TA'LIM-TARBIYA HAQIDA SHARQ ALLOMALARI FIKRLARI VA ULARNING BUGUNGI KUNDAGI DOLZARBLIGI
Xulkar Turayevna Jalilova
"Og'abek farm" MCHJ nodavlat ta'lim tashkiloti ingliz tili o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sharq olamida mashhur allomalarning ta'lim tarbiya jaroyoniga oid fikrlari, ularning asarlari va qilgan ishlari orqali yoritib berilgan. Sharqda ilk uyg'onish davrida mashhur bo'lgan Beruniy, Farobiy, Ibn Sino, Alisher navoiy va boshqa allomalar fikrlari keltirilgan. Bugungi kunda ham ta'lim va tarbiyada ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ulkan merosga amal qilsak muddao bo'lar edi. Chunki qadimgi sharq o'zining ma'naviyati va yuksak madanyati bilan insoniyat tamaddunimng gultoji hisoblanadi.
Kalit so'zlar: «Muallimi-soniy», Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Navoiy, «Samarqand akademiyasi», «begona ta'limot».
ABSTRACT
In this article, the thoughts of the famous scholars of the Eastern world on the process of education, their works and their works are highlighted. The opinions of Beruni, Farabi, Ibn Sina, Alisher Nawai and other scholars, who were famous in the early renaissance in the East, are presented. Even today, it would be good if we follow the great heritage left by our ancestors in education and training. Because the ancient East with its spirituality and high culture is considered the cradle of human civilization.
Keywords: "Muallimi-saniy", Farabi, Ibn Sina, Beruni, Navai, "Samarkand Academy", "foreign teaching".
KIRISH
Bugungi kunda ta'lim tizimining zamonaviy differensiatsiya, integratsiya sharoitida inklyuziv ta'limda inson omilining hal qiluvchi ahamiyati e'tirof etilmoqda. Shu bilan birga, jahon miqyosida yoshlar ilm olishida universal ta'lim inson huquq va erkinligi doirasida qabul qilingan. BMTning madaniyat va ta'lim tizimi Butunjahon o'qituvchilar kuni munosabati bilan «O'tgan davrda o'qituvchilar jamiyatdagi eng yuksak martabali yetakchilar ekanligi»ni e'lon qildi. Xalqaro hamjamiyat «COVID-19» sharoitida o'qituvchilarning har biri ta'lim tizimining barqarorligini
83
ta'minlash, yoshlar ilm-fan asoslarini egallashida turg'unlikning oldini olish, raqamli ta'limga o'tishda o'z liderlik fazilatlarini namoyon etganliklarini e'tirof etdi.
Dunyoning qator davlatlari ilmiy tadqiqot institut va universitetlarda International Association for the Evaluation of Educational Achievement ta'lim strategiyasi samaradorligining qiyosiy tadqiqotlari, Progress in International Reading Literacy Study o'quvchilarning fan asoslarini egallashi, International Civic and Citizenship Education Study dasturlarida ta'limda fuqarolik kompetensiyasi yo'nalishlari AQSH, Fransiya, Germaniya, Singapur, Yaponiya kabi davlatlar ta'lim samaradorligining omillari yuzasidan tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekiston hukumati ta'lim tizimidagi milliy uyg'onish, taraqqiyot maktab ostonasidan boshlanadi, degan tamoyil asosida islohotlarni amalga oshirmoqda. Shu ma'noda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning ta'lim tizimini «O'zbekistonda eng obro'li inson - muallim bo'lishi kerak!», degan g'oyasi milliy davlat siyosati darajasida davlat, jamiyat va shaxs munosabatlarining negizi sifatida barcha shart-sharoitlar yaratmoqda. Natijada, respublikamizda 1700 dan ortiq ta'lim maskanlari zamonaviy axborot texnologiyalari bilan to'la qayta jihozlandi. Barcha viloyatlarda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat boshladi. Zamonaviy ta'limda «Subyekt va subyekt», «Shaxs va shaxslar» tamoyilida o'qituvchi ijtimoiy maqomining mustahkamlanishida qator ijobiy o'zgarishlar amalga oshirildi.
O'zbekistonda ilm-fan rivoji aholi turmush farovonligini ta'minlash omillaridan biridir. Chunki kelajak avlod tarbiyasi, avvalo, o'quvchilarning ilmiy savodxonlik darajasiga bog'liq bo'lib, bu o'qituvchilar zimmasiga ulkan vazifalar yuklaydi. Ammo mamlakatimizda ilm-fan va ta'lim sohasidagi muammolar, unga nisbatan bee'tiborlik, korrupsion xatti-harakatlar natijasida «katta jarlik» yuzaga keldi.
O'tgan davr davomida muammolarning izchil yechimi berilmagan bo'lsa-da, bugungi kunda uzluksiz ta'limning har bir bo'g'inidagi o'qituvchilarning kasbiy axloqiy qiyofasi va qadriyatlari takomillashdi. «Ustoz-shogird» munosabatlari asosida an'anaviy va zamonaviy ta'lim qadriyatlarining hayotga joriy etilishi natijasida mamlakatimizda ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga innovatsion yondashuv barqarorlashdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Bu borada Abu Nasr Forobiyning qarashlari, ayniqsa, muhim. Chunki Forobiy «Muallimi-soniy» («Ikkinchi muallim») nomiga sazovor bo'lib, yoshlarning ta'lim-tarbiyasi haqida «Agar
84
yoshlar kasb-hunar egallashga moyil bo'lsalar, qiziqsalar, ushbu qiziqish ularni butunlay shunga jalb etsa, demak, ular kasb-hunarning chinakam oshig'i bo'ladilar, uning sirlarini mukammal o'zlashtiradilar», deydi. Alloma yoshlarni kasb-hunar egallashga o'rgatishda ikki xil usuldan foydalanish lozimligini taklif etadi. Ilhomlantirish usuli - samarali birinchi usul bo'lsa, ikkinchisi esa, majburlash usuli. Bu usul qaysar, dangasalarga nisbatan ishlatiladi. Chunki bunday yoshlar o'z hohish-istaklari bilan so'z va g'ayratga kirmaydilar, intilmaydilar va ularga nisbatan majburlash usuli qo'llanilishi kerak.
Forobiy ham tabiatga mansublik tamoyiliga amal qiladi. Uning fikricha, tabiatning oliy mahsuli bo'lgan insongina tabiatning mohiyatini bilish va haqiqatga intilish qobiliyatiga ega. Bular o'zicha vujudga kelmasdan o'z-o'zini tarbiyalash va ta'lim olish orqali insonning mohiyatiga aylanishi kerak. U bir qancha ta'lim-tarbiya uslublarini ko'rsatib beradi va asoslaydi. Quyidagilar u ko'rsatgan bilish uslublari kompleksi bilan bog'langan: ishontirish, idrok qilish; o'rganish; tadqiq qilish; bilish; o'rgatish.
Albatta, «Ikkinchi muallim» nomiga sazovor bo'lgan buyuk ustoz, o'qituvchi va o'quvchi munosabatlariga alohida e'tibor qaratadi. O'qituvchi juda qattiqqo'l yoki juda yumshoq ko'ngil bo'lmasligi kerak. Qattiqqo'llik o'quvchilarni unga qarshi qaratadi, ortiqcha oqko'ngillilik, yumshoqlik ustoz shaxsini, uning fanini hurmat qilmaslikka olib keladi. O'qituvchi va o'quvchi munosabatlari hamisha hurmat va ishonchga asoslanishi lozim.
Qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning ta'lim va tarbiya haqidagi qarashlari, avvalo, inson aqli to'g'risidagi ta'limot bilan bog'liq. U o'z aqlini har to monlama rivojlantirish va haqiqatni bilishga qodir inson qobiliyatiga ishonadi.
Ibn Sino asosiy e'tiborini bolalarni maktabda o'qitish va tarbiyalashga qaratdi. O'zining «Manzil tadbirlari» asarining bir bo'limini «Bolalarni maktabda o'qitish va tarbiyalash» deb nomladi. U maktabda bolalarni jamoa bo'lib o'rgatishning ahamiyatini quyidagicha ko'rsatib beradi: 1) agar bolalar birgalikda ta'lim olsalar, ularda zerikish bo'lmaydi. Ularning fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishi kuchayadi. Ular bir-birlaridan qolmaslik uchun musobaqalashadi; 2) suhbatlarda ular bir-birlariga kitoblarda o'qigan yoki kattalardan eshitgan qiziqarli hikoyalarni aytib beradilar. Bu ularning nutqini o'stiradi va xotirasini mustahkamlaydi; 3) bolalar bir -birlarini hurmat qilishni ham bir joyga to'planishganda yaxshi o'rganishadi. Faqat musobaqalashish emas, o'rtoqlariga o'quv materiallarini o'zlashtirishga ham ko'maklashadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o'rganadilar.
Umuman olganda, Ibn Sinoning ta'lim dasturiga ko'ra, bolalar 14 yoshgacha maktabda Qur'oni Karimni, til, pand-
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
nasihat, axloq, sport va hunarni o'rganishi lozim. Ibn Sino an'anaviy ta'limning gumanistik mohiyatini inson axloqiy-estetik tarbiyasini aqliy tafakkur rivoji bilan uzviy aloqadorlikda, deb bildi. Yuzlab shogirdlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan mohir pedagog, ustoz «Shayx ur-rais" pedagogik mahorat, pedagogik faoliyatda ularni qanday aks etishi haqida va har bir pedagog amal qilishi kerak bo'lgan o'ziga xos tavsiyalarni bergan. Bular: bolalar bilan muloqotda bosiq va jiddiy bo'lish; o'quv material o'zlashtirilishini kuzatish; dars berayotganda asosiy bilimlarni ikkinchi darajalilardan ajratish; o'qitishning turli metod va usullaridan foydalanish; o'quvchining qobiliyatini bilish, uning xotirasi va shaxsiy sifatlariga tayanish; o'quvchiga topshiriqlarni uning aqliy qobiliyatlarini hisobga olgan holda berish; o'qituvchining har bir so'zi o'quvchining fikrini uyg'otishi zarur.
Sharq Uyg'onish davrining buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Beruniyning ta'kidlashicha, ta'limda ko'rsatmalilik muhimdir. Chunki u ta'limni ishonchli, aniq va qiziqarli qiladi, kishining kuzatish qobiliyati va tafakkurini rivojlantiradi. Ta'lim ilmiy asosga qurilishi kerak. Uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida aniq bo'lmagan faktlarni aniqlamasdan xabar qilishdan saqlanish kerakligi aytiladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Beruniy tarbiyada asosiy e'tiborni mehnatsevarlikni tarbiyalash, oliyjanoblik fazilatlari va o'z-o'zini tarbiyalashni shakllantirishga qaratish kerak, deb hisoblaydi. Zero, o'qituvchi, tarbiyachining o'zi ham shunga munosib bo'lishi kerak. Mutafakkir ishontirish, rag'batlantirish yo'li bilan tarbiyaning yo'nalishini belgilab beradi. Shuningdek, jazolash, etik, estetik suhbat usullarini ilgari suradi.
Ma'rifatparvarlik g'oyalari o'sa borib, o'rta asr Renesansining yuksak insonparvarlik g'oyalari tarkibiga qo'shilib ketdi. U diniy-falsafiy va badiiy jihatdan idrok etilib, rivoj topdi. Bu jarayon temuriylar davrida yuqori darajaga yetdi. Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubrolarning tasavvufiy ta'limotlari Bahoudin Naqshband tomonidan yangicha ruhda «Dil bayoru, dast bakor» g'oyasi asosida keng tarqaldi. Jamiyat a'zolarining aqliy-ruhiy takomillashuvi masalasi bu davrda davlat siyosatida ham o'z aksini topdi. Jumladan, Ulug'bek akademiyasining faoliyati, Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy va ijodiy faoliyati bunga dalildir.
Tarixchi olim A.Muhammadjonov Temur va temuriylarning ilm-fan taraqqiyotidagi o'rni haqida yozgan risolasida keltirishicha, «Ulug'bek Buxoro, Samarqand va G'ijduvon shaharlarida madrasalar barpo etadi.
Hattoki Buxorodagi madrasaning darvozasiga «Bilim olish har bir
September, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
musulmon ayol va erkakning burchidir», degan kalima o'yib yozilgan».
Samarqanddagi Ulug'bek madrasasida diniy va dunyoviy fanlar o'qitilgan. Unda mudarrislik qilgan olimlarning bir qismi turli fanlardan toliblarga dars berish bilan birga matematika, geografiya, astronomiya bo'yicha amaliy masalalar bilan ham shug'ullanganlar. Samarqand astronomiya maktabida Ulug'bek bilan birga zamondoshlari orasida «Aflotuni zamon» faxriy nomini olgan Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshoniy, «o'z davrining Ptolomeyi» nomi bilan shuhrat qozongan Ali Qushchi kabi olimlar ilmiy kuzatish va tadqiqotlar olib borishgan. Ayniqsa, bu davrda mantiq ilmining rivoji sezilarli darajada oshadi. Mir Sayyid Sharif Jurjoniy o'z ijodida mantiqni falsafadan ajratmagan holda o'rgandi, uning say-harakatlari bilan XV asrdan boshlab islom madrasalarida mantiqni o'qitish huquq va til fanlari bilan bog'liq holda olib borildi. Natijada mantiq ilmiga islom aqidalariga xos bo'lgan «begona ta'limot» deb qarash asta-sekin barham topa boshladi.
Darhaqiqat, «Samarqand akademiyasi» 1010 yilda Xorazmning qadimiy poytaxti Gurganchda tashkil etilgan «Donishmandlar uyi» («Ma'mun akademiyasi»)dan keyingi ikkinchi «Dor ul-ilm»dir. Fransuz faylasufi Volter (16941778) bu haqda: «Ulug'bek Samarqandda bo'lib akademiyaga asos soldi, Yer kurrasini o'lchashga buyurdi va astronomiya jadvallarini tuzishda ishtirok etdi», deb yozdi.
A.Muhammadjonov bu davrda Alisher Navoiyning tashabbusi bilan Xurosonda uch yuzdan ortiq jamoat binolari (masjid, madrasa, maqbara, shifoxona) qurilganligini, ko'pgina qurilishlar uning homiyligida yoki mablag'lari hisobiga quriladi. Navoiy vafotigacha uning tarbiyasida 12 mingdan ziyod madrasa tolibi, shoir, olim, muzahhib, musavvir va zargarlar, duradgor va binokor ustalar kamol topadi.
Temuriylar davrida shakllangan ilmiy maktablar: astronomiya, tarixnavislik, musavvirlik va miniatyura sohasini jadal rivojlandi. Hunarmandchilikning oltmishdan ortiq turi shakllanib, usta hunarmandlarning yangi avlodi shakllandi. Bu davrdagi «Ustoz-shogird» an'analari sharqona qadriyatlar, pir va murid munosabatlarining yanada takomillashishiga, naqshbandiylikning «Dil bayoru, dast bakor» tamoyiliga amal qilishga rag'batlantirar edi.
Alisher Navoiy fan va san'at taraqqiyotini maktabning rivojlanish omili deb biladi. U o'quvchilarning ijodiy tafakkurini o'stirishga, tillarni o'rganishga asosiy e'tibor qaratadi. Ma'lumotli odam bir necha tillarni biladigan odamdir, deb hisoblaydi. Har bir o'qituvchi chuqur bilim berish uchun o'z
ustida ishlashi kerak.
September, 2023
XULOSA VA TAKLIFLAR
Insoniyat tarixiy tajribasi asosida Sharq va G'arb mutafakkirlari tomonidan zamonaviy ta'lim tizimi, uning asosiy subyektlari roli va vazifalari tizimlashtirilgan. Yuqoridagi misollarda ham yurtimizda dastlabki uyg'onish davrida ham ta'lim tarbiyaga qanday ahamyat berilgani ko'rishimiz mumkin.Jamiyatda ta'lim-tarbiya to'g'ri yo'lga qo'yilmas ekan ijtimoiy soha oqsayveradi. Ayniqsa hozirgi globallashuv va texnika zamonida yoshlarni oqni qoradan ajratib olishlari uchun ham ta'lim va tarbiyaning o'rnu jida muhim va bunga davlat ham insonlar ham katta e'tibor qaratishlari zarur. Shuning uchun ham yurtimizda keying yillarda ta'lim va tarbiyaga katta e'tibor qaratilayotganibejiz emas, buninmg uchun avvolo o'qituvchining roli ko'tarilyapdi, pedagoglar jamiyatda oldingi o'ringa olib chiqilyapdi.Chunki ilm-fan taraqqiyoti jamiyat rivojlanishining eng aosiy bo'g'inidir.
Takliflarimiz quyidagilardan iborat; ta'limda natijaga erishish uchun avvalo erkinlik ta'minlanishuim kerak bu borada ishlar olib borilib yangilangan konstitutsiyamizda ham o'qituvchining maqomi alohida belgilanib qo'yildi.
Ta'limda yuqori tajribaga ega mamlakatlar tajribasi o'rganilib hayotga tadbiq etilishi kerak. Tarbiya jaroyinda ham jamiyatning har bir sinfiy bo'g'imi o'z vazifasini bajarishi lozim. Bizdagi yana bir mummo ha rsoha o'z sohasida erkin bo'lishi ya'ni tashqi kuchlar ulargga aralashmasligi kerak. Shundagina ko'zlangan maqsad va natijaga erishiladi.
REFERENCES
1. Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шахри. - Тошкент: Абдулла Кодирий номидаги халк мероси нашриёти, 1993. -183 б.
2. Abu Homid al-G'azzoliy. Ihyou ulumiddin. - Toshkent: Toshkent Islom univyersityeti, 2014. - 511b.
3. Ахунова Г. Узбекистонда таълим хизматлари маркетинги муаммолари. -Тошкент: Iqtisod-moliya, 2005. - 244 b.
4. Абу Х,омид Газзолий. Мукошафатул кулуб (Калблар кашфиёти). -Тошкент: Movarounnahr, 2014. - 480 б.
5. Буюк юрт алломалари. - Тошкент: O'zbekiston,2016. - Б. 324.
6. Мухаммаджонов А. Темур ва темурийлар салтанати. - Тошкент: Комуслар бош тахририяти, 1996. -94 б
7. Safarov, M.K. (2023). Abu bakr ar-Roziyning "Tibbi Ruhoniy (Ruh tibbiyoti) asarida g'azabni va insonning o'z kamchilliklarini bartaraf qilish haqida mulohazalar. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari, 2(3), 214-219.
88
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
8. Safarov, M.K. (2023). Ar-Roziyning falsafiy nazariyalari va ular haqida mulohazalar. Falsafa va huquq, 1,183-186.
9. Умаржонов, С. С. (2022). Ижтимоий фанларни укитишда Фахриддин Розий асарларининг урни ва ахамияти. Архив научных исследований, 2(1).
10. Тураев Б. Учинчи муаллим - Узбекистон фалсафаси ютукдарини таргиб килган вакил - Тошкент, 2021. https://uza.uz/uz/posts/uchinchi-muallim-ozbekiston-falsafasi-yutuqlarini-targib-qilgan-vakil 332585
11. Шодмонов А. Замонавий таълим ва масъулият // Халк сузи, 2015 йил 7 октябрь. https://xs.uz/uz.
12. Umarjonov, S. (2023). Analysis of the logical views of Fakhr al-Din al-Razi. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, (Special Issue), 73-80.
13. Юсупов Э.Инсон камолотининг маънавий асослари - Тошкент: Университет, 1998. -184 б.
14. Umarjonov, S. (2023). Ibn Sinoning "Ishoralar va tanbehlar" asari va Postklassik Islom falsafasining boshlanishi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari, 1(3), 37-50.
15. Saifnazarov, I.S. (2023). Yassaviy merosi turkiy xalqlar ma'naviy hamjihatligini ta'minlovchi omil sifatida. Ilmiy xabarnoma. Seriya: Gumanitar tadqiqotlar, 3(71), 5-
11.
September, 2023