SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
ADOLATLIIJTIMOIY SIYOSAT YANGI O'ZBEKISTON RIVOJLANISHINING MUHIM ISTIQBOLI SIFATIDA
Mustafoyeva Feruza Xurshid qizi
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-kurs talabasi
Davlat va jamiyat hayotida har bir sohaning o'z o 'rni va ahamiyati bor. Har bir mamlakat o 'z fuqarolari uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida islohotlar va yangilanishlarni amalga oshiradi. Ushbu islohotlar qatorida ijtimoiy soha va u bilan bevosita bog'liq bo'lgan ijtimoiy siyosat ham asosiy o'rin egallaydi. Mazkur maqolada bugungi kunda Yangi O'zbekistonimiz rivoji va istiqbolida muhim hisoblangan ijtimoiy siyosat, uni adolatli va oqilona yuritish hamda ushbu siyosatning mamlakatimiz taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar va xulosalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: rivojlangan mamlakatlar, ijtimoiy siyosat, kategoriya, ijtimoiy makon, inson kapitali, pedagog, reabilitatsiya, mexanizm.
Каждая сфера имеет свое место и значение в жизни государства и общества. Каждая страна реализует реформы и обновления, чтобы создать достойные условия жизни для своих граждан. Среди этих реформ главное место занимает социальная сфера и непосредственно связанная с ней социальная политика. В данной статье представлены мнения и выводы о социальной политике, которая сегодня считается важной в развитии и перспективах нашего Нового Узбекистана, его справедливом и рациональном управлении, а также о значении этой политики в развитии нашей страны.
Ключевые слова: развитые страны, социальная политика, категория, социальное пространство, человеческий капитал, педагог, реабилитация, механизм.
+998 90 829 07 08
mustafayevaferuzaO [email protected]
ANNOTATSIYA
СПРАВЕДЛИВАЯ СОЦИАЛЬНАЯ ПОЛИТИКА - ВАЖНАЯ ПЕРСПЕКТИВА РАЗВИТИЯ НОВОГО УЗБЕКИСТАНА
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784
educational, natural and social sciences 4(02), Feb., 2024
_SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7_www.oriens.uz
FAIR SOCIAL POLICY IS AN IMPORTANT PERSPECTIVE FOR THE DEVELOPMENT OF THE NEW UZBEKISTAN
ABSTRACT
Each sphere has its place and significance in the life of the state and society. Every country implements reforms and renovations to create decent living conditions for its citizens. Among these reforms, the main place is occupied by the social sphere and social policy directly related to it. This article presents opinions and conclusions about social policies that are today considered important in the development and prospects of our New Uzbekistan, its fair and rational governance, as well as the significance of these policies in the development of our country.
Key words: developed countries, social policy, category, social space, human capital, teacher, rehabilitation, mechanism.
KIRISH
Dunyodagi har bir davlat yuksak taraqqiyotga erishish, jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirish, fuqarolari uchun munosib turmush shart-sharoitlarini yaratib berishni xohlaydi. Buning uchun keng miqyosli islohot va bunyodkorlik ishlarini amalga oshiriladi.
Bizning mamlakatimizda ham ushbu maqsad ustuvor mavqe kasb etib, davlatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot shunga qaratilgan. Bugun oldimizga katta maqsadlar qo'yib, shunga tomon harakatlanayotgan ekanmiz, bunda jamiyatda mavjud bo'lgan barcha sohaga e'tibor qaratishimiz lozim.
Mamlakat taraqqiyotida muhim rol o'ynovchi sohalardan biri bu ijtimoiy soha va u bilan bog'liq ijtimoiy siyosatdir. Ijtimoiy soha ijtimoiy hayotning bare ha muhim qismlarini o'z ichiga olgani bois davlat siyosatida unga katta e'tibor qaratiladi.
Muhtaram yurtboshimizning "Yangi O'zbekiston strategiyasi" asarlarining "Kuchli ijtimoiy siyosat: mohiyat va imkoniyatlar" nomli qismida quyidagi fikr keltirilgan: "Yangi O'zbekistonni o'z hayotidan rozi, baxtli insonlar mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish ushbu yo'nalishdagi islohotlarimizning asosiy maqsadidir"1 . Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu maqsadni ro'yobga chiqarish uchun bugun qamrovi keng yangiliklar qilinmoqda.
Ijtimoiy siyosat aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlar tizimidan iboratdir.
1 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent. O'zbekiston, 2021. - B. 199.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Ijtimoiy siyosatning tor ma'nodagi ta'rifi davlatning ma'lum sababga ko'ra ijtimoiy jihatdan nochor bo'lgan va o'zining moddiy holatini o'z kuchlari orqali yaxshilay olmaydigan aholi guruhlari yoki qatlamlarini (pensioner, yetim bolalar, talabalar, mehnat nogironlari hamda kam ish haqi oluvchi ishlovchilar kategoriyalari)ni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat.
Ijtimoiy siyosatning keng ma'nodagi ta'rifi jamiyatning barcha a'zolarining ijtimoiy rivojlanishi uchun normal yashash va qulay imkoniyatlar yaratishga qaratilgan davlat chora-tadbirlari yig'indisidir.
Adolatli ijtimoiy siyosat aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilgan har bir islohotga adolat nuqtayi nazaridan yondashish, jamiyat qatlamlarining hech qaysisini e'tibordan chetda qoldirmaslik, ularga bir xilda va teng imkoniyat hamda sharoitlarni yaratib berish, jamiyatda o'z o'rnini topishiga ko'maklashish va boshqalardan iboratdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yurtimizni rivojlantirish maqsadida qabul qilingan ko'pgina dasturlarda adolatli ijtimoiy siyosat yuritish bo'yicha rejalar va vazifalar kiritilgan. Masalan, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida to'rtinchi ustuvor yo'nalish "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish va inson kapitalini rivojlantirish" deb nomlangan. Mazkur yo'nalishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o'qish imkoniyatini yaratish;
- Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish;
- Maktabgacha ta'lim tizimida budjet mablag'larining maqsadli va samarali sarflanishini ta'minlash;
- Malakali o'qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish;
- Maktablarda ta'lim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish;
- Oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta'lim sifatini oshirish;
- 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta'lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash;
- Aholi uchun majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
- Aholiga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, budjet mablag'laridan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va aholini tibbiy sug'urtalash amaliyotini joriy qilish;
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
- Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish va boshqalar.
Yuqoridagi maqsadlarda ham ta'lim, ham sog'liqni saqlash, ijtimoiy himoya va boshqalarga asosiy e'tibor qaratilgan. Chunki mazkur sohalar ijtimoiy hayotning eng muhim elementlari hisoblanadi. O'z-o'zidan ta'lim har bir davlat taraqqiyoti va kelajagining poydevoridir. Rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan bo'lsak, ta'lim sohasiga katta ahamiyat berilganiga guvoh bo'lamiz. Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya, Finlandiya kabi dunyoning yetakchi va rivojlangan mamlakatlarining shu darajada rivojlanishida ta'lim tizimini katta ahamiyat kasb etgan.
Mustaqil diyorimizda 2024-yil 1-fevraldan kuchga kirgan "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi qonun jamiyatimiz hayotida muhim voqea sifatida qayd etildi. Chunki bu ilgari mavjud bo'lmagan va uzoq kutilgan normativ hujjat hisoblanadi. Ushbu qonunning kuchga kirishi adolatli ijtimoiy siyosat sohasida amalga oshirilgan ulkan jarayon bo'ldi.
Mamlakatimizni rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan muhim dasturlardan yana biri bo'lgan "O'zbekiston - 2030" strategiyasida ham ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha islohotlar mavjud bo'lib, bular ham yurtimiz rivojiga katta hissa qo'shishda muhimdir. Jumladan, mazkur strategiyada quyidagi vazifalar belgilab qo'yilgan:
- Professional ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish tizimini tubdan takomillashtirish: bunda ijtimoiy himoyaga muhtojlarning barchasi to'liq qamrab olinishi ko'zda tutilgan.
- Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yangi tizimni yaratish hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish: bunda nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya xizmatlari bilan to'liq qamrab olish ko'zda tutilgan.
- Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish. Bolalarni himoya qilish - kelajakni himoya qilish demakdir.
- Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta'minlash.
- Nuroniylarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash. Bu mustaqillikdan buyon amalga oshirilib kelinayotgan islohotlarning mantiqiy davomidir.
- Mamlakatda kambag'allik darajasini qisqartirish: bunda 2026-yilga qadar kambag'allikni 2022-yilga nisbatan 2 barobarga, 2030-yilga qadar esa keskin qisqartirish ko'zda tutilgan. Bu ham ijtimoiy siyosatda muhim islohot hisoblanadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Chunki yurtimizning asosiy maqsadlaridan biri fuqarolar va aholi turmush farovonligini oshirishdan iborat.
- Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug'urta tizimini takomillashtirish.
- Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o'qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo'yicha kasbiy ko'nikma va malakalarini rivojlantirish.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, davlatimizda amalga oshirilayotgan adolatli ijtimoiy siyosatning asosiy vazifalari quyidagilar: har bir shaxsning mehnat qilishi, bilim olishi huquqlarini amalga oshirishni iqtisodiy va huquqiy jihatdan kafolatlash; aholining barcha qatlamlarini, birinchi navbatda, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining ijtimoiy himoya mexanizmini ishlab chiqish; ishsizlikning oldini olish; ijtimoiy sug'urta tizimini yaratish; aholi turmush darajasining keskin pasayishiga yo'l qo'ymaslik; aholi farovonligini ta'minlashning chora-tadbirlarini yaratish va boshqalar. Bu vazifalarning amalga oshirilishi kelgusi taraqqiyotning yuksak rivojlanishiga olib keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Mirziyoyev Sh.M.. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent. O'zbekiston. 2021.
2. Vaxabov A.V., Zaxidova Sh.Sh., Xajibakiyev Sh.X., Raxmanov Sh.I., Odinayev D.Sh., Fayzullayev J.N., Baxtiyorov B.B., Abdulxakimov S.N.. Ijtimoiy siyosat. O'quv qo'llanma. - Toshkent. "Mumtoz so'z". 2019.
3. Abduraxmanova G.Q., Abduramanov X.X. Ijtimoiy sohalar va inson taraqqiyoti. - Toshkent, 2018.
4. To'ychiyeva S., Norbekov A. Ijtimoiy siyosat. - Toshkent, 2010.
5. Shayusupova N.T., Arabov N.U., Nasimov D.A. Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy himoya. - Toshkent. "Iqtisodiyot". 2014.
6. "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, 28.01.2022-yildagi PF-60-son. www.lex.uz.
7. "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-son Farmoni. 11.09.2023. www.lex.uz.
8. "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi Qonun. O'RQ-901-son 01.02.2024. www.lex.uz.