Научная статья на тему 'IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TARIX DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH'

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TARIX DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Milliy va umuminsoniy fazilatlar / milliy urf-odatlar / oila / mahalla / ahloqiy madaniyat.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Usmonova Matluba Nosirovna

Jahon taraqqiyotida globallashuv tobora avj olib borayotgan, shiddatli o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan murakkab zamonda, axloqiy tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning oʻrnini oʻrganish, tahlil qilish va aniqlash, yosh avlodni tarbiyalash tarixiy zarurat va davr talabidir. Zamonaviy sharoitda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur va har tomonlama o‘rganish, ularning yosh avlod tarbiyasida tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri aniqlash, ular o‘rtasidagi o‘ziga xos bog‘lanishlarni, urf-odatlar, marosimlar, qoidalarga bo‘lgan munosabatini aniqlash muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada avloddan avlodga meros bo‘lib qoladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlarning oila bag‘ridan ajratib o‘qitilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab-internat o‘quvchilarida tarbiyalash usullari haqidagi fikrlar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TARIX DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH»

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA TARIX DARSLARIDA O'QUVCHILARNI MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH

Usmonova Matluba Nosirovna

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashtirilgan maktab-internat oliy toifali tarix fani o'qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi @mail:usmonovamatluba10@gmail.com.

+909713073 https://doi.org/10.5281/zenodo.10679990 Annotatsiya. Jahon taraqqiyotida globallashuv tobora avj olib borayotgan, shiddatli o'zgarishlar sodir bo'layotgan murakkab zamonda, axloqiy tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o'rnini o'rganish, tahlil qilish va aniqlash, yosh avlodni tarbiyalash tarixiy zarurat va davr talabidir. Zamonaviy sharoitda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur va har tomonlama o'rganish, ularning yosh avlod tarbiyasida tutgan o'rni va rolini to'g'ri aniqlash, ular o'rtasidagi o'ziga xos bog'lanishlarni, urf-odatlar, marosimlar, qoidalarga bo'lgan munosabatini aniqlash muhim o'rin tutadi. Ushbu maqolada avloddan avlodga meros bo'lib qoladigan milliy va umuminsoniy qadriyatlarning oila bag'ridan ajratib o'qitilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilarida tarbiyalash usullari haqidagi fikrlar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar. Milliy va umuminsoniy fazilatlar, milliy urf-odatlar, oila, mahalla, ahloqiy madaniyat.

Jahon ta'lim tizimida g'oyaviy jarayonlarning globallashuvi, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot hamda o'quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ta'lim jarayoniga tadbiq etilmoqda. Anglosakson (Angliya, Kanada, Irlandiya, Yangi Zenlandiya, Avstaraliya va sh.k) davlatlarida o'quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ta'lim dasturlariga "Fuqarolik" tarbiyaviy fanlari kiritilgan, hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ta'lim tizimining turli ijtimoiy tashkilotlar bilan hamkorligini ta'minlash bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizda so'ngi yillarda ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, o'quvchi-yoshlarda tarixiy xotira, milliy o'zlikni anglash, yuksak ma'naviy-ahloqiy tarbiyali, o'z xalqining tarixiy boy-an'analari, boy madaniy merosiga hurmat ruhida tarbiyalanishi, ijtimoiy-madaniy ta'limiy me'yorlar asosida tarbiyalashning pedagogik omillari yaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022-2026 yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasidan belgilangan asosiy ustuvor vaziflardan, "Yangi avlod kadrlarida diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlik, ma'naviy barkamol, ma'naviy-ruhiy va intellektual, mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega, demokratik islohotlarni chuqur anglagan va fuqarolik jamiyatini qurishda, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash[1;36-b]" asosiy vazifa sifatida qaralmoqda. Natijada ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari kengaytirildi.

O'zbekiston Respublikasida ta'lim-tizimi doirasida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi avvalo ma'naviy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat. O'zbekiston R e

s p

u b l

deb ta'kidlaganlari ham bejis emas. Shuning uchun, ta'lim-tarbiya jaryonida, insonparvarlik va adolatlilik, demokratik tamoyillar doirasida, talaba-yoshlar ma'naviy-ruhiy kamoloti, ularning milliy-ma'naviy o'zligini anglash masalalariga alohida e'tibor qaratmoqda. Chunki, milliy zaminlarimiz bulog'idan ozuqa olayotgan milliy g'oya va milliy o'zlikni anglash orqali yosh-avlodni tarbiyalashda ushbu g'oyalarni singdirgan holda ularning tarbiyasida muhim o'rin tutadi. Mamlakatimiz fuqarolari va o'quvchilari orasida milliy-mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtrish, shuningdek, bugungi kunda jamiyatda kuchayib borayotgan loqaydlik, beparvolik, milliy qadriyatlarimizga bepisandlik kabi ijtimoiy illatlar jamiyat va davlat uchun zararli ekanligini yoritib berish g'oyat dolzarb.

Uchinchi Renessans poydevori ta'limda ekan, bugungi ta'lim aksariyat rivojlangan mamlakatlarda "Kamroq o'qit, ko'proq o'rgat!" (Teach less, learn more) shiori ostida olib borilmoqda. Shuning uchun ham o'quv-tarbiya jarayonida ta'lim metodlari va texnologiyalaridan foydalanish muhim o'rin tutib yuqorida keltirib o'tilgan rasmda ham o'quvchilarning bilimini rivojlantiruvchi ta'sir mexnizmlari keltirib o'tilgani ham bejiz emas. Ilg'or pedagogik tajribalarning ko'rsatishicha, o'quvchilar ahil jamoa bo'lib uyushgandagina tarbiya ishlarini amalga oshirish ancha yengil bo'ladi va muvaffaqiyati ta'minlanadi. Yaxshi uyushgan, sog'lom jamoada o'quvchilarning fikri juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo'ladi va tarbiya jarayonida o'qituvchilarning tayanchiga aylanadi. [3;7-b] Pedagog-o'qituvchi (sinf rahbari va o'qituvchisi) o'quv jarayonida o'quvchilarning tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullardan (muammoviy tadqiqot, izlanish, dialog, evristik suhbat, muhokama, guruhda ishlash) foydalanishi v

Ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchilarini milliy va umuminsoniy umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda o'quvchi o'z baxtlari uchun ham, jamiyatning yaxlitligi va farovonligi uchun ham o'zi yashayotgan jamiyatning qadriyatlar tizimiga mos qadriyatlar to'plamini yarata olishi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun "to'g'ri" yoki "noto'g'ri" qiymatga ega qadriyatlarni farqlash kerak bo'ladi. Shu sababli, qadriyatlarni tarbiyalash o'quvchilarga yashayotgan jamiyatining shart-sharoitidan kelib chiqib, hayotida doimo duch keladigan muammolarga qarshi tanlashlari kerak bo'lgan qarorlar orasida eng to'g'ri qarorlar qabul qilishga imkon berish ko'nikmalari shakllantiriladi. Insonning har bir xatti-harakati va nutqida o'zi yashayotgan jamiyat me'yorlarini bilgan taqdirdagina induvidualizm, ego va auperegoni fikrlashning sog'lom natijasiga juda qisqa vaqt ichida erishish mumkin bo'ladi. Shu sababli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta'limi birlashtiruvchi funktsiyaga ega, shuningdek, xulq-atvorni boshqarish funktsiyasiga ega va qadriyatlar bilan jamiyatda o'z o'rnini egallashni osonlashtirishi mumkin. Bu qadriyatlar vaqt o'tishi bilan o'zgarsa ham, ular ta'lim orqali keyingi qvlodga o'tishda davom etishining sababi ham shundadir.

An'anaviy ta'lim tizimidagi har qanday pedagogik texnologiyaning asosini tushuntirish,

cu sh

O'quvchini milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda keng bilim alohida o'rin tutadi. Bunday "bilimlar piramidasi"ni yaratishda barcha dars shakllarida o'quvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga o'z xatti-harakatlari oqibatlarini anglash, idrok etish texnikasi, multimedia vositalaridan foydalangan holda tarixiy shaxslarni mustaqil idrok eta olish, avlodlarimizga meros bo'lib qolgan jasorat to'g'risida o'z fikr-mulohazalarini ifodalash kabi usullardan foydalanish mumkin. Bu o'rinda barcha shakldagi darslarda ham o'rganilayotgan

v ad

mavzu mohiyatini ochib berish uchun asos qilib olingan milliy va umuminsoniy fazilat uchun negiz qilib olish kerak. Shu muhim fikr orqali uning qimmati belgilanadi. Masalan: "O'zbekiston tarixi" fanidagi "Jaloliddin Manguberdi - mohir sarkarda" mavzuida Vatanparvarlik, vatan qadri, mardlik, jasorat kabi fazilatlarni o'quvchi teran anglay olishi lozim.Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino uchun hayotdagi eng muhim umuminsoniy fazilat bu ruhiy va jismoniy sog'lomlik, Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy uchun iymon, e'tiqod, mehr-oqibat, muruvvat, ruh pokligi, Zahiriddin Muhammad Bobur nazdida vatanparvarlik, jadid namoyondalari A.Avloniy, Behbudiy, H.Hamza, A.Fitrat, A.Qodiriy, A.Chulponlar uchun milliy g'urur, o'zlikni anlash, haqiqatparvarlik, Muqimiy, Furqat, Zavqiy uchun ma'rifatparvarlik, Vatan ishqi asosiy milliy va umuminsoniy fazilat sifatida namoyon bo'ladi. O'quvchi turli innavatsion vositalar yordamida mavzu mohiyatida olg'a surilgan asosiy g'oya negizida qator milliy qadriyatlar bilan tanishish jarayonida ularda halqimiz qadimdan ulug'lab kelgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashshakllanib boradi. "Tarbiya" va "Ona tili va o'qish savodxonligi"darsliklarida chop etilgan ko'plab hikoya, rivoyatlar orqali o'zbek halqining o'ziga xos insonparvarlik, qanoatlilik va saxovatlilik fazilatlari mohiyatini o'quvchi ongiga singdirishda ularning mazmunini ochib berishda bir qancha milliy fazilatlarga misollar keltirilgan. Ixtisoslashtirilgan maktab-internat o'quvchisi turli usullar vositasida mavzularda olg'a surilgan asosiy g'oya negizida xalqimiz qadimdan ulug'lab kelayotgan insoniy-milliy fazilatlar shakllanib boradi.

Xulosa shuki, uzluksiz ta'lim tizimini milliylashtirish, insonparvarlashtirish, ta'lim mazmuni, shakl va uslublarini yangi talablar (sifatli ta'lim, ijodkorlik, tanqidiy tahlil, mantiqiy fikrlash) asosida takomillashtirish va uning amaliy ahamiyatini kuchaytirish. Milliy qadriyatlar asosida uyushtiriladigan sinfdan tashqari ta'lim va tarbiyaviy ishlarning mazmuni, shakl va usullari samaradorligi uning xarakterli xususiyatlarini aniqlab belgilab olish bilan bog'liq.

REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. "Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasi"-2022-yil 10-yanvar PF-60./www.lex.uz

2. Mirziyoyev Sh.M. "Oliy Majlisga qilingan murojaatnoma" 2020-yil 29-dekabr.

3. Tarbiyachi va pedagoglar uchun qo'llanma. Prezident ta'lim muasasasalari agentligi - T.: 2022. 66 bet, 17-b

4. V.M.Bibler. "Ha rparax логики культуры: книга roôpaHHbix очерков". М., 1997.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.