Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA DAVLAT ORGANLARI VA JAMOATCHILIK NAZORATI'

YANGI O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA DAVLAT ORGANLARI VA JAMOATCHILIK NAZORATI Текст научной статьи по специальности «Право»

14
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA DAVLAT ORGANLARI VA JAMOATCHILIK NAZORATI»

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA DAVLAT ORGANLARI VA JAMOATCHILIK NAZORATI

Mafura Muxtarxanovna Inagamova

(PhD), dotsent

Abdumurod Shavkat o'g'li Ashurov

Toshkent davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi

Jamoatchilik nazorati demokratiya va xalq hokimiyatchiligi prinsiplarining eng muhim institutlaridan bo'lib, u orqali davlat muassasalari va ularning faoliyati ustidan nazorat o'rnatiladi va shu asosda fuqarolarning huquq va manfaatlari ta'minlanadi.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, jamoatchilik nazorati davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga muvofiq faoliyatini nazorat qiladi.

Yaqin tarixga nazar solsak, jamoatchilik nazorati instituti Konstitutsiyamizga 2014-yilda alohida huquqiy maqom sifatida kiritildi.

Shubhasiz, bu huquqiy institut dunyoning boshqa davlatlarida ham milliy qonunchilikning ajralmas qismi sifatida shakllangan.Bunga yorqin misol qilib Buyuk Britaniyani ko'rsatish mumkin.[1]

O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o'zini o'zi boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.(36-modda).

Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.Shubhasiz ayni shu sanadan boshlab bu institutda yangi va yuksakroq davr boshlandi. [2]

Bir necha yildan so'ng, 2018-yilning 13-aprel kuni O'zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to'g'risidagi" qonuni kuchga kirdi va ayni shu qonun orqali jamoatchilik nazorati sohasidagi amaliy ishlar bilan bog'liq "huquqiy bo'shliqlar" to'ldirildi.Joriy qonun 21 moddadan iborat bo'lib, uning 1-moddasiga ko'ra , ushbu qonunning maqsadi davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

December 1-7, 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

hamda amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Shubhasiz, davlat organlari, undagi mansabdor shaxslar, davlat xizmatchilari ustidan jamoatchilik nazorati olib borilishi doimo qonuniylik va demokratizm prinsiplariga ko'ra o'zining jamiyat va davlat uchun xarakterli faktor sifatida gi rolini yo'qotmagan.Xo'sh, qonunchilik va davlat boshqaruvi sohalaridagi bu kabi muhim, katta va murakkab huquqiy institutning subyektlari kim?

O'zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to'g'risidagi" qonunining 3-moddasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi), fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda ro'yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subyektlaridir.

Jamoatchilik nazorati jamoatchilik kengashlari, komissiyalari va boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi mumkin. [3]

Demak, joriy qonunning asosiy subyekti bu fuqarolar yoki ular tomonidan tashkil etilgan turli ko'rinishdagi nodavlat tashkilotlar bo'lib, ayni shu va boshqa subyektlar ijtimoiy faollik ko'rsatish orqali o'z huquqlaridan foydalangan holda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishlari mumkin. Shunday ekan, dunyoning ko'plab rivojlangan davlatlaridagi singari rivojlangan jamoatchilik nazoratini tashkil etish uchun avvalo, fuqarolar va ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy, huquqiy va siyosiy sohadagi rolini oshirish lozim.Ayni shu o'rinda aniqlik kiritilishi kerak bo'lgan bir savol paydo bo'ladi.Ya'ni, jamoatchilik nazorati shakllari.O'zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to'g'risidagi" qonunining 6-moddasiga ko'ra, [4] jamoatchilik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: davlat organlariga murojaatlar va so'rovlar; davlat organlarining ochiq hay'at majlislarida ishtirok etish; jamoatchilik muhokamasi; jamoatchilik eshituvi; jamoatchilik monitoringi; jamoatchilik ekspertizasi; jamoatchilik fikrini o'rganish;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan davlat organlari mansabdor shaxslarining hisobotlari va axborotini eshitish. [5]

Jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

December 1-7, 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

Shu o'rinda, jamoatchilik nazorati obyektlari ham aniq qonunchilik hujjatlarida keltirib o'tilishi muhimdir. [6] Bularga quyidagilar kiradi: Davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining:

qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, qarorlarda, shuningdek rivojlanish davlat, tarmoq va hududiy dasturlarida jamoatchilik manfaatlarini, jamoatchilik fikrini hisobga olishga;

fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini ta'minlashga;

o'z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo'lgan vazifalar va funksiyalarni bajarishga; davlat xizmatlarini ko'rsatishga;

ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni bajarishga doir faoliyati jamoatchilik nazoratining obyektidir.

Albatta, yuqorida sanab o'tilgan huquqiy normalar ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini ta'minlashda katta ahamiaytga ega.Ayni shu kabi qonunlar sabab so'nggi yillarda O'zbekistonda inson huquqlari sohada bir qator yutuqlarga erishildi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 12.04.2018 yildagi O'RQ-474-son

3. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 12.04.2018 yildagi O'RQ-474-son

4. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 12.04.2018 yildagi O'RQ-474-son

5. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 12.04.2018 yildagi O'RQ-474-son

6. M.M.Inagamova. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiya si -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. B. 59-64.

M.M.Inagamova. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyada qonun ustuvorligini ta'minlash va mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirishning tashkiliy-huquqiy masalalari (tahliliy-statistik ma'lumotlar asosida). Multidisciplinary Scientific Journal.

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

[7]

December 1-7, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.