INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
OILADA BOLALARNI MILLIY QADRIYAT VA AN'ANALAR ASOSIDA TARBIYALASHNING MUHIM JIHATLARI Dilbarjon Qurbonov
Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11062185
Annotatsiya. Oilada bolalarning milliy qadriyat va an'analar asosida o'zaro munosabatlarini tarbiyalash masalalari kishilik jamiyatining barcha davrlarida dolzarb muammo bo'lib, davlat va jamiyat arboblari, shuningdek, olimlarni ham befarq qoldirmagan. Oilada bolalarning kamoloti muhim mezoni sifatida uning jamiyatga moslashuvi, insonlar jamoasiga qo'shilishi, shaxslararo munosabatlarda tutgan o'rni mavqeiga ko'p jihatdan bog'liq. Ushbu maqolada oilada bolalarning milliy qadriyat va an 'analar asosida o'zaro munosabatlarini tarbiyalash masalalari xususida fikr bildirilgan.
Kalit so'zlar: oilaviy munosabatlar, ta'lim-tarbiya, qadriyat va an'analar, milliy tarbiya, estetik tarbiya, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar.
Аннотация. Вопросы воспитания взаимоотношений детей в семье на основе национальных ценностей и традиций были актуальной проблемой во все периоды существования человеческого общества и не оставляли равнодушными государственных и общественных деятелей, а также ученых. Как важный критерий зрелости детей в семье, ее адаптация к обществу, интеграция в человеческий коллектив во многом зависят от положения, которое она занимает в межличностных отношениях. В данной статье рассматриваются вопросы воспитания взаимоотношений детей в семье на основе национальных ценностей и традиций.
Ключевые слова: семейные отношения, воспитание, ценности и традиции, национальное воспитание, эстетическое воспитание, духовно-нравственные ценности.
Yangi O'zbekistonnning buyuk kelajagini yaratishda ta'lim - tarbiya bilan bir qatorda oilaning ahamiyati beqiyosdir. Chunki, oila mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biri hisoblanadi. Oila - jamiyat negizi bo'lib, ko'p asrlik mustahkam ma'naviy manbalarga ega.
Oilada mehr-muhabbatning ustuvorligi bolada ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning asosini tashkil etadi. Biroq oila, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra har bir farzand uchun o'ziga xos xarakterli xususiyatlarga ega. Bunda o'zaro hurmat va qattiq tartib, oila a'zolarining o'z burchlari, bir-biriga nisbatan ezgulik, mehr-oqibat, yaxshi va munosib tarzda yashash, oilasining, qarindosh-urug'lari va yaqin odamlarining, qo'shnilarining omon-esonligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish bolani ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim o'rin tutadi.
Forobiyning ta'kidlashicha, insonni tarbiyalash ikki xil usul yordamida olib borilishi mumkin. Tarbiyalanuvchi ixtiyoriy ravishda zaruriy, aqliy va axloqiy xislatlarni - bilimli bo'lishga, to'g'rilik va haqiqatni sevishga, jasur do'stlarga sadoqatli bo'lish singari fazilatlarni egallashga intilmog'i lozim. U insonning ma'naviy hayotida, asosan, uning ikki tomoniga: aqli-ongiga va axloqiga (xulq-atvoriga) e'tibor beradi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya, uning fikricha, insonni aqliy tomondan ham, axloqiy tomondan ham etuk, mukammal kishi qilib etishtirishga qaratilmog'i lozim. Demak, ta'lim-tarbiyaning birdan-bir vazifasi- jamiyat talablariga to'la-to'kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda, farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir."Ideal shahar aholi ilmining fikrlari" hamda "Baxt-saodatga erishuv haqida" nomli risolalarida olimning bu fikrlari aniq ifodalangan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
Husayn Voiz Koshifiy o'zining hayotdan olgan saboqlari, tajribalari asosida insonparvarlik, ijtimoiy hayot, oilaviy odob, adolat, halollik, sofdillik, to'g'rilik, rostgo'ylik haqidagi fikrlarini qiziqarli hikoyalar, rivoyatlar, pandu-nasihatlar yordamida bayon etgan. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi hamda ularning inson hayoti va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini qator ibratli rivoyatlar bilan ko'rsatadi. Koshifiy jamiyatda, odamlar o'rtasida va oiladagi o'zaro munosabatlarda axloq me'yorlari bo'lib, bu me'yorlar insonlarning xulq, fe'l-atvorlarini tartibga solib turadigan axloqiy talablardir, deb baholaydi. U ijobiy xislatlarning kishilarda bo'lishi shart bo'lgan insoniy fazilat deb tushunadi. Insoniy fazilatlar: sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlik, saxiylik, rostgo'ylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, oliyhimmatlilik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir ta'riflab, ularning ahamiyati va oqibatlarini aytib o'tadi.
O'z zamonasining qomusiy bilimdoni bo'lgan Beruniy: "Inson jamiyatda o'z qarindosh-urug'lari bilan birlashib olishga majburdir, bundan maqsad bir-birini qo'llab-quvvatlash hamda har bir kishining ham o'zini, ham boshqalarni ta'minlash uchun ishlarni bajarishdir", degan xulosaga keladi. Umuman olganda, Beruniy ta'kidlaganidek, oiladagi yomon tarbiya, faqat shu oilaning o'zigagina salbiy ta'sir qilib qolmasdan, balki atrofdagi boshqa oilalarga ham yomon ta'sir qilishi mumkin.
Beruniy qarashlarida oilaviy munosabatlar barqarorligining etakchi omillari oqillik va mehnatsevarlikning ahamiyati haqida ham qimmatli fikrlar mavjud. "Muayyan vazifalarni bajarish zaruriyati inson faoliyatining bir umrga yashash qoidasidir. Insonning qadr-qimmati o'z vazifasini a'lo darajada bajarishidan, shuning uchun ham insonning eng asosiy vazifasi va o'rni mehnat bilan belgilanadi. Zero, inson o'z hohishiga mehnat tufayli erishgan".
Ibn Sino oilaviy munosabatlar maromi oiladagi tinch totuvlik, mehr-muruvvat, oila g'ururi va sha'ni ko'p jihatdan ayollarga ham bog'liq ekanligi haqida ko'p yozgan. Jumladan, "Oila xo'jaligi" asarida ayollar axloqan eng maqbul, yuqori insoniy fazilatlarga ega bo'lmoqlari lozim, deb yozadi. Mazkur asarning "Ayollarning yaxshi fazilatlari haqida" nomli bo'limida ularning quyidagi fazilatlari bayon qilinadi; ayol aqlan dono, uyatchan, iboli, iffatli bo'lib, ko'p gapirmasligi lozim; u eriga bo'ysunmog'i, uni sevmog'i, farzandlar tug'ib, doimo halol, pok, to'g'ri so'z, kamtar bo'lishi kerak; injiq bo'lmasligi, o'z iffat va obro'sini to'kmasligi lozim; u hech qachon eriga nisbatan dimog'dorlik, viqor hissini ko'rsatmasligi, o'z ishlarini yaxshi, o'z vaqtida bajarib, oilaning moddiy boyliklarini tejamkorlik bilan ishlatmog'i lozim; o'z xulq-atvori bilan o'z erining qalbida hadiksirash hissiga o'rin qoldirmasligi kerak.
Sharq mutafakkirlarining ma'naviy merosidan bunday misollarni cheksiz davom ettirish mumkin. Ko'rinib turibdiki, oila barqarorligiga shaxslararo munosabatlar ta'siri masalasiga Sharq mutafakkirlari va ma'rifatparvar ziyolilari alohida e'tibor bilan qaraganlar.Ularning asarlarida oilaning muqaddasligi, uning jamiyat hayotida tutgan o'rni, oila muqaddasligini belgilovchi muhim milliy-madaniy va milliy-psixologik omillar ko'rsatib o'tilgan.
Ayniqsa, oilaning asosini tashkil etuvchi er va xotinga xos sifat va fazilatlarning shakllangan bo'lishi, ular oilaviy burch va vazifalarini sadoqat bilan ado etishlari, bir-biriga mehribon va kechirimliligi eng muhim qadriyat sifatida e'zozlanadi.
Bolaning pok va sof sadoqat, ma'naviy jihatdan yuksak bo'lib o'sishi, oilaga oiladagi mustahkam, tinch va totuvligiga bog'liq. Chunki, unda tarbiyalanayotgan yosh avlod ham ma'naviy jihatdan yetuk, sog'lom, mustaqil fikrli komil inson bo'lib voyaga yetadi. Albatta bolaning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi oila totuvligi, uning davomiyligi oila a'zolarining ruhiyatiga
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
o'zligini qanchalik darajada anglaganligida, o'z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo'lgandagina to'laligicha ta'minlanadi.
Tarbiya insonni shakllantirish jarayonini boshqarishga qaratilgan maqsadli faoliyatdir. Tarbiyaning mazmuni, yo'nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy munosabatlariga bog'liq. Kishi aynan mazkur munosabatlarga asosan hayotga biron-bir tarzda qaraydigan bo'ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o'zining unga nisbatan munosabatini shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruhida tarbiya topadi.
Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg'ulariga chuqur ta'sir ko'rsatadi. Oiladagi ma'naviy muhit bola tarbiyasida g'oyat muhim ahamiyatga ega. Oila a'zolarining turmush tarzi ko'p hollarda farzandlarning kayfiyati, tasavvuri va hissiyotlarini belgilab beradi.
Umuman olganda, oilada bolalarning milliy qadriyat va an'analar asosida o'zaro munosabatlarini tarbiyalash jarayonida ularni milliy ma'naviy-axloqiy qadriyatlar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. Oilalarda ota- onalar, bolalarni ijtimoiy hayotda erkin, mo''tadil kun kechirishlari uchun o'z faoliyatlarini milliy ma'naviy-axloqiy qadriyatlar asosida tashkil etishlari lozim.
REFERENCES
1. Quronov M. Bolam baxtli bo'lsin desangiz... -T.: Ma'naviyat, 2013.
2. Maxmudov O. Farzandnoma. -T.: O'qituvchi, 2018.
3. Tilavov A. Bolalarga gap uqtirish san'ati. -T.: Sano-standart, 2016.