Научная статья на тему 'IJTIMOIY XIZMATLARNI AMALGA OSHIRISH SHAXS INTELLEKTUAL SALOHIYATINING MUHIM OMILI SIFATIDA'

IJTIMOIY XIZMATLARNI AMALGA OSHIRISH SHAXS INTELLEKTUAL SALOHIYATINING MUHIM OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy xizmat / intellektual salohiyat / ijtimoiy davlat / inson / migratsiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Salim O’Ralovich Abdulhakimov, Sadbarg Sharibovna Sharipova

Ushbu maqolada “ijtimoiy xizmatlar” va “kambag'allikni qisqartirish” tushunchalarining mohiyatini yoritishda inson kapitalini shakllantirishga qaratilgan intellektual salohiyatning sifat jihatlari birinchi o'ringa chiqishi nuqtai nazaridan yondashish zarurligi asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJTIMOIY XIZMATLARNI AMALGA OSHIRISH SHAXS INTELLEKTUAL SALOHIYATINING MUHIM OMILI SIFATIDA»

Tashkent State University of Economics

IJTIMOIY XIZMATLARNI AMALGA OSHIRISH - SHAXS

INTELLEKTUAL SALOHIYATINING MUHIM OMILI SIFATIDA

Salim O'ralovich Abdulhakimov

Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi "Umumkasbiy fanlar" kafedrasi (PhD) v.v.b.dotsenti

Sadbarg Sharibovna Sharipova

"Ijtimoiy ish" yo'nalishi 1-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "ijtimoiy xizmatlar" va "kambag'allikni qisqartirish" tushunchalarining mohiyatini yoritishda inson kapitalini shakllantirishga qaratilgan intellektual salohiyatning sifat jihatlari birinchi o'ringa chiqishi nuqtai nazaridan yondashish zarurligi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy xizmat, intellektual salohiyat, ijtimoiy davlat, inson, migratsiya.

Ijtimoiy xizmat - bu keng ma'noga ega bo'lib, insonning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish bilan jamiyatda ijtimoiy adolat va inson qadrini ta'minlaydi. "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasi[1]"da O'zbekiston ijtimoiy davlat ekani belgilab qo'yilgan. Ijtimoiy davlat nima, ijtimoiy davlatning qanday belgilari bo'ladi? Ijtimoiy davlat - aholining turmush sharoiti va sifat jihatdan tabaqalanishiga, ya'ni ular o'rtasidagi yashash uchun ketadigan sarf-xarajatlar kattalashib ketishiga yo'l qo'ymaslik, asosiy maqsad - jamiyatda yaratilayotgan moddiy va ma'naviy boyliklarni ijtimoiy adolat tamoyili asosida barcha fuqarolarga teng taqsimlashdan iboratdir. Shunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023 yilning 1 iyunidagi "Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-82-sonli Farmoni bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida "Ijtimoiy himoya milliy agentligi" tashkil etildi. BMT agentliklari ekspertlari aholining barcha qatlamlari uchun ijtimoiy himoya, yordam va xizmatlarni muvofiqlashtirish vakolati va funksiyalariga ega bo'lgan bunday tashkilot zarurligini bir necha bor ta'kidlagan edi. Dunyo tajribasidan ma'lumki, ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish natijasida davlatlarda adolat tamoyili ta'minlanib, yuksak intellektual salohiyatga erishmoqda.

384

^_17-aprel,_2G24_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish maqsadida, yoshlaming intellektual salohiyatini oshirish va zamonaviy mutaxassis bo'lib yetishishi uchun samarali ishlar amalga oshirilayotgani diqqatga sazovordir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023 yilning 11 sentabrdagi "O'zbekiston - 2030" PF-158-sonli Farmoni[2]dagi 100 ta maqsadning 31-bandi, "Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual o'yinlar hamda chet tillarni o'rganishga jalb etish orqali kamida 2 million nafar yoshlarning iqtidorini rivojlantirish. Har yili 500 nafar iste'dodli yoshlarni xorijning nufuzli oliygohlariga o'qishga yuborish" deb ko'rsatib o'tilgan. Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish natijasida aholining ijtimoiy -ma'naviy madaniyati yuksalishi bilan birga qonunlar, huquqiy - normativ xujjatlar ham takomillashib bormoqda. Ijtimoiy xizmat deganda, faqatgina aholining ehtiyojmand, moddiy va ma'naviy yordamga muhtoj qatlamlarini tushunishimiz kerak emas, ijtimoiy xizmat bu aholining barcha qatlamlari uchun davlat va nodavlat tashkilotlar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardir. Zamonaviy jamiyatda bu kabi xizmatlarni amalga oshirishda bir necha soatda bajariladigan "ijtimoiy xizmat"larni axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida bir necha daqiqalarda bajarilishini ko'rishimiz mumkin. Bugun biz birgina ta'lim tizimidagi ijtimoiy xizmatni tahlil qiladigan bo'lsak, davlat va nodavlat ta'lim muassasalari o'rtasida sog'lom raqobat paydo bo'ldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ijtimoiy xizmatni amalga oshirishda sifat, ya'ni "sifatli ijtimoiy xizmat" qanchalik yuqori bo'lsa, tabiiy ravishda talab va taklif ham oshib boradi. Har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanganligini esa, o'sha davlat fuqarolarining intellektual salohiyat indikatori belgilab beradi. Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish omili, tabiiyki, tashqi va ichki muhit hamda milliy xususiyatlardan kelib chiqadi. Bunda tashqi sharoit muntazam tarzda yomonlashsa, xususan yon-atrof (qo'shni davlat, hudud va shu kabilar)da iqtisodiy taraqqiyotning pasayishi, ko'plab sohalar kabi fan va ta'limda ham sarmoyalar hajmining kamayib borishi kuzatiladi. Tabiiyki, bu o'z navbatida, o'sha hudud imkoniyatlariga sezilarli tarzda ta'sir qiladi. Demak, ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish imkoniyatlari ichki va tashqi omillarga asoslangan yon-atrofdagi muhitning holatlariga qarab muayyan tarzda u yoki bu tomonga o'zgarib turadi.

Har qanday jamiyatda, sifatli ijtimoiy xizmatlar asosida vujudga keladigan inson kapitaliga oid salohiyat tadqiq etiladigan bo'lsa, uning mezonlari sifatida yoshlarning intellektual salohiyati alohida o'rin tutadi. Zero, davlatning ushbu omilni o'z vaqtida baholay olishi, uni davlat siyosati darajasiga ko'tarib, samarali qadriyat maqomini olsa, yoshlarni ayniqsa, o'zini o'z qobiliyatini anglashiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida, ijtimoiy xizmatlarning qisqa suratlarda natijadorligiga va ijtimoiy sohani tizimli rivojlantirish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

385

Tashkent State University of Economics

Darhaqiqat, ichki muhit bevosita jamiyat a'zolarining holati ularning xatti-harakatlari yoki harakatsizligiga bog'liq bo'ladi. Jamiyatda qashshoqlik, ishsizlikning oshib borishi natijasida ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul paydo bo'lishi intellektual salohiyatli kadrlarga talab oshib boradi. Universitet bitiruvchilarining ta'lim sifati va kasbiy mahoratida subyektiv tarzda tub burilish jarayonlari yuz beradi. Bu kabi jihatlar intellektual salohiyat mobilligining salbiy dinamikasini keltirib, ijtimoiy hayotda muqim ish joyidan ko'ra, intellektual migratsiyaga sabab bo'ladi. Ushbu omillarning asosiy o'lchov ko'rsatkichlari esa turli sohalardagi ijtimoiy xizmatlarning to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi bilan ifodalanadi.

Shaxsning intellektual salohiyati biror mahsulotni ishlab chiqarishda qatnashsa, bunda u o'sha tashkilotdagi asbob-uskunalar, mashina va mexanizmlar hamda boshqa kishilarning salohiyatlariga uyg'unlashgan holda ular faoliyati bilan integratsiyaga kirishadi. Natijada mazkur tashkilot umumiy kapitalining bir qismini tashkil etadi. Demak, intellektual kapital iqtisodiy kategoriya bo'lsa, intellektual salohiyat ijtimoiy hodisa hisoblanadi.

Mamlakatimizda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan va oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlar negizida eng avvalo inson manfaatlari turibdi. Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish maqsadida bugungi kunda ko'pgina jumladan, sog'liqni saqlash, fan-ta'lim, sport, madaniyat, san'at, dam olish kabi sohalarda xizmat turlari yo'lga qo'yilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yilning 28 sentyabrdagi PQ-319-sonli "Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"[3] gi Qarorida "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlarini tashkil etilib, vazifalari belgilab berilgan. Ushbu markazlar har bir xonadon ahvolini o'rganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga bo'lgan ehtiyojlarini aniqlab, oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini o'rganish natijasida manzilli ijtimoiy va ma'naviy yordam beradi.

Shuningdek, ehtiyojmand aholi bilan, shu jumladan, keys-menejment usulini qo'llagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy xizmatlar va yordam olish bo'yicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni mas'ul vazirlik va idoralarga yuborish, og'ir ahvolga tushib qolgan va og'ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo'lgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish ham markazning asosiy vazifalari hisoblanadi.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida 2026 yilga qadar kambag'allikni 2022 yilga nisbatan 2 barobarga, 2030 yilga qadar esa keskin kamaytirish vazifasi

386

Tashkent State University of Economics

kun tartibiga qo'yilgan[4]. Bozor iqtisodiyoti qonunlaridan biri bu aholining ijtimoiy tabaqalanishi ya'ni, quyi, o'rta va yuqori tabaqalarga bo'linishini inkor etib bo'lmaydi. Bunday tabaqalarga bo'linishning negizida esa juda katta ijtimoiy muammolar: ishsizlik, jinoyatchilik, ichkilikbozlik, o'z joniga qasd qilish, fohishabozlik, oilalarda ajrimning ko'payishiga olib keladi. "Ijtimoiy himoya" milliy agentligining tashkil etilishi esa bu kabi muammolarning oldini olishda va fuqarolarning kelajakka, ertangi kunga bo'lgan ishonchini yanada oshiradi.

Kambag'allikni qisqartirishda esa davlatning tabaqalarga mos ravishda ijtimoiy xizmatlar tizimini ishlab chiqishi har bir fuqaroning yurtiga, Vataniga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi. Kambag'allikni oylik yoki qandaydir moddiy yordamlar yoki kreditalar berish bilan qisqartirib bo'lmaydi. Buning uchun aholini kasb-hunarga o'qitish va odamlarga uzoq muddatga dehqonchilik qilish uchun yer ajratish muhim. Xitoy faylasufi Lao Sze aytganidek, "Och qolgan insonga baliq bersang, uning bir kunlik qornini to'ydirasan. Agar unga qarmoq berib, baliq ovlashga o'rgatsang, uni bir umr ochlikdan qutqarasan". Har bir viloyat imkoniyati va rivojlanish yo'nalishidan kelib chiqib, dehqonchilik bilan shug'ullanadigan yoshlarga kamida 30 sotixdan yer ajratilishi yuqori samaradorlik beradi.

REFERENCES

1. https://lex.uz

2. "Xalq so'zi" gazetasi 12.09.2023y. № 190 (8533)

3. https://lex.uz/

4. Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi. rasmiy veb-sayti

387

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.