Научная статья на тему 'IJODKOR YOSHLARIMIZNI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARIMIZNI O‘RNI'

IJODKOR YOSHLARIMIZNI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARIMIZNI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
22
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / madaniyat / ma’naviyat / urf-odat / rivoyat / afsona / an’ana

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Z.Ahmedov

Ushbu maqolada yosh ijodkorlarni barkamol bo‘lib ulg‘ayishida o‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalari va qadriyatlarimizning o‘rni haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKOR YOSHLARIMIZNI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARIMIZNI O‘RNI»

IJODKOR YOSHLARIMIZNI TARBIYALASHDA MILLIY QADRIYATLARIMIZNI O'RNI

Z.Ahmedov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada yosh ijodkorlarni barkamol bo'lib ulg'ayishida o'zbek xalq og'zaki ijodi namunalari va qadriyatlarimizning o'rni haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: san'at, madaniyat, ma'naviyat, urf-odat, rivoyat, afsona, an'ana

REPLACE OUR NATIONAL VALUES IN EDUCATING OUR CREATIVE

YOUTHS

Z.Ahmedov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article tells about the role of Uzbek folklore examples and our values in the development of young artists.

Keywords: art, culture, spirituality, tradition, narrative, legend, tradition

O'zbek xalq og'zaki ijodi namunalari asrlar davomida avloddan-avlodga o'tib, yangilanib, xalq madaniyati va ma'naviyatini o'z mazmunida ifodalab kelayotgan bebaho merosimizdir.

Darhaqiqat, milliy qadriyatlarimizni hamisha qadrlash, ulug'lash, ularni har tomonlama o'rganib, ilmiy tadqiqotlar ob'ektiga aylantirish folklorshunosligimizning ustuvor vazifalaridan biridir.

Mamlakatimizda ayni paytdagi san'at va adabiyotning yuksak namunalari bilan birga, asrlar sinovidan yorug' yuz bilan o'tib kelayotgan boy ma'naviy merosimizni hozirgi va kelgusi avlodlarga hamkor, hamnafas, hamqadam qilish yo'lida ulkan ishlar amalga oshirilayotgani shu nuqtai nazardan ham qadrlidir.

Folklor asarlarimiz hayot hikmatlarining badiiy xazinasidir. Buni isbot va dalillovchi misollarni ko'plab keltirishimiz mumkin.

Ma'lumki, yosh avlodlarni yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lib yetishishida eng yaxshi urf-odatlarimiz, udumlarimiz, an'analarimiz, xalq odobnomasining ahamiyati kattadir. Chunki kimda - kim yoshlikdan xalqimizning asrlar davomida sinovdan o'tgan, xalqchil hayotiy odatlarining pandnomasini yaxshiroq o'zlashtirib olsa, ota-bobolarimizning pand nasihatlariga va o'gitlariga quloq solsa, bunday insonlar elda baland obro' topadi.

Biz ushbu qarashlardan kelib chiqqan holatda muhim bir narsaga e'tiborimizni qaratmoqchimiz. Ma'lumki, folklor xalq hayotining barcha qatlamlari bilan uzviy holatda yashab keladi, uni tinglovchilardan ayrim hollarda tasavvur ham qilib bo'lmaydi. Doston, ertak yoki xalq qo'shiqlarining tinglovchisi ayni paytda folklor tashuvchisi hamdir. Ya'ni folklor faqat dostonchi, ertakchi, qo'shiqchi umuman olganda ijrochi bilangina emas, folklor tashuvchilari bo'lgan tinglovchilari bilan ham tirikdir. Aynan bir folklor asarini tinglayotgan tinglovchi uni o'zlashtiradi, qayta-qayta eshitavergach, uning ma'lum bir qismlarini ijro etish malakasini ham hosil qiladi. Xattoki, eng iste'dodli va zukko tinglovchilar, hozirgi davr iborasi bilan aytsak folklor tanqidchisi darajasiga ko'tariladi. Ustoz folklorshunoslarimiz asarlarida qayd etilganidek, kamolga yetgan shogirdlarni mustaqil dostonlarni aytishga yo'llashdan oldin ular katta-katta shoirlarning imtihonidan o'tib kelgan. Bu katta shoirlar bilan birgalikda tinglovchilar ham o'z baholarini bergan. Shunday ekan, folklorga xos noyob xususiyatlar sifatida bu ijodiy jarayonda ijrochi-ijodkorlar bilan bir paytda tinglovchilar ham ishtirok etganligini, tinglovchilar xalqning asrlar davomida ijro etilib, sayqal topib kelayotgan namunalarini dahlsiz saqlashga, rivojlantirishga hissa qo'shganlarini aytib o'tish joiz bo'ladi.

Zeroki, Ergash Jumanbulbul o'g'li «O'zbeklarda so'zga sinchi ko'p bo'lar» (Bulbul taronalari,1973: 112) - deb bejiz aytmagan.

Buyuk dostonchimiz xalq orasida so'zning sinchilari ko'p ekanligini nima uchun alohida ta'kidlab aytadi? Bu shuning uchun-ki: so'zning sinchisi buzg'unchi so'zni qabul qilmas, inkor qiladi, o'zining va o'zgalarning ma'naviy shikastlanishiga yo'l qo'ymaydi.

Bu fazilatga biz bugungi kunda alohida e'tibor bermog'imiz lozim. Mamlakatimizda sog'lom, ma'nan yetuk, har tomonlama mukammal rivojlangan, estetik barkamol shaxsni tarbiyalashga harakat qilinayotganining ham sababi ham aynan shu. Yoshlarimiz estetik barkamol bo'lib tarbiyalansa, unga «Ommaviy madaniyat» hech qachon o'z ta'sirini o'tkaza olmaydi. Binobarin, folklorning faqat iste'molchining emas, ijoddoshni ham tarbiyalash tajribalaridan o'rnak olishimiz kerak.

Yurtimizda hali ham folklor buloqlari qaynab yotibdi. Ayni paytda jahon hamjamiyati bizning durdonalarimizga ixlos va havas bilan qarayotgani, o'rganayotgani hech kimga sir emasdir.

Jurnalist Abdulla Holmirzayev Surxondaryoda hanuzgacha davom etib kelayotgan, lekin hozircha ilmiy e'tiborga tushmagan «Badash» san'ati haqida maqola e'ion qilingan. Muallif Badash asosan Navro'z va Hosil bayramlarida, sunnat va nikoh to'ylarida doira, chonqovuz, do'mbira va sibizg'a, dutor kabi sozlar yordamida ijro etilishini, jo'r bo'layotgan sozga nisbatan uni doira, chonqovuz yoki do'mbira badashi deb ataganlarini, shu tariqa badashning 70 dan ortiq turi mavjud

bo'lganinini, shulardan 50 ga yaqin badash turlari to'ylarda ijro etilganini ko'rsatib o'tarkan, shunday deb yozadi:

«Eng qiziqarli jihati: doira chalishni bilmagan ayolning u qadar obro' e'tibori bo'lmagan, shu sababli qizlar bolalikdan doira chalishga o'rgatib borilgan. Aksariyat ayollar elikka yaqin badash so'zini bilganlar, shunga mos raqs ijro etganlar» (Xolmirzayev, 2014).

Axir bu estetik barkamol inson degani-ku! Estetik barkamol ayol esa estetik barkamol avlodni tarbiyalaydi.

«Badash aytadigan ayol qizil satindan parpar ko'ylak - lozim kiyib, qasaba deb ataladigan bosh kiyimi ustidan oq shalpat ro'mol yopingan. Oyoqlarida sadaf tugmali kovush bo'lgan. Besh poyali isirg'a osilgan quloq atrofidagi soch gajakdor qilib qo'yilgan» (Xolmirzaev, 2014).

Demak, har tomonlama ma'nan go'zal inson tashqi jihatdan ham go'zal bo'lishga erishgan. Har bir ijrochi ayollar jonli san'at asari, jonli badiiy obraz bo'lib yashaganlar.

Demak, biz yoshlarni har tomonlama tarbiyalash jarayonida ularni faol, ijodkor qilib kamol toptirishga erishishimiz zarur. Xalqimizning necha ming yillik ijodiy tajribasi folklor misolida bugun ham to'laqonli ro'yobga chiqishi muhimdir.

Ana shu ma'noda eng katta tadbirlarimizda ham bog'cha bolalaridan tortib maktab o'quvchilari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari, oliy o'quv yurtlari talabalari umuman bolalar va yoshlar havaskorlar sifatida ishtirok etishayotganlari, ko'p hollarda mahoratlari bilan hammaning ko'nglini rom etaayotgani respublikamizda yoshlar tarbiyasi to'g'ri yo'lga qo'yilganini, bunda folklor tajribasidan ham samarali foydalinayotganini ko'rsatadi. Folklorga, milliy va jahon madaniyatiga oshno va ijoddosh bo'lib o'sayotgan avlodlarimiz «Ommaviy madaniyat»ga hech vaqt aldanmasligigi umid qilamiz.

Bu o'rinda ta'kidlab o'tishimz joizki, yoshlarimiz boy madaniyatimizning tashuvchilari va davomchilari sifatida o'zlarini namoyon qilmoqdalar.

Eng muhimi, talabalarimiz folklor namunalarini jonli tarzda - ko'ngli mehrga to'la aziz insonlar siymosida ko'rib tanidilar. Endi ular folklor asarining qog'ozga tushirilgan matnini o'qiganlarida ham uning jonli ijrodagi jozibasini his qila oladilar.

Tobora keng ommalashayotgan ijro namunalari esa katta estetik ta'sir kuchiga ega bo'lishi mumkin.

Bejizmaski, nomoddiy madaniy meros, jumladan, musiqa folklorini butun hilma-xilligi va ayni paytda bu xilma-xillik uyg'unligida qabul qilish ishtiyoqi kuchayib borayotgani yaqqol sezilmoqda.

Xulosa o'rnida aytib o'tamizki, mamalakatimizda sog'lom avlod ma'naviyatini shakllantirish va tobora boyitib borishi yo'lida olib borilayotgan ezgu ishlarimiz

samarali bo'lishini ta'minlashga, qaysi sohada ishlashimizdan qat'i nazar barchamizning burchimizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. I.A.Karimov. "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch" 2008- yil

2. Mirziyoev Sh. Adabiyot, san'at va madaniyatni rivojlantrish - xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi. O'zbekiston adabiyoti va san'ati. - 2017. - 4-avgust.

3. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSIYA-ZIYO; 2019.

4. Yuldashev, K., & Jo'Rayeva, M. (2022). PARANJI SIRLARI YOXUD XOLISXON (TO 'LAXON). Oriental Art and Culture, 3(2), 889-895.

5. Yuldashev, K., & Juraeva, M. A. (2023). Dramaturgy as the Basis of Theater Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(1), 21-27.

6. Yuldashev, K., & Jo'Rayeva, M. (2022). FARG'ONALIK XOFIZ MURODJON AHMEDOV IJODIGA CHIZGILAR (1918-1988). Oriental Art and Culture, 3(2), 835-837.

7. Raximberdiyevich, M. A. (2022). O 'ZBEK AN'ANAVIY QO 'G 'IRCHOQ TEATRI DRAMATURGIYASI. Oriental Art and Culture, 3(4), 53-59.

8. Madaliyev, A. R. (2022). QO'G'IRCHOQ TEATRIDA SPEKTAKL SAHNALASHTIRISHNING BADIIY KOMPONENTLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 69-72.

9. MaganneB, A. (2021). K^FMPTOK TEATP.HAPH YWH MYTAXACCHC KA^P-ftAPHH TAHEP^Am MACA^ACH. Oriental Art and Culture, 2(4), 34-43.

10. MaganneB, A. (2021). EO3OP HKTHCO^HETH BA KVFHP^OK TEATPH. Oriental Art and Culture, 2(4), 17-26.

11. Raximberdiyevich, M. A. (2022). The Concept of the Type of Doll with Gloves. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 228-230.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.