Научная статья на тему '“IJTIMOIY PEDAGOGIKA” TUSHUNCHASI MAZMUNINI ANGLASH'

“IJTIMOIY PEDAGOGIKA” TUSHUNCHASI MAZMUNINI ANGLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“IJTIMOIY PEDAGOGIKA” TUSHUNCHASI MAZMUNINI ANGLASH»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

"IJTIMOIY PEDAGOGIKA" TUSHUNCHASI MAZMUNINI ANGLASH

A. Y. O'tayev

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dotsenti v.b., pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), O'zbekiston

0'zbekiston-2030" strategiyasida sifatli ta'limga erishish va bunda professional pedagog kadrlarni takomillashtirish vazifalari q o'yilgan. Shuningdek, mamlakatimizda nodavlat oliy ta'lim muassasalarini rivojlantirish va ular vositasida professional kadrlar tayyorlashni kengaytirish masalalari ham belgilangan. Shu sababli mamlakatimizda keyingi yillarda nodavlat oliy ta'lim muassasalari davlat ta'lim standartlari va talablari, xalqaro baholash ta'lim dasturlari hamda jahon mamlakatlarining tajribalari asosida rivojlana boshlandi. Bunda ayniqsa professional pedagog kadrlarning kasbiy yetuk shaxslar sifatida tayyorlash vazifalari amalga oshrilayotganligni ta'kidlab o'tish lozim. Shu ma'noda "Ijtimoiy pedagogika" o'quv fani professional pedagog kadrlarini tayyorlash jarayonida muhim majburiy (mutaxassislik) fanlaridan biri hisoblanadi. Bu o'rinda "Ijtimoiy pedagogika" tushunchasining mazmuniga e'tiboringizni tortamiz.

Ijtimoiy so'zi arabcha bo'lib, "umumiy, jamoaviy" va "hammabop" ma'nolarini anglatadi [1]. Shu ma'noda ijtimoiy atamasi barcha uchun mo'ljallangan va jamiyat miqyosida idrok etiladigan tushuncha hisoblanadi.

"Ijtimoiy pedagogika" atamasi Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan "Buyuk didaktika" asarida ishlatilgan va shu tariqa mazkur fanga asos solingan. Bunga qadar ushbu atama umumiy va tabiiy tushunchalar bilan ishlatib kelingan. Shu tariqa lotincha "sotsial" atamasi ijtimoiy atamasining muqobili hisoblanadi.

"Ijtimoiy pedagogika" tushunchasi ijtimoiy nazariya, ijtimoiy didaktika, ijtimoiy metodologiya va ijtimoiy diognostika kabi tushunchalarning kelib chiqishiga asos bo'lgan. Shu jihatdan ijtimoiy pedagogika tushunchasini umumga daxldor ma'nosida tushunish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Mazkur fanning tadriji shuni ko'rsatadiki, jahon mamlakatlarida bu tushunchani xalqlarning o'z tillaridagi variantlari ham keng qo'llaniladi. Biroq tushunchaning umumiy mazmunga egaligi yagona ma'no sifatida qab ul qilinadi.

"Ijtimoiy pedagogika" tushunchasi mamlakatimizda ilk bor birinchi o'zbek professori, jadid pedagogi Abdurauf Fitrat (1884-1938) tomonidan 1914-yili "Najot yo'li" asarida ishlatilgan. Fitrat uni aynan bugungi kunda biz tomonimizdan tushuniladigan jamiyatga daxldor ma'nosida qo'llaydi. Shu ma'noda mazkur

406

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

tushuncha 110 yildan buyon ta'lim va tarbiya jarayonimizda qo'llanib kelinmoqda. Bu hodisa bo'lajak o'qituvchilar tomonidan idrok etilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki kasbiy kompetensiyaning tarkib topishi o'quv fanlariga oid tushunchalarni o'zlashtirishdan boshlanishini eslatib o'tish joiz.

O'quv fanlariga oid asosiy masalalardan biri uning maqsadini belgilab olish va o'zlashtirishdir. Shu ma'noda "Ijtimoiy pedagogika" o'quv fanining maqsadi ham mavjud bo'lib, u mazkur fan tadrijida takomillashib kelgan. Shu jihatdan ushbu fanning asosiy maqsadlarini quyidagilar tashkil qiladi:

a)"Ijtimoiy pedagogika"ning nazariyasi, didaktikasi, metodologiyasi va diognostikasi bo'yicha bo'lajak o'qituvchilarga kasbiy bilim berish;

b) bo'lajak o'qituvchilarning ijtimoiy - pedagogik ko'nikmasini tarkib toptirish;

v) bo'lajak o'qituvchilarning ijtimoiy faoliyatga tayyorlik malakasini tarkib toptirish.

Bu maqsadlar vositasida bo'lajak o'qituvchilarning ijtimoiy-pedagogik kasbiy kompetensiyalari tarkib toptiriladi.

Aytish joizki, talabalarning ijtimoiy ko'nikmalari oliy pedagogik ta'lim muassasasiga kelishiga qadar muayyan darajada tarkib topgan bo'ladi. Shu jihatdan "Ijtimoiy pedagogika" o'quv fani bo'lajak o'qituvchilarni jamiyat miqyosida pedagogik faoliyatga tayyorlashi bilan o'zining individual maqsadiga ega.

Har bir pedagogik o'quv fanlarining muayyan darajada ijtimoiy maqsadi bo'lishini eslatib o'tish joiz. Ayni paytda, "Ijtimoiy pedagogika" o'quv fani pedagogik turkumdagi fanlarning ijtimoiy maqsadalirini tartibga soladi, yo'naltiradi va ularning bo'lajak o'qituvchilar kasbiy kompetensiyasini tarkib toptirish vazifasini bajaradi.

"Ijtimoiy pedagogika" o'quv fanining maqsadi borasida mutafakkirlar va pedagog olimlarning fikrlari yakdil ekanligini ta'kidlash lozim. Shuningdek, har bir jamiyatning ehtiyojiga mos ravishda bu o'quv fanining maqsadi takomillashib boradi. Misol uchun, Yangi O'zbekiston sharoitida bu o'quv fanininng asosiy maqsadlaridan biri shaxsni jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda voyaga yetkazishdan iboratdir. Bugungi texnik va texnologik rivojlanish sharoitida shaxsning me'yorsiz individuallashuvi ham kechmoqda. Bunda shaxs, ayniqsa, ayrim yoshlarda shaxsiy manfaanlarni ba'zida usutvor qo'yishi kuzatiladi. Shu sababli bu fan jamiyat miqyosida shaxsni ijtimoylashtirish va uni ijtimoiy tarbiyalash vazifalarini ustuvor maqsadlardan biri sifatida qabul qiladi. Bu maqsadlar bo'lajak o'qituvchilar tomonidan aniq o'zlashtirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

407

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

"Ijtimoiy pedagogika" o'zining maqsadlaridan kelib chiqib, aniq vazifalarga ega bo'ladi. Shu ma'noda mazkur o'quv fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) bo'lajak o'qituvchilarga ijtimoiy ta'lim va tarbiya nazariyasi, didaktikasi, metodologiyasi hamda diognostikasi bilan kasbiy bilim berish;

b) bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-pedagogik faoliyat ko'nikmalarini tarktib toptirish va ularni ijtimoiy ish asoslari bilan qurollantirish;

v) bo'lajak o'qituvchilarni ijtimoiy-pedagogik yondoshuvlar, qarashlar va ta'limotlar bilan qurollantirish;

g) bo'lajak o'qituvchilarning individual ijtimoiy-pedagogik metodini tarkib toptirish.

Mazkur vazifalar bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarlik ko'lamini kengaytirishga yo'naltirilgan. Shu sababli mamlakatimiz va jahon mamlakatlari pedagog olimlari bu fanning vazifalarini chuqur o'zlashtirish zaruriyatini belgilab ko'rsatadi.

"Ijtimoiy pedagogika" o'quv fani vazifalarida individual va umumiy vazifalar tarkibi farqlanadi. Bu fanning idividual vazifasi talbalarni ijtimoiy-pedagog sifatida tayyorlashdan iborat, umumiy vazifasi esa shaxsni ijtimoiylashtirish tadbirlarini belgilash bilan belgilanadi. Shu sababli ushbu fan Pedagogika fanlari turkumida keng qamrovli vazifalarga egaligi bilan ajralib turadi.

"Ijtimoiy pedagogika" tushunchasi, bu fanning maqsad va vazifalari bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini tarkib toptirish ishidagi o'rnini belgilaydi. Shu sababli dunyo mamlakatlarida, jumladan, keyingi yillarda mamlakatimizda bu fanni yuksak darajada o'qitish masalasiga alohida e'tibor berib kelinmoqda.

Oliy pedagogik ta'lim jarayonida "Ijtimoiy pedagogika" o'quv fanining maqsad va vazifalarini chuqur o'zlashtirish bo'lajak o'qituvchilar uchun zaruriyat hisoblanadi. Buning uchun ushbu fan bo'yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar jarayonida faol bo'lish hamda pedagogik amaliyotlar davrida o'zlashtirganlarni tajribadan o'tkazib borish tavsiya etiladi.

References / Adabiyotlar

1. O'zbek tilining izohli lug'ati. 2-jild. - Toshkent, 2006.

2. Ijtimoiy pedagogika: darslik/ N. Egamberdieva. - Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009. - 232 b.

3. Istoriya sotsialnoy pedagogiki / Pod. red. M.A. Galaguzovoy - M. : Vlados, 2003.

408

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.