Научная статья на тему 'IJODKOR TALABALARNI TARBIYALASHDA SO‘Z SAN’ATINING AHAMIYATI'

IJODKOR TALABALARNI TARBIYALASHDA SO‘Z SAN’ATINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
27
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
so‘z / so‘z san’ati / milliy madaniyat / taraqqiyot / tasavvur / tafakkur / til boyligi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umidaxon Boltaboyeva

Ushbu maqolada sahnaviy so‘zlash san’ati yo‘nalishidagi izlanishlar hamda sahna nutqi fanining uslubiyotlarini shakllantirish va takomillashtirish usullari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IJODKOR TALABALARNI TARBIYALASHDA SO‘Z SAN’ATINING AHAMIYATI»

IJODKOR TALABALARNI TARBIYALASHDA SO'Z SAN'ATINING

AHAMIYATI

Umidaxon Boltaboyeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada sahnaviy so'zlash san'ati yo'nalishidagi izlanishlar hamda sahna nutqi fanining uslubiyotlarini shakllantirish va takomillashtirish usullari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: so'z, so'z san'ati, milliy madaniyat, taraqqiyot, tasavvur, tafakkur, til boyligi

THE IMPORTANCE OF WORD ART IN EDUCATING CREATIVE

STUDENTS

Umidakhon Boltaboyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article tells about the research in the field of stage speech art and methods of formation and improvement of the science of stage speech.

Keywords: word, word art, national culture, development, imagination, thinking, language richness

So'z san'ati insoniy faoliyatning mo'jizaviy hodisalaridan biri hisoblanadi. XXI asrda ilm-u fan, tafakkur, aql-zakovat, ma'naviyat va san'atda mukammallik va qudrat mezonlarini namoyon bo'la boshladi. Bu olamshumul kashfiyotlar, jozibador va murakkab tehnologiyalar yechimlari hayratomuz kosmik qurilmalar, tasvirga olish va uzatish moslamalari, dunyoning har bir nuqtasini qamrab olgan kompyuterlar saltanati insoniyatga cheksiz imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Taraqqiyotning mislsiz parvozlari, zaminu zamondagi buyuk o'zgarishlar inson tomonidan kashf etildi va insonga xizmat qilib kelmoqda. Bu o'z o'rnida o'sib kelayotgan yosh avlodning imkoniyat qirralarining ochilishi, tafakkur-tasavvur, mushohada olamining kengligida ahamiyat katta ahamiyat kasb etadi. Ammo insonning komilligi uchun ma'naviyat va san'atning nurli ta'sir kuchini izchillik bilan oshirib borish ehtiyoji ham kattadir. Vatan va millat tuyg'usi, insonparvarlik, xaqgo'ylik yaratuvchilik kabi muazzam fazilatlarning shakllanishi va mustahkamlanishi inson va jamiyat orasidagi ijtimoiy munosabatlarning sog'lomligi va kamol topishida, so'z va so'z san'atining ahamiyati va vazifasi beqiyosdir. Har bir jamiyatning dunyo taraqqiyot

pog'onalaridagi salohiyati, ilg'orlik darajasi, obro' e'tibori, uning shakllanib takomillashgan ilmi, aql-zakovatiga aloqador.

So'z va so'z san'ati insoniy va milliy madaniyatning ko'zgusi. U ijtimoiy hayot, taraqiyotning xarakatlatiruvchi manbalaridan biri va doimo insoniy mukammallik va oliy muloqot vositalaridan biri bo'lib kelmoqda.

So'z san'atining noyob va qudratli sehri, jozibasi, go'zalligi, ta'sir kuchini egallashi uchun nutq tehnikasi va so'z ustida ishlashning uslubiy asos va jarayonlarini izchil-mukammal o'zlashtirish bilan birga mustaqil fikri, tasavvur qamrovining betakrorligi, kengligi, ijodiy kashfkorligi, akyorlik mahorati, nutqiy tehnik va ifoda mahoratini mustahkamlashi va mukammalashtirib borishi lozim bo'ladi. Sahnaviy so'zlash san'ati yo'nalishida izlanishlar olib borayotgan har bir ijodkor murabbiyning ish uslubi o'ziga xosdir. Talabalarda ijodiy barkamollik va ularning ijodiy xususiyatlarining shakllanishi uchun davrning tezkor fikrlovchi, so'z sehri, qudratidan bahramand bo'la oluvchi hamda o'z tomoshabin va tinglovchilarining qalbini zabt eta oladigan ijodkorga aylanishi uchun har bir pedagog-murabbiydan doimiy izlanuvchanlikni, har bir talabaga xos va mos tarzdagi ijodiy shakl va mazmun borasida o'z ustida doimo ishlashi lozim bo'ladi.

Talabalar bilan ishlash jarayonlari shuni ko'rsatmoqdaki, sahna nutqiday o'ta tirishqoqlik, sinchkovlik, qiziquvchanlik talab qilinadigan o'quv mashg'ulotlarida zamonning tezkor taraqqiyoti, kompyuterlar olami turli tasvir vositalaridan xabardor talabalarga fikri, tasavvuri, qiziqishi, mashg'ulotlardagi doimiy faolligini ta'minlovchi shart-sharotilar ko'nikmalar, vazifalar, tavsiyalar tuzimini ishlab chiqishi lozim bo'lmoqda. Ijodkorning sahnaviy, xayotiy so'zlashuv mahoratini, san'atini o'ziga xos vositalar, bir qancha voqealashtirilgan murakkab tez aytishlar, jumlalar, nutq a'zolarining xarakat meyorini faollashtiruvchi «charxlovchi», «qayrovchi» mashqlar majmualari talabalarni ijodiy qobiliyatlarini yanada namoyon qila olishlari uchun beminnat xizmat qiladi.

Taraqqiyotning tezkorlik shiddatlari talabalar tabiatidagi nurli, ezgu fazilatlari bilan mutanosiblikda shakllanishi, ijodiy mezon va ehtiyojga aylanishi kerak.

So'zning asl ma'nosi, uning zamiridagi inson tasavvuri, fikri, maqsadi, hohish irodasi va buning so'zdagi yukini his qila olish layoqatining shakllanishi ko'p vaqt, qunt talab jarayonidir. Bunda har bir yosh ijodkorning hotirasi, tasavvuri, bilimi, tafakkuri, ihtidori borliqni anglay olishi va faol anglata olish qobiliyati, hatti-harakatidagi tabiiylik, jo'shqinligi, munosabatdagi aniqlik, qobiliyati, uning so'z orqali ifodadagi ia'sirchanligini vujudga keltiradi. Insonlarni kuzatib o'rganish, so'z hazinasining boyishi va har bir insonning hatti-harakatdagi faolligi, maqsadini anglatishi kerak. O'rganish orqali yosh ijodkorlarda so'zning kuchi, qudratini his qilishga va diqqatini tinglay olish iqtidorini shakllantirish muhimdir.

Biz yashayotgan muhit, olam boy va rang-barang, betakror tabiat manzaralar me'morchilik obidalari, biz tanishayotgan boy-badiiy adibiyotlar tomosha san'atining ming bor jilvalari, tasviriy san'at, kino olami tasavvur dunyomizda jilvalanib, ta'assurot va tasvirlash rang-barangligini shakllantiradi. So'zning yorqin betakror ifoda qimmatini uyg'otuvchi ma'nbalardir. Talabalarda so'zning qadr-qimmati, ma'nosi, qudratini his qilishga tabiiy ehtiyoj, qiziqish, chanqoqlik hassos munosabat uyg'otish, muhim ahamiyatga ega. Sahna nutqi fanini o'qitish uslubiyatining an'anaviy maktab doirasiga ko'ra nutq tehnikasi bilan barobar talabalarda so'zga mehr uyg'otish, ularning tasavvur olamini uyg'otish, ma'naviyati, tafakkurini boyitish lozim bo'ladi.

Talabalarning tasavvur, tafakkur, til boyligi, ahborot darajasining kengayishi, talaffuzi, munosabatining aniqlanishi, hotirasini o'tkirligi so'z harakati uyg'unligi uchun ularning imkoniyatlarini kengaytiradigan mashqlarni doimo o'zlashtirib borish maqsadga muvofiqdir. O'qituvchining talabalar oldiga vazifani aniq qo'ygan holatda so'z o'yinlari bilan mashg'ul qilishi va aniq hayotiy tabiiy harakatga aylantirar darajada faollik uyg'otish muhimdir. Mashqning muntazam to'g'ri ishlanib borishi talabalarda tezkor va dadil fikrlash, mantiq, hotira imkoniyatlarini kengayishi tasavvur va so'z harakati darajasini kengaytirishga yordam beradi: Masalan, o'qituvchi talabalar e'tiboriga «Gullar olamiga hayolan sayohat qilamiz» vazifasini qo'yib, hali tasavvuri bor siz ko'rgan, sizni maftun qilgan gullar olamida hayolan sayr qiling, ularning rangi, shakli, go'zalligi, muattarligi, hidining o'ziga hosliginini tasavvuran his etishga intilib eshituvchilarda seza olgan taasurotni uyg'otishga intiling, - deb taklif qiladi. Talabalar ichki nigoh bilan birin-ketin tanlagan gullarini oldin tasavvurda ko'rib nomlarini ayta boshlaydilar. Masalan: Lola, chinnigul, nilufar, boychechak, atirgul, gulsafsar, qizilgul, nomozshomgul, gultojixo'roz, hrezontema, kartoshkagul, qoqigul, gladiolus, romashkagul, siren guli, jiyda guli, olma guli, shaftoli guli, anor guli, olcha guli, bodiring guli. Shundan so'ng ular o'zlari tanlagan gullariga ta'rif beradilar. Bundan tashqari shaharlar, davlatlar nomlarini aytib, ularga ta'rif berish orqali ham mashqlarni davom ettirish mumkin. ularga ta'rif berish orqali ham mashqlarni davom ettirish mumkin.

Sahna nutqi fanining nutq texnikasi bo'limiga kiruvchi - artikulyatsiya, nafas, ovoz va orfoepiya talabalarga dastlabki bosqichlardayoq tushuntirib boriladi. Lekin pedagog bular bilan cheklanib qolmasdan har bir talabani mustaqil ijod qilishga o'rgatib borish yaxshi natijalar beradi. Masalan, birinchi bosqichning birinchi yarmidayoq talabalarga artikulyatsiya va nafasni puxta egallash uchun ko'proq tez aytishlar, maqollar va topishmoqlarga murojaat etiladi. O'qish jarayonida talabalar o'zlari topgan tez aytishlar, maqol va topishmoqlarni umumiy bir maqsadga yo'naltirib imtihonda ijro qiladilar. O'zligimizni asl mohiyatiga anglaydigan va dunyoga anglatadigan va ishonchli kelajagiga dadil qaray boshlagan halqimiz, hassos

so'z va so'z san'atini bor e'tibori bilan qadrlab, asrab kelmoqda. Insoniyatga harakati, aqli, dili va tili bilan muloqotda bo'luvchi ijodkor aktyorlar, rejissyorlar, so'z ustalari, notiq va suhandonlarning so'zlash san'atini shakllantirish va ijodiy kamol toptirish yo'llarini izlab topish biz pedagoglarning oldimizga qo'ygan muddaolarimizdan biridir. Hozirgacha yetuk ijodkor aktyor, rejissyor, mutaxassislar yetkazib berayotgan san'at oliygohini, milliy teatr maktabi, qiziqchilarning so'z san'ati, ayrim horijiy davlatlar teatr kino san'ati maktablarining ilg'or tajribalaridan o'rganib tadbiq qilishga qaratilgan sa'yi harakati bilan teatr san'ati maktabi an'analarini shakllantirib kelmoqda.

Turfa xil talaffuzni charhlovchi mashqlar, topishmoqlar, dostonlardan sajlar, tez aytishlar, ertaklar va hikoyalar ijodkorning so'z mahorati va san'atini shakllantirish yo'lidagi muhim yondashuvlardirki, ish tajriba va amaliy kuzatuvlar bu yondashuvlarning aktyorlar nutqini tarbiyalovchi o'ziga hos vosita ekanligini namoyon qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. S. Inomxo'jaev Badiiy o'qish asoslari. Toshkent. "O'qituvchi".1973 y.

2. Boltaboeva U. Sahna nutqi. O'quv qo'llanma.Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2019.

3. Boltaboeva U. Sahna nutqi. O'quv qo'llanma Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2021.

4. I.Jumanov. Hayotbahsh so'z san'ati asoslari. Toshkent-2006 y.

5. Ganisherovich T. J. Teaching of Musical Instruments in Secondary Schools //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. - 2023. - T. 2. - №. 6. - C. 166-169.

6. Ganisherovich T. J. Coverage of chang instruments in historical and musical sources //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. -2022. - T. 12. - №. 3. - C. 30-33.

7. Javohir G. MUSIQA TA'LIMIDA METOD VA USULLARDAN DARS JARAYONIDA FOYDALANISH //Oriental Art and Culture. - 2022. - T. 3. - №. 4. - C. 954-957.

8. Ganisherovich T. J. Use of methods and techniques in music education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 7. - C. 44-47.

9. Umarova, K., & Jurayeva, O. (2023). Interrelationship of acting skills and stage movement. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 241-243.

10. Umarova, X., & Jo'Rayeva, O. (2023). MONOLOGLAR VA AKTYORLAR BILAN MONOLOG USTIDA ISHLASH JARAYONLARI. Oriental Art and Culture, 4(3), 715-718.

11. Nazarov, A. (2022). TV Adaptation of the Theatrical Play. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 264-266.

12. Madaminov, O. (2023). Features of Acting in Modern Puppet Theater. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(11), 82-84.

13. Madaminov, O. (2023). Expression of Aesthetic Education and National Values in Performance Works. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(6), 127-130.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.