Научная статья на тему 'BOLALAR TARBIYASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O‘RNI'

BOLALAR TARBIYASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
185
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / Sharq / milliy qadriyatlar / yoshlar tarbiyasi / milliy va umuminsoniy qadriyat / family / East / national values / youth education / national and universal value

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xoshimova R.A.

Ushbu maqolada Oilada farzandlarimizni tarbiyalashda milliy qadriyatlar tizimini shakllantirishdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarning ijtimoiy hayot taraqqiyotida, yoshlarni milliy g‘oya, milliy va umuminsoniy axloq asosida tarbiyalashda oilaning roli yoritib berilgan, oilaning o‘zi asosiy qadriyat ekanligiga e’tibor qaratgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL AND GENERAL IN CHILDREN'S EDUCATION THE PLACE OF VALUES

In this article, the role of the family in the formation of the national value system in the education of our children, the role of the family in the development of social life, the role of the family in educating young people on the basis of the national idea, national and universal morality, is highlighted.

Текст научной работы на тему «BOLALAR TARBIYASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O‘RNI»

Xoshimova R.A.

Namangan viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy

markazi o'qtuvchisi

BOLALAR TARBIYASIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O'RNI

Annotatsiya. Ushbu maqolada Oilada farzandlarimizni tarbiyalashda milliy qadriyatlar tizimini shakllantirishdagi o'rni, oilaviy qadriyatlarning ijtimoiy hayot taraqqiyotida, yoshlarni milliy g'oya, milliy va umuminsoniy axloq asosida tarbiyalashda oilaning roli yoritib berilgan, oilaning o'zi asosiy qadriyat ekanligiga e 'tibor qaratgan.

Kalit so'zlar: oila, Sharq, milliy qadriyatlar, yoshlar tarbiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyat.

Khoshimova R.A. instructor

National Center for Training Teachers in New Methods of Namangan Region

NATIONAL AND GENERAL IN CHILDREN'S EDUCATION

THE PLACE OF VALUES

Abstract. In this article, the role of the family in the formation of the national value system in the education of our children, the role of the family in the development of social life, the role of the family in educating young people on the basis of the national idea, national and universal morality, is highlighted.

Key words: family, East, national values, youth education, national and universal value.

Mamlakatimizda jismoniy sog'lom, ma'naviy yetuk, har tomonlama uyg'un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish mas'uliyati, eng avvalo, oila zimmasidadir.

Ma'naviy-ruhiy sog'lom bolaning dunyoga kelishi masalasiga sog'lom va ahil oila mehnatining samarasi sifatida qarab, oilada o'zaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va ma'naviy qadriyatlar muhitini shakllantirish bugungi kunda har birimizning vazifamiz hisoblanadi. Bu vazifani bajarishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o'rni judayam katta.

Qadriyatlar jamiyat rivojining negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga o'tkazuvchi qudratli omildir. Tarixiy taraqqiyot bosqichlariga nazar tashlar ekanmiz, har bir jamiyat, davlat

o'zining milliy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib taraqqiy etmagan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat", - deb e'tirof etdilar. [1] " Xo'sh qadriyatning o'zi nima? Qadriyatlar deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo'lgan barcha narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyati insonlarning tarixiy tajriba an'analarini kelgusi avlodlarga to'la-to'kis yetkazish, o'rgatish, ta'lim-tarbiya berish orqali izohlaymiz. Shuning uchun milliy ma'naviy qadriyatlarni e'zozlab, ardoqlab, chin dildan bajarish va ularni o'z holida saqlash, shu bilan birga, umuminsoniy qadriyatlarni oila muhitiga uyg'unlashtirish dolzarb masaladir. Qadriyatlar mazmunan xilma-xil turlarga bo'linib, hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. Jumladan, inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo'q joyda biror narsaning qadr-qimmati haqida so'zlashga hojat ham yo'q. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e'zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog'lig'ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishini tashkil etadi. Farzandlarimiz ongida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish uchun:

□ Vatanga, ota-onaga, o'tgan avlodlariga hurmat, muhabbat tushunchalari va tasawurlarini kengaytirish;

□ burch, vijdon, insof, mas'uliyat haqidagi tasawurlarni vujudga keltirish;

□ do'stlik, o'rtoqlik, qo'ni-qo'shnichilik munosabatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish hal qilinishi kerak bo'lgan dastlabki vazifadir.

Estetik qadriyatlar farzandlarimizning estetik sezgi va idrokini tarbiyalash, tashqi va ichki go'zalligini shakllantirishdir. Ularda estetik qadriyatlarni shakllantirish uchun:

□ bola ongida ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan amaliy, me'morchilik, musiqa va san'at asarlarini, shuningdek, turli xarakterdagi bayramlarni asrab-avaylash tuyg'usini shakllantirish;

□ go'zallikka baho berish, haqiqiy go'zallikni soxta go'zallikdan ajrata

olish;

□ tabiatning nozik, nafis go'zalliklarini ko'rish, his etishni rivojlant irish talab etiladi.

Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko'ra, milliy va umuminsoniy turlarga bo'linadi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqida tasavvuri faqat g'oyagina emas, balki tuyg'u hamdir. Insonda milliy ong va g'urur bo'lmasa, u o'zining qaysi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini anglashini tasavvur qilish qiyin. Shu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni

anglab yetmoqdamiz, ya'ni faqatgina chinakam ma'rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so'z bilan aytganda, o'zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o'ziga munosib obro'li o'rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin. Qadimdan bir ma'naviy ruhiy iqlimdan nafas olib kelgan xalqimizning, ayniqsa, bugungi mas'uliyatli davrda aql, zakovat va shijoat, dunyoviy salohiyat va milliy g'urur talab etiladigan bir pallada yana ham yaqinroq va yana ham mehr oqibatliroq bo'lishlari lozimligini hayotning o'zi taqozo qilmoqda. Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo'lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq keladi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan eng asosiylari -yer yuzida ilm fanni taraqqiy ettirish, tinchlikni saqlash, xalqaro xavfsizlikni ta'minlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, sanoat xomashyosi, energiya manbalari va oziq ovqat bilan ta'minlash, koinot va jahon okeani resurslarini o'zlashtirish, dunyo miqyosida ahamiyatga ega bo'lgan nodir san'at asarlari, xalq amaliy san'ati, me'morchilik va musiqiy asarlarni saqlash va kelgusi avlodga yetkazish kabi muammolar kiradi. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan badiiy, me'morchilik va ma'naviy asarlar har qanday dur-u javohirlardan ham qimmatliroq boylikdir. Ushbu boyliklar asrlar davomida unga xizmat qilyapti. Eramizdan oldin Afina demokratiyasi inqirozga uchraganida yunon faylasuflari qadriyat masalasini ko'targan edi. Ular ijtimoiy-siyosiy, huquqiy tafakkur tarixida birinchi bor "inson - oliy qadriyat", deb ko'rsatdilar, olamdagi barcha jihatlarni "insoniylik mezoni" bilan o'lchashni targ'ib etdi. Buyuk mutafakkir Suqrot esa "qadriyat nima?", degan savolga "har bir insonning o'zligini anglashi", deb javob berdi. Qadriyatlarning shakllanish makoni bo'lgan oila va unga xos bo'lgan qadriyatlar tizimi jamiyatning kelajagini belgilab beradi. Kelajak avlod haqida qayg'urish, sog'lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o'z farzandlarining baxt-u saodati, fazl-u kamolini ko'rish uchun butun hayoti davomida kurashadi, mehnat qiladi. Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf odatlarimizni sayqallaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday shaxs bo'lib yetishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'idir. Oilaga xos an'analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Mustaqil Respublikamiz Konstitutsiyasining XIV bobi Oilaga bag'ishlangan bo'lib, o'zbek oilasi va munosabatlariga doir barcha masalalar to'laligicha hamda asosli huquqiy himoyani o'zida mujassam etgan [3]. Konstitutsiyada o'zbek oilasining shakllanishidan boshlab tomonlarning teng huquqliligi, nikoh tuzishdagi erkin roziliklari, ota-onalar tomonidan bolalarning ta'minoti va tarbiyasi, farzandlar tomonidan o'z ota-onalariga g'amxo'rlik qilish kabi masalalar o'z ifodasini topgan. Shuni g'urur va faxr bilan ta'kidlashimiz

mumkinki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi 66 -moddasida: "Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'amxo'rlik qilishga majburdirlar", - deb ko'rsatilishi aynan milliy qadriyatimizning qonunda aks etishidir [4]. O'zbek oilasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri oilada yoshi ulug' qariyalar - bobo va buvilarning yuksak mavqe va martabaga egaligi bo'lib, ular hamisha izzat-ikrom qilinadi, barcha masalalarda ular bilan maslahatlashib, so'ng ish boshlashga amal qilinadi. O'zbek oilasiga xos mazkur xarakterli xususiyatlarni alohida e'tirof etib o'tishdan maqsad shuki, "oila tarbiyasi"ning o'ziga xos qirralari ana shundagina to'la-to'kis namoyon bo'ladi. Bu tarbiya jarayonida milliy-madaniy merosning qanday o'rin tutishi, salmog'i, ahamiyati xususida asosliroq fikr yuritish imkoniyati paydo bo'ladi. Jumladan, oilada erning mavqeyi balandligi, ayol ham o'zining haq -huquqlariga egaligi, farzandlarning ota-onani hurmat qilishini olaylik. Ko'p yillar davomida ota-bobolarimiz qalbiga singib ketgan ushbu qadriyatlarni bugun yanada sayqallash kerakligini zamon talab etmoqda. Ayniqsa, shiddat bilan o'zgarib borayotgan hozirgi zamonda bema'ni ta'sirlar ko'payib, ularning inson va jamiyat hayotida salbiy oqibatlari misli ko'rilmagan darajada kuchayib bormoqda. Ayni shu davrda oilaning jamiyatdagi o'rni juda muhimdir.

Vatan tuprog'i oiladan boshlanadi. Farzandlarimizning axloqiy qiyofasiga salbiy ta'sir etadigan ba'zi noxushliklarni ota-onalar seza bilmog'i lozim. Farzandlar oilaviy axborot vositalari, matbuot, ilmiy anjuman yangiliklari, badiiy adabiyotlar turlaridan foydalanishlari uchun oilada kerakli shart-sharoit yaratsak, oiladagi muhit yanada yaxshilanadi. Bizningcha, Yangi O'zbekiston barpo etilayotgan hozirgi sharoitda milliy oilaviy qadriyatlarning o'rni har qachongidan ham ortib bormoqda.

Xulosa qilib aytganda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar jamiyat rivojiga va uning negizi, millatning tarixiy taraqqiyotida erishilgan muvaffaqiyatlarini avloddan avlodga yetkazuvchi qudratli omildir. Shunday ekan, oilada farzandlarimiz bolalik, o'smirlik, balog'at sari borishlarida ibratli dovondan o'tishi uchun farzandlarimizga to'g'ri yo'lni ko'rsatguvchi bir mayoq bo'laylik.

Foydalanilgan adabiyotlar: l.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 yanvar kuni ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish 2 Shavkat Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston Strategiyasi" nomli kitobi 3.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi 66 -modda 4.Respublikamiz Konstitutsiyasining XIV bobi 4.https://lex.uz/docs/-6445145

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.