Научная статья на тему 'ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARNI AMALAIYOTGA TADBIQ ETISH – DAVR TALABI'

ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARNI AMALAIYOTGA TADBIQ ETISH – DAVR TALABI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / texnologiya / pedagogik texnologiya / aspekt / zamonaviy dars / an’anaviy dars / innovatsion yondashuv

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — T.Jumaniyozova

Malakatimizda ta’lim samaradorligini oshirishda xorij tajribalaridan foydalanishning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARNI AMALAIYOTGA TADBIQ ETISH – DAVR TALABI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

ILG'OR XORIJIY TAJRIBALARNI AMALAIYOTGA TADBIQ

ETISH - DAVR TALABI

T.Jumaniyozova

Xorazm viloyati XTXQTMOXM "Aniq va tabiiy fanlar metodikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11505747

Annotatsiya. Malakatimizda ta'lim samaradorligini oshirishda xorij tajribalaridan foydalanishningahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so 'zlar: innovatsiya, texnologiya, pedagogik texnologiya, aspekt, zamonaviy dars, an'anaviy dars, innovatsion yondashuv.

Аннотация. В данной статье речь приведена информация о важности использования зарубежного опыта в повышении эффективности образования в нашей стране.

Ключевые слова: инновация, технология, педагогическая технология, аспект, современный урок, инновационный подход.

Abstract. Important information on the use of foreign experience in improving the effectiveness of education in our country is provided.

Keywords: innovation, technology pedagogical, aspect, modern lesson, innovative approach.

Ta'lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatdan ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini yaratuvchi yaxlit tizimga, ya'ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning mazmuni esa, o'qituvchi, tarbiyachi tomonidan o'quvchi (ta'lim oluvchi)ga aqliy, ruhiy, axloqiy jihatdan turli usulda ta'sir o'tkazishdan iboratdir. Ma'lumki, ta'lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o'z bilim va tajribalarini o'sib kelayotgan avlodga o'rgatishdan iborat bo'lib, bu jarayonda, asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi. Insoniyat hayoti axborotlar bilan chambarchas bog'liq. Boshqacha aytganda, insonning har bir harakati axborot olish va uzatish yoki undan foydalanish, uni o'rganish, o'zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat. Shuning uchun ham hozirgi insoniyat sivilizatsiyasini axborot sivilizatsiyasi deb ataladi.

Innovatsiyaning maqsadi - sarflangan mablag' yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o'z-o'zidan paydo bo'ladigan yangiliklardan farqli o'laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o'zgarishlar mexanizmini tashkil etadi.

Ta'lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo'la olmaydi. Shu sababli "novatsiya" va "innovatsiya" tushunchalari o'rtasidagi asosiy farqlarni ko'rsatib o'tish zarur. Buning uchun islohat faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko'lami asos bo'lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo'lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo'lmasa, o'z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba'zi elementlarini o'zgartirishni vazifa qilib qo'ygan bo'lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo'lamiz. Agar faoliyat ma'lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo'lsa va uning natijasi o'sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o'zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz.

Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko'lam va vaqt bo'yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

tizimni takomillashtiradi. Innovatsiya esa, tizimli, yaxlit va davomli bo'ladi, ma'lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot subyektlari pozisiyalarini to'la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi yo'nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o'zi ham yangilanadi.

Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi. Innovatsion jarayon deb, - innovatsion o'zgarishlarga tayyogarlik ko'rish va uni amalga oshirish jarayoniga aytiladi. Ta'lim jarayonidagi innovatsion o'zgarishlar, ta'lim tizimiga har qanday yangilikning kiritilishi bevosita o'qituvchi faoliyatini yangilash va o'zgartirish orqali a malga oshirilishi ham atroflicha o'rganilgan. Ta'lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish, innovatsion jarayonlarni boshqarishni tahlil qilish orqali innovatsion faoliyat tushunchasini ta'riflash imkoniyati paydo bo'ldi. Innovatsion faoliyat - pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg'a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir.

Fransiya ta'limining asosiy maqsadi shaxsni har tomonlama kamol topishini ta'minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlarining kamol topishini taminlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash bozor munosabati sharoitida o'quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o'rgatish va shunga xos kasbga yo'naltirishdan iborat. Boshlang'ich sinflardagi o'qish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga bo'linadi. Xorijda ta'lim jarayonini ko'radigan bo'lsak bolaga do'stona munosabat, erkin fikrlashi uchun uning fikri tinglanadi. Masalan: Fransiyada boshlang'ich ta'lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar jalb etiladi. Fransuz maktablarida nafosat ta'limiga ham alohida ahamiyat beriladi. Bunday ta'lim uch tartibdan iborat: musiqa, tasviriy sanat va sport. O'quvchilar 11 yoshda boshlang'ich maktabni tugallab o'rta maktabga o'tadilar. Fransiyada oliy ta'lim professional ta'lim berish keyingi 20 yil davomida qaror topdi. Fransiyada oliy ma'lumot va ixtisoslik beruvchi oliy texnologik institutlar mavjud. Fransiya ta'lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalar ko'zda tutilmagan. Biroq maktablarda va liseylarda turli to'garaklar mavjud. O'quvchilar uchun turli sport seksiyalari sayohatlar, musobaqalar o'quv muassasasining o'zida tashkil etiladi. Fransuz yoshlari, Fransiyaga bilim olish uchun kelgan chet el fuqarolari quyidagi bilim maskanlarida oliy ma'lumot oladilar.

Xulosa qilib aytish mumkinki, o'qituvchi innovatsiya faoliyatga tayyor bo'lib, darsga eng so'ngi yangiliklarni olib kirib, o'quvchiga qiziqarli va uni ehtiyojiga mos ravishda tashkil etsagina, sifat va samaradorlikni kafolatlashi mumkin.

REFERENCES

1. Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. - T.: TDPU, 2009.

2. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar: Qo'llanma. - Qarshi: Nasaf, 2000.

3. Usmonov Q., Sodiqov M. O'zbekiston tarixi (1917-1991 yillar): Akademik litsey va kasb-hunar kolejlari uchun darslik. - T.: Sharq, 2011.

4. Xodiyev B.Yu., Golish L.V., Rixsimboyev O.K. Keys-studi - iqtisodiy oliy o'quv yurtidagi zamonaviy ta'lim texnologiyasi: Ilmiy-uslubiy qo'llanma // "Zamonaviy ta'lim texnologiyalari" turkumi. - T.: TDIU, 2009.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.