Научная статья на тему 'ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH: XORIJ TAJRIBASI'

ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH: XORIJ TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
10
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Ichki ishlar organlari / ochiqlik / shaffoflik / inson huquqlari. / Internal affairs bodies / openness / transparency / human rights.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Umurzakov Dilshod Yusupovich

Ushbu maqolada ichki ishlar organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasidagi xorij tajribasi, huquqshunos olimlar fikrlari mulohazalar o‘rganilib, muallif tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENSURING OPENNESS AND TRANSPARENCY IN THE ACTIVITIES OF INTERNAL AFFAIRS BODIES: FOREIGN EXPERIENCE

In this article, the foreign experience of ensuring openness and transparency in the activities of internal affairs bodies, the opinions of legal scholars are studied, and suggestions and recommendations are developed by the author.

Текст научной работы на тему «ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASH: XORIJ TAJRIBASI»

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

ENSURING OPENNESS AND TRANSPARENCY IN THE ACTIVITIES OF INTERNAL AFFAIRS BODIES: FOREIGN

EXPERIENCE Umurzakov Dilshod Yusupovich

Responsible employee of the Ministry of Internal Affairs of the Republic

of Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.10868886

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 18th March 2024 Accepted: 24th March 2024 Online: 25th March 2024

KEYWORDS Internal affairs bodies, openness, transparency, human rights.

In this article, the foreign experience of ensuring openness and transparency in the activities of internal affairs bodies, the opinions of legal scholars are studied, and suggestions and recommendations are developed by the author.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ ОТКРЫТОСТИ И ПРОЗРАЧНОСТИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ОРГАНОВ ВНУТРЕННИХ ДЕЛ: ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ

Умурзаков Дильшод Юсупович

Ответственный сотрудник МВД Республики Узбекистан https://doi.org/10.5281/zenodo.10868886

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 18th March 2024 Accepted: 24th March 2024 Online: 25th March 2024

KEYWORDS Органы внутренних дел, открытость, прозрачность, права человека.

В данной статье изучен зарубежный опыт обеспечения открытости и прозрачности деятельности органов внутренних дел, мнения ученых-правоведов, а также разработаны предложения и рекомендatsiи автора.

ICHKI ISHLAR ORGANLARI FAOLIYATIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNI

TA'MINLASH: XORIJ TAJRIBASI

Umurzakov Dilshod Yusupovich

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.10868886

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 18th March 2024 Accepted: 24th March 2024 Online: 25th March 2024 KEYWORDS

Ushbu maqolada ichki ishlar organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash borasidagi xorij tajribasi, huquqshunos olimlar fikrlari mulohazalar o'rganilib,

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

Ichki ishlar organlari, ochiqlik, shaffoflik, inson huquqlari.

muallif tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda jamoatchilik nazoratini yangi bosqichga ko'tarish, xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishda uning imkoniyatlaridan unumli foydalanish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Boisi, jamoatchilik nazoratini har sohada kengaytirish jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va gumanitar sohalarida katta samara berishi shubhasiz. Mazkur hodisa hozirgi ijtimoiy taraqqiyotning muhim tendensiyasi desak o'rinli bo'ladi.

E'tiborli jihati shundaki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ushbu masalaga alohida e'tibor qaratib, quyidagilarni ta'kidladi: "Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo'lmas ekan, ta'sirchan jamoatchilik nazoratini o'rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'z ichki dasturlari bo'lishi shart"[1].

Xorijiy davlatlarda ochiqlik va shaffoflik (transparentlik) allaqachon boshqaruv, huquq ijodkorligi, huquqni qo'llash va boshqa turdagi faoliyatlarning standartiga aylangan. Xususan, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunda ochiqlik va shaffoflik korrupsiyaga qarshi kurashishning prinsiplaridan biri sifatida belgilangan. Bunda korrupsiyaga qarshi kurashish subyektlari orasida fuqarolik jamiyati, korrupsiyaga qarshi kurash chorasi sifatida -jamoatchilik nazorati katta ahamiyat kasb etmoqda.

Har qanday mamlakatda huquq-tartibot organlarining aholi bilan muloqoti, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy, o'zini-o'zi boshqarish organlari bilan hamkorligi, bir tomondan, huquqni muhofaza etish organlarining o'z faoliyat vazifalarini samarali bajarish, huquqiy tartibotni ta'minlash, jinoyatlarni oldini olish va boshqa funksional vazifalarini bajarishga ko'maklashsa, ikkinchi tomondan, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish jamiyat tuzilmalarini manfaatlarini ta'minlashga xizmat qiladi.

Ushbu umumiy maqsaddan kelib chiqib ko'plab xorijiy mamlakatlarda huquq-tartibot organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasida korporativ hamkorlik keng rivoj topgan. Masalan, Shvetsiya, Daniya, Avstriya va boshqa davlatlarda "politsiyaning do'stlari" nomli klublar shoxobchasi ancha keng tarqalgan. Munitsipal darajada politsiya bilan hamkorlik Kengashlari faoliyat yuritadi. Ular uch tomonlama shartnomalar, ya'ni politsiya idorasi, mahalliy ma'muriyat va aholi o'rtasida turar joylardagi jamoatchilik tuzilmalari o'rtasida tuziladigan shartnomalar asosida faoliyat olib boradi [2].

Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga ko'ra, mamlakatdagi ijtimoiy hamkorlik tizimida hamkor subyektlarning birgalikda qaror qabul qilish shakli mustahkamlangan. Ayni shu xususiyat huquqni muhofaza qilish organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasida amalga oshiriladigan hamkorlik institutiga ham taalluqli. Shuningdek, Rossiya voqeligida

é

Ws,

davlat organlari bilan fuqarolik jamiyatlari institutlari hamkorligida jamoatchilikning davlat organlaridan axborot olish, ular o'rtasida tuziladigan jamoatchilik kengashlarida ishtirok etish, hamkorlik shartnomasi taraflarining jamoatchilik kengashi qarori qarori loyihasida ishtirok etish, jamoatchilik kengashi tomonidan davlat organi qaroriga munosabat bildirib, veto qo'yish kabi shakllari mavjud[3].

Buyuk Britaniyada Huquqni muhofaza qilish organlari tizimiga kiruvchi politsiyaning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o'zaro hamkorligining besh turini ko'rishimiz mumkin:

1) aholi o'zi istiqomat qiladigan hududda doimiy kuzatuv olib boradi hamda sodir bo'layotgan shubhali holatlar yuzasidan politsiyaga ma'lumot berib turadi. Politsiya esa, o'z navbatida, bu kabi hududiy kuzatuv guruh jamoalarini qo'llab-quvvatlaydi;

2) fuqarolar nazorat olib borish jarayonida ishtirok etadi, zarurat bo'lganda tartib buzarlarni tartibga chaqirishadi;

3) politsiya tomonidan o'tkaziladigan targ'ibotlar natijasida, fuqarolar o'zlarining xatti-harakatlarini ijobiy tomonga o'zgartiradigan;

4) fuqarolar hukumatga politsiyaning faoliyati uchun qo'shimcha mablag' ajratishi haqida hududiy o'zini-o'zi boshqarish organlariga murojaat etib, qo'shimcha politsiya tuzilmalarini yaratishni talab qilishlari mumkin;

5) fuqarolar politsiyaga o'zlarining nomidan harakat qilish huquqini berishlari mumkin, bu bilan politsiyaning faoliyati natijalari jamoatchilik tomonidan tasdiqlanadi va politsiyaning faoliyati rag'batlantiriladi [4].

Shuningdek, AQSHda ham yuqoridagiga o'xshash amaliyot mavjudligiga guvoh bo'lish mumkin. Ya'ni, AQSHda ham huquq-tartibotni saqlash hamda profilaktika ishlarini olish borish uchun aholini jalb qilish holatlari keng rivojlangan. Bu erda ko'ngililardan iborat bo'lgan politsiya yordamchilari jamoatchilik instituti mavjud. Ular o'z navbatida, skautchilar harakatining filiali hisoblanadi. Ko'ngilli yordamchilar hududiy politsiyaning jamoatchilik bilan ishlash bo'limi rahbarligida o'zining faoliyatini olib boradi.

Ko'rinib turibdiki, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari, jamoat birlashmalari, turli xil ijtimoiy harakatlar hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan tenglik prinsipi asosida hamkorlikni o'rnatishga katta ahamiyat berilgan. Ushbu hamkorlik ikki tomonning manfaatiga ham to'g'ri kelishi tabiiy. Politsiya o'ziga yuklatilgan jamoat tartibini saqlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida qo'shimcha sarmoya ajratmagan holatda o'ziga yuklatilgan vazifalarning bir qismini fuqarolardan iborat turli xil jamoalar guruhlariga topshirishlari mumkin. Bu bilan, birinchidan, unga yuklatilgan ish hajmi yangilanish mumkin bo'lsa, ikkinchidan, fuqarolar oldida ularga bo'lgan ishonch, hurmat oshishiga sabab bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham ana shu vazifa davlat organlarining huquqi emas, balki burchi deb mustahkamlansa, maqsadga muvofiq bo'lardi.

Yaponiya aholi turar joylarida jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash politsiyaning quyi bo'g'inlari, politsiya post va punktlari tomonidan amalga oshiriladi. Mamlakatda jamoatchilik bilan hamkorlikni kuchaytirish politsiya faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilishini yaxshi tushungan Yaponiya hukumati aholi turar jolarida politsiya post va punktlarini yo'lga qo'yishga alohida e'tibor qaratgan.

é

Ws,

Fransiyaning to'liq mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan ta'minlanadigan munitsipal politsiyasi shaharlar va boshqa aholi punktlarida jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlashni amalga oshiradi hamda bu borada Milliy politsiya bilan uzluksiz hamkorlikda faoliyat olib boradi.

AQSH tajribasidagi yana bir jihatga e'tibor qaratsak. So'nggi yillarda politsiyaga ko'maklashish bo'yicha murojaat qilingan ko'ngilli fuqarolarga sheriflik bo'linmalari tomonidan: jamoatchilik tuzilmalarining hudud xavfsizligini kuzatish klubi; jamoatchilik akademiyalari ko'ngilli fuqarolari; patrulda ishtirok etuvchi ko'ngillilar kabi dasturlar taklif etiladi. Shunday ko'ngilli guruhlardan biri- dastlab Nyu-York metrosida tartibni saqlashda politsiyaga yordam berish maqsadida tashkil etilgan "Qo'riqchi farishtalar" guruhi bo'lib, bugungi kunda mamlakatning 30 dan ortiq shaharlarida faoliyat yuritmoqda[5]

Yevropa mamlakatlarida huquqni muhofaza qilish organlarining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalariga (hamkorligiga), media maydondagi faoliyati, axborot almashish jarayonidagi faoliyati alohida diqqat markazida turadi. Ushbu Yevropa ittifoqi davlatlarida ommaviy axborot vositalari tom ma'noda to'rtinchi hokimiyatni namoyon etuvchi kuch bo'lib, inson huquqlarini ta'minlash borasida davlat organlariga, jumladan, huquqni muhofaza etish organlariga samarali ta'sir ko'rsatadi.

Rossiya Federatsiyasida ichki ishlar organlari (politsiya)ning ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro hamkorligi Konvensiyasi qabul qilingan. Unga ko'ra, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan politsiyaning hamkorligi quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi: ishonchlilik, ommaboplik, xolislik, ochiqlik, axborotni ommaviy muhokama qilish mumkinligi[6]

Xorijiy mamlakatlarning tajribasining tahlili shuni ko'rsatadiki, ularda davlat va fuqarolik jamiyati institutlarini hamkorligining tashkil etishning huquqiy asoslari ham mavjud.

Germaniyaning kambag'allikni kamaytirish to'g'risidagi siyosiy hujjati hamkorlik va rivojlanish federal vazirligi tomonidan xalqaro yordam ko'rsatish sohasida faoliyat olib borayotgan Germaniya nohumat tashkilotlari bilan maslahatlashuvlar yakuniga va bu tashkilotlar tashabbusiga ko'ra qabul qilingan.

Ijtimoiy hamkorlik Konsepsiyasi asosida Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi 2009-yil 1-yanvarda "Ichki ishlar vazirligining Yagona axborot-kommunikatsiya tizimini joriy etish Dasturi"ni tasdiqlagan.

O'zbekiston Respublikasining "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiqligi to'g'risida"gi, "Ijtimoiy sheriklik to'g'risida"gi, "Ichki ishlar organlari to'g'risida"gi qonunlarida ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan, shu jumladan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligining asosiy prinsiplari mustahkamlangan bo'lsa-da, ijtimoiy hamkorlikni amalga oshirish, uning samaradorligini ta'minlash borasida xorijiy mamlakatlarning amaliyoti va qonunchiligida mustahkamlangan yuqoridagi prinsiplarning ichidan ancha demokratik mazmundagilarini olib mamlakatimiz tegishli qonunchiligiga kiritish maqsadga muvofiq bo'ladi deb hisoblayman.

Xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko'ra, huquqni muhofaza qilish organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasidagi ijtimoiy hamkorlik borasidagi barcha masalalarni ham ijobiy

é

Ws,

deb bo'lmaydi. Mazkur hamkorlikning darajasi, sifati va samarasini baholash mezonlari aniq belgilangan emas, bu masalalar hali ilmiy asosda to'la ishlab chiqilgan emas. Masalan, Rossiya Federatsiyasida ichki ishlar organlarining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligiga uch xil yondashuv mavjud. Birinchi yondashuv, OAVlaridagi axborotlarda politsiyaning nufuzini ko'tarishga qaratilgan buyurtma maqolalar chop ettiriladi. Bunda Ichki ishlar idoralarining o'zlari, ularning lobbilik qiladi.

Ikkinchi yondashuv OAVlari shov-shuv ortidan quvib, politsiya haqida yolg'on axborotlarni tarqatadilar.

Uchinchi yondashuv, politsiyaning faoliyati bor holicha ko'rsatiladi. Bunda ushbu organlarning aholi bilan muloqoti tegishli hududda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, politsiyaning o'zining faoliyat tarzini yaxshilash imkonini berishi bilan tavsiflanadi. Bu ularning faoliyatiga ijobiy ta'sir etib, politsiya xodimlarining ijobiy obrazini yaratishga ko'maklashadi.

Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar (politsiya) faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining bir qator shakllari rivojlangan va kundalik faoliyatda keng qo'llanilib kelinadi. Ayni damda shuni ham ta'kidlash lozimki, uzoq xorijiy mamlakatlarda "jamoatchilik nazorati" tushunchasi o'rniga "fuqaroviy nazorat (civil control)" tushunchasidan foydalaniladi[7]. Xususan, xorijiy davlatlarda abrogativ referendum (fuqarolar vetosi) (Shveysariya), kollaboratsiya (AQSH), fuqarolik tashabbusi (Fransiya, Germaniya, Italiya), jamoatchilik (xalq) qonunchilik (huquq ijodkorligi) tashabbusi (AQSH, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Litva, Polsha, Ruminiya, Sloveniya, Shveysariya), jamoatchilik kuzatuv komissiyalari va qo'mitalari (Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston), jamoatchilik ommaviy axborot vositalari (AQSH, YEI), jamoatchilik kengashlari (palatalari) (Avstriya, AQSH, Armaniston, Braziliya, Gretsiya, Niderlandiya, Polsha, Qozog'iston, Fransiya), onlayn-petitsiya (AQSH, YEI), kamchilik millatlar ishi bo'yicha kengashlar (Chexiya), jazoni ijro etish muassasalariga tashrif buyuruvchilar kengashi (Buyuk Britaniya, Fransiya), fuqaroviy audit (AQSH) kabi ko'plab xilma-xil jamoatchilik nazorati shakllari qo'llaniladi[8].

AQSHda politsiya faoliyatini nazorat qiladigan jamoatchilik nazorati "fuqarolik nazorati" deb nomlanib, to'rt usulda amalga oshiriladi. Fuqarolik nazorati Kengashi - eng mustaqil usul hisoblanib, bu kengash faqat fuqarolardan shakllantirilib, davlat idoralari vakillari jalb etilmaydi (Nevada, Las-Vegas shtatlari tajribasi). Kengash arizani ko'rib chiqish bilan, mustaqil tekshiruv o'tkazish va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Kengashga 20 kishi a'zo bo'lib, ular munitsipalitetdan tayinlanadi va ular mansabdor shaxs bo'lishlari mumkin emas.

Fuqarolik nazoratining ikkinchi turi murojaatni ko'rib chiqish bo'yicha faoliyat ustidan nazorat. Bunda ariza va shikoyatlar dastavval davlat organi tomonidan ko'rib chiqiladi va o'rganiladi (Oregon va Portlend shtatlari tajribasi), biroq fuqarolar tomonidan bevosita nazoratga olinadi. Tekshirish jarayonida esa, reviziya qo'mitasi tuzilib, ular shahar Kengashi a'zolaridan iborat bo'lib, ular ishni o'rganadilar, tavsiyalar beradilar, shunda davlat organi rahbari tomonidan qaror qabul qilinadi. Fuqarolik nazoratining uchinchi turi bu -appelyatsiya kengashi (Los-Anjeles va Kaliforniya shtatlari tajribasi).

é

Ws,

Bu model agar fuqaro davlat organi tomonidan shikoyatni ko'rib chiqishdan qanoatlanmasa, u maxsus tuzilgan apellyatsiya kengashiga murojaat qiladi. Bu kengash davlat organi va fuqarolardan iborat tarkibda faoliyatini amalga oshiradi.

Jamoatchilik nazoratining eng ommabop to'rtinchi shakli bu - fuqarolar auditori. Auditor davlat organi ustidan tushgan shikoyatlarning ko'rib chiqilishini nazorat qiladi, uning qonuniyligini tekshiradi va kerakli tavsiyalarni beradi (Kaliforniyadagi Sante-Kruz shahari tajribasi). Auditor shikoyatni ko'rib chiqish jarayonida ishtirok etadi va uning samaradorligini baholaydi.

Fuqarolardan tushgan arizalar mustaqil auditor tomonidan qabul qilinadi, ammo u ular bo'yicha mustaqil tekshiruv o'tkazmaydi. Tekshirish bevosita davlat organi zimmasida bo'ladi. Auditor tekshirishda ishtirok etishi mumkin bo'lib, o'z xulosasini berish bilan cheklanadi. Ta'kidlash lozimki, AQSHda jamoatchilik nazorati bir qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan. Xususan, 1966-yilda qabul qilingan "AQSHda axborot erkinligi to'g'risida"gi Qonun (The Freedom Information Act), shuningdek "Sunshine laws" deb nomlanadigan qonunlarda axborot olish, davlat organlari huzurida ochiq yig'ilishlar o'tkazish hamda hisobotlar taqdim etib borish tartibi belgilangan. "AQSHda axborot erkinligi to'g'risida"gi Qonun garchand, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati tarmoqlariga tatbiq etilmasa-da, xavfsizlik va razvedka tizimidagi davlat organlariga nisbatan qo'llaniladi[9].

Fransiya Konstitutsiyasiga muvofiq, 1958-yilda tuzilgan Milliy ijtimoiy va iqtisodiy kengash hozirga qadar samarali faoliyat olib bormoqda. Kengash turli kasb vakillaridan iborat bo'lib, ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi barcha qonun loyihalariga taklif va xulosalar berish orqali hukumatga yordam berib boradi. Fransiyada shuningdek, bevosita huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bilan bog'liq maxsus jamoatchilik nazorati shakllari ham qo'llaniladi. Xususan, jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi qamoqxonalarga tashrif buyuruvchi milliy assotsiatsiya (NAPT) faoliyat ko'rsatib, u jamoatchilik asosida ishlaydi. Uning maqomi Fransiya jinoyat-protsessual kodeksida aks etgan. U hibsxona rahbariga va qamoqxona ijtimoiy xodimlariga ko'mak beradi, qamalganlarga ruhiy va moddiy madad beradi. Bu tashkilot ko'ngillilardan shakllantirilgan nodavlat tashkilotidir.

Fransiya turmalarida jamoatchilik nazoratini nazorat komissiyasi amalga oshiradi, ular petensiar muassasaning ahvolini va u erdagi sharoitni to'liq nazoratga oladi. Komissiya barcha ijtimoiy tashkilot vakillari, ma'muriyat va nodavlat notijorat tashkilot vakillaridan iborat bo'ladi.

Buyuk Britaniyada esa, hibsxonalar va jazoni o'tash joylarida jamoatchilik nazorati viziterlar (tashrif buyuruvchilar) kengashi orqali amalga oshiriladi.

Shveysariyada qamalganlarning ahvolini o'rganish bo'yicha - "Qiynoqlarni oldini olish bo'yicha komissiyasi to'g'risida"gi Qonun qabul qilingan. Bu komissiya barcha qamoqxonalardagi vaziyatni muntazam o'rganib boradi hamda u erdagi inson huquqlariga amal qilinishi bo'yicha ahvolni rasmiy nashr etadi [10].

Shvetsiyada 1995-yildan turli xil ijtimoiy so'rovlar, tadqiqotlar o'tkazish orqali keng jamotchilikka davlat hokimiyati faoliyati to'g'risida ma'lumotlar berishga qaratilgan ijtimoiy audit ko'rinishidagi jamoatchilik nazorati keng rivojlana boshlandi[11].

é

Ws,

Daniyada jamoatchilik kengashining tashabbusi bilan mamlakatda jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha yoshlarga nisbatan boshqacha yo'l tutildi. Besh million aholiga ega Daniyada etti mingga yaqin o'smir yoshlar klublari, markazlari va to'garaklari tuzilgan[12].

Yevropaning bir qator mamlakatlarida mehnat sohasida jamoatchilik nazoratining o'ziga xos shakllari amal qiladi. Jumladan, Daniya va Finlandiyada mehnat bo'yicha jamoat inspektori xodimlar tomonidan saylanadi, Buyuk Britaniya va Shvetsiyada jamoatchilik nazorati inspektorlari kasaba uyushmalari tarkibiga kiradi. Buyuk Britaniya qonunchiligida mehnat inspektorlariga xodimlarning ishlab chiqarishdagi sog'lig'iga zarar etgan taqdirda tergov ishlarini olib borish huquqi berilgan. Fransiya qonunchiligiga ko'ra xodimlar soni 250 kishidan ortiq bo'lgan korxonalarda ish beruvchilar va xodimlar vakillari o'rtasidagi kelishuvga binoan mehnat inspektorlari tayinlanadi[13].

Rossiya Federatsiyasida esa, 2014-yilning 21-iyulda 27 moddadan iborat "Rossiya Federatsiyasida jamoatchilik nazoratining asoslari to'g'risida"gi Qonun qabul qilingan. Qonunga ko'ra, quyidagilar jamoatchilik nazoratining subyekti bo'lib hisoblanadi:

- Rossiya Federatsiyasining jamoatchilik palatasi;

- Rossiya Federatsiyasi subyektlarining jamoatchilik palatasi;-munitsipal tashkilotlarning jamoatchilik palatasi;

- ijro hokimiyatining federal organlari huzuridagi jamoatchilik kengashi, Rossiya Federatsiyasi subyektlari davlat hokimiyati, qonunchilik (vakillik) va ijro organlari huzuridagi jamoatchilik kengashi.

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidan farqli ravishda Rossiya Federatsiyasida jamoatchilik nazorati nafaqat davlat hokimiyati organlari, balki mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlari, davlat va munitsipal tashkilotlar va federal qonunchilik bo'yicha alohida ommaviy vakolatlarni amalga oshiruvchi boshqa organ va tashkilotlar faoliyati ustidan kuzatish va ular tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarning jamoatchilik tahlilini va ekspertizasini amalga oshirishni ham ko'zda tutadi (4-modda).

Ta'kidlash joizki, mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning konstitutsiyaviy asoslarini shakllantirish va davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda.

Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2014-yil 10-apreldagi XIV yalpi majlisida ma'qullangan hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, 2014-yilning 17-aprelida matbuotda e'lon qilinib, kuchga kirgan "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi fuqarolarning davlat hokimiyati faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi rolini yanada kuchaytirish, hokimiyatlar bo'linishi konstitutsiyaviy prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o'rtasida o'zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish borasidagi izchil islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan.

Bizning fikrimizcha, ichki ishlar organlari faoliyatining ochiq va shaffof ishlashi uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

é

ш

UIF = 8.1 I SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

a) jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ichki ishlar organlarining barcha tarkibiy tuzilmalari faoliyati to'g'risidagi axborotni moneliksiz izlash va olish uchun shart-sharoit hamda aniq mexanizmlarining yaratilishi;

b) ichki ishlar organlari faoliyatiga oid axborotlardan qonuniy foydalanishni ta'minlovchi mexanizmlarning ishlab chiqilishi;

v) ichki ishlar organlari faoliyatiga oid axborotlarni qonun talablariga rioya etgan holda tarqatish mexanizmlarining aniq va bekam-ko'st ishlashini;

g) ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash uchun mas'ul bo'lgan shaxslarning zarur kasbiy bilim, ko'nikma va tajribaga ega bo'lishini;

d) ichki ishlar organlari tarkibiy tuzilmalari faoliyati ochiqligining asosiy prinsiplariga to'liq rioya etishni;

y) ichki ishlar organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash talablarini bajarmaslik, tartib-qoidalarga rioya etmaslik yoki uni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash kabi vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi.

References:

1. Mirziyoyev Sh.M. Bilimli avlod-buyuk kelajakning, tadbirkor xalq-farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir // Xalq so'zi, 2018-yil 8-dekabr.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Казаков С.О. Основные формы сотсиалного партнерства в Росси и Германия:сравнително-правовой анализ. автореф. канд. юрид. наук. - M., 2015. - С. 222В.

В. Kazakov S.O. Ko'rsatilgan asar. - В.2В.

4. Morgan rod Newfurn Tim Future of Poliking - Oxford. 1997.

5. Maёров В.И. Организатсия деятелности по охране общественного поядке в США. 200В.-с.41.

6. О.политсии. Федералний закон от 07.02.2011 г. 2011.

7. Зеленсев А.Б. Контрол за деятелностю исполнителной власти в зарубежных странах: Учебнойе пособийе. - M.: РУДН, 2002. - С.8.

8. Огнева Е.А. Общественный контрол в системе защиты прав и свобод человека и гражданина в Российской Федератсии: конституционно-правовойе исследованийе: дисс. ... канд. юрид. наук. - M.: РАНХиГС, 2015. - С.14.

9. Огнева Е.А. Общественный контрол в системе защиты прав и свобод человека и гражданина в Российской Федератсии: конституционно-правовойе исследованийе: дисс. ... канд. юрид. наук. - M.: РАНХиГС, 2015. - С.1В8.

10. Saidova L.A. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ba'zi bir jihatlari va xorijiy tajriba ¡I Mamlakatimizda inson huquqlarini ta'minlashda davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish: respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami. - Toshkent: O'zR MG HTI, 2018. - B.17-22.

11. Xakimov G'.T., Axmedova M.T. O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvida jamoatchilik nazoratining tutgan o'rni || Mamlakatimizda inson huquqlarini ta'minlashda davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati mexanizmini ishlab chiqish va

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

takomillashtirish: respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami. - Toshkent: O'zR MG HTI, 2018. - B.245.

12. Xursandov A.S. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmlari: qiyosiy tahlil // Mamlakatimizda inson huquqlarini ta'minlashda davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish: respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami. - Toshkent: O'zR MG HTI, 2018. - B.239-240.

13. Yuldashev I. Mehnat munosabatlarida jamoat nazorati // Mamlakatimizda inson huquqlarini ta'minlashda davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazorati mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish: respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami. - Toshkent: O'zR MG HTI, 2018. - B.204.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.