Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA UYGA BERILGAN VAZIFALARNING O‘QUVCHI YOSHIGA PSIXO-FIZIOLOGIK MOSLIGI'

TA’LIM JARAYONIDA UYGA BERILGAN VAZIFALARNING O‘QUVCHI YOSHIGA PSIXO-FIZIOLOGIK MOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
613
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlangʻich ta’lim / uy ishlarini nazorat qilish / hissiy ta’sir / botirlik / to‘g‘rilik / mehnatsevarlik / yaxshilik / qahramonlariga emotsional munosabat. / Primary education / housework control / emotional impact / courage / honesty / diligence / kindness / emotional response of characters.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Matnazarov, Javlanbek Kabulovich, Atayeva, Malohat Isaqovna, Salimova, Aziza Jumanazarovna

Mazkur maqolada mavzularni o‘zlashtirishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining “O‘qish” darslaridagi uy ishlarini nazorat qilishdagi materiallarni o‘zlashtirishning psixologik tomonlarini inobatga olish o‘quvchilarning ijtimoiy fanlarga bo‘lgan qiziqishi, ishtiyoqining ortishi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHO-PHYSIOLOGICAL APPROACH OF HOMEWORK TASKS TO STUDENT AGE IN THE EDUCATIONAL PROCESS

This article reveals the growing interest and enthusiasm of students in the social sciences, taking into account the psychological aspects of mastering materials while monitoring homework in the "Reading" lessons of primary school students.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA UYGA BERILGAN VAZIFALARNING O‘QUVCHI YOSHIGA PSIXO-FIZIOLOGIK MOSLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TA'LIM JARAYONIDA UYGA BERILGAN VAZIFALARNING O'QUVCHI YOSHIGA PSIXO-FIZIOLOGIK MOSLIGI

Javlanbek Matnazarov Kabulovich, UrDU Atayeva Malohat Isaqovna, UrDU Salimova Aziza Jumanazarovna, UrDU

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada mavzularni o'zlashtirishda boshlang'ich sinf o 'quvchilarining "O'qish " darslaridagi uy ishlarini nazorat qilishdagi materiallarni o'zlashtirishning psixologik tomonlarini inobatga olish o'quvchilarning ijtimoiy fanlarga bo 'lgan qiziqishi, ishtiyoqining ortishi ochib berilgan.

Kalit soizlar: Boshlang'ich ta'lim, uy ishlarini nazorat qilish , hissiy ta'sir, botirlik, to'g'rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik, qahramonlariga emotsional munosabat.

В данной статье раскрывается возрастающий интерес и увлеченность учащихся общественными науками с учетом психологических аспектов усвоения материалов при контроле домашнего задания на уроках «Чтение» учащихся начальных классов.

Ключевые слова: Начальное образование, контроль выполнения домашних заданий, эмоциональное воздействие, мужество, честность, трудолюбие, доброта, эмоциональный отклик героев .

This article reveals the growing interest and enthusiasm of students in the social sciences, taking into account the psychological aspects of mastering materials while monitoring homework in the "Reading" lessons of primary school students.

Keywords: Primary education, housework control, emotional impact, courage, honesty, diligence, kindness, emotional response of characters.

Boshlang'ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida hamda uy ishlari ustida ishlashda kichik yoshdagi o'quvchilarga badiiy asarni o'rgatishda ularning psixo-fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi1. Boshlang'ich sinf darsliklaridagi har bir asar ularning psixologiyasiga, ruhiyatiga, albatta, o'z ta'sirini ko'rsatadi, shu bilan birga mos kelishi kerak.

1 Husanboyeva Q. va boshq. Boshlang'ich sinflarda adabiyot oqitish metodikasi (darslik). - T: Innavatsiya-Ziyo, 2020.

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

380 bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Eng avvalo asarni o'qishda, tahlil qilishda hisobga olish zarur bo'lgan muhim omillardan biri uning o'quvchilarga hissiy ta'siridir. O'quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansin. Buning uchun esa boshlang'ich sinf o'quvchilariga asarni o'qish bilan bir qatorda tahlil qilish ko'nikmalarini shakillantirish lozim. Matnni tahlil qilish o'quvchida fikr qo'zg'atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan dalillarga to'g'ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy go'zalligi ham alohida qayd qilib o'tiladi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg'otadi. Asar tahlili o'qituvchidan o'quvchilar faoliyatini ma'lum maqsadga yo'naltirishni taqozo qiladi. Shunday ekan darsliklardagi har bir asarni o'qib kelishni uyga vazifa sifatida berayotganda nafaqat o'qib kelishni, balki tahlil qilishni aytib o'tishi boshlang'ich sinf o'qituvchisining asosiy vazifasidir. Chunki o'quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma'noni chuqur o'rganishga yordam beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma'lum bo'lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o'zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo'lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o'z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o'quvchilarning adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o'rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo'lishlari aniqlangan:

1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat.

2. Elementar tahlil qilish.

Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o'quvchilar o'z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o'quvchilarda chegaralangan bo'ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to'g'rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko'p ishlatadilar.

Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi. Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir. Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida ko'proq ishlash lozim.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

O'qish darslarida o'rganilayotgan asarning ongli o'zlashtirilishini ta'minlashda o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini, albatta, hisobga olish zarur ekanligini bilgan holda o'qituvchilar o'z sinfidagi o'quvchilarning har biriga badiiy asar matnini o'qish bilan bir qatorda tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirishni tavsiya qilamiz, chunki badiiy asar matnini tahlil qila olgan o'quvchigina undagi qahsramonlarga emotsional munosabat bildira oladi va har bir qahramonning holatiga o'zi mustaqil baho beradi. Asarni o'qib tahlil qilib kelish uyga vazifa sifatida berilgan bo'lsa, asarni tushunib o'qishi va asar qahramonlarining psixologik holatini anglash jarayonida, aynan, o'sha qahramonlar kabi har bir vaziyatni boshidan kechirayotganday bo'ladi. Shuning uchun ham badiiy asarlardagi qahramonlarning axloqiy sifatlariga hamda ushbu asar o'quvchilar psixologiyasiga qay darajada ta'sir qilishiga alohida e'tibor berilishi lozim.

Boshlang'ich ta'limning qaysi sinfida bo'lmasin berilgan asarlarni o'qiyotgan o'quvchilarga namuna bo'ladigan qahramonlarning keltirilishi va ular bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi qahramonlarning ham bo'lishi, o'quvchilar qay biridan o'rnak olishi-yu, qay birining qilgan xato va kamchiliklarini takrorlamaslikni anglashning o'zigina kelajakda ularni qanday inson bo'lib yetishishini belgilab beruvchi asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

Boshlang'ich ta'limda badiiy asar qahramonlariga emotsional munosabatda bo'lish quydagi asar misolida ko'rib chiqamiz: to'rtinchi sinf darsligida keltirilgan Normurod Norqobilovning "Xarita" nomli hikoyasining qahramonlari: Rasul, Samad hamda Rasulning akasi kabilar. Bu asar qahramonlariga emotsianal munosabat bildirish quydagicha bo'lishi mumkun, asar qahramonlari to'rtinchi sinf o'quvchilari qatori bolalar bo'lib, ularning holatini, xarakter, hususiyatlarini asar muallifi shunday mohirona tasvirlaganki, asarni mutolaa qilayotgan har bir o'quvchi o'zini beixtiyor asar qahramoniday tasavvur qila oladi. «Rasul matematika fanini aytmaganda boshqa fanlardan nochor o'qirdi»2 Ushbu gapda uslubiy bo'yoqdor so'zlardan biri «nochor» so'zi bo'lib, u Rasulning matematikadan boshqa fanlardan yaxshi o'qimasligini anglatadi. Asar qahramoni Rasulni sinf rahbari shuning uchun ham sinfning eng a'lochi o'quvchilaridan Samad ismli do'stiga biriktirib qo'ygandi. Asar qahramoni Samad qishlog'ining xaritasini chizganda shunday hayajonlanib buyuk kashfiyot yaratganday xursand bo'ladi, ammo Rasulga rasm darsi unchalik yoqmas edi, chunki qizlar kashta tikib o'tirganday allaqanday shakllarni chizib o'tirishga toqati yo'q edi. Asarni mutolaa qilar ekan o'quvchida emotsiya uyg'onishiga yordam beradigan, har

2 Matchonov S. [va boshq.]. O'qish kitobi (Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik). - T: Yangiyo'l poligraf servis, 2017. - B. 10.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bir o'quvchida faxr, iftixor, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantiradigan jumlalarga duch kelasiz.

Masalan:

- Aytgancha, muallimimizning gapi esingdami?

U kishi «Qishlog'imizning o'zi bir vatan, kichik vatan» degandilar. Vatanni qorovul emas, chegarachi qo'riqlaydi.

O'sha vaziyatda Rasul qattiq ranjiydi, chunki ustozining aytgan so'zlari dastlab, o'zining hayoliga kelmagan edi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga asar qahramonlaridan qaysi biri sizga yoqdi?, siz qaysi qahramonga o'xshashni istaysiz?, kabi savollar berilganda o'quvchilar uyda o'qib, tahlil qilishgan bo'lsa, albatta, mustaqil fikr bildira oladilar. Berilgan hikoyada rasm darsini unchalik hushlamaydigan Rasul uchun sinfdoshi Samadning gaplari shunchalik alam qiladi, bu esa Rasulda xarita chizishga asosiy sabab bo'ladi va u ichida sen chizgan narsani men chizolmaymanmi?, deb gapiradi. Rasul chizmani chizaolmayotgani uchun yig'ishtirib otgisi keladi, ammo o'sha gaplar xayolini, bir zum ham tark etmayotgani uchun astoydil chizishga harakat qiladi, natijada rasm darsini unchalik yoqtirmaydigan o'quvchi bo'lsa ham xaritani shunday chizadiki, unda hatto tarixiy obidalarni (Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent shahrini) ham shunday tasvirlaydiki qilayotgan ishiga o'zi ham mahliyo bo'ladi. Xaritani ko'rgan akasi ham hayratlandi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari, albatta, bu asarni o'qiyotganda shunday chiroyli tasvirlangan Yaratgan ato etgan gullagan diyorda, yurti tinch, osmoni musaffo, kelajaki buyuk vatanda tug'ilganidan qanchalik faxrlansa kam ekanini anglab yetadilar. Eng asosiysi Rasul xaritani chizib bo'lib, akasidan «Nomini nima deb ataymiz»3 deb so'raganda, akasi o'ylab olguncha Rasul qo'lidagi qalami bilan xaritaning tagiga O'ZBEKISTON so'zini bitadi. Ushbu so'zni bitishi boshlang'ich sinfdagi har bir o'quvchiga psixologik ta'sir o'tkazadi. Eng avval faxr tuyg'usini uyg'otish bilan birga tarbiyaviy jihatdan ham ta'sir qilishi, ya'ni vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalanishida yaqindan yordam beradi. Asar muallifi o'quvchilarning ongi va tafakkuriga shu darajada ta'sir qilganki, o'quvchilar beixtiyor asar qahramoni Rasul kabi unchalik yoqtirmaydigan fanlarni ham astoidil harakat qilsa, o'zlashtirib olishi mumkinligini takror-takror uqtirib o'tgan. Bu esa har bir o'quvchiga bevosita ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Yuqorida boshlang'ich sinf o'quvchilarining asar qahramonlarini idrok etish va baholashdagi psixologik xususiyatlari o'rganilganda ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo'lishi aytib o'tilgan edi. Shulardan biri adabiy qahramonga

3 O'sha asar. - B. 13.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

emotsianal munosabatda bo'lishdñ. Bunda boshlang'ich sinf o'quvchilari badiiy asar qahramonlariga baho berishda o'z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalangan holda o'z fikñarini bildiгa olish ko'nikmalaгini shakllantiгish zaïw ekanligini bilib oldik. Bu jarayonlar uyga vazifani to'g'гi beгish uchun zararán. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilaming fikriash, mustaqil mushohada yuгitish qobiliyatlaгini shakllantirishda sinfda o'qishning ahamiyati katta.

Uy ishlari ustida ishlashning provard maqsadi mustaqil mutolaa qiluvchi kitobxonni tariyalash. Shu jihatdan STO' mashg'ulotlaгi ahamiyatlidir Sinf daгslaгi va STO' chambarchas bog'liq, sinfda o'qish hayotga tayyoriash vositasi bo'lsa, sinfdan tashqгi o'qish hayotning o'zidñ4, deb bejiz aytilmagan. Sinfdan tashqri o'qish sifatida berilgan asami uyda o'qib, tahlil qilish vazifa qilinganda har biг o'quvchi badiiy asarni mutolaa qilayotganda asardagi voqea-hodisalami o'z ko'z o'ngida ko'rayotganday his qiladilaг, bu esa bevosita o'quvchilaming psixologiyasiga o'z ta'sirini ko^satishi bilan biг atoгda o'quvchilaming badiiy asa^a va undagi qahгamonlaгga emotsional munosabat bildira olish ko'nikmasini shakillantirishga yoгdam beгadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining fikrlash qobiliyati, mustaqil mushohada yurita olishi haqida buyuk mutafakkirlarimiznig asarlarida ham keltirilgan, shular jumlasidan Sha^dagi ilg'oг pedagogik ta'limotning asoschisi Abu Nasr Farobiy asarlarida A.Zunnunov, M.Xayrullaev, N.Xotamov, D.Shodievlarning "O'rta Osiyoda pedagogik fikr taгaqqiyotidan lavhalaf'5 nomli asarida Farobiyning bilimlami o'zlashtiгish jaгayoni haqidagi fikri keltiгiladi: «Inson bilimlarni aql va sezish o^anlan oгqali qo'lga kiritadi... seziluvchi otoaz^ his etish o^ali, aqliy obrazlar esa seziluvchi obrazlar orqali bilinadi... ».

Jumladan, olimning fikricha, inson ma'naviyatining oliy pog'onasi mh, aql va tafakkrn- bo'lib, ular insonning bilish faoliyatiga xos bo'lgan o'ziga xos shakllaráa namoyon bo'ladi.

Allomaning fikricha, insonning tanasi, miyasi, sezgi organlari tug'ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma'naviyati, mhi, intellektual va axloqiy hislatlari, xarakteri, urf-odatlaгi, ma'lumoti tashqi muhit, boshqalar bilan muloqotda vujudga keladi. Insonning aqli, fikri ruhiy yuksalishning eng yetuk mahsuli bo'ladi. Shunday ekan boshlang'ich sinflarga tavsiya etilayotgan asarlar ularning yoshiga, psixologiyasiga mos bo'lishi bilan bir qatorda o'zida ta'lim, tartiya, ma'naviyat, axloq kabi tushunchalarini o'zida mujassam etmog'i zarur.

4

QosimovaK|, Matchonov S, G'ulomova X, Yo'ldosheva SH, Sariev SH. Ona tili o'qitish metodikasi - T. 2009. -B. 74.

5 Zunnunov. A. [va boshq.]. O'rta Osiyoda pedagogik fifa taraqqiyotidan lavhalar. - T. 1997. - B. 12.

919

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Farobiy «Aql to'g'risida»gi risolasida axloqli kishining "o'n ikki tug'ma hislati"ni ta'riflar ekan, insonning fikrlash xususiyatiga alohida ahamiyat beradi. Olim aql-zakovatli inson barcha masala yuzasidan o'tkaziladigan muhokama va mulohazani tez va to'g'ri tushunadigan, uning ma'nosini anglab so'zlovchining maqsadi va aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan, xotirasi juda baquvvat bo'lib, ko'rgan, eshitgan, sezgan narsalarining birontasini ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan, zehni biror narsaning alomatini sezishi bilan, bu alomat nimani anglatishini tezda bilib oladigan, fikri va aytmoqchi bo'lgan mulohazalarini ravon bayon eta oladigan, uyga vazifa sifatida berilgan asarni mutolaa qilish bilan bir qatorda tahlil qila olish va unga hissiy munosabat bildirish kabi bilimlarni osonlik bilan o'zlashtira oladigan bo'lishini alohida ta'kidlaydi.

Nafaqat tibbiyot olamidagi kashfiyotlari, balki ta'lim va tarbiya sohasidagi asarlari bilan ham milliy pedagogika tarixida muhim o'rin tutgan buyuk Sharq mutafakkiri Abu Ali ibn Sino haqida "O'rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar" nomli asarda batafsil to'xtalib o'tilgan. Uning "Tadbiri manozil" ("Bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash") asarida o'quvchilarning fikrlash faoliyatini yaxshilash, bilim berish jarayonining samaradorligini oshirishda fanni egallashga qiziqish yuzaga kelishi va musobaqalashish istagi tufayli o'quvchilarni birga o'qitish zarurligiga diqqat qaratadi.

Ibn Sino suhbatdoshiga hurmat bilan yondashish haqida to'xtalib, shunday deydi: "Sening fikring (bolaning) yuragiga yetib borib, unga o'ylab, fikr yuritib ko'rishga imkon bersin... Agarda sening suhbatdoshing yoki do'sting sening so'zlaringga va nasihatlaringga e'tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko'chir".6

G'azal mulkining sultoni, ma'rifatparvar davlat arbobi Alisher Navoiy asarlarida ham insonning o'z fikri, dunyoqarashiga ega bo'lishi, bilim olishi va olgan bilimlarini hayotda qo'llay bilishda inson tafakkurining o'rni katta ekanligiga alohida ahamiyat beriladi. Shoir "Mahbub-ul-qulub"7 asarida bilim olib mustaqil mushohada yurita olmaydigan insonni "Ustiga kitob ortilgan eshak"ka qiyoslaydi va "nodon" deb ataydi.

Ma'rifatparvar olim Abdulla Avloniy o'zining "Turkiy Guliston yoxud axloq" asarida badan tarbiyasi bilan bir qatorda fikr tarbiyasiga ham alohida ahamiyat beradi. Uning ta'kidlashicha, fikr tarbiyasi "Muallimning yordamiga so'ng darajada muhtojdir" va inson hayotida muhim ahamiyatga ega:

6 Abu Ali ibn Sino. Tadbiri manozil. - T: Sharq, 1998. - B. 49.

7 Alisher Navoiy. Mahbub-ul-qulub (16-tom). - T: Fan, 2000. - B. 28.

920

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

ÉÊÊÉ 0

R

$

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar olmosdan bo'lur o'tkur. Fikrning oynasi olursa zang, Ruhi ravshan zamir o'lur benur"8. Buyuk mutafakkirlarimizning barchasi bolaning fikri yaxshi tarbiya topmog'i zarur ekanligini qayta-qayta ta'kidlamoqdalar.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga uyga vazifani o'qib, tahlil qilishni bergandan so'ng uni so'rash, muntazam ravishda uy ishlarini bajarayotganini nazorat qilishga ham alohida e'tibor berish lozim. Har bir uyga vazifani so'rayotganda noodatiy metodlardan foydalaninsh, adolatli baholash, hatto baholayotganda ishlatadigan so'zlarimiz (balli, ofarin) ham bola psixologiyasiga bevosita o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ularni o'z vaqtida rag'batlantirish, bajargan ishlarini yuksak baholash, uyga vazifani bajarmagan o'quvchilarda sinfdoshiga nisbatan havas uyg'otadi. Bu esa keyingi darsdagi uy vazifasini bajarishga o'zida ishtiyoq seza boshlaydi. O'quvchilarning uy vazifalarini tekshirib, oz miqdorda kamchiliklari bo 'lsa, qayta tushuntirib, unga yaxshi, astoydil harakat qilsangiz bundanda yaxshi natijalarga erishasiz deyishimiz, ammo vazifani bajarmagan o'quvchilarga boshqacharoq so'zlar bilan murojaat qilishimiz lozim, jumladan: "Eh! attang bajarish kerak edi", "Siz vazifani ishlay olardingiz" kabilar. Maqtov so'zlarning psixologik ta'siri yuqori ekani bilan ahamiyatli. Boshlang'ich sinflar o'quvchilarini baholashni quydagi tarqatma yoki jadval usulida ham ko'rish mumkun:

Uyga vazifani baholash:

Balli, ofarin, juda soz!!! Yaxshi, ammo harakat qilsanggiz bundanda yuqori natijaga erisha olasiz! Eh! attang bajarish kerak edi, siz vazifani ishlay olardingiz, harakat qiling!!!

(D (D (D

Ushbu jadval boshlang'ich sinf o'quvchilarining ongi va psixologiyasiga o'z ta'sirini ko'rsatadi, uyga vazifalarni muntazam ravishda bajarib kelishga undaydi.

8 Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. - T, 1996. - B. 66.

921

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mavzularni o'zlashtirishda boshlang'ich sinf o'quvchilarining psixologik tomonlarini inobatga olish o'quvchilarning barcha fanlarga bo'lgan qiziqishi, ishtiyoqi ortishiga sabab bo'ladi va bu o'z navbatida ta'limning samarasini oshirishga yaqindan yordam beradi.

REFERENCES

1. Husanboyeva Q. va boshq. Boshlang'ich sinflarda adabiyot o'qitish metodikasi (darslik). - T: Innovatsiya-Ziyo, 2020. 380 bet.

2. Alisher Navoiy. Mahbub-ul-qulub (16-tom). - T: Fan, 2000. - B. 28.

3. Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq. - T, 1996. - B. 66.

4. Abu Ali ibn Sino. Tadbiri manozil. - T: Sharq, 1998. - B. 49.

5. Qosimova K., Matchonov S, G'ulomova X, Yo'ldosheva SH, Sariev SH. Ona tili o'qitish metodikasi - T. 2009. - B. 74.

6. Zunnunov. A. [va boshq.]. O'rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotidan lavhalar. - T. 1997. - B. 12.

7. Matchonov S. [va boshq.]. O'qish kitobi (Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik). - T: Yangiyo'l poligraf servis, 2017. - B. 10.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.