Научная статья на тему 'IBN SINONING INSON VA MA’NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI'

IBN SINONING INSON VA MA’NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Sino / inson / ma’naviy kamolot / axloqiylik / falsafa. / Ibn Sina / man / spiritual perfection / morality / philosophy.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Uralov, Dilshodbek, Shodmonova, Lola

Maqolada Ibn Sinoning falsafiy asarlarida inson va ma’naviy kamolot masalasiga munosabati o‘rganilgan. Allomaning ma’rifat tushunchasining uning axloqqa oid qarashlarida tutgan o‘rni ko‘rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IBN SINO'S ATTITUDE TO THE ISSUE OF HUMAN AND SPIRITUAL PERFECTION

The article examines the philosophical works of Ibn Sina on the issue of human and spiritual perfection. The role of the scholar's concept of enlightenment in his views on morality is shown.

Текст научной работы на тему «IBN SINONING INSON VA MA’NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI»

"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI (E)ISSN: 2181-1784 ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN 4(26), Nov., 2024

ALFRAGANUS UNIVERSITY www.0riens.uz

IBN SINONING INSON VA MA'NAVIY KAMOLOT MASALASIGA

MUNOSABATI

d

https://doi.org/10.5281/zenodo.14544349

Uralov Dilshodbek

Alfiraganus universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti v.b.

Shodmonova Lola Alfiraganus universiteti 1-bosqich talabasi

Annotatsiya: Maqolada Ibn Sinoning falsafiy asarlarida inson va ma 'naviy kamolot masalasiga munosabati o 'rganilgan. Allomaning ma 'rifat tushunchasining uning axloqqa oid qarashlarida tutgan o 'rni ko 'rsatib berilgan.

Kalitso'zlar: Ibn Sino, inson, ma'naviy kamolot, axloqiylik, falsafa.

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatini O'rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri - Abu Ali Ibn Sino bo'lib, u Yevropada "Avitsenna" nomi bilan mashhurdir. Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog'ida, hijriy 370(980) -yilning safar oyida, amaldor oilasida tug'ildi.

Ibn Sinoning axloqiy ta'limoti uning ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g'oyalaridan kelib chiqadi. Axloq fani vositasida, -deb yozgan edi Ibn Sino, - inson o'z xatti-harakatlarini o'rganib, kelgusida baxtli va faravon yashashga harakat qiladi1.

Ibn Sino o'zining "Axloq haqidagi risola"sida axloqiy xislatlardan or-nomus, sha'n, qadr-qimmat, qanoat, saxiylik, g'ayratlilik, sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma'rifatli bo'lish, ochiqlik, vijdonlilik, do'stlik, sadoqatlilik, kamtarlik, saxiylik, adolatlilik kabi shaxs ma'naviyati kategoriyalariga ta'rif beradi2.

Ibn Sino bu asarida insonning umumiy fazilati haqida gapirib, kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo'lish sabablari haqida to'xtaladi. Ibn Sino fikricha, yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo'ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo'lishiga hukumat ahllarining ham ta'siri kattadir.

■ "G'ayratlilik" olimning fikricha, g'azabiy quvvatga mansub bo'lib, bunda inson har qanday og'riq va alamlarga befarq qaraydi.

■ "Hikmat" tamyiziy quvvatga mansub bo'lib, insonni xato va yanglishishlardan asraydi.

1 Irisov A. Ibn Sino - ma'rifatparvar adib. - Toshkent: 1962. -B.15.

2 Jonmatova X. Abu Ali Ibn Sino ta'lim tarbiya to'g'risida. - Toshkent: O'zbekiston, 1980. -B.12.

"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI (E)ISSN: 2181-1784 ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN 4(26), Nov., 2024

ALFRAGANUS UNIVERSITY www.0riens.uz

■ "Qanoat", ya'ni mo'tadillikka ta'rif berib, Ibn Sino uni tana uchun normadan ortiq ozuqani iste'mol qilishdan saqlanish yoki xulq normalariga to'g'ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik deb tushuntiradi.

■ "Sabr" insondagi shunday quvvatdirki, u orqali inson boshiga tushgan yomonlikdan xoli bo'ladi.

■ "Yumshoqlik" g'azabning yuz berishidan o'zini tutishdir. Kimki o'zini g'azabdan tuta olmasa, u oqibatda jinoyat sodir bo'ladigan fe'l-atvorga giriftor bo'ladi. G'azabdan o'zini tutishni Ibn Sino insonning olijanobligidir, deb juda to'g'ri ta'kidlaydi.

■ "Vijdonlilik" tez fahmlash, his orqali berilgan biror narsaning haqiqiy ma'nosiga tez yetishdir va turli xil yomon ishlardan o'zini tiyib turishdir.

■ "Rahmdillik" omadsizlikka uchragan yoki boshqa og'ir kulfat tushgan insonlarga hamdard bo'lish3.

Ibn Sinoning axloqqa bag'ishlangan risolalaridan yana biri "Burch risolasi"dir. Bu asar 1910-yili Misrda chop etilgan. Bu yerda Ibn Sino, asosan, odam o'zini doimo pokiza tutishi kerakligi, insonlar bilan qanday muomala qilish lozimligi kabi masalalarga to'xtalib o'tadi.

Bundan tashqari, Ibn Sinoning axloqqa oid asarlaridan yana biri "Nafsni pokiza tutish to'g'risida risola"dir. Ibn Sinoning bu asari (qo'l yozmasi) Toshkentda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kitob fondida mavjud.

Bunda muallif kishi nafsni pokiza tutishi zarurligi va ba'zi dunyoviy lazzatlardan o'zini tiyish zarurligi haqida fikr bayon etadi va bunga Ibn Sino ichkilikni misol qilib oladi. Ibn Sino mayni faqat shifo va ruhni shod etish uchun ozgina iste'mol qilish zarurligini ta'kidlaydi. Chunonchi bir g'azalida mayni misoli padar pandi - nasihati kabi achchig'-u, lekin foydasi ko'pdir, deydi. Aql fatvosi shuki, deydi Ibn Sino, maydonoga halol va ravoyu, nodonga harom va noravodir, uni ablax odam ichsa, o'sha zahoti tilidan bodi kirib shodi chiqadi, darrov lof yog'ilib, uning turqi o'zgaradi. Shuning uchun may bilimdonga mumkin-u johillarga harom etilgan.

Ibn Sino fanlarni klassifikatsiyalab, ularni nazariy va amaliy qismlarga bo'ladi. Amaliy ahamiyatga ega bo'lgan fanlarning ob'yektiga u inson faoliyati, burchini oladi. Amaliy fanlar uch bo'limdan iborat:fuqarolik, uy-joy masalasi va nihoyat, axloq qoidalari.

Bulardan fuqarolik burchiga kelsak, bunda inson faolyatini o'rganadigan, ya'ni shaxsiga oid bo'lgan bilimlarni o'z ichiga oladi. Binobarin inson odamlar orasida o'z o'rnini qanday topa olishi va ular bilan birga qanday munosabatda bo'lishi, ishlay

1 Jonmatova X. Abu Ali Ibn Sino ta'lim tarbiya to'g'risida. -Toshkent: Fan , 1980. -B.81.

olishi masalalari kiradi. Ibn Sino kishilarning oilada bir-biri bilan bo'ladigan muomala va munosabatlari qanday bo'lishi, uy ishlarini oilada qanday taqsimlash, xotin, bolalar va xizmatkorlar o'rtasidagi munosabatlar masalalarini ham unutmaydi4.

Ibn Sino o'zining "Uyun al-hikma" ("Hikmat buloqlari") asarida ham ta'lim va axloqqa oid o'z fikr-mulohazalarini bildiradi. Unda aytilishicha, axloq fani odamning chinakam baxtli bo'lishi uchun unga doimo yo'l-yo'riq ko'rsatib beradigan fandir. Bu fan kishining xulqi, fe'l-atvori ustidan rahbarlik qiladi. Bu fan shunday odamlarni tayyorlab berishi kerakki, ular faqatgina o'zi uchun yashamasdan, balki boshqalar va jamoat hamda uning manfaati uchun yashashga intilishi kerak. Insonlar bir-biri bilan do'st-inoq bo'lib yashashi, ularda insonparvarlik ruhi rivojlanishi lozim. Insonlar kamtar, irodasi kuchli, tejamkor bo'lishi zarur. Insonda mehnatga muhabbat, yaxs hi axloqiy sifatlar va halollik doimo ustun turishi kerak. Yaxshi xulqli kishilarda insonlarning eng yaxshi xislatlari mujassamlashgan bo'ladi. Ibn Sino shuningdek, asarda kishidagi odamshavandalik, iroda, bu borada tadbirkorlik, do'stga nisbatan hurmat-ehtirom, dushmanga nisbatan nafrat xislatlarining bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritiladi.

Olimning axloqiy qarashlarini uning "ash-Shifo" asarining ko'pgina bo'limlarida ham uchratamiz. Bunda Ibn Sino insonda bo'ladigan g'azablanish, xavfning paydo bo'lishi, qo'rqoqlikning ma'nisi, uyalish va surbetlik xislatlarning qanday kelib chiqishi haqida bosh qotiradi, kishidagi g'amxo'rlik va shafqat deganda nimani tushunish kerakligi, shu bilan birga, kishidagi xasad, o'ch olish, g'ayrlik va nafrat, mensimaslik kabi axloqiy illatlarga batafsil ta'rif beradi5.

Ibn Sino insonlar o'rtasida uchrab turadigan yomon axloqiy xislatlarni "sharmandalik" deb ataydi.Unga ta'rif berib yozadi: "Hujum qilib kelayotgan qo'shinlardan qo'rqib qochish, insonlardagi qo'rqoqlikning boshqalar tomonidan fosh etilishi , boylikni yerga ko'mish,shubhali joylarda bo'lish, razillikni istash, axloqiy tubanlik, kambag'alni talash, o'liklar kafanini qazib olish, gadoylik qilish, haddan tashqari ziqnalik, sudxo'rlik qilib pul topish, kechirim so'raganlar iltimosini rad etish, aybdor bo'lib bo'yin egib turish, muruvvat qilish kerak bo'lganda sudlashish,sudlashish kerak bo'lganga muruvvat qilish" va hokazolarni kiritadi.

Uyatsizlik deganda, Ibn Sino inson tomonidan minnatdorchilikni tahqirlashni, ta'na va malomatning tarqalishiga pisand qilmaslikni tushunadi6.

"Xijolat va tortinchoqlik qayg'u va yomonlik tufayli tinchlikning buzilishidir,bunda inson o'zining o'tmishi, hozirgi payti va kelajakdagi mavqei

4 Jonmatova X. Abu Ali Ibn Sino ta'lim tarbiya to'g'risida. (Abu Ali ibn Sino tug'ilgan kunining 1000 yilligiga, to'plam). -Toshkent: O'zbekiston, 1980. -B.78.

5Jonmatova X . Abu Ali Ibn Sino ta'lim tarbiya to'g'risida (Abu Ali ibn Sino tug'ilgan kunining 1000 yilligiga, to'plam). -Toshkent: Fan , 1980. -B.8.

6 Ibn Sino Kitob ash - shifo (Al - Xitoba ). -Qohira, 1954. -B.142.

qanday bo'lishidan qat'i nazar o'zini-o'zi koyiydi. Demak, Ibn Sino fikricha, uyalish hissi insonning o'zini - o'zi koyishidir.

"Xavfgata'rif berib Ibn Sino uni qayg'u va alamdir, inson nafsining tartibsizligidir, yomonlikni tasavvur qilishdir,deydi. Lekin har qanday yomonlik ham, olimning aytishicha, qo'rqinch tug'dirmaydi.Masalan, hasad, insonning buzuqligi qo'rqinch tug'dirmaydi. Xavf o'z tabiati bilan kelajakda bo'ladi.Masalan,uzoqdagi o'lim qo'rquv tug'dirmaydi. Inson unga yaqinlasha borgach, o'lim insonga qo'rquv tug'diradi"

Ibn Sino arzimagan kasallikkabardosh bera olmaslik, yengiltaklik, birovning mehnati evaziga topilganlarni o'zlashtirib olish, kekkayish kabi xislatlarni qoralaydi,ularni yomon odatlar qatoriga kiritadi. U kishidagi qiziqqonlik ham kishining or-nomusini yerga uradigan xatti-harakatlardandir deb hisoblaydi. Ibn Sino yozadi: "Insonlarning doimiy tobe bo'lib yashashlari, boshqalar tomonidan o'z nafsini masxara qilishiga chidash, jabr-zulmga toqatqilish, yetishmovchilik kabilar kishini keyinchalik qiziqqon bo'lishiga sabab bo'ladi"7.

Ibn Sino g'azab fazilatlaridan quyidagilarni ko'rsatadi. Masalan:

❖ Jasurlik - biror ishni baj arishda kishining j asurligi;

❖ Chidamlilik - inson boshiga tushgan yomonlikni to'xtatib turuvchi quvvat;

❖ Aqllilik - biror ishni bajarishda shoshma - shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi;

❖ Ziyraklikni narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy manosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat;

❖ Achinish, kishilar baxtsizlik - azob-uqibatga duchor bolganda, ular bilan xushmuomalada bo'luvchi insoniy quvvat;

❖ Kamtarlikka xudbin ishlar bilan shug'ullanishdan toxtatuvchi kuch sifatida ta'rif beradi.

Ibn Sino qarashicha, insonlar fe'l -atvorida birmuncha nuqsonlar bo'ladi, insonlar doimo bo'lardan o'zini tiyib yurishi, iloji boricha ulardan qochishi, asranishi kerak.

Ibn Sino insonning kamolga yetishida to'siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko'rsatib o'tadi. Johillikni -ilmga, nodonlikni - zehni o'tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni -sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida tariflaydi.

Abu Ali Ibn Sino asarlarida kamolotga erishishning birinchi mezoni-ma'rifatni egallashga da'vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib

7Jonmatova X. Abu Ali Ibn Sino ta'lim tarbiya to'g'risida (Abu Ali ibn Sino tug'ilgan kunining 1000 yilligiga, to'plam). - Toshknet: Fan, 1980. -B.85.

avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo'rqmasligi zarur, deydi u. Bilimsiz kishilar johil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bo'lmagan kishilar qatoriga qo'shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta'kidlaydi8.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Ibn Sinoning ta'lim-tarbiyaga oid fikr mulohazalari uning bizgacha yetib kelgan juda ko'p asarlari orasida tarqoq holda saqlanib qolgan. Agar qadimgi yunon faylasuflari Platon va Arastular o'sib kelayotgan avlod ta'lim-tarbiyasini davlat zimmasiga yuklagan, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat majburiyatiga ag'darib qo'ygan va bola tarbiyasi bilan shug'ullanish jamiyat va davlat manfaatlari uchun zarur va foydaliroq, deb ta'kidlab, bu tarzdagi qarashlari bilan tarbiyani ota-ona gardanidan soqit qilgan bo'lsalar, Ibn Sino bu vazifa birinchi galda oilaga taalluqli ekanini asoslab berishga urinadi. U jahon pedagogikasi tarixida birinchilardan bo'lib farzand tarbiyasida oqila ayol kishining salohiyatini ko'tarish zarur ekaniga alohida e'tibor qaratgan edi. Bu albatta, hozirgi kunda axloq falsafasining rivojida katta ahamiyatga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Jonmatova X. Abu Ali Ibn Sino ta'lim tarbiya to'g'risida (Abu Ali ibn Sino tug'ilgan kunining 1000 yilligiga, to'plam). - Toshknet: Fan, 1980.

2. Ibn Sino Kitob ash - shifo (Al - Xitoba ).Qohira: 1954.

3. Irisov A. Ibn Sino - ma'rifatparvar adib. - Toshkent: 1962.

8Ibn Sino Kitob ash-shifo (Al - Xitoba ).Qohira.: 1954. -B.147.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.