AKTYORLIK SAN'ATIDA SO'Z VA NUTQNING O'RNI
Ma'ruf Ismatullo o'g'li Qodirov Yunus Rajabiy nomidagi o'zbek mlliy musiqa san'ati instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada, aktyor nutqi jamiyatda nutq madaniyatini qanday shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi, nutq texnikasi bo'yicha va tilga e'tibor berish har jihatdan dolzarb masala hisoblanishi bo'yich qisqacha fikr va mulohazalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: kommuntkativ, hunarmand, plastika, majoz
THE ROLE OF WORDS AND SPEECH IN THE ART OF ACTING
Ma'ruf Ismatullah's son Kadyrov Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi
Abstract: This article provides a brief overview of how actor speech is important in shaping speech culture in society, and how speech focus and language attention are topical issues in all respects.
Keywords: communicative, craftsman, plastic, figurative
Jamiyatda har bir ijtimoiy qatlam, tabaqa yoki toifaning o'ziga xos yashash tarzi, saviyasi, dunyoqarashi, fikrlashi, g'ururi, kayfiyati, jamiyatdagi vazifasi bo'ladi. Bu masala bilan tarixda ko'pgina allomalar shug'ullangani bizga ma'lum albatta. Bu kabi toifalanishda insonlarning birinchi ko'zga tashlanib turadigan jihati ularning tili va nutqida namoyon bo'ladi. Bizningcha, qator fazilatlarni o'zida mujassamlashtirgan, birod nutqiy kamolatga erisha olmagan odamni shakllangan inson toifasiga kiritish biroz qiyin. Chunki, til insonning madaniy va ma'naviy darajasini uning o'zi yashab turgan borliqqa: tabiatga, jamiyatga munosabatini aks ettiruvchi ko'zgudir. Masalan, hayotda o'z nutqlari ordali tilimizga sayqal beruvchi oddiy shaxslar bilan birga unga (ya'ni tilga) e'tiqodsiz va e'tiborsizlik bilan yondashuvchi til egalarini yoki o'zlarini yetuk inson; qomusiy alloma deb biluvchi ziyolilar qatlamini ham kuzatamiz.
XX asr boshlariga kelib dunyoning barcha borliq narsalariga bo'lgan munosabatlarning o'zgargani kabi so'z san'atiga nisbatan ham qarashlar o'zgardi. Endi uni tabiatga taqlid (Arastu), ob 'ektiv borliqning sub 'ektiv ifodasi (Hegel), kishilar o'rtasidagi tuyg'u yetkazish vositasi (L.Tolstoy) deb bilishlik bilan cheklanmay so'zning kommunikativ imkoniyatlarini birinchi navbatga olib chiqishlar bo'ldi. Garchi o'zbek shoirlari tilni "vositai robitai olam miyondir" Avaz) deb atagan
I icclT^^^^H 350 http://oac.dsmi-qf.uz
bo'lsa-da, G'arbdagi mavjud qarashlar o'zbek nazariy tafakkuri tarziga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qo'ymadi. "Tanglayi mumtoz adabiyot an'analari asosida ko'tarilgan" professor Abdurauf Fitrat ham dastlabki asarlarida so'z san'atining qimmatini uning hissiy quvvatidan izlagan bo'lsa, 20-yillarning o'rtalariga kelib o'z qarashlarini ovro'pacha andozalarga sola boshladi. Bu esa san'at sohasida ham, xususan teatr san'atida o'z ifodasini ko'rsata boshladi.
Biz bilamizki, teatr san'atida qahramonlarning fikran to'qnashuvlarida, muddaoga erishish uchun kurashda so'z aktyorning asosiy qurollaridan biridir. Ko'zlangan maqsadni amalga oshirishda so'zning ma'nosi aniq va ta'sirchan bo'lmog'i lozim. Shu bois teatr san'atida so'zga katta mas'uliyat bilan qarash talab etiladi. «Dramatik asar uchun sahnaviylik muhim bo'lganidek, sahna nutqi uchun ham asosiy shartlardan biri bo'lib, so'z harakatini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir personajning nutqi uning ruhiy va jismoniy holatining natijasidir». shu kabi asoslarda, san'at aktyordan tinimsiz mehnat, o'z ustida ishlashni talab qiladi. Bu mehnatni aktyor bilim va aql-idrok orqali amalga oshiradi. Shu bilan birga, aktyorlik tabiati o'zining kuchli va asoslangan qonun-qoidalariga ega.
Har bir rol ustida ishlaganda aktyor oddiy qiziqish yoki taxminlarga emas, aynan ijrochilikda sinalgan usullarga tayanishi kerak. Shundagina u muvaffaqiyatlarga erishadi. Sahna nutqi qonuniyatlarini o'rganishda o'ylaymizki, talabalar azaliy bir ta'rifga e'tibor berishlari shart. Unga ko'ra, aktyor ovozi yaxshi charxlangan, tiniq talaffuzga ega va nutq madaniyati talab-qoidalariga to'la javob bera olsa, demak, u so'zlashuv munosabatida tayyor mutaxassis hisoblanadi. Bundan tashqari, nutq madaniyati texnikasini ham amaliy tarzda to'laqonli egallashi zarur. Ko'pchilik ijodkorlar orasida, "Agar aktyor organik xatti-harakatni to'g'ri bajara olish xususiyatiga ega bo'lsa, u holda qolgani sahnada o'z-o'zidan sodir bo'ladi", degan fikr mavjud. Biroq, unutmaslik lozimki, sahnada partnyorga ta'sir o'tkazish uchun, avvalo, so'zlarni to'liq va adabiy til qonuniyatlariga muvofiq talaffuz etish zarur. Xatti-harakatning aniq maqsadga yo'naltirilgani, mantiqiyligi esa ifoda qilinayotgan nutq urg'ulariga ta'sir etib, ovozga va tovushga kerakli sayqal beradi. Nutq aktyorning asosiy quroli va u sahnada aynan mana shu qurolga tayanadi. Ba'zi aktyorlar nutqidagi nuqson va kamchiliklarni yo'qotish uchun quyidagi mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: 1) unli va undosh birikmali so'zlar; 2) tez aytish; 3) ertaklar; 4) hikoyalar; 5) kichik she'rlar.
San'atkorni san'atkor bo'lib yetishishida yana bir muhim narsalardan biri bu tasavvur va fantaziyadir. Tasavvur va fantaziyani ishga solish, avvalo, aktyorni kelajakda professional teatr sahnasida turli xil xarakterlar yaratishida muhim o'rin tutadi. Chunki bo'lajak aktyorning tasavvuri uning ilk qadamidanoq aktyorlik mahoratida nutqiy vositalarning o'rni kengayib borishi kerak. Fantaziya ham tasavvur bilan birga mashqlar yordamida, qolaversa, xalq ertaklarini ko'plab o'qish bilan
I ícclT^^^^H 351 http://oac.dsmi-qf.uz
o'stirib borilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. K.S.Stanislavskiy fikriga ko'ra "hunarmand aktyor umumaktyorlik nutqi va plastikasining vazifasi og'zaki ovozni, diksiyani va harakatlarni oliyjanob qilish, ularni chiroyliroq ko'rsatish, sahnaviy effekt va obrazli ifoda ta'sirini kuchaytirishdan iborat. Aktyorning hunarmandga xos nutqi va plastikasi, ko'r-ko'rona effektga, soxta olijanoblikka olib keladi, bulardan faqat teatrga xos bachkana go'zallik kelib chiqadi. Shartli shtamp kechinmaning o'rnini bosolmaydi. Yana shunisi yomonki, shtamp yelimday yopishqoq, ajratib bo'lmaydi."1
Yangi davrda teatr san'atida ham ijodiy izlanishlar kuchayib, teatrlar o'z faoliyatini xalqimiz ijodida va jahon san'atida mavjud uslublar va oqimlar asosida qurish, realistik uslubdan tortib, majoziy va mistik tasvirgacha bo'lgan rang-barang vositalarni qo'llash yo'lidan bormoqda. Mumtoz asarlarni sahnalashtirishda an'anaviy yechimlardan qochib, erkin talqin etish (tabdil uslubi, majoziy-falsafiy yechim kabi) butun bir yo'nalish tusini oldi. Tarixiy mavzuni ishlashda chinakam uyg'onish yuz berdi. Zamonaviy mavzularni tadqiq etishda dramaturglar va teatr jamoalari hayotning barcha jabhalariga tobora chuqurroq kirib borgan holda maishiy yechimlardan dolzarb ijtimoiy, ma'naviy-axloqiy muammolarni ko'tarib chiqishga dadil kirisha boshlaganlarini va bunda badiiy so'z, xususan o'zbekt tili imkoniyatlaridan ham keng foydalanilayotganligini ko'rish mumkin.
Biroq, badiiy so'zni his qilish masalasi ikki tomonlama ekanini anglash kerak. Biri aktyorlar jamoasiga daxldor bo'lsa, ikkinchisi tomoshabinlarga aloqadordir. Chunki, badiiy so'z mohiyatini tomoshabin inkor etib ta'sirlanmas ekan, aktyorning qancha bilishi va amalda qo'llay olishi ham ahamiyatsiz bo'lib qolishi tayin. So'zning o'z va ko'chma ma'nolarini tomoshabin ham ilg'amas ekan mantiq buzilishi tabiiy. Shu boisdan ham sahna tili va sahna nutqi oddiy maishiy nutqdan sifati va ta'sir kuchi bilan ajralib turadi. To'g'ri nafas olmaslikning ovozga ham ta'sir qilishi tabiiy. Fikrning tasdig'i, muhri shubhasizki, yuz-ko'zdagi imo ishoralar va qo'l harakatlaridir. Boshqacha aytganda, bu tana tili bilan tushuntirish demakdir. Shu o'rinda "qo'llar fikrni to'ldirishini" (K.Stanislavskiy), "qo'llar inson tanasining ko'zlari"(Yevg. Vaxtangov) ekanligini unutmaslik kerak. Albatta, bir tomondan qaraganda, aktyor nutqida bu mulohazalar noo'rindek tuyuladi. Notiq nutqida buni qabul qilish mumkin. Chunki, noverbal vositalarsiz u nutq ta'sirini to'la ifoda eta olmaydi. Aktyor nutqida u o'zini emas o'zgani o'ziga aylantirib, o'zini o'zgaga aylantirib ijro etadi. So'z, harakat va ruhiy holatga kirishilganda, his etganda aktyor noverbal vositalarni ixtiyorsiz tarzda qo'llaydi. Qizig'i, bir aktyor muayyan holatda o'z dublyorini o'sha holatdagi noverbal vositalarni qo'llamasligi ham mumkin. Bir aktyorga shu holat, xatti-harakat yarashishi dublyoriga esa yarashmasligi mumkin. Ular har bir obrazga o'z nazari, o'z gavda tuzilishi, o'ziga xos noverbal vositalarni
1 KCCraHHCflaBCKHH, AKTepHHHr y3 ycmga arnjarnH. TomKeHT «^Hra acp aBjogH»2011, 27-6eT I ibiSi^^Bl ^52 http://oac.dsmi-qf.uz
qo'llashi bilan yondoshadi. Barchasida tomoshabinning nigohi, qabul qilishi muhim mezon sanaladi
Shu o'rinda aytish kerakki, aktyor nutqi va notiq nutqi borasida ham chalkash, bir biriga zid fikrlar ham yuradi. Ularning mushtarak va farqli jihatlarini e'tirof etgan holda, ta'bir joiz bo'lsa, shunday taqqosni keltirish o'rinlidir. Notiq nutqi va sahna (aktyor) nutqi ta'sirchanlikni ta'minlashda har ikkalasi bir-birini to'ldiradi, boyitadi. Lekin birida ijod, ikkinchisida ijro muhim rol o'ynashini yodda tutish kerak. Avtobus va tramvayni ko'z oldingizga keltiring. Avtobusni boshqarishda rulni o'ng-u so'lga burib harakatlantirish, qayrilish mumkin. Tramvayni esa yotqizilgan temir yo'li(rels) va ustidagi elektr manbai(simlarisiz) uning harakatini tasavvur qilish mushkul. Faqat harakatning sekin va tezligigina, uning izmida. Notiq nutqi avtobus haydovchisiga, aktyor nutqi esa tramvay boshqaruvchisiga o'xshaydi.
Ma'lumot o'rnida aytadigan bo'lsak, qadimgi rimliklar, yunonlarning "Ommaga non va tomosha bering" degan mashhur iborasi adabiy-ilmiy manbalarda ko'p bor keltiriladi. Bu uning moddiy va ma'naviy ehtiyojini qondirish zarurligini bildiradi. Shu o'rinda qanday non va qanday tomoshani qanday usulda berilishi maqsadga muvofiq degan masala ko'ndalang turadi. Bugungi kunda yuksak bilimli intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti ekan, teatr san'ati ham bu borada o'zining munosib hissasini qo'shishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. K.S. Stanislavskiy. Aktyorning o'z ustida ishlashi. Yangi asr avlodi, toshkent. 2011.
2. Muhsin Qodirov.O'zbek teatri tarixi. "Ijod dunyosi" nashriyoti. Toshkent. 2003 yil
3. San'at ta'limi, Yilnoma, II jild, Toshkent. 2007
353
http://oac.dsmi-qf.uz