Oriental Journal of History, Politics and Law
ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND
LAW
journal homepage: https://www.supportscience.uz/index.php/oihpl
FEATURES OF PUBLIC OVERSIGHT IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
D.O. Botirov
Master's student
Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan
ABOUT ARTICLE
Key words: public control, democracy, state wellfare, corruption, citizens' self-goverment bodies, legislation.
Received: 14.05.22 Accepted: 16.05.22 Published: 18.05.22
Abstract: This article contains scientifically based and practical proposals for improving the system of public control, thereby eliminating errors and omissions in the activities of some government agencies in the Republic of Uzbekistan.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JAMOATCHILIK NAZORATINI AMALGA
OSHIRISHNING XUSUSIYATLARI
D.O. Botirov
Magistratura talabasi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Toshkent, O'zbekiston
_MAQOLA HAQIDA_
Kalit so'zlar: jamoatchilik nazorati, Annotatsiya: Mazkur maqolada demokratiya, davlat farovonligi, korrupsiya, jamoatchilik nazorati tizimidagi islohotlarni fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, takomillashtirish, bu orqali O'zbekiston qonuniylik. Respublikasida ayrim davlat organlari
faoliyatidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishga bo'yicha ilmiy asoslangan va amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab _chiqilgan._
ОСОБЕННОСТИ ОБЩЕСТВЕННОГО КОНТРОЛЯ В РЕСПУБЛИКЕ
УЗБЕКИСТАН
Д.О. Ботиров
Магистрант
Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан
_О СТАТЬЕ_
Ключевые слова: общественный Аннотация: В данной статье контроль, демократия, государственное содержатся научно обоснованные и благосостояние, коррупция, органы практические предложения по
самоуправления граждан, совершенствованию системы
законодательство. общественного контроля, за счет чего
устраняются ошибки и упущения в деятельности некоторых государственных _органов Республики Узбекистан._
KIRISH
Bugungi zamonaviy bosqichda ko'plab mamlakatlarda barqarorlik, geosiyosiy, ijtimoiy,iqtisodiy va milliy-etnik muammolarning kuchayishi davlat va fuqarolik jamiyati o'rtasida o'zaro samarali aloqalarni o'rnatishda, jamiyat reusrslari va davlat tuzilmalarini tinchlik -totuvlik va rivojlanish yo'lida birlashtirishga imkon beruvchi jamoatchilik nazorati instituti mexanizmlarini shakllantirishda siyosiy madaniy o'rni beqiyosdir. Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim sharti hisoblanadi.[1]Davlatchilik paydo bo'lgandan buyon, jamoatchilik nazorati, uning ko'rinishlari, usullari davrlarga qarab o'zgarib, rivojlanib keldi. Jamoatchilik nazorati davlat boshqaruvida eng muhim jarayonlardan biri bo'lib, unda butun xalq davlat hokimiyati va boshqaruviga ma'lum miqdorda ishtirok etadi.
ASOSIY QISM
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog'liq tarzda rivojlanib boradi. Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sari jamoatchilik nazorati uchun kengroq imkoniyatlar va istiqbollar paydo bo'ladi. Boshqa tomondan, jamoatchilik nazoratining rivojlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga olib keladi. Rivojlangan va keng quloch yoygan jamoatchilik nazoratini fuqarolik jamiyatisiz tasavvur qilib bo'lma ganidek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishini ham jamoatchilik nazoratisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev, ".... mavjud muammolarni aniqlash, ularni chuqur tahlil qilish, yechimlari bo'yicha taklif ishlab chiqish, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlashga ijtimoiy buyurtma asosida nodavlat notijorat tashkilotlarni keng jalb etiladi. Bu hamkorlik, eng avvalo, ta'lim, madaniyat, tibbiyot, ekologiya, qurulish, kadastr, transport, kommunal xo'jaligi, bandlik,ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish kabi muammoli sohalarda keng joriy etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu ishlarni tashkil etish uchun kelgusi yilda budjetdan
60 mlrd so'm yo'naltiriladi"[2],- deb ta'kidlaydi. Aynan shu sohalar jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini tashvishga solayotgan muammolardan, masalan, davlatda keng tarqalgan korrupsiyaning chuqur tomir otib ketganligi, ishsizlikni oldini olish, ayniqsa, pandemiya sharoitida kam ta'minlangan va nogironlarga ijtimoiy-iqtisodiy yordamning o'z vaqtida ko'rsatilmagani, yolg'iz ayollarga moddiy yordamning tizimlashmaganligi, qishloqlarni obodonlashtirish dasturlarida, yo'l loyihalarida sifatsiz, yuzaki ish davom etayotganligi,davlat xizmatlari, fuqarolik sudi, bank xizmatlaridagi muammolar va hokazolarni hal qilish jamoatchilik nazorati o'ta muhim.
Bugungi kunda yurtimizda jamoatchilik nazorati instituti faoliyat yuritmoqda, ammo uning izchil faoliyat yuritishi bilan bog'liq bir qator quyidagi muammo va kamchiliklar mavjud: birinchidan, sohani huquqiy tartibga solish va iqtisodiy-ijtimoiy, ma'muriy-siyosiy sohadagi davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslarining davlat boshqaruvida insonning konstitutsiyaviy huquq va manfaatlariga rioya etib ish ko'rishini ta'minlash ehtiyojining zarurligi.Ikkinchidan, xalqimiz orasida jamoatchilik nazoratining mazmun mohiyatini hali hanuzgacha bilmaydigan fuqarolarning mavjudligi. Uchinchidan, davlat organlarining o'z faoliyatlari davomida Konstitutsiya va qonun hujjatlarida belgilab qo'yilgan jamiyat va davlat oldidagi vazifalarini to'liq bajarishlari uchun jamoatchilik nazorati subyektlariga amaliy ahamiyatga ega bo'lgan huquqlar berish zarurligi.[3] To'rtinchidan, jamoatchilik nazorati doirasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi mexanizmi deyarli samarasizligi muammosi mavjud, ya'ni o'tgan qariyb to'rt yil vaqt mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyulda qabul qilgan "Davlat organlari huzurida jamoatchilik nazorati kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida ko'zlangan maqsadlarning amaliyotga tatbiq etilishi jarayoni sust kechmoqda. Vaholanki, jamoatchilik nazorati obyektini tegishli normativ hujjatda aniq ifodalanmasligi olimlar tomonidanbahs-munozaraga sabab bo'layotgan holatdan hisoblanadi.[4] Chunki subyekt tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdan qanday maqsad ko'zlanganligini va uning muayyan sohaning aynan qaysi obyektiga yo'nalganligi anglanmasdanturib, kutilgan natijaga erishib bo'lmaydi. Ammo, yuqoridata'kidlaganimizdek, biror bir normativ hujjatda ichki ishlarorganlarining qaysi tuzulmalari faoliyati jamoatchilik nazoratining obyekti bo'lishi mumkinligi hamda ularning jamoatchilik nazorati subyektlari bilan hamkorligini ta'minlashga oid alohida tartib nazarda tutilmagan.[5] Jamoatchilik kengashi a'zolari xalq tomonidan, ularning vakillari tomonidan lavozimga saylanmasligi, ularni tegishli davlat organi rahbari tomonidan lavozimga tayinlanishi ushbu davlat organi ishidagi kamchiliklarni jamoatchilik nomidan bartaraf etish choralarini ko'rmasligiga sabab bo'ldi. Ushbu kengashlarning faoliyatidan qoniqmaslik natijasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 16-aprelda "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida jamoatchilik palatasini tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni e'lon qilindi. Ushbu farmonda
belgilangan mexanizmni ishga tushishirish masalasi hamon ochiq qolmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev to'g'ri tanqid qilgani kabi, ".. .hozir gi kunga qadar davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yaratilmagan. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat organlari va uning mansabdor shaxslari faoliyatini xolisona baholashga halal bermoqda. Bundan kelib chiqib, jamiyat va davlat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta'sirchan amaliy mexanizmlarini joriy etish maqsadida "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi qonunni qabul qilish zarur. Shu munosabat bilan barcha davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari tashkil etishni taklif qilaman. Bunday jamoatchilik kengashlari davlat organlari faoliyatini ochiq va shaffofligini ta'minlaydigan, ularni aholi bilan bevosita bog'laydigan ko'prik vazifasini bajarishi zarur". [6] Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, jamoatchilik nazorati institutini tizimli tarzda isloh qilish va uning takomiliga erishish uchun ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borish, ularda amaldagi mavjud muammolarning samarali yechimini ishlab chiqish va ularni amaliyotga qo'llash lozim. Chunki mamlakatimizda demokratiya barqaror bo'lishi, davlat boshqaruvida fuqarolarning erkin ishtirok etishi va ularning davlatni idora qilayotgan organlar faoliyatidan xabardor bo'lib turishida jamoatchilik nazorati instituti rolini oshirish zarur.
Davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatish nafaqat davlat organlarining faoliyati ochiqligini va shaffofligini ta'minlash bilan, balki fuqarolarning, jamoatchilik nazorati subyektlarining barchasida davlat boshqaruvida faol ishtirok etish, huquqiy jarayonlarni anglashga harakatni kuchaytirish bilan amalga oshiriladi.
Bugungi kunda jamiyat hayotidagi eng dolzarb muammolarni hal qilishni eng avvalo, jamoatchilik nazorati instituti faoliyatini yurtimizda takomillashtirishdan iboratdir. Buning uchun esa, fuqarolarning yuridik huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda qarorlarda jamoatchilik manfaatlarini va fikrini shakllantirish,inobatga olish uchun ham jamoatchilik nazoratining amaliy uslublarini takomillashtirish hamda mexanizmlari uchun sharoit yaratish muhimdir.[7] Ushbu fikrga qo'shimcha sifatida, davlat taraqqiyotini mustahkamlashda avvalo, jamiyatdagi har bir shaxsning qonunlar asosida kafolatlangan huquqlarini bilishi va ulardan foydalanishi,siyosiy madaniyatga asoslangan holda ijtimoiy faollik ko'rsatishi jamiyat ravnaqining belgilashda muhim omil sanaladi. Bundan ko'rinib turibdiki, davlatdagi har bir shaxs o'z huquq va burchlarini bajargan holda davlat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Buning uchun,eng birinchi, davlatimizda mavjud jamoatchilik nazorati subyektlari faoliyatini takomillashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Jumladan, yurtimizda faoliyat yuritayotgan o'z-o'zini boshqarish organi bo'lgan - mahalla faoliyatini optimallashtirish yaqqol misol bo'ladi. Avvalo, mahalla bu davlatning boshlang'ich tuzilmasi sifatida, fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini ta'minlash, qonunda belgilangan
huquqlarini amalga oshirishni ta'minlashi lozim. Buning uchun esa har bir mahallada, har bir jamoada, ommaviy axborot vositalarida jamoatchilik nazorati xususida doimiy targ'ibot ishlarini olib borish maqsadga muvofiq bo'ladi.[8] Ya'ni boshqacha qilib aytganda, xorij tajribasini o'rgangan holda,fuqarolarga shaffof ma'lumotlarga ega bo'lib, qanchalik ko'p bilishsa, unga nisbatan faol munosabat bildira olish va shu holda jamoatchilik nazorati ham shakllanadi. Bundan tashqari,jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan jamoatchilik nazoratining mohiyati, mazmuni va shakllari, uslublarini hamda u qay holda namoyon bo'lishi to'g'risida nazariy va amaliy tushunchalarni fuqarolarga yetkazish muhim sanaladi. Bu davlat fuqarosining siyosiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
"Fuqarolik jamiyati shakllanishida fuqarolik jamiyati barcha institutlarining o'zaro aloqadorlikda ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Jamoatchilik nazoratining maqsadi davlat hokimiyati organlarining aholi oldidagi barcha majburiyatlarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat. Mamlakatni modernizatsiyalash, korrupsiyaga qarshi kurash kuchaytirilayotgan hozirgi sharoitda jamoatchilik nazoratining roli beqiyos darajada ortadi".[9]Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish mamlakatda qonunchilikni ta'min lashning kafolati vazifasini bajaradi. Davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati turli ko'rinish, shakl va usullar yordamida o'tkaziladi. Jamoatchilik nazorati turlari va shakllarini to'la va chuqur anglash uchun quyidagi holat va hodisalar haqida aniq tasavvurlar hosil qilish lozim:
- davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tushunchasining mazmun va mohiyatini tahlil qilish;
- jamoatchilik nazoratini tartibga solib turuvchi hujjatlarni tahlil qilish;
- fuqarolik jamiyati institutlarining jamoatchilik nazorati olib borishdagi amaliy faoliyatlarini tahlil qilish.
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining vazifasiga mas'uliyat bilan yondashmasligi va amaldagi qonunchilikka nomuvofiq harakat qilishi, aholi murojaatlarini ko'rib chiqsada, muammolar amaliy yechimini topmasligi mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to'siq bo'lmoqda. Shu sababdan jamoatchilik nazorati davlat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi asosiy institut hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, fuqarolik jamiyatining ajralmas belgilaridan biri bu jamoatchilik nazorati hisoblanib, fuqarolik jamiyati institutlari, keng jamoatchilik tomonidan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining qonunga muvofiq nuqtai nazaridan muntazam nazoratini anglatadi. Bunday nazorat, odatda, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ularning mansabdor shaxslarining faoliyatini tahlil qilish, bu boradagi jamoat fikrini o'rganish, shakllantirish va tegishlicha bayon qilish orqali namoyon bo'ladi.[10] O'zbekiston
Respublikasida amalga oshirilayotgan huquqiy jarayonlarni chuqurlashtirish yo'llari belgilab berilgan, puxta o'ylangan va har tomonlama asoslangan demokratik islohotlarning amaliyotga joriy etilishi aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyatining tarkibini tashkil qiluvchi demokratik institutlar- ko'ppartiyaviy tizim, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining faol ishtirokini ta'minlashga xizmat qilishi lozim. Ushbu instititutlarning faoliyat shakllari qatorida jamoatchilik nazorati alohida ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Usarova F.Jamoatchilik nazorati tizimida siyosiy madaniyat masalalari//Fuqarolik jamiyati
- Civil society. -2021.-№1(61). -B.13.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so'zi, 2017-yil 22-dekabr soni.
3. Mamasiddiqov M.M, Otajonov A.A. va boshq. Mamlakatimizda davlat idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o'rnatish mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish. Mualliflar jamoasi. Mas'ul muharrir yu.f.n, prof. M.M. Mamasiddiqov.-Toshkent. "Lesson press". 2020.-220-b.
4. Xoliqova SH.A. Jamoatchilik nazorati shakllari va ularni yanada takomillashtirish muammolari // Huquqiy tadqiqotlar jurnali. -2019. - №2. - B. 52- 60;
5. Критская М.С. Объекти и субъекти обшественного контроля за деятелностю политсии в условиях децентрализатсии государственного управления // Вестник ДВЮИ МВД России. - 2016. - № 3 (36). - С. 98-105
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so'zi, 2017-yil 22-dekabr soni
7. Usarova F.Jamoatchilik nazorati tizimida siyosiy madaniyat masalalari//Fuqarolik jamiyati
- Civil society. -2021.-№1(61). -B.18.
8. A.Nazarov. Challenges to Uzbekistan's secure and stable political development in the context of globalization. Journal on International Social Science Vol.1, No.1, 2020. -P. 26-31.
9. Shomurodov.T. "Jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatini ochiqligi. Ijtimoiy sheriklik". https://fayllar.org/jamoatchilik-nazorati-tushunchasi-va-mohiyati.html (18.03.2022)
10. Hosilova Sh.A.ning O'zbekiston Respublikasida davlat organlari ustidan jamoatchilik nazorati: nazariy - huquqiy masalalari.dis.. .avtoreferat. -T.,2021.-B.14.
11. Madaminova, D. I., & Fayzullaev, S. A. (2021). The important aspects of uzbekistan's initiatives in central Asia. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 324-328.
12. Sayfullaev, D. B. (2020). CONCEPTUAL BASIS OF THE MODERN WEST AND EAST DIPLOMACY STUDY. Journal of Legal, Ethical and Regulatory Issues, 23(2), 1-10.