Научная статья на тему 'IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA IQTIDORLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA MILLIY VA JAHON MUSIQA ASARLARINING OʻRGANISH KOMPETENSIYALARI'

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA IQTIDORLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA MILLIY VA JAHON MUSIQA ASARLARINING OʻRGANISH KOMPETENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
musiqa / sozanda / tovush / marosim / ustoz-shogird anʼanalari.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Siddiqova Munisaxon Rashid Qizi

Musiqa va ijrochilik sanʼati rivojlanishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bizning etnomadaniyatimizda milliy musiqiy cholgʻu ijrochiligining turli xillari va sozandalik sanʼati eng qadimgi meroslardan hisoblanadi. Musiqiy cholgʻu asboblarning rivojlanishi, ijrochilarning mukammallashishi, oʻzaro xorijiy tajribalarning ommalashishi musiqa olamida keng imkoniyatlarning paydo boʻlishiga zamin yaratdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA IQTIDORLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA MILLIY VA JAHON MUSIQA ASARLARINING OʻRGANISH KOMPETENSIYALARI»

IJODKORLIK PEDAGOGIKASI ASOSIDA IQTIDORLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA MILLIY VA JAHON MUSIQA ASARLARINING O'RGANISH

KOMPETENSIYALARI Siddiqova Munisaxon Rashid qizi

O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10679718

Annotatsiya. Musiqa va ijrochilik san'ati rivojlanishi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bizning etnomadaniyatimizda milliy musiqiy cholg'u ijrochiligining turli xillari va sozandalik san'ati eng qadimgi meroslardan hisoblanadi. Musiqiy cholg'u asboblarning rivojlanishi, ijrochilarning mukammallashishi, o'zaro xorijiy tajribalarning ommalashishi musiqa olamida keng imkoniyatlarning paydo bo'lishiga zamin yaratdi.

Kalit so'zlar: musiqa, sozanda, tovush, marosim, ustoz-shogird an'analari.

O'zbekiston davlat konservatoriyasida 1940-yillardan boshlab, musiqashunoslikning tarixiy, nazariy, folklorshunoslik yo'nalishlari bo'yicha, 1972-yildan musiqiy sharqshunoslik, musiqiy tanqid va jurnalistika yo'nalishlari bo'yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda.

Bundan tashqari, mamlakatimizda oliy ta'lim tizimida musiqa ta'limi fanlarini o'qitish metodikasining alohida moduli mavjud. Mazkur modul bo'yicha tinglovchilar hamda talabalarning bilimi, ko'nikmasi va kompetensiyalariga bir qator talablar qo'yilgan. Ushbu talablar qatorida "nazariy va amaliy mashg'ulotlar uchun materiallarni to'plash va ularni saralash" [1, 5-b.] hamda "nazariy va amaliy mashg'ulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlash" [1, 5-b.] kabi vazifalar o'rin olgan. Mazkur ta'lim modulida tinglovchilarga qo'yilgan talablardan ham shuni tahlil qilish mumkin-ki, musiqashunoslikda nazariya va amaliyot o'zaro uyg'unlikda kechishi zarur bo'lgan tushunchalardir.

O'zbekistonda musiqa fanlarini o'qitishda xorijiy mamlakatlarning tajribalariga ham alohida e'tibor qaratiladi. Ya'ni, "musiqa tarbiyasini g'oyaviy-siyosiy jihatdan xalqning ijtimoiy tuzumiga xizmat qilishi, xorijiy mamlakatlarning o'quv me'yoriy hujjatlari, YUNESKO qoshidagi musiqiy tarbiya, mukammal rivojlangan shaxsni rivojlantirish, musiqiy tarbiyani umumdavlat ahamiyatiga ega ekanligi, AQSh va Angliyadagi musiqa ta'limi tizimi va darsdan tashqari to'garaklar, kollejlardagi o'qish va pedagogik yo'nalishlar musiqa o'qituvchilarni tayyorlanishi" [1, 8-b.] kabilardir.

Kompozitor, dirijyor va pianinochi, pedagog Dmitriy Borisovich Kabalevskiy (1904-1987) tomonidan ishlab chiqilgan tarbiya tizimida ichki aloqalar birligi mezoni asosiy o'rinni egallaydi. "D.B.Kabalevskiy tizimining asosida "uch kit", ya'ni qo'shiq, raqs, marsh turadi. Bu ishda oddiy janrlar bolalar uchun musiqa haqida tushunchalarning shakllanishida birinchi qadamdir. Musiqiy asar orqali, ya'ni qo'shiq, raqs, marsh janrida yozilgan asarlarni eshitib, ularni farqlash, aniqlash, tinglaganda faxmlay olishni maqsad qilib qo'ygan. Keyingi bosqichda ushbu tushunchalar chuqurlashtiriladi, ya'ni raqssimon, marshsimon, qo'shiqsimon asarlar bolalarga eshittirilib, ular haqida erkin fikr yuritish malakalari rivojlantirilishi maqsad qilib qo'yiladi" [1, 5-b.]. D.B.Kabalevskiy tomonidan ishlab chiqilgan musiqiy o'qitish tizimida bolalar mustaqil ravishda fikr yuritib, ularni muhokama qilib, o'qituvchi rahbarligida ma'lum bo'lim va malakalarga ega bo'lishlari nazarda tutiladi.

Misol uchun, "Estoniyadagi musiqa tarbiya tizimi qo'shiq bayramlarining ko'p yillik xalq an'analari asosida shakllanadi hamda eston xalqining yuksak xor san'atini saqlab qolishga intilgan

musiqa o'qituvchilarining, musiqachilarning ulkan tashabbuslari hisobiga rivojlanib bordi. Sankt-Peterburg konservatoriyasida musiqa ta'limini olgan birinchi eston kompozitorlari bolalarga beradigan musiqiy tarbiyaning zarurligini angladilar va bolalar uchun xor pyesalari hamda qo'shiqlarini, shuningdek, maktablar uchun ko'plab to'plamlarni yaratishga e'tiborlarini qaratdilar" [1, 5-b.].

Abu Nasr Forobiyning tabiiy-ilmiy fanlari to'g'risidagi qarashlari "Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi" asarida to'laqonli batafsil yoritib berilgan. Ushbu kitobda 30 dan ortiq fanlarning ahamiyati va ta'riflari ko'rsatib berilgan bo'lib, barcha fanlar 5 ta guruhlarga ajratilgan. Bular: til haqidagi ilm (grammatika, orfografiya, she'riyat); mantiq va uning bo'laklari; matematika (geometriya, optika, arifmetika, musiqa, astronomiya, og'irliklar haqidagi ilm, mexanika); tabiatshunoslik va metafizika (alkimyo, bashorat qilish, tibbiyot); shahar haqidagi fanlar kalom, fiqh, siyosiy ilm.

Musiqaning matematika bo'limiga kirishi sabab sifatida shuni ayta olamiz-ki, musiqa aniq fanlar sirasiga kiradi. Chunki, musiqada ham sanoq, takt, o'lchov va shu kabi tushunchalar mavjud. Xalq ichida "Musiqiy bilimlari egallash uchun matematikani o'rganishi maqsadga muvofiq", "Matematikani bilgan inson, musiqani yaxshi o'rganish ehtimoli baland" kabi fikrlar mavjud. Abu Nars Forobiy o'zining "Musiqa haqida katta kitob" nomli ko'p jildli asari bilan o'rta asrning yirik va mashhur musiqashunosi sifatida tanildi. U musiqa ilmini amaliy va nazariy tarmoqlarga bo'lib, kuylarning ichki tuzilishi va qonuniyatlarini hisobga olib, tarif va ilmi iqoga ajratib berdi. Forobiy musiqa nazariyasida tovushlar vujudga kelishini ta'riflash bilan birga, kuylar garmoniyasining matematik prinsiplari, jadvallar hamda geometriya fani qoidalari asosida murakkab chizmalar qoldirdi. U ritmlarni tashkil etadigan zarb birliklari, birliklardan hosil bo'ladigan ruknlarning turli xillari asosida yaratiladigan ritm o'lchovlari hamda turlarini ham bayon etgan. Barchamizga ma'lumki, Abu Nasr Forobiy mohir sozanda va bastakor sifatida ham keng tanilgan. U, "Musiqa haqida katta kitob"da faqat musiqa nazariyasi va tarixi bilan chegaralanmay, tanbur, rubob, ud, qonun, kay, nog'ora kabi musiqiy cholg'u asboblarida kuy ijro etish bo'yicha qoidalarni ham keltirib o'tgan. Shu bilan birga, Forobiyning fikricha, musiqa insonning axloqini tarbiyalab, sihat-salomatligini mustahkamlovchi vosita hisoblanadi.

Umuman olganda, musiqiy ohanglar - bu tovushlar demakdir. Mantiqan olib qaraganda, tovushlar dunyo paydo bo'libdi-ki, tovushlar ham u bilan birga mujassamlikda paydo bo'lgan. Har bir tovushning muayyan notasi mavjud. Milliy musiqa haqida gapiradigan bo'lsak, milliy musiqamiz, shu jumladan, milliy cholg'u ijrochiligi tarixi eramizdan oldingi davrlarga borib taqaladi. Xalqimiz hamda millatimizning rivojlanish davrlarida qo'shiq bilan birga milliy cholg'uchilik ijrochiligi ham yuksak ma'naviy ozuqa sifatida rivojlanib, insonlarga estetik zavq bag'ishlab xizmat qilib kelgan. O'zbek milliy cholg'u ijrochiligi san'atining tarixiga yuzlanar ekanmiz, uning turli ko'rinishlari, usullari, yo'llari va ohanglarining rang-barangligiga guvoh bo'lamiz. Bugungi kunga kelib, ushbu yo'nalishlar tobora sermazmun va mukammallashib borayotganini ham anglashimiz mumkin. Zero, buyuk ajdodlarimiz bo'lmish Abu Nars Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Al-Beruniy, Al-Farg'oniy kabi allomalarimiz faqatgina Markaziy Osiyo xalqlarining musiqa madaniyatiga emas, shu bilan birga, butun jahon sivilizatsiyasiga yuksak hissa qo'shganlar. Bunga esa, ular qoldirgan ilmiy va tarixiy asarlar, ijod namunalar misol bo'la oladi. O'zbek musiqasining madaniyati xususida ham ko'pgina G'arb va Sharq olimlari turli fikrlar bildirib, ularni tadqiq etganlar. Ibtidoiy davlarda ham odamlar turli jamoa, oilaviy, dehqonchilik va boshqa marosimlarda tabiatdan hamda musiqadan keng foydalanishgan. Misol uchun, yog'ingarchilik,

serhosillik, chorvachilik va boshqa tabiiy jarayonlar uchun marosimlar o'tkazilib, maxsus kuy va qo'shiqlar ijro etilgan. Dastlab, ushbu marosimlarda odamlar qarsaklar, oyoqlarni yerga urib raqsga tushish, keyinchalik esa, toshlar, yog'ochlar va boshqa turli buyumlardan foydalangan holda bayramlar-u, marosimlarni o'tkazganlar. Vaqt o'tishi, inson ongining rivojlanishi, sivilizatsiya va boshqa rivojlanish jarayonlari natijasida marosimlar va bayramlarning ko'rinishlari, yo'llari va turlari paydo bo'lib, ular ham tobora rivojlanib keldi.

Barchamizga ma'lumki, o'zbek musiqa san'ati ustoz-shogird an'analari orqali avloddan avlodga o'tib kelgan va rivojlanib borgan. O'zbek musiqa san'atining notalashtirilishi yoki o'quv qo'llanmalar yaratilishiga qadar, ustozdan shogirdga og'izdan-og'izga o'tish yo'li bilan kelgusi avlodlarga yetib borgan [2, 8-b.]. "Quldorlik tuzumi davrida Maroqand, Niso, Tuproqqal'a, Termiz va boshqa shaharlar mavjud edi. Ushbu shaharlar hududida olib borilgan qazilma ishlari chog'ida turli cholg'ularning tasvirlari aks etgan badiiy hunarmandchilik buyumlari topildi. Quldorchilik jamiyati O'rta Osiyo xalqlari madaniyati rivojida muhim bosqich bo'ldi. Xalq musiqasi yanada yuksalish bilan birgalikda cholg'ular ham takomillashdi".

Akademik Yunus Rajabiyning sato cholg'usini kashf etishi va ommalashtirishda xizmati juda katta. Barchamizga ma'lumki, Yunus Rajabiy dastlab g'ijjak cholg'usini mukammal o'rganib, keyinchalik o'zbek musiqa san'atini yuksak rivojlanishi, Shashmaqomni aniq notalashtirib, nomoddiy madaniy merosimizni muxrlanib qolishiga asosiy sababchilardandir. Yunus Rajabiy g'ijjak cholg'u asbobidagi kamondan tanburda kuylar ijro etib, sato kabi cholg'u asbobiga asos solgan, desak, adashmagan bo'lamiz. Bugungi kunda, sato cholg'u asbobidan chet ellardagi "O'zbekiston kunlari" kabi madaniy-siyosiy tadbirlar va o'zbek san'atining estrada yo'nalishlarida ham keng foydalanib kelinmoqda.

Abu nasr Forobiy o'zining "Musiqa haqida katta kitob" asarida musiqani ikki turga bo'lib ko'rsatgan. Ya'ni, ohang inson ovozi (ashula va qo'shiqchilik san'ati) va cholg'u ijrochiligida qayta tiklashdir. Abu Nasr Forobiy [2, 9-b.]. "Jangu - jadallarda, raqslarda, to'y tomoshalarda, ko'ngilochar bazmlarda ham qo'shiq kuylashda chalinadigan o'ziga xos cholg'ular bor" degan fikrni bildirgan. Inson ovozi ham cholg'u hisoblanadi. Shu bilan birga, inson ovozi eng murakkab va mukammal cholg'u asboblardandir. Torli-kamonli yoki mizrobli cholg'ular ijrochilari o'zlari yaratgan kuylarni inson ovoziga yaqinlashtirishga, shu yo'l bilan o'zgacha musiqiy ohanglarni yaratishga va ularni yanada ta'sirli, samarali va ravonli bo'lib chiqishiga intilganlar.

Bugungi kunga kelib, musiqiy cholg'u asboblarning rivojlanishi, ijrochilarning mukammallashishi, o'zara xorijiy tajribalar almashish kabi imkoniyatlar paydo bo'lishi natijasida, turli cholg'u asboblarida hattoki hayvonlar hamda tabiat hodisalarining ovozlarini ijro etish keng ommalashdi. Shu bilan birga, cholg'u ijrochiligida turli ovozlarni o'xshatishda kinemotografiyaning dublyaj kabi yo'nalishida ham keng foydalaniladi. "Yunon musiqa nazariyasi hamda mahalliy xalqlar musiqa an'analariga asoslangan musiqiy estetika va ilmiy-nazariy ta'limotlar dastlab matematika fanlari doirasida (al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino), keyinchalik mustaqil fan sifatida (Urmaviy) shakllangan. Is'hoq Masviliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa (harfiy) yozuvini ixtiro etishgan. Urmaviy esa, ushbu yozuvni parda tizimiga moslashtirgan" [3].

Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib, tarixdan ijro yo'llarining sayqallangan ko'rinishlari bilan o'zgarib, vaqt o'zgarishi, rivojlanish va izlanish natijalarida jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqlarning etnik joylashuvlari, yashash sharoitlari hamda turmush tarzlariga qarab ularning madaniy rivojlanishiga asoslanib har xil maqom yo'llari ham o'z o'rnini topganligi ehtimoldan holi emas.

REFERENCES

1. Oliy ta'limda musiqa ta'limi fanlarini o'qitish metodikasi: O'quv-uslubiy majmua. - T., 2018.

2. Umarov Sh. Musiqa cholg'ularini o'rganish (Qashqar rubob) kitobi. - T., 2018.

3. https://qomus.info/encyclopedia

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.