SHARQ MUTAFAKKIRLARI TA'LIM, TARBIYA VA OQITISH
MASALALARIHAQIDA
Bafayev Muxiddin Muxammadovich
Nizomiy nomidagi Toshkent davlatpedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti v.b., PhD Chudakova Vera Petrovna Ukraina Pedagogika fanlari milliy akademiyasi
katta ilmiy xodimi, PhD Bafayeva Vazira Muxiddinovna O^zbeki&on jahon tillari universiteti 2-bosqich talabasi
Annotatsiya: Sharq uyg'onish davri olimlarining ijtimoiy-psixologik, pedagogik qarashlari beqiyos o'ringa ega. Ular faoliyatining mohiyati shuki, ta'limni tarbiya bilan birga tashkil qilish hamda uning psixologik jihatlariga e'tibor berish asosiy markaziy o'rin egallaydi.
Tayanch iboralar: ta'lim-tarbiya, o'qitish masalalari, maktab, muallim, oquvchi, tarbiyachi.
Аннотatsiя: Социально-психологические, педагогические взгляды ученых Восточного периода имеют несравнимое место. Суть их деятельности заключается в том, что основное центральное место занимает организatsiя образования вместе с воспитанием и внимание к его психологическим аспектам.
Опорные понятия: вопросы образования, воспитания, обучение, школа, учитель, ученик, воспитатель.
Abftract: The socio-psychological, pedagogical views of scholars of the Ea^ern period have an incomparable place. The essence of their activities is that the main central place is the organization of education together with education and attention to its psychological aspects.
Basic concepts: issues of education, upbringing, education, school, teacher, ^udent, teacher.
Sharqning qоmusiy оНт^п Abu Rаyhоn Вегат^ Abu Ali Ibn Si^, Al Forobiy, Dаvоniy, Jоmiy аsаrlаridа tа'lim-tаrbiya, o'qitish mаsаlаlаri айюА^а bаyon qilib bеrilgаn. Shuningdеk, mutаfаkkirlаrimiz tоmоnidаn tа'lim jаrаyonidа o'qitishning qаysi usul vоsitаlаridаn fоydаlаnish lоzimligi uqtirib o'tilgаn. Qоmusiy оНт Abu Rаyhоn Bеruniy аsаrlаridа o'qitish usulkri mаsаlаsigа аlоhidа to'хtаlib, o'quvchi shахsigа tа'lim bеrishdа ko'prоq qаysi tоmоnlаrgа e'tibоr bеrish kеrаkligini bаyon qilib bеrаdi. Jumlаdаn, оlim tоmоnidаn quyidаgi qоidаlаr ilgаri surilаdi:
1. O'qitishdа yodlаtish emаs, bаlki tushunish, mantiqiy fikrlаsh, хulоsаlаr chiqаrish yo'ligа аmаl qilish lоzimligi.
2. O'qitishdа o'quvchining qiziqishi, intilishini hisоbgа о^Ыт vа muаllim o'z shogirdlаrigа хushmuоmаlа bo'lishi.
3. O'qitishda turli usul, metodlarni qo'llash, ya'ni qarab chiqish, o'qilmagan mavzularni o'qib olish, kerakli joylarini qayta o'qib olish, umuman yana o'qib chiqish va tushunib olish.
4. O'quv qurollarini, kitoblarni e'tibor bilan avaylab, asrab tutish, kitoblar bu insoniyatning boyligi ekanligini uqtirish.
Beruniy yoshlarni o'qitish uchun o'qituvchi tanlashni birinchi va asosiy ish deb bilgan. U bolalarni yoshligidanoq, aniqrog'i 5-6 yoshidan o'qitish tarafdori edi. Buning uchun o'qituvchi xushmuomala, ro&go'y, o'z fanini yaxshi biladigan, pokiza, toza-ozoda yurish va turishida namuna bo'lishini talab etadi. Bu goya to'g'ri va adolatli talabdir. Agar tarbiyachi o'rnak bo'lmasa, aytgan gapiga o'zi rioya qilmasa, uning tarbiyasi samarasizdir.
Beruniy ta'lim-tarbiyaga o'quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg'ulotlar davomida o'quvchini zerikib qolmasligi uchun ta'lim olishning turli yo'llari, shakl va metodlari xususida to'xtalgan. U shunday deb yozadi: «Bizning maqsadimiz o'quvchini toliqtirib qo'ymaslikdir. Ha deb bir narsani takrorlash zerikarli bo'ladi, materialga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Agar o'quvchi bir masaladan, boshqa bir masalaga o'tib tursa, u xuddi turli-tuman bog'-rog'larda sayr qilgandek bo'ladi, bir bog'dan o'tar-o'tmas, boshqa bir bog' boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko'rgisi va tomosha qilgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag'ishlaydi deb behuda aytilmagan». Olimning so'zlarida uning bilim berish yo'llari haqidagi qarashlari ham bayon etilgan.
Birinchidan - ilmiy bilimlar turli mavzulardan iborat bo'lishi, o'quvchini zeriktirmasligi, xotirasiga malol kelmaslikni ko'zda tutadi.
Ikkinchidan - bunday usul boshqa tadqiqotchilarning, o'qib o'rganuvchining mehnatini yengillashtirishga qaratilgan.
Uchinchidan - borliqdagi hodisalarni har tomonlama o'rganmasdan ilmiy bilimlar doirasini aniqlab olish qiyin bo'lishini ta'kidlaydi.
Beruniy ilm olishga kirishni quyidagicha ta'kidlaydi: «Ilm dargohiga kirar ekansan qalbingni, ko'ngilni ozdiruvchi illatlardan, odamni ko'r qilib qo'yadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, raqobatdan, ochko'zlikning quli bo'lishdan o'z hokimligi uchun kurashishdan ozod bo'lmog'ing darkor».
Beruniy o'quvchiga bilim berish uni xat savodli qilish haqida gapirar ekan, bu o'rinda qog'ozning paydo bo'lishi, yozuv va uning vujudga kelish xususiyatlari, turli belgilar o'quv qurollari haqida alohida to'xtalgan. Uning ta'kidlashicha, har bir xalqda ta'lim berishning o'ziga xos tomonlari bo'lib, hammasida ham o'qitish eng avval alifbedan boshlanadi.
Qomusiy olim Beruniyni ta'kidlashicha bilim olish jarayonida insoniyat yaratgan bilimlarni egallash uchun o'quvchida intilish va qiziqish bo'lishi kerak.
Ilm olishning muhim yo'llaridan biri kishi o'zini hammaga do'&, yaxshilik qila bilish darajasiga yetkazishdan boshlanadi. Bilimlarni yakka holda emas, balki jamiyat a'zolari bilan birga yashab olish mumkin. Chunki, ilimlar insoniyat jamoasining mahsulidir. Yakka kishi o'zi uchun kerakli bilimlarni yarata olmaydi. Kishi tabiati bilmagan va bila olmagan narsasini bilishga o'chdir.
Beruniy ilm olish yo'li bilan dunyoni bilishning turli bosqichlarini ko'rsatadi:
1. To'liq bilim olishda narsalarning chegaralari ma'lum bo'ladi.
2. Narsalarning bo'laklarini umumlashtiruvchi chegaralarigacha ma'lum bo'ladi, lekin bunda ham tavsilotdan xoli bo'lmaydi.
3. O'sha tafsilotlar atroflicha biluvchi va bilinuvchi sifatida birlashadi, lekin bu holat zamon ichida bo'lib turadi.
4. Atroflicha bilish holati zamon ichida bo'lmaydi, endilikda narsalarni, voqealarni bilishda zarur vosita bo'lgan ism sifatlarga, laqablarga ehtiyoj qolmaydi.
Beruniy tomonidan ilgari surilgan fikrlarda bilimlilik orqali nodonlikdan xalos etish masalalari bayon qilingan. O'quvchini o'qitish muomalali, ro^goy, savodxon, shogirdlariga prinsipial, yumshoq muomalali bo'lishi kerak. Muallim o'quvchini doimo to'g'ri yo'lga boshlashni sezgir va talabchan bo'lishi lozimligini uqtiradi.
Beruniy muallim shogirdlariga yumshoq muomala qilishi, ularga to'g'ri yo'l ko'rsatishi, yaxshi yo'lga yo'llashi, niyatini to'g'ri qilishi, o'zini katta olmay, ochiq ko'ngil bo'lishi haqida ta'lim bergan.
Beruniy o'qitish muallimning o'qib o'rganishi takrorlashi bilan bevosita bog'liq ekanligini alohida uqtirgan. Shuningdek, kitob o'qishning usul va metodlariga alohida e'tibor beradi. Kitoblarni shunchaki emas, balki fikrlarni kichik bo'limlarga bo'lib o'qish, hamma o qilgan joylarni umumlashtirib, qayta o'qish haqida ham ibratli materiallarni bayon etadi.
Beruniy o'qitishda faqat induktiv yo'l bilangina emas, balki deduktiv yo'l bilan ham ish tutmoq lozimligini ta'kidlaydi. Bunda olim har qaysi metodni joyida qollamoq zarurligini yaxshi bilgani ko'rinib turibdi. Bunday o'qish tafakkurni o'^irib, bilishning sifatini yaxshilaydi, aqliy bilimni boyitadi.
Beruniy da^lab o'quvchining ongli o'qishi, matnning hajmi kichik, mazmuni sodda, keyinchalik esa hajmi katta, mazmuni murakkabrok bo'lgan matnlarni o'qishga kirishishi o'qish jarayonida taqqoslash-qiyoslashga e'tibor berish o'quvchilarning ongli bilimiga asos solishini eslatib o4gan.
Olim oqilganlarning barchasini qaytarib o'qish deganda, asosan xato qilmay, so'zlarni buzmay, ortiqcha tovush ishlatmay, bo g inlarni tushurib qoldirmay, so'z urg'usini o'z o'rnida qo'llab, to'g'ri o'qishni ta'kidlaydi. O'qishning tez, to'g'ri va ifodali bo'lishi, o'qish davomida bolaning o'z-o'zini kuzatib borishi, xatosiz tez va to'g'ri o'qishiga yordam beradi.
Beruniy bilimlar u^ozlar tomonidan orgatiladi deb biladi. U nazariy bilimlarni o'quvchiga singdirish usullari haqida to'xtalib, muallim o'z ishiga asosan qiziqarli suhbat usuli bilan yondoshib, shogirdning fanga, kasbga o'rganilayotgan ilmga havasini uygota olishini, ta'limning asosiy vazifalaridan biri deb bildi.
Buning uchun ba'zan muallim o'z shogirdlarini majbur qilishi mumkin deb hisoblaydi.
Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarurligini qayd etar ekan, ta'limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi:
- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo'ymaslik;
- ta'limda yengildan og'irga qarab bilim berish;
- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi;
- o'qitishda jamoa bo'lib maktabda o'qitishga e'tibor berish;
- bilim berishda bolalarning mayl, qiziqish va qobiliyatini hisobga olish;
- o'qitishni jismoniy mashqlar bilan qoshib olib borish.
Talabaga bilim berish o'qituvchining mas'uliyatli burchidir. Shunga ko'ra, Ibn Sino o'qituvchining qanday bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo'l-yoriqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:
- bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo'lish;
- berilayotgan bilimning talabalar qanday o'zlashtirib olayotganligiga e'tibor berish;
- ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish;
- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyatini va shaxsiy xususiyatlarini bilish;
- fanga qiziqtira olishi;
- berilayotgan bilimlarni eng muhimini ajratib bera olishi;
- bilimlarni talabalarga tushunarli qilib, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
- har bir so'zning bolalar hissiyotini uygotish darajasida bo'lishga erishish zarur, deydi olim.
Ibn Sinoning ta'kidlashicha, bilishda qaysi metodlardan foydalanmasin u ogzaki ifodali bilimlarni tushuntirishmi, turli ko'rinishlardagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish, mu^aqil qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirishni asosiy maqsad deb bilgan.
Davoniy fikriga ko'ra bola tarbiyasining keyingi davri maktabda boshlanadi. Muallim aqlli bola tarbiyasidan yaxshi xabardor bo'lgan yuksak fazilat egasi bo'lishi lozim. Olim talaba bilan muallim o'rtasidagi munosabatga alohida to'xtaladi. Agar ota uning organizmini jismoniy jihatdan tarbiyalashga sababchi bo'lsa, muallim uning ma'naviy tarbiyasi kamolotga yetishiga sababchidir. Haqiqatni aytganda, uning fikricha, muallim ma'naviy padar hisoblanadi. Agar kishining ruhi o'z badaniga qanchalik yaqin bo'lsa, muallim ham tarbiya borasida shunchalik ota-onaga yaqin turadi.
Davoniy bolalarning kasb-hunar egallashi to'g'risida ham e'tiborga sazovor fikrlar bildirganlar. Muallim talabalarning qobiliyatini qaysi kasb bilan qiziqishini juda yaxshi bilishi lozim. Agar bola ma'lum bir kasb-hunar yoki bilim bilan shug'ullansa, uni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va bilim yoki kasbni egallash uchun kerakli shart-sharoitni yaratib berishi lozim, har bir kishining, - deb yozadi Davoniy, hamma kasbni egallashga qobiliyati bo'lmaydi, balki muayyan odamning biror kasbga qobiliyati bo'ladi.
Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, fan asoslarini egallashda o'qitish usullarining ahamiyati beqiyosdir va o'quvchi shaxsida nazariy va amaliy bilimlarni shakllanishiga metodik vosita bo'lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR:
1. Тиллaшeв Х.Х., Kaмoлoвa Н.К. YpTa acp ^мусий oлимлaри Ba угарнинг мaънaвий-мaърифий кaрaшлaри. - Т.: «Чулшн», 2004. - 19 6eT.
2. Шяришв A. A6y Рaйxoн Бeруний. - Т.: Фaн, 1999. - Б.114.
3. Aликyлoв Х. Жaлoлиддин Дaвoний. - Тoшкeнт: «Y36eKHCTOH», 1992.-20 б.