Научная статья на тему 'IBN SINO RISOLALARIDA RUHIY TARBIYA MASALALARI'

IBN SINO RISOLALARIDA RUHIY TARBIYA MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abu Ali ibn Sino / Shayxu-r-rais / axloq / ma’naviy tarbiya / “Tadbiru-l-manzil” / “Risola fi-l-axloq” / oilaviy munosabatlar / oila / jamiyat. / Abu Ali ibn Sina / Sheikh al-rais / morality / spiritual education / “Tadbiru-l-manzil” / “Risala fi-l-akhlak” / family relationships / family / society.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Saidov, Sarvar

Ushbu maqolada Movarounnahr diyorida yashab ijod qilgan alloma, “Shayxu-r-rais” – Abu Ali ibn Sinoning axloqiy risolalari borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek ulug‘ mutafakkirning “Tadbiru-l-manzil”, “Risola fi-l-axloq” kabi risolalarida keltirilgan hikmatlarning inson ma’naviy kamolotidagi ahamiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF SPIRITUAL EDUCATION IN IBN SINO'S TREATISES

This article contains comments on the moral treatises of “Sheikh al-rais” – Abu Ali ibn Sina, who lived and worked in Transoxiana. Also is analyzed the importance of wisdom in the spiritual maturity of a person, which is presented in such treatises of the thinker as “Tadbiru-l-manzil”, “Risola fi-l-akhlok”.

Текст научной работы на тему «IBN SINO RISOLALARIDA RUHIY TARBIYA MASALALARI»

IBN SINO RISOLALARIDA RUHIY TARBIYA MASALALARI

Sarvar Saidov

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy tadqiqot bo'limi boshlig'i, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Tel: sarvarsaid@bk.ru E-mail: sarvarsaid@bk.ru Orcid: 0000-0003-0353-7455

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Movarounnahr diyorida yashab ijod qilgan alloma, "Shayxu-r-rais" - Abu Ali ibn Sinoning axloqiy risolalari borasida fikr-mulohazalar keltirilgan. Shuningdek ulug' mutafakkirning "Tadbiru-l-manzil", "Risolafi-l-axloq" kabi risolalarida keltirilgan hikmatlarning inson ma'naviy kamolotidagi ahamiyati tahlil qilingan.

Kalit so'zlar. Abu Ali ibn Sino, Shayxu-r-rais, axloq, ma'naviy tarbiya, "Tadbiru-l-manzil", "Risolafi-l-axloq", oilaviy munosabatlar, oila, jamiyat.

В данной статье собраны комментарии к моральным трактатам "Шейху-р-раиса" - Абу Али ибн Сины, жившего и творившего в Мавераннахре. Также анализируется значение мудрости в духовной зрелости человека, которое представлено в таких трактатах мыслителя, как «Тадбиру-л-манзил», «Рисола фи-л-ахлок».

Ключевые слова. Абу Али ибн Сина, Шейху-р-Раис, нравственность, духовное воспитание, «Тадбиру-л-манзил», «Рисала фи-л-ахлак», семейные отношения, семья, общество.

This article contains comments on the moral treatises of "Sheikh al-rais " - Abu Ali ibn Sina, who lived and worked in Transoxiana. Also is analyzed the importance of wisdom in the spiritual maturity of a person, which is presented in such treatises of the thinker as "Tadbiru-l-manzil", "Risolafi-l-akhlok".

Keywords. Abu Ali ibn Sina, Sheikh al-rais, morality, spiritual education, "Tadbiru-l-manzil", "Risalafi-l-akhlak", family relationships, family, society.

Mamlakatimizda diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar musulmon allomalarining ilmiy-ma'naviy merosini o'rganish hamda uni

269

АННОТАЦИЯ

ANNOTATION

KIRISH.

www.birunijournal .uz

jamoatchilikka yetkazishda keng imkoniyatlarni yaratmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni,

14-fevraldagi PQ-2774-son "Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2017-yil 28-avgustdagi PQ-3160-son "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida"gi, 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son "Ma'naviy-ma'rifíy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186-son "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlarining qabul qilinishi ham yurtimizdan yetishib chiqqan ajdodlarimizning ibratli hayot yo'li, qimmatbaho asarlarini ilmiy nuqtai nazardan tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. [2]

Amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda islom dini ta'limoti va musulmon xalqlar madaniyati ta'sirida shakllangan odob-axloq, ruhiy-ma'naviy tarbiyaga oid g'oyalarining ildizlarini aniqlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada Movarounnahr diyorida yashab ijod qilgan alloma, mohir tabib, faylasuf-mutafakkir Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.y.)ning alohida o'rni borligini ta'kidlash lozim. Tadqiqotimizning asosiy bahs obyekti hisoblangan "Tadbiru-l-manzil" (Jo^l J¿?^), "Risola fi-l-axloq" (J^Vl ^i kabi risolalar allomaning axloq ilmiga oid muhim asarlaridan hisoblanadi. Ushbu asarlar islom tarixidagi ma'naviy-axloqiy sohalardagi muammolarni tadrijiy tarzda yoritgani hamda ularning sabab va oqibatlarini aniq ko'rsatgani bilan islom ma'naviy taraqqiyotini to'g'ri talqin qilish, uning tarixini xolis o'rganishda katta ahamiyatga egadir. [4] MUHOKAMA.

Ibn Sinoning "Tadbir ul-manzil" nomli kichik, ammo nihoyatda foydali ma'lumotlarga to'la bo'lgan risolasida asosiy bahs mavzusi ijtimoiy axloq masalasi hisoblanadi. Mazkur asarda oila, uning inson va jamiyat hayotidagi bebaho ahamiyati, oila boshlig'ining vazifalari, uy-joyni idora etish shartlari, farzand tarbiyasida amal qilinishi lozim bo'lgan jihatlar, oila rahbarining o'ziga juft tanlashda e'tibor qaratishi lozim bo'lgan masalalar muhokama qilingan. [4]

Jumladan, alloma oila mustahkamligini ta'minlashda oila boshlig'i hisoblangan erkak zoti va ayol kishining burch va vazifalarini tasniflar ekan, ular amal qilishi lozim bo'lgan bir qancha axloqiy sifatlarni sanab o'tadi. Xususan, Ibn Sino ayol zotining axloqiy sifatlariga ta'rif berar ekan, ularni quyidagicha tasniflaydi: Ayollarning eng yaxshisi quyidagi sifatlarga ega bo 'lishi kerak:

O'zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2017-yil

270

www.birunijournal .uz

> Aqlli bo'lsin;

> Dindor bo'lsin;

> Sharm-hayoli bo'lsin;

> Ziyrak va dono bo'lsin;

> Eriga mehr-muhabbatli bo'lsin;

> Ko'p farzand ko'ruvchi bo'lsin;

> Tili uzun bo'lmasin;

> Itoatkor bo'lsin;

> Pokdil bo'lsin, makkor bo'lmasin;

> Erini uning huzurida va yo'qligida g'iybat qilmasin;

> Og'ir-bosiq bo'lsin;

> Viqorli bo'lsin;

> Eriga xizmat qilishi bilan kibrlanmasin, balki tavozeli bo'lsin;

> Xatti-harakatlari va amallarini yaxshilik va ezgulikka asoslanib bajarsin;

> Erining ozgina daromadini tejamkorlik asosida ziyoda qilsin;

> Erining ko'nglidan g'am-anduh g'uborini go'zal axloqi va shirin tili

bilan ketkazsin, erining qayg'usiga chiroyli lutf va muloyimlik bilan tasalli bersin. [3]

Alloma "Tadbim-l-manzil" risolasida oila mustahkamligi uchun ayol kishi egallashi lozim bo'lgan axloqiy sifatlarga tavsif berar ekan, ushbu fazilatlarning shakllanishida oila boshlig'i, ya'ni erkakning ham rolini e'tirof etadi. Xususan, Ibn Sino erkak kishida shakllanishi lozim bo'lgan axloqiy sifatlarni quyidagicha tavsiflaydi:

Erkakning ayol borasidagi siyosati esa quyidagilarga asoslanishi kerak:

> Kuchli haybat, ya'ni ayolning o'z eriga qarshi chiqish odatidan butunlay hayiqishi;

> Mukammal hurmat, ya'ni erning o'z ayoliga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo'lishi;

> Ayolning aqlini muhim ishlar bilan mashg'ul qilish.

NATIJALAR.

E'tibor berib qaraydigan bo'lsak, Ibn Sino mazkur tavsiyalari orqali oilada axloqiy muhitning sog'lom bo'lishi uchun erkak va ayol birdek mas'ul ekanligini ko'rsatib beradi. Bu esa o'z navbatida jamiyatning dastlabki bo'g'ini hisoblangan oilaning mustahkam bo'lishiga, unda ma'nan yetuk, axloqan barkamol avlodlar tarbiya topishiga xizmat qiladi.

Ibn Sinoning axloqiy fazilatlar tavsifiga bag'ishlangan yana bir risolasi "Risola fi-l-axloq" asaridir. Ushbu risolasining muqaddimasida alloma axloq ilmining asosiy maqsadini quyidagicha tushuntiradi:

271

"Kimki o'zini bilishga qiziqsa, qalbini poklashga ko'maklashuvchi fazilatlar va ularni o'zlashtirish yo'llarini anglashni istasa, shuningdek o'z nuqsonlarini va ulardan saqlanish usullarini egallashni xohlasa, axloqiy fazilatlarning eng ma 'qulini, eng munosibini tanlashi lozim. Zero, inson tabiatida komillikdan kelib chiqadigan, bu hayotda ham, oxiratda ham baxtga erishishgayordam beradigan haqiqat bor". [3]

Ibn Sinoning axloqiy ta'limotiga ko'ra, fazilat va illatlarning mutlaq ko'pchiligi insonning hayotiy faoliyati davomida shakllanib, ular ta'lim, malaka, odat va amaliyotga chambarchas bog'liqdir. Shuningdek, u axloq ikki yo'l bilan: odatlar orqali va tafakkur orqali erishiladi, deb hisoblaydi.

Risolada Ibn Sino nafsning ezgulikka xizmat qiluvchi fazilatlarini quyidagicha tasniflaydi:

1) Axloqiy soflik;

2) Saxovat;

3) Me'yor, ya'ni mo'tadillik.

Alloma donolik, fikr ravshanligi, farosatlilik, ehtiyotkorlik, qat'iyat, ixlos, vafo, muhabbat, rahm-shafqat, uyatchanlik, mehnatsevarlik, yaxshi niyat va hayo kabi fazilatlarni o'ziga xos oqilona fazilatlar sifatida e'tirof etadi.

Ibn Sinoning ushbu risoladagi va boshqa asarlaridagi axloqiy ta'limotining muhim jihati o'zaro munosabatlarda me'yorga (Jl-^Vl amal qilishdir. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, alloma inson zotining hayotdagi asosiy maqsadi sifatida ezgulikka intilish, ezgu maqsadlarni amalga oshirish yo'lida g'ayratli bo'lish va shu orqali o'z-o'zini takomillashtirib borish kabilarni e'tirof etadi. Ibn Sinoning bunday qarashlarini nafaqat uning "Risola fi-l-axloq" risolasida, balki boshqa risolalarida ham uchratish mumkin. [4]

XULOSA.

Ibn Sino axloqiy risolalarining asosiy mohiyati va ma'nosi tahlil qilinsa, ularda oilaning nafaqat shaxs, balki butun jamiyat ma'naviyatining yuksalishidagi ahamiyatiga alohida ahamiyat qaratilganligiga guvoh bo'lish mumkin. Sh u nuqtai nazardan aytish mumkinki, allomaning axloq ilmiga bag'ishlangan risolalari oilaviy munosabatlarni tartibga solishda, jamiyat rivojiga hissa qo'shuvchi fozil insonlarning yetishib chiqishida, bugungi mafkuraviy ziddiyatlar avj olgan bir davrda ma'nan yetuk, axloqan barkamol jamiyatni shakllantirishda dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Qur'oni karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. Tarjima va izohlar muallifi Abdulaziz Mansur. - Toshkent: Sano-standart, 2019. - 624 b.

272

www.birunijournal .uz

2. Shavkat Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston Strategiyasi. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2021. - 464 b.

3. Abu Ali ibn Sino. Tadbir ul-manzil. Muhammad Najmiy Zinjoniy tarjimasi. -Tehran: Eron Milliy kutubxonasi, 1902. - 111 b.

4. Saidov, S. (2022). "TADBIR UL-MANZIL" RISOLASI-OILAVIY MUNOSABATLAR UCHUN DASTURULAMAL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 894-897.

5. Saidov, S. (2023). THE SIGNIFICANCE OF MUNJIK TERMIZI HERITAGE IN THE DEVELOPMENT OF ISLAMIC SCIENCES. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 5-8.

6. Ugli, S. S. A. (2020). Philosophical and moral significance of IBN'S work" Al-adab Al-kabir". Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 9(2), 261-264.

7. Саидов, С. (2022). ЯНГИ МАЪНАВИЙ МАКОННИ ТАШКИЛ ЭТИШДА ИБН МУКДФФА АСАРЛАРИНИНГ РОЛИ. International scientific journal of Biruni, 1(3), 19-22.

273

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.