Научная статья на тему 'BOSHLANG„ICH TA‟LIMDA “TEXNOLOGIYA” FANINI O„QITISHDA KOMPETENSION YONDASHUVLAR'

BOSHLANG„ICH TA‟LIMDA “TEXNOLOGIYA” FANINI O„QITISHDA KOMPETENSION YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

781
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kompetensiya / kompetentlik / kasbiy kompetentlik / kasbiy kompetentlik / maxsus kompetentlik. / competence / competence / professional competence / professional competence / special competence.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilorom Mukimovna Tashpulatova, Kamola Ismoil Qizi Ne‟Matova

Maqolada boshlang„ich ta‟limda “Texnologiya” fanini o„qitishda kompetension yondashuvlar to„g„risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article discusses the competence approaches in teaching the subject "Technology" in primary education

Текст научной работы на тему «BOSHLANG„ICH TA‟LIMDA “TEXNOLOGIYA” FANINI O„QITISHDA KOMPETENSION YONDASHUVLAR»

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA "TEXNOLOGIYA" FANINI O'QITISHDA

KOMPETENSION YONDASHUVLAR

Dilorom Mukimovna Tashpulatova

Chirchiq davlat pedagogika unversiteti o'qituvchisi

Kamola Ismoil qizi Ne'matova

Chirchiq davlat pedagogika unversiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich ta'limda "Texnologiya" fanini o'qitishda kompetension yondashuvlar to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Kompetensiya, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kasbiy kompetentlik, maxsus kompetentlik.

ABSTRACT

The article discusses the competence approaches in teaching the subject "Technology" in primary education.

Keywords: competence, competence, professional competence, professional competence, special competence.

KIRISH

Kompetensiya atamasi lotincha bo'lib "o'quv, ko'nikma va layoqat" ma'nolarini anglatadi. Ayni paytda, O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunida kompetensiya - kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarning majmui sifatida berilgan (7-modda).

Shu ma'noda kompetensiya tushunchasini quyidagicha anglash kerak:

1) bo'lajak o'qituvchilarning pedagogika asoslari bo'yicha nazariy bilimga ega bo'lishi;

2) bo'lajak o'qituvchilarning o'qitish va tarbiyalash bo'yicha ko'nikmaga ega bo'lishi;

3) bo'lajak o'qituvchilarning amaliy faoliyat malakasiga ega bo'lishi[1].

Bularning majmui kompetensiya atamasining ma'nosini anglatadi. Shu jihatdan

bo'lajak pedagog kadrlar "Texnologiya" o'quv fani asoslarini oliy pedagogik ta'lim jarayonida o'zlashtirishi bilan nazariy bilimga ega bo'ladi, amaliy mashg'ulotlar vositasida kasbiy ko'nikmalarni o'zlashtiradi va haftalik amaliyot davrida pedagogik faoliyat malakasini

March, 2023

155

o'rganadi. Bo'lajak pedagogik kadrlar kutilgan darajada kompetensiyaga ega bo'lishlari uchun ana shularga diqqat qilishi taqoza etiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi zamon Pedagogika fanini pedagogik kadrlarning kompetensiyaga ega bo'lishiga asosiy e'tibor qaratiladi. Chunki kompetensiya qanday o'qitish, nimalarni o'qitish va qanday tarbiyalash asoslari bo'yicha qoidalarni taqdim qiladi[2]. Shu ma'noda bugungi kunda "Texnologiya" o'quv fani bo'yicha kompetensiyalar majmuini ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi. Bizning yondashuvimizga ko'ra, bunda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

a) mehnat va texnologik ta'lim asoslari bo'yicha beriladigan nazariy-kasbiy bilimlar hajmini belgilash va ularda bo'lajak pedagogik kadrlarning nazariy tayyorgarligiga e'tibor berish;

b) bo'lajak pedagogik kadrlarda zararsiz va ikkilamchi xomashyolar, plastilin, maxsus loy kabilardan foydalangan holda jihozlar, uskunalar, ishlanmalar ko'nikmasini tarkib toptirish asoslarini belgilash;

v) bo'lajak pedagogik kadrlarni "Texnologiya" o'quv fani bo'yicha mehnat va texnologik ta'lim berish malakasini rivojlantirishning mexanizmlarini belgilab qo'yish.

Bunday yondashuv yangi "Texnologiya" o'quv fani bo'yicha kompetensiyalar majmuini shakllantirish imkonini beradi. Ularga asosan bo'lajak pedagog kadrlarda kasbiy kompetensiyalar shakllantiriladi.

"Texnologiya" fani bo'yicha qo'yiladigan kompetension talablar. Mazkur fan yangi bo'lganligi uchun bo'lajak pedagog kadrlarga qo'yiladigan kompetension talablarni shakllantirish dolzarb hisoblanadi. Ta'limga oid me'yoriy huquqiy hujjatlar, jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi 287-son qarori bilan tasdiqlangan "Kasbiy malakalar, bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi to'g'risida"gi Nizomga asosan bo'lajak pedagog kadrlar uchun quyidagi kompetension talablarni belgilash mumkin:

1) o'quvchilarning mehnat va texnologik fazilatlarini shakllantirish;

2) o'quvchilarning mehnat va texnologik bilim asoslari bilan tanishtirish;

3) o'quvchilarning turli ishlanmalar, uskunalar, jihozlar kabilarni tayyorlash ko'nikmalarini tarkib toptirish;

4) o'quvchilarning texnologik layoqatlarini rivojlantirish[3].

Bo'lajak pedagog kadrlar kelgusida ana shu kompetension

talablar asosida "Texnologiya" o'quv fanini o'qitishi taqoza etadi. Bu o'rinda ta'kidlash lozimki, o'quvchilarning "texnologik

March, 2023

156

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

layoqati" deganda ularning yosh va jismoniy imkoniyatlariga mos ravishda zamonaviy texnikalardan o'rinli foydalanishi tushuniladi. Misol uchun, o'quvchilarning barchasi kompyuter texnik vositasidan keng foydalanadi, shu sababli ularning bu layoqatlaridan texnologik ishlanmalar, loyihalar, jihozlar, uskunalar kabilarni yaratishlarida foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun pedagogik kadrlar quyidagicha faoliyat yuritishi samarali hisoblanadi:

a) har bir o'quvchi bilan imkon qadar individual ishlash;

b) o'quvchilar guruhlari bilan ishlash;

v) sinflar kesimida ishlash.

Bunday yondashuv pedagog kadrlarning kompetension ko'nikmalarini kuchaytirib boradi. Ayni paytda, bizning yondashuvimizga ko'ra, "Texnologiya" o'quv fanini boshlang'ich sinflardan boshlab yuqori sinflargacha bir o'qituvchi tomonidan o'qitilishi samarali hisoblanadi. Bunda o'qituvchi o'quvchilarning sinflar bosqichlari bo'yicha texnologik layoqatlarini maqsadli rivojlantirib borish imkoniyatiga ega bo'ladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Tajriba shuni ko'rsatadiki, pedagog kadrlar qo'yiladigan kompetension talablarga rioya qilishi uchun mutaxassislar bilan hamkorlik qilishi ham maqsadga muvofiq bo'ladi. Masalan, amaliy mashg'ulotlarda narsalar tayyorlanadi va unda mutaxassislarning yordamidan foydalanish juda samarali hisoblanadi.

Boshlang'ich sinflar "Texnologiya" o'quv fani darslariga kompetension yondashuvlar. Boshlang'ich sinflarda "Texnologiya" o'quv fani nisbatan o'ziga xos xususiyatlarga asosan o'qitiladi. Bunda o'quvchilarning yosh, jismoniy va estetik imkoniyatlari hisobga olinadi. Shu jihatdan boshlang'ich sinflarda mazkur o'quv fanini o'qitishda quyidagi kompetension yondashuvlarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) asosiy e'tiborni karton, qog'oz, plastilin, maxsus loy kabilardan turli ashyolar yaratishga qaratish;

2) o'quvchilarni jihozlar, uskunalar kabilarni yaratish uchun loyihalash va ularning maketlarini yaratishga o'rgatish;

3) o'quvchilarning individual yangi ishlanmalarini rag'batlantirish;

4) sinflar kesimida o'quvchilarning mehnat va texnologik ta'lim bo'yicha faolligini rivojlantirib borish.

Bunday yondashuv boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun

qiziqarli va amaliy samarali hisoblanadi.

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Jamyatimizning hozirgi rivojlanish sharoitida boshlang'ich sinflarda texnologik ta'limni takomillashtirish taqoza etilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoni bilan tasdiqlangan "20222026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha Milliy dasturi"da umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarga ratsionalizatorlik, robototexnika va konstruktorlik asoslarini o'rgatish vazifalari qo'yilgan. Shu jihatdan boshlang'ich sinflarda "Texnologiya" o'quv fanini o'qitish jarayonida o'quvchilarga quyidagilar o'rgatilishi taqoza etiladi:

1) ratsionalizatorlik, ya'ni o'quvchilarda kashfiyotlar uchun yangi g'oyalarni o'ylab topish va ular asosida ishlanmalar yaratish ko'nikmalarini shakllantirish;

2) o'quvchilarda robototexnika, ya'ni simlar, tunukalar, qayshqoq temirlar kabilar asosida kichik texnik uskunalar yaratish ko'nikmasini tarkib toptirish;

3) o'quvchilarga konstruktorlik, ya'ni turli mahsulotlardan maishiy texnika, uskunalar, jihozlar kabilarni yasash uchun ularning dastlabki nusxalarini yaratishni o'rgatish.

E'tibor berilsa bularning barchasi boshlang'ich sinf o'quvchilarini mehnat va texnologik ta'lim bo'yicha bilim, amaliy ko'nikma va malakalarini kutilgan darajada tarkib toptiradi.

Shunday qilib "Texnologiya" o'quv fanini o'qitishda kompetension yondashuvlar va ular vositasida o'quvchilarning amaliy ko'nikmalarini shakllantirish muhim xususiyatlarga egaligi bilan diqqatni tortadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni.// www.ziyonet.uz

2. Anarkulova G.va boshq. "Texnologiya" ta'limi praktikumi.-Toshkent, 2019

3. Tashpulatova D "Технология" фанини урганиш зарурияти. Farg'ona davlat universiteti "Maktabgacha va boshlang'ich ta'limning dolzarb masalalari: muammo, yechimlar va rivojlanish istiqbollari" Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. 18 noyabr 2022

XULOSA

yil.

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.