuyovqo'rg'on, Vaxsh vohasi, Chaqaloqtepa(Afg'oniston), Yerqo'rg'ondan turli hajmdagi haykallar, zargarlik buyumlari topib o'rganilgan. Umuman olganda, boy bezaklar, sopol, metal idishlar, devoriy suratlar, hatto kiyimlardagi tasvirlar bu davrda O'rta Osiyodagi tasviriy san'atning rivojidan dalolat beradi.

Afrosiyob devoriy rasmlari — Afrosiyob arxeologik qazilmalar natijasida topilgan mahobatli rangtasvirning noyob namunalaridan biridir. Dastlabki namunalari arxeolog V.Vyatkin tomonidan ochilgan(1913). Keyingi qazishlar davri(1965—68) da o'zbek arxeologlari 30 ga yaqin saroy xonasini ochishga muvaffaq bo'lganlar, bu xonalarning ko'plari devoriy rasmlar, naqshlar bilan bezatilgan. Shulardan katta (11x11 m) va kichik(7x7 m) xonalardagi rasmlar birmuncha yaxshi saqlangan. Xonalardan birida erkak va ayol ark oldida o'tirgan holda tasvirlangan. Katta xona devorlariga ishlangan rasmlar detallarga boyligi, saqlanib qolgan sug'd yozuvlari bilan ahamiyatli. Xona devorlariga ishlangan rasmlarda to'y marosimi, Sug'd hukmdorining xorijiy davlatlarning elchilarini qabul qilishi, bu elchilarning yo'ldagi sarguzashtlari, yirtqich hayvonlar bilan olishuv, ov manzaralari, afsonaviy maxluklar tasvirlangan. Saklanib qolgan rasmlar tahlili o'rta asr mahobatli tasviriy sanatining g'oyaviy badiiy yo'nalishi, rassomning ish usullari va vositalari haqida, tafsilotlarga boy maishiy sahnalar, etnik ko'rinishlar o'sha davr haqida fikr yuritish imkonini beradi. Rassom devorni 3 qismga bo'lib, 2 chetki qismidan ensiz naqsh hoshiyasi ajratib olgan, asosiy qismga mavzuli tasvir ishlagan, voqealarni yuqoridan kuzatayotganday aks etgirgan. Afrosiyob devoriy rasmlari yagona bir mazmunga bo'ysundirilgan: markazda sug'd hukmdori Varxumon turadi, ananalarga ko'ra rassom uni boshqalarga nisbatan yirik ko'rinishda (butun devor balandligida, 5—6 m) tasvirlab, hukmdorning buyukligini e'tirof etadi, unga abadiylik, qahramonlik baxsh

A.S.Sagdullayev. O'zbekiston tarixi(darslik) I kitob. -T.: "VNESfflNVESTPROM", 2003. 306-bet.

® ©

April, 20221

©

187

etadi. Afrosiyob devoriy rasmlari Orta Osiyoda arablar istilosiga qadar mahobatli rangtasvirning rivojlanganligi, Samarqand uning markazi bolganligini ko'rsatadi.

Oxirgi o'n yil ichida Afrosiyob tarixi bo'yicha o'zbek-fransuz qo'shma ekspeditsiyasi(akademik P.Bernar va keyinchalik F.Grene vaM.Isomiddinovlar boshchiligida) yangidan-yangi ma'lumotlarni bermoqdalar.Afrosiyob devoriy suratlarida So'g'd ixshidi Varxumana(VII asr oxiri) saroyida turli hududdan kelgan elchilar tasvirlangan.Shulardan ipak yo'li bo'ylab kelgan Xitoy va Koreya elchilari so'g'd ixshidi tomonidan qabul qilinishi bizgacha yaxshi saqlanib qolgan.

Afrosiyob devoriy suratlarida figuralarni qavtma-qavat joylashtirish orqali yassi devorda fazoviy kenglik hosil qilingan. Demak devordagi tasvirning balandda chizilishiga qarab, qanchalik uzoqligini his etamiz. Odamlar qiyofasida ham shu qonunlarga rioya qilinadi, hukmdor shaxslar naturada ulkan, xizmatkorlar esa kichik o'lchamdagi kompozitsiyada o'z yechimini topadi. Bu ularning ichki kechinmalari yuzlarida emas, qo'l,barmoq harakatlarida aks etishi va me'moriy binolarning kichik masshtabligi O'rta Osiyo miniatyurasida keng tarqalganligidan guvohlik beradi.4 Ilk o'rta asrlarda to'qimachilik O'rta Osiyo

hunarmandchiligining ustivor yo'nalishiga aylandi. Ayniqsa ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish keng yo'lga qo'yilgan. Arxeologik materiallarning guvohlik berishicha ipak qurtini boqish Qadimgi Baqtriyada bronza davridan ma'lum bo'lgan. Antik davri va ilk o'rta asrlarga kelib, ipakchilik bilan shug'ullanish So'g'diyona va Farg'ona vodiysiga ham keng yoyildi. Ipakchilikning jahonga mashhur markazlari paydo bo'ldi. Masalan, VI-VII asrlarda shakllangan Buxoroning «zandanachi» ipak mahsulotlariga bo'lgan talab hatto ipakchilikning ilk vatani Xitoyda ham katta edi. Zandanachi ipak mahsulotlarining namunalari hatto Afrosiyob devoriy su'ratlarida

yaxshi saqlangan. Ilk o'rta asrlar badiiy san'atida asosiy e'tibor tasviriy san'at va haykaltaroshlik bezaklaridan iborat edi.

III asrga qadar ipakni Vatani deb Xitoyni tan olingan III asrdan boshlab ipakchilik markaziy, shimoliy, g'arbiy, sharqiy Turkistonga ko'chgan, undan Farg'ona vodiysi, So'g'd, Eron, Vizantiyagacha yoyilgan. Ipak ishlab chiqarish sohasida ikki gegemon markaz faoliyat yuritgan:Xitoy va So'g'd. XXasrda Belgiyadagi kichkina Yui shaharchasidagi Notterdam soboridan avliyo Domision tobutiga qoplangan oltinrang ipak mato topilgan. Tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha bu mato "zandanachi"nomi bilan atalgan hamda VI-VIII asrlarda Buxoroning Zandana qishlogida to'qilgan.5

3 A^bôayM.n.H. "A$pacna6" - T.: 1969. Crp-256-260.

4 ,3,.CyOTOHOBa. "Moziydan sado" ^ypHa^H. - T.: "O'zbekiston", 2003. 3-coh. 44-6eT. 5www ziyonet.uz

April, 2022

188

Arxeologik topilmalar Sug'd hududida paxta, jun va tabiiy ipakdan to'qilgan matolar qo'l mehnati orqali eng oddiy to'qimachilik dastgohlarda amalga oshirilgani ko'rsatiladi. So'g'd matolari Buyuk Ipak yo'li orqali turli davlatlarga eksport

ipak xom ashyosining o'zi, balki ipak matoning o'zi ham Xitoydan olib kelingan bo'lsa, ilk o'rta asrlardan boshlab ipak O'rta Osiyoning o'zida yetishtirilib, undan tayorlangan matolar aholi ehtiyojini qondirishda Xitoy ipagini siqib chqaradi, shuningdek chetga eksport qilina boshlaydi. Hatto Xitoyning o'ziga ham. Qadimgi forslar ipak, shoyi xom ashyosini Buxoro va Samarqanddan olganlar. Ko'plab So'g'd mato bo'laklari Yevropa muzeylarida hozirgacha asl holida saqlanib kelinayotgani o'sha davrdagi hurarmand ustalarning yuksak mahoratidan darak beradi.Bu fikrimizni yuqorida aytganimiz Belgiyadagi kichkina Yui shaharchasidagi Notterdam soboridan avliyo Domision tobutiga qoplangan oltinrang ipak matoning topilganligi ham tasdiqlaydi.. Mazkur matolarning chidamliligining sir-asrori olimlar uchun hali hanuz jumboq bo'lib qolmoqda.

So'gd hunarmadlari biror martabali kishilar uchun tikiladigan libos matolariga alohida ahamiyat berishgan. Misol uchun elchilar libosi qimmatbaho, qalin va puxta ishlangan tabiiy ipak va ipdan tayyorlangan matodan tikilgan. Uning qalinligi odam egniga qulaylik va ko'rkamlik baxsh etishi hamda chakmon uchun rasmlar va naqshli bezaklarning ketma-ketligi yaqqol ko'rinishi uchun moslangan. Shuningdek, qalin chakmon uzoq vaqtga chidamli,issiq vasovuq havo ta'siridan saqlanishi uchun mo'ljallangan. Elchi egnidagi chakmon yurishga qulay bo'lishi uchun pastki qismidan tizzagacha ikki yon tomonidan qirqimlar hosil qilingan. Erkaklar basavlar va ko'rkam ko'rnishi uchun yelka kengligi kengroq qilib bichilgan. Bo'yin qismi va pastki qismi etagining qirqimlariga alohida hoshiya uchun shu matodan boshqa bichim qilganlar. Ba'zida elchi bosh kiyimi ham egnidagi chakmonga munosib tarzda shu matodan tikilgan. Elchilar sardori bosh kiyimi kashtalangan qalpoqdan boshqalariniki esa oddiy peshonaband qilingan tasmalardan iborat bo'lgan.

L.I.Albaum devoriy rang tasvir suratlarni o'rganarkan, mazkur elchilar chakmoni mutlaqo o'zgacha, ya'ni o'zi xos bezaklarda tasvirlanganini va bu hashamlar boshqa devoriy suratlarda ta'kidlaydi. Uning fikricha, elchi chakmoni alohida va mahsus qimmatbaho liboslar go'zalligini namoyon etish uchun tayyorlangan.

Ularning kiyinish madaniyati muhim diplomatik ahamiyatga ega bo'lishidan bir qatorda o'z xalqining milliy

qilingan, ayniqsa u Xitoyda yuqori baholangan. Chunki oldinlari nafaqat

madaniyati va san'atini ham namoyish etgan. Elchi liboslari

April, 2022

tasvirida doira ichiga olingan turli hayvonlar ko'rinishi, o'simliksimon bezaklar aks etgan. Liboslar bezagi uchun asosan, qizil, ko'k, oq ranglardan foydalanilgan.6

Ko'k rangni 4 xil ko'rinishini qo'llagan. Bunga sabab bu rangning O'rta Osiyo tabiatida o'ziga xos o'ringa egaligidir. Liboslarda qalampirmunchoq sifat naqsh uslubi keng qo'llanilgan. Hozirda bu uslubdan o'zbek do'ppilari, kashtado'zligimizda va amaliy san'atning turli ko'rinishlarida qo'llanilayotganligining guvohi bo'lamiz.

XULOSA

Afrosiyob devoriy suratlari so'g'dlar turmushi va hayot sharoitlarini yorqin namoyish etadi. Ular so'g'd milliy madaniyatini butun dunyoga tanishtirishning o'ziga xos vositasi. So'g'd o'lkasi O'rta Osiyoda rivojlangan davlatlardan biri sifatida Osiyo va Ovro'pa qit'asidagi turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar yuritgan. Ayniqsa Buyuk Ipak yo'li So'g'd taraqqiyoti hamda uning Eron, Hindiston, Xitoy kabi davlatlar bilan xalqaro aloqalari rivojlanishi uchun sharofatli zamin yaratdi. Shu boisdan ham, hukmdorlar, elchilarning liboslariga alohida ahamiyat qaratilgan. Shu bilan birga, so'g'dlarning o'ziga xos matolari va kiyim-kechaklari, ularning to'qimachilik sanoati boshqa davlatlar bilan turli aloqalarni, ayniqsa savdo munosabatlari rivojlanishiga sabab bo'lgan. Binobarin, so'g'd matolari, liboslardagi milliy timsollar tasviri, bezaklar so'g'dlarning o'ziga xos dunyoqarashi, san'ati va madaniyati haqida yorqin tasavvur paydo bo'lishiga imkon berdi.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent "O'zbekiston" nashriyoti-2017.

2. A.S.Sagdullayev. O'zbekiston tarixi(darslik). I kitob. Toshkent. "VNESHINVESTPROM" -2003.

3. Альбayм.Л.И. "Афpacиaб" Ташкент-1969.

4. Д. Сyлтоновa. "Moziydan sado" жypнaли. Toshkent. "O'zbekiston" нaшpиёти-2003. 3-сон.

5. Д. Сyюновa. "Moziydan sado" жypнaли. Toshkent. "O'zbekiston" нaшpиёти-2012. 2- сон.

6. www ziyonet.uz

® о

6Д.Сyюновa. "Moziydan sado" жypнaли. - T.: "O'zbekiston", 2012. 2-сон. 7-бет. https://t.me/ares uz

©

ф'

April, 20221

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.