"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023
O'ZBEK MUSIQASI TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Sh.Baratov Qo'qon DPI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek san'atining boy musiqiy merosi hisoblanmish o'zbek mumtoz qo'shiqchilik san'ati tarixi va shakllantirish masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: ma'naviyat, mumtoz musiqa, an'anaviy musiqa, badiiy did, an'ana, xonanda
HISTORY AND STAGES OF DEVELOPMENT OF UZBEK MUSIC
Sh.Baratov Kokand SPI
Abstract: This article describes the history and formation of Uzbek classical singing, which is considered a rich musical heritage of Uzbek art.
Keywords: spirituality, classical music, traditional music, artistic taste, tradition, singer
O'zbek xalqining musiqasi boshqa san'at turlari kabi ko'p asrlik tarixga ega bo'lib, u ko'pchilik sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan otadan o'g'ilga, ustozdan shogirdga o'tib, sayqallanib yashab kelayotgan an'anaviy musiqa san'ati ekanligi haqida guvohlik beradi. An'anaviy musiqa bu - badiiy jarayon mahsuli bo'lib, unga xalq tomonidan yaratilgan, asrlar osha bizgacha yetib kelgan xalq musiqa ijodi yoki folklori va yetuk sozanda-bastakorlar tomonidan ijod etilgan mumtoz musiqa asarlari kiradi. Bu ijodiyot namunalari og'zaki an'anada saqlanib, kamol topib, barkamol musiqa asari sifatida rivoj topib kelmoqda.
O'zbek mumtoz musiqasi o'tmishdan o'zining teran ma'noga ega ekanligi, murakkab hamda mukammalligi va beqiyos an'analarni o'zida mujassam etganligi bilan o'zga xalqlar musiqasidan tubdan farq qiladi. O'zbek mumtoz musiqa ijodiyotida xalqimizning o'tmish an'analari, urf-odatlari, boy va teran ma'nolarga asoslangan tarixi muhrlangan. Ularning har bir namunasi tarixdan bir sadodir. Binobarin, ularni qanchalik o'rganmaylik, qanchalik sirlaridan voqif bo'lmaylik, shunchalik yangi qirralari ochilib, o'zining benazir xususiyatlarini namoyon qilib, ohangrabodek o'ziga tortaveradi. Shu nuqtai nazardan o'zbek mumtoz musiqasini o'rganish, ularda mujassam etilgan falsafiy g'oyalarni anglash, tarix sadolarini uqib olish, ularning sir
va sinoatlarini idrok etish bugungi kunnnig dolzarb masalalaridan hisoblanadi va buning uchun imkoniyatlar yetarli.
Ma'lumki, o'zbek an'anaviy musiqasi o'tmishdan ikki yo'nalish, ya'ni bir-biridan paydo bo'luvchi, bir-birini to'ldiruvchi, shu bilan birga o'zining alohida xususiyatlari va sifatlariga ega bo'lgan yo'nalishlardan tashkil topgan. Shulardan biri hayotiy mezon- yashash tarzi, urf-odatlar bilan bog'liq musiqa folklori bo'lsa, ikkinchisi, ana shu jonli jarayonning fidoiy ijodkorlar tafakkuri va mehnati bilan to'ldirilgan mumtoz musiqa yo'nalishidir.
Shakllanish va ravnaqi yo'lida har ikki yo'nalish o'zining ichki qonuniyatlari, shakl-u shamoyili, ishlash prinsipi, mavqeyi, joyi, ijro an'analari va boshqa shu kabi qator xususiyatlarga ega bo'lgan. Har ikki yo'nalishda ham umumiy hisoblangan milliy an'analar bilan bog'liq tomonlari bo'lgani kabi, o'z yo'nalishiga xos uslublarni ifoda etadigan alohida jihatlari ham mavjud. Lekin ijodiy mezon, ijrochilik an'analari va talqin masalalarida e'tiborga loyiq o'ziga xoslik jihatlari juda ko'p. Bugungi kunda O'zbekistonda katta qiziqish va zavq bilan tinglanayotgan, hofizlar maroq bilan aytilayotgan ashula, yalla, o'lan, katta ashula, doston, cholg'u kuylari va maqomlar o'zbek mumtoz musiqasining keng tarqalgan janrlari hisoblanadi. Xalqimiz va san'atda fidoiy asl farzandlari yaratgan ana shu boy musiqiy merosimiz butun o'zbek xalqi madaniy merosi, qadriyatlarining tarkibiy bir qismidir. Manbalarga keltirilishicha, professional san'at bizning hududlarimizda milodning birinchi asrlarida yuzaga kelgan.
Mumtoz musiqa xalq musiqa ijodi namunalari negizida va ijrochilik madaniyatining rivoji, keyinchalik Sharq mumtoz she'riyati shakllanishi asosida tashkil topdi varivojlanib bordi. Mumtoz musiqa deganda o'zbek xalqiga mansub, uning yetuk sozanda-bastakorlari tomonidan asrlar davomida yaratilgan musiqa san'ati namunalari (aytim-ashula va cholg'u musiqalari) paydo bo'ldi. Ushbu musiqa boshqa musiqa ijodiyoti namunalaridan bir necha o'ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi:
1. Og'zaki tarzlilik-mumtoz musiqa xalq tomonidan asrlar davomida yaratilib, og'izdan-og'izga, avloddan-avlodga, ustozdan shogirdga o'tib kelgan ijod mahsulidir. Ma'lumki, qadim zamonlarda ilk bor yuzaga kelgan folklor va mumtoz asarlar omma (xalq) tomonidan ijod qilingan va ijro etilgan. O'rta asrlarda esa iste'dodli (yetuk) sozanda, xonanda va bastakorlar tomonidan yaratilgan. Og'zaki an'anadagi mualliflik ijodi, ommaviy ijod singari, xalq hayoti va uning turli tomonlarini to'g'ri, aniq, badiiy jihatdan mukammal ifoda etishi, xalq didi va talabiga mos tusha olishi tufayli uzoq yashaydi. Demak, mumtoz musiqaning yaratilishi va tarqalishi jonli og'zaki an'ana bilan uzviy bog'liqdir.
2. An'anaviylik - mumtoz musiqa namunalari an'ana sifatida saqlanib, rivojlanib kelmoqda. An'ana deganda uzoq vaqt davomida xalq tajribasidan o'tib, odat tusiga kirgan tadbir yoki xususiyat tushuniladi. An'anaviylik asarlarning og'zaki tarzda
yaratilishi, ijro etilishi va tarqalishida; asarlarning matnida (kuy va she'r), ijro uslublarida namoyon bo'ladi. Mumtoz asarlarning musiqiypoetik matni janrlarga ko'ra uzoq muddat davomida doimiy ravishda takrorlanib turadigan qismlarga ega (tasvir vositalari, parchalar, obrazlar tasvirida namoyon bo'ladi). Ijro etishda (ma'lum uslublarning saqlanishida) ham an'anaviylik mavjuddir.
3. Professionallik - muratoz musiqa asarlari yaratilishi va ijro etilishi professional sifatlar (keng diapazonli ovoz sohibi, mohir sozanda, musiqa va she'riyat qonuniyatlarini bilish va ularga rioya qilish, ma'lum voha va ijrochilikmaktabi an'analariga bo'ysunish)ga va mahoratga ega bo'lishdir. Ushbu musiqa namunalari o'ziga xos ijod va ijro jihatlari tufayli professionallikni talab etadi.
4. Mualliflik - mumtoz musiqa ijodiyoti yetuk sozanda va bastakor mahsulotidir, u individual-mualliflik (ma'lum shaxs tomonidan yaratilgan) ijodga kiradi. To'g'ri, aksariyat asarlarning mualliflari noma'lum, ammo ayrim asarlarningnomlari ijodkorva ijrochining ismlar bilan yuritilgan, masalan, Abdurahmonbegi, Karimqulbegi, Ashkullo saqili, Sodirxon Hofiz Ushshog'i, Hoji Abdulaziz Ushshog'i va boshqalar. Ushbu asarlar o'zining kuy rivoji, shakl murakkabligi va ijro usullari mukammalligi bilan ajralib turadi. Ular «ustoz-shogird» ta'limotinio'tgan yetuk sozanda, xonanda, baxshi, shoir, katta ashulachi va maqomchilar tomonidan ijro etiladi. San'atkorlar xalqning orzu va umidlarini, sevinch va hayratlarini, quvonch va qayg'ularini, jamiki insoniy qalb ehtiyojlarini yuksak musiqiy idrok bilan tasvirlab borib, kishilarga hamisha ruhiyma'naviy ozuqa berishgan. Ular mumtoz musiqa orqali nafosat va ezgulik olamiga tinglovchini oshno qilish istagida bo'lib, o'lmas qadriyatlar bilan hamisha bahramand etib kelganlar.
5. Lokallik - mumtoz musiqa namunalari mahalliy ijro uslubiga egadir, shu tufayli Buxoro «Shashmaqomi», «Xorazm maqomlari» turkumi, Farg'ona-Toshkent maqomlari yoki katta ashula janri faqatgina Farg'ona vodiysida shakllangan, rivojlangan va tarqalgan yoki dostonchilik san'ati Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm ijro uslublari va an'analariga bo'linadi; ularning har biri o'z mavqei, mazmuni, kuy tuzilishi va rivoji, ijrochilik uslublari bilan bir-biridan farq qiladi. O'zbek musiqasida hozirga qadar ko'lami jihatidan birmuncha kengligi, tarixan qadimiyligi, ijro xususiyatlari bo'yicha benazir, betakrorligi bilan asosan to'rtta mahalliy uslub tavsiflari alohida ajratilgan bo'lib, ularning har biri muayyan voha nomi bilan, ya'ni Farg'ona-Toshkent, Buxoro Samarqand, Qashqadaryo-Surxondaryo va Xorazm lokal (mahalliy) uslublari deb yuritiladi. Har biri jug'rofiy va madaniy muhiti, tarixan aholi-ning turmush tarzi, musiqiy shevasi, musiqa janrlari va cholg'ularining tarqalishi hamda ijro uslublari bilan ajralib turadi. Har bir hudud yoki vohaning o'ziga xos mahalliy ijrochilik maktablari an'analarini saqlanib, rivojlanishida namoyandalarning xizmati katta bo'lgan. Mumtoz masiqa ijrochiligi sohasida San'atkorlar «ustoz-shogird»chilik an'anasini yuzaga keltirib, uni qadimdan bevosita
qo'llagan holda faoliyat ko'rsatib kelishgan. Ular Markaziy Osiyoning turli vohalaridagi taniqli xonanda, sozanda va bastakorlar bilan o'zaro yaqin aloqalarda bo'lishgan. O'zbek mumtoz musiqasi o'zining hayotiyligi, ijtirnoiy tabiati, g'oyaviy mohiyati hamda o'ziga xos badiiy xususiyatlaribilan ajralib turadi. Xalqning mehnati, urf-odati, turmush sharoiti, orzu-istagi, kurash va g'alabalari uning mavzui va g'oyaviy mazmunida aks etadi. Asarlarning xalqchillik xususiyati ularning hayotiyligi va qaysi bir dunyoqarashni himoya qilishi bilan belgilanadi.
Mumtoz musiqa asarlari o'ziga xos badiiy tizimga ega bo'lib, har bir janr kuyohang tuzilishi va rivoji, shakli va o'ziga xos ijro uslubi sifatida namoyon bo'ladi. Mumtoz musiqa yuksak mahoratli badiiy tizim. Unda xalqning badiiy didi, voqelikka nisbatan xalqona estetik munosabat ifodalangan. Mumtoz musiqaning har bir namunasi asrlar davomida ko'plab iste'dodli va yetuk sozanda va xonandalar tomonidan nihoyatda sayqallangan, yuksak san'at namunasi darajasiga ko'tarilgan. An'anaviy ijrochilikning o'ziga xos nuqtai nazaridan O'zbekistonda turli mahalliy ijrochilik maktablari tarixiy rivojlanish sharoitida alohida o'rin tutadi. Maqomchilik, dostonchilik, ashulachilik, sozandachilik kabi o'ziga xos maktablari bilan jilolanadi. An'anaviy san'atimizning ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq Shakarjonov shunday ta'riflaydi: «Milliy musiqa san'atimiz bamisoli bir daraxt bo'lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shoxlari Farg'onadir». An'anaviy ijrochiligi tarixiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o'lkamizda mumtoz musiqa san'atining butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo'lamiz. Ota Jalol, Ota G'iyos, Levi Boboxonov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Halim Ibodov, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Sodirxon hofiz Bobosharipov, Matyoqub Xarratov, Hamroqul qori To'raqulov, Mamadbuva Sattorov, Madali Hofiz, Ergash shoir Jumanbulbul o'g'li, Po'lkan shoir, Sherna baxshi, Islom Nazar o'g'li, Bola baxshi Abdullayev va keyinchalik ularning shogirdlari mumtoz musiqa san'atimiz xazinasini o'zlarining maqomlari, dostonlari, katta ashula va suvoralari bilan boyitdilar. An'anaviy ijrochiligimizda bir-biriga o'xshamagan ajoyib ijro uslublarini va yangidan-yangi asarlarni ham yaratdilar. Sodirxon hofiz ijro etgan «Ushshoq», «Sodirxon Ushshog'i» nomi, «Bozirgon», «Oshiq Mahmud» dostonlari Bola baxshi nomi, «Yovvoiy Chorgoh» katta ashulasi Mamadbuva va Boltaboy hofizlarning nomlari bilan mashhur bo'lib ketgan. Hoji Abdulaziz Abdurasulov bastalagan «Guluzorim», «Bebokcha» ashulalari, Jo'raxon Sultonov bastalagan va o'zi ijro etgan «Guluzorim qani», «Naylayin» ashulalari mumtoz san'at namunalari qatori musiqiy xazinamizdan o'rin olgan. Ularni ardoqlash, saqlash, o'rganish va o'zlashtirish yosh avlodimizning muqaddas burchi deb hisoblaymiz.
Demak, estetik sezgilarimiz rivojida, go'zallikni, badiiy so'z qadr-qimmatini, ona tilimiz boyliklarini va musiqiy shevani his qilishimizda mumtoz musiqaning o'rni beqiyosdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karomatov F.M. Xalq muzikasi //O'zbek muzikasi tarixi. Tuzuvchi:
2. T.Ye.Solomonova. - T.: G'ofur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1981.
3. Макоми, мугами и современное композиторское творчество. - Т.: Изд.лит.и искусства им.Г.Гуляма, 1978. - 134 с.
4. Fayzullayev E. Sharq xalqlari mumtoz musiqasini о'rganishda badiiy didni tarbiyalash //Xalq ta'limi j. - T.: 2004. 1-son
5. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.
6. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).
7. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.
8.Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.
9. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.
10. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 5961.
11. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.
12. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.
13. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.
14. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.
15. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
16. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.
17. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
18. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.
19. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.
20. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.
21. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.
22. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.
23. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.
24. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.