Научная статья на тему 'OILA-JAMIYAT FAROVONLIGINING MA’NAVIY, HUQUQIY MEZONI'

OILA-JAMIYAT FAROVONLIGINING MA’NAVIY, HUQUQIY MEZONI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
269
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Ushbu maqolada oila mustahkamligida er va ayolning vazifalari / ularning farzand tarbiyasi borasidagi majburiyatlari borasidagi xulosalar qilingan oila va uni boshqarishga doir masalalar Ibn Sinoning “ Tadbil ul – manzil” risolasi asosida tahlil etilgan. Shuningdek / oila psixologiyasi / nikoh tushunchasi dastlabki oilaviy munosabatlar va ularning paydo bo’lishi / yangilanayotgan O’zbekistonda Gender tenglikning huquqiy asoslari haqida bayon etib o’tilgan.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Xamidova Rislig’Oy Faraxadovna

Ushbu maqolada oila mustahkamligida er va ayolning vazifalari, ularning farzand tarbiyasi borasidagi majburiyatlari borasidagi xulosalar qilingan oila va uni boshqarishga doir masalalar Ibn Sinoning “ Tadbil ul – manzil” risolasi asosida tahlil etilgan. Shuningdek ,oila psixologiyasi, nikoh tushunchasi dastlabki oilaviy munosabatlar va ularning paydo bo’lishi, yangilanayotgan O’zbekistonda Gender tenglikning huquqiy asoslari haqida bayon etib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILA-JAMIYAT FAROVONLIGINING MA’NAVIY, HUQUQIY MEZONI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

OILA-JAMIYAT FAROVONLIGINING MA'NAVIY, HUQUQIY MEZONI

Xamidova Rislig'oy Faraxadovna

Andijon davlat pedagogika instituti, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

hamidovarisligoy@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7998813

Annotatsiya. Ushbu maqolada oila mustahkamligida er va ayolning vazifalari, ularning farzand tarbiyasi borasidagi majburiyatlari borasidagi xulosalar qilingan oila va uni boshqarishga doir masalalar Ibn Sinoning " Tadbil ul - manzil" risolasi asosida tahlil etilgan. Shuningdek ,oila psixologiyasi, nikoh tushunchasi dastlabki oilaviy munosabatlar va ularning paydo bo'lishi, yangilanayotgan O'zbekistonda Gender tenglikning huquqiy asoslari haqida bayon etib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Oila, oila psixologiyasi, nikoh, oilaviy munosabatlar, gender tenglik huquqiy asoslar

Kirish

Biz bugun mustaqil davlat va jamiyat qurish, xalqimiz uchun hech kimdan kam bo'lmagan faravon hayot barpo etish yo'lida tarixan qisqa davrda haqiqatdan ham asrlarga teng keladigan yo'lni masofani bosib o'tdik. Bugun O'zbekiston deb atalmish qo'rg'onimiz tarixan qisqa davrda poydevori mustahkam davr talabiga javob beradigan zamonaviy davlatga aylanib borayotgani eng asosiysi avvalo, odamlarimizning dunyo qarashi, fikr-zikri,siyosiy va huquqiy madaniyati tobora yuksalib borayotgani bu borada hal qiluvchi omillardan biri ekanini hammamiz bugungi kunda yaxshi anglamoqdamiz. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev takidlaganlaridek ,,Odamlarimiz bilishi kerak,oila muqaddas biz uchun.Oilani saqlab qolmasak,biz o'zligimizni yo'qotamiz". Bilamizki jamiyat asosini oila tashkil qiladi. Oila jamiyat hayotining boshlang'ich bo'g'ini sifatida ijtimoiy munosabatlarda muhim o'rin tutadi.Oila azal-azaldan sharq xalqlari hayotida eng asosiy qadriyat sifatida jamiyatga manan yetuk jismonan barkamol insonni yetkazib beruvchi manba vazifasini o'tab kelgan shu bilan bir qatorda islom dinida oilaviy munosabatlar,nikohning manfaatlari, er va xotinning burch va vazifalari, oilada farzand tarbiyasi kabi masalalarga nihoyatda katta ahamiyat qaratilgan.Muqaddas dinimizda oila qurishga ayol va erkak birdek targ'ib qilingan jumladan, Alloh taolo Qur'oni Karimda ,,Sizlar eslatma olishlaringiz uchun biz har bir narsani juft qilib yaratdik.''deb marhamat qiladi (Zoriyot surasi 49-oyat). Asrlar davomida o'z etirofini topgan va diniy axloqiy qadriyatlar darajasiga ko'tarilgan oilaviy munosabatlarda halol yashash, mehnat qilish, farzand tarbiyasi ijtimoiy hayot tarzini rivojlantirish manbaidir. Sharqona tarbiyada shaxsning umummadaniy dunyoqarashining shakllanishi asosi oiladan boshlanadi.

Adabiyotlar tahlili va metod

Oila qancha sog'lom bo'lsa jamiyat ham shunga munosib bo'ladi,lekin tagiga zil ketgan oila oxiri ajralish bilan tugaydi, bolalar yetim xonadonlar parokanda bo'ladi. Bu esa jamiyat ravnaqiga albatta putur yetkazadi.Bu borada islom mutafakkirlari tomonidan ko'p sonli durdona asarlar yozilgan bo'lib, mana shunday olimlardan biri Abu Ali ibn Sinodir.Ibn Sino o'zining ,,Tadbil ul- manzil"asarida oila uning inson va jamiyat hayotidagi bebaho ahamiyati,oila boshlig'ining vazifalari, uy-joy idora etish shartlari farzand tarbiyasi amal qilinishi lozim bo'lgan jihatlari, oila rahbarining o'ziga juft tanlashda e'tibor qaratishi lozim bo'lgan masalalar bayon qilingan.Ibn Sinoning ,,Tadbil ul- manzil"risolasi oilaviy munosabatlarni tartibga solishda

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

jamiyat rivojiga hissa qo'shuvchi fozil insonlarning yetishib chiqishida katta ahamiyatga ega bo'lib oilani boshqaruvchilar va uning a'zolar uchun o'ziga xos dasturil amal vazifasini bajaradi. Faylasuf olimlarimiz masalaning mohiyatini ochib berishda shaxs va jamiyatning o'zaro munosabati haqidagi umumaksiologik qonuniyatga suyangan holda, shaxs ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat degan nazariy konsepsiani o'rtaga tashlaganlar. Xuddi shu konsepsiyada o'rtaga tashlaganlar. Xuddi shu kansepsiyadan esa oilada farzand tarbiyasi ijtimoiy harakterga ega boshqa bir xulosa kelib chiqadi. XX asr boshlaridagi marifatparvarlik harakatining asoschilaridan biri Abdurauf Fitratning "Oila'' asarida oila asosini to'g'ri qurish, oilada yosh avlodga jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiya berish orqali mana shu turg'unlikdan qutilish, jamiyatni isloh qilish mumkinligini bayon qilgan. "Millat taqdiri mana shu millat vakillari yashagan oilaning holatiga bog'liqdir... Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo'ladi."deb yozadi.

Muhokama

Jamiyat taraqqiy etgani sari odamlarning o'zlari ham, ularning bir birlari bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar ham takomillashib,o'ziga xos tarzda murakkablashib boradi.Bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri Gender tenglik tenglik masalasidir. Va ushbu masala davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan bo'lib,sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjatlari qabul qilindi.Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash, ular bilan ishlash maqsadida,, Ayollar daftari" tizimi joriy etilib davlat budjetida har yili 300mlrd so'm mablag' ajratib borish yo'lga qo'yildi. Ota-onasi yoki biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz ayollarning o'qish to'lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib,oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravar ortdi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. O'zbekison 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va Gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik ishlarni amalga oshirgan 27ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pag'onaga yuqorilab 190ta davlat orasida 134 o'rin egalladi. Ma'lumki, 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan ,,Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlari kafolatlari "to'g'risida O'zbekiston respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida ma'qullangandi.Ushbu qonuning maqsadi xotin -qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Natijalar

Gender tenglik to'g'risidagi qonun ijtimoiy-siyosiy sohalarni ayollarning rolini oshirish uchun zamin yaratadi. Ayolga imkoniyat va vakolat berish, uni faollashtirish, jamiyatni yanada rahm-shavqatli, insonparvar va ma'rifatli qilishdan iborat. Gender tenglim bo'yicha ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar huquqlarini ta'milash va kamsitishning har qanday shakliga baham berish bo'yicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uyg'unlashtiurish bilan shug'ullanuvchi yangi Xotin-qizlar va Gender tenglik masalalari qo'mitasi tashkil qilingan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil iyun oyida Oliy Majlis Senatidagi nutqidan iqtibos keltirishni o'rinli deb bilaman: " Hozirgi kunda har bir xotin-qiz demokratik jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo'lmog'i shart." Shu kuni prezidentni taklifiga binoan mamlak tarixida ilk bor Senat raisligiga ayol kishi-Tanzilla Narbayeva saylandi. Gender tenglik bo'yicha imstitutsianal choralarga kelsak, ayni paytda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tarkibida ayollar

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

huquqlarini taminlash va kamsitishning har qanday shakliga barxam berish bo'yicha milliy qonuqchilikda xalqaro standartlarni uygunlashtirish bilan shug'ullanuvchi yangi Xotin qizlar va Gender tenglik masalalar qo'mitasi tashkil qilingan. O'zbekistonda Gender tenglikni taminlash borasida bugungi kunda qonunchilik hujjatlari asosida tizimli ravishda tashkil etilganligi va bir so'z bilan aytkanda inson qadri uchun xizmat qilishi isloxatlarimizning yorqin dalilidir. Xulosa

Qachonki jamiyatimizdagi oilalar, ayollar, farzandlar, qizlar chinakam haq huquqlarini to'la to'kis xis qilsa jamiyat tomonidan hisobga olinsa teng huquqlilik asosida yashasagina turmush tarzi farovon bo'ladi. Sog'lom muhitda tarbiya topgan bola har tomonl ama jismoniy, psixologik va ta'limiy jihatdan ustun bo'ladi. Biz jamiyatda oilada shaxslar ortasidagi munosabatlarda Gender tenglikni targ'ib qilish orqali kelajagimizning mustahkam imoratiga bir g'isht qo'shgan bo'lamiz.Biz bugungi kundagi islohotlarga befarq bo'lmasligimizjamiyat va davlat hayotidagi o'zgarishlarga o'zimizning muosib hissamizni qo'shishimiz kerak. Muhtasar aytganda, jamiyatda ayol qadr-qimmati,uning huquq va erkinliklari himoya qilish borasida davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo'lmoqda.Zotan, jamiyatda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ifoda etish,davlat va jamiyat munosabarlarida ayollarning o'rni va rolini yanada oshirish,ularning siyosiy,huquqiy,ijtimoiy sohalarda manfaatlarini himoya qilish masalasi Yangi O'zbekistonda Uchinchi Renessans avlodini shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. https://oz.sputniknews.uz/20180209/Shavkat-Mirziyoyev-yaxshi-oila-uchun-kurashish-kerak-7471800.html

2. https://www.sammuslim.uz/oz/articles/baxtiyor-oila-mustahkam-jamiyat-asosi

3. https://gujum.uz/ozbekiston/oilaviy-munosabatlarda-shaxsning-umummadaniy-dunyoqarashining-shakllanishi?imlo=l

4. Abdurauf Fitratning ,,Oila "asari

5. Abu Ali ibn Sinoning ,,Tadbil ul- manzil"risolasi

6. https://cyberleninka.ru/article/n/yangilanayotgan-o-zbekistonda-gender-tenglikka-erishish-strategiyasi-hamda-uning-huquqiy-asoslari

7. https://yuz.uz/uz/news/yangilanayotgan-ozbekistonda-gender-tenglikning-huquqiy-asoslari

8. https://kun.uz/uz/news/2019/06/22/shavkat-mirziyoyevning-oliy-majlis-senatining-20-yalpi-majlisidagi-nutqi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.