Научная статья на тему 'IBN SINO MA’NAVIY MEROSIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BADIIY OBRAZLARDAGI TALQINI'

IBN SINO MA’NAVIY MEROSIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BADIIY OBRAZLARDAGI TALQINI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axloq / “Hay ibn Yaqzon” / aql / Baytul Maqdis / “ Risolatut Tayr ” / Ibsol obrazi / ma’naviy qadriyat. / Morality / "Hay ibn Yaqzan" / intelligence / Baytul Maqdis / "Risalatut Tayr" / the image of Ibsol / spiritual value.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Sherali Soibnazar Ogli Juraev

Maqolada jahon ilm-fan taraqqiyotida salmoqli hissa qo’shgan faylasuf, musiqashunos, tabib Ibn Sinoning aqxloqiy qarashlari tahlil qilingan. Ibn Sinoning sertashvish hayoti va seqirra ijodini qancha o’rganilmasin, shuncha oz. Chunki olim hayoti davomida tibbiyot, falsafa, fiqh va boshqa ko’plab ilmlar bilan shug’ullanib, juda ko’p asarlar yozgan. Uning falsafiy merosini o’rganish, undagi ilmiy yangiliklarni hayotga tadbiq etishda ilm – fan rivojiga ulkan hissasini qo’shishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF MORALITY IN THE SPIRITUAL HERITAGE OF IBN SINA AND HIS INTERPRETATION OF ARTISTIC IMAGES

The article analyzes the moral views of Ibn Sina, a philosopher, musicologist, and physician who made a significant contribution to the development of world science. No matter how much Ibn Sina's tumultuous life and creative work is studied, so little. Because the scientist was engaged in medicine, philosophy, jurisprudence and many other sciences during his life and wrote many works. The study of his philosophical heritage serves as an important resource for making a great contribution to the development of science in the application of its scientific innovations to life.

Текст научной работы на тему «IBN SINO MA’NAVIY MEROSIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BADIIY OBRAZLARDAGI TALQINI»

IBN SINO MA'NAVIY MEROSIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BADIIY OBRAZLARDAGI TALQINI

Sherali Soibnazar o 'g'li Jurayev

Tayanch doktorant Toshken t davlat sharqsh un oslik un iversiteti E-mail: sherjon191 @gmail. com Toshkent, O 'zbekiston.

Annotatsiya: Maqolada jahon ilm-fan taraqqiyotida salmoqli hissa qo'shgan faylasuf, musiqashunos, tabib Ibn Sinoning aqxloqiy qarashlari tahlil qilingan. Ibn Sinoning sertashvish hayoti va seqirra ijodini qancha o'rganilmasin, shuncha oz. Chunki olim hayoti davomida tibbiyot, falsafa, fiqh va boshqa ko'plab ilmlar bilan shug'ullanib, juda ko'p asarlaryozgan. Uning falsafiy merosini o'rganish, undagi ilmiy yangiliklarni hayotga tadbiq etishda ilm - fan rivojiga ulkan hissasini qo 'shishda muhim manba bo 'lib xizmat qiladi.

Kalitso'zlar: axloq, "Hay ibn Yaqzon ", aql, BaytulMaqdis, "Risolatut Tayr ", Ibsol obrazi, ma'naviy qadriyat.

THE PROBLEM OF MORALITY IN THE SPIRITUAL HERITAGE OF IBN SINA AND HIS INTERPRETATION OF ARTISTIC IMAGES

Sherali Soibnazar ugli Juraev

Ph.D. student

Researcher of Tashkent State University of Oriental Studies

E-mail: sherjon191 @gmail. com Tashkent, Uzbekistan.

Annotation: The article analyzes the moral views of Ibn Sina, a philosopher, musicologist, and physician who made a significant contribution to the development of world science. No matter how much Ibn Sina's tumultuous life and creative work is studied, so little. Because the scientist was engaged in medicine, philosophy, jurisprudence and many other sciences during his life and wrote many works. The study of his philosophical heritage serves as an important resource for making a

great contribution to the development of science in the application of its scientific innovations to life.

Keywords: morality, "Hay ibn Yaqzan", intelligence, BaytulMaqdis, "Risalatut Tayr", the image of Ibsol, spiritual value.

ПРОБЛЕМА НРАВСТВЕННОСТИ В ДУХОВНОМ НАСЛЕДИИ АБН СИНО И ЕЕ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ОБРАЗАХ

Шерали СоибназаруглиЖураев

Базовый докторант

Ташкентского государственного университета востоковедения

E-mail: sherjon 191@gmail. com Ташкент, Узбекистан.

Аннотация: В статье анализируются нравственные взгляды Ибн Сины, философа, музыковеда и врача, внесшего значительный вклад в развитие мировой науки. Сколько ни изучается бурная жизнь и творчество Ибн Сины, так мало. Потому что ученый при жизни занимался медициной, философией, юриспруденцией и многими другими науками и написал множество работ. Изучение его философского наследия служит важным ресурсом для внесения большого вклада в развитие науки в применении ее научных новаций в жизнь.

Ключевые слова: мораль, «Хай ибн Якзан», интеллект, Байтул Макдис, «Рисалатут Тайр», образИбсола, духовная ценность.

Kirish. Introduction. Вступление.

Xalqimizning o'tmishda yaratgan madaniy merosini chuqur o'rganish, madaniyatimiz tarixini ilmiy asosda har tomonlama yoritib berish hozirda jahon madaniyatining taraqqqiyot yo 'lini to' g'ri tushunishda, har bir xalqning bu madaniyat xazinasiga qo'shgan hissasini aniqlashda muhim ahamiyatga egadir.

"Bugun biz tarixiy bir davrda - xalqimiz o' z oldiga ezgu va ulug' maqsadlar qo'yib, tinch - osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o'z kuch va fuqarolik jamiyati qurish yo 'lida ulkan natijalarni qo'lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. www.sharqiurnali.uz

Biz ajdodlarimizning yorqin xotirasini asrab-avaylab, qalbimizda, yuragimizda abadiy saqlaymiz. Bukilmas iroda, fidoyilik va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o'z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga bag'ishlagan ustoz va murabbiylarimiz, zamondoshlarimiz bilan biz cheksiz faxrlanamiz [1].

Bu jihatdan ayniqsa, madaniy taraqqiyotga ulkan hissa qo'sha olgan buyuk shaxslarning ma'naviy dunyosi, fikriy intilishi, maqsadini to'g'ri talqin etish muhim rol o'ynaydi. Chunki ular ijodida ma'lum bir davrning yutug'i, o'sha zamon fikru zikri o'z ifodasini topgan bo'ladi.

O'rta asr musulmon Sharqi tabiiy - ilmiy va ijtimoiy - falsafiy fikrlar buyuk namoyondasi Abu Ali ibn Sinodek shaxs ilm - madaniyat xazinasiga ulkan hissa qo'sha olgan shunday siymolardan biri edi. Biz haqiqatdan ham unin g asarlari orqali barcha ilmlar mundarijasiga, boyligi, o'sha davr dunyoqarashi, ma'naviy hayotining barcha masalalari bilan to'la - to'kis tanisha olamiz.

Aytish kerakki, "Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql - idrok bilan ma'naviy jasoratni , diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o'zida mujassam etgan buyuk arboblar ko'p bo'lgan. Darhaqiqat, Forobiy, Ibn Sinolardek buyuk siymolarimiz bor ekan, biz faxrlanamiz, g'urulanamiz, ularga yetolmasakda ulardek bo'lishga intilamiz. Milliy ma'naviyatimizning tarixi shunday ulug'vorki, hozirgacha maqtanishga arzigudek shaxslar bor. Shunday shaxslardan biri bo'lgan alloma, faylasuf va hakim Ibn Sinodir.

Uslublar. Methods. Методы.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, xususiylik usullarida Ibn Sinoning "Baxt-saodat" va "Farovonlik" to'g'risidagi falsafiy qarashlari obyektiv ochib berildi. Mantiqiylik tamoyilida esa, aql va ruhning qiyosiy tahlili, hamda baxt-saodat masalasida aqlning yuqori o'rinda ekanligi tadqiq qilindi. Tizimlilik, Inson hayoti davomida baxt-saodat uchun intilib yashashi va unga erishishda duch keladigan muammolarni yechishi tizimlilik metodi sifatida talqin etildi. Tahlil va qiyoslash metodi sifatida "Hay ibn Yaqzon" asari misolida baxt-saodat masalasining ahamiyati keltirib o'tildi.

Natijalar. Results. Pe3y^bTaTM.

"Hay ibn Yaqzon" qissasini Ibn Sino 1023-yili Hamadonga yaqin bo'lgan Faradjon qal'asi qamoqxonasida yozgan degan ma'lumotlar tarixiy manbalarda uchraydi. Qissa arab tilida yozilgan.Ivrit (qadimgi yahudiy) tiliga qissaning she'riy tarjimasini Ibn Azra (1186-yilda vafot etgan), nasriy tarjimasini 1886-yilda P.D.Kaufman amalga oshirgan. Insonning tabiatiga xos bo'lgan ijobiy va salbiy jihatlarning ta'rifiga katta o'rin berilgan, qissaning o'zi esa, umuman insonning ma'naviy qiyofasiga, intizomiga, uni noma'qul qilmishlarga ergashishdan qaytarishga bag'ishlangan. "Hay ibn Yaqzon" asarini tushunish o'rta davr faylasuflarining kosmogoniya, ma'naviyat va hayot haqidagi fikrlarini bilishga bog'liq ekanligi, bu masalalar haqida qisqacha ma'lumot berish zarur ekanligi asoslangan.

Birodarlarim, "mening "Hay ibn Yaqzon"1 qissasini yozishimga bo'lgan qiziqishim nihoyat mening yurak tublarimni zabt etdi va buni sizlarga yetkazish uchun sizlarni takliflaringizni inobatga oldim" [2]. Ba'zi narsalarni rad etib Allohga tavakkal qildim.

Yurtimda yashayotganimda do'stlarim bilan ko'ngilochar joyga borish imkoniga ega bo'ldim. Bu yerda aylanib yurganimda qarshimda o'ziga yarashgan, fikrlari asosli, ixtiyoriy gaplari yoshiga mos, tashqi ko'rinishi yuksaklikdan dalolat beruvchi va sevimli cholni uchratdim2. Mening ichimdan u bilan ko'rishib, gaplashish ifori jush urdi. Shunda barcha dustlarim bilan uning yoniga yo'l oldik3.

Unga yaqinlashganimizda bizga o'zi salom berib sobitlikni saqladi. Juda chiroyli va ochiq ko'rinishda biz bilan suhbatlasha boshladi.

Suhbatlar ochildi. So'z, uning kimligini, ismi, ishi va qayerdan ekanligini bilish uchun keldi.

"Ismim Yaqzon Hay ("Ug'oq o'g'li"4dir)dir"5 Men Baytul Maqdisdanman

1 1174 yilda Ibn Azra tomonidan Yahudiy tiliga tarjima qilingan va 1736 yilda bu tarjima Istanbulda bosilgan.

2 Bu faol aql edi

3 Bu inson ongi va aql-idrok o'rtasidagi munosabat va inson ongi aqlining faol va faol bo'lishga moyilligining belgisidir.

4 Bu sizning tanangiz o'z-o'zidan mavjud emasligining belgisidir.

5 Bu uning mavhum aql ekanligini ko'rsatadi. www.sharqiurnali.uz

Qissadagi barcha qahramonlar ma'lum ramziy siymolarni gavdalantiradi: "yosh yigit bilan birga G'arbdan sharqqa sayohat qilayotgan qariya siymosi - faoliyat ko'rsatayotgan ong ramzidir. G'arb deganda moddiy olam, ya'ni inson tanasi, sharq deganda - insonning ruhiy olami, ya'ni inson idroki tushuniladi. Idrok insonni yaramas kirdikorlardan ogohlikka chaqiradi, mantiq ilmini o'rganishga undaydi. Qissada mantiqni - farosat (ya'ni fiziognomika) deb yuritilgan." [3].

"Inson fe'l-atvoridagi qiziqqonlik, munofiqlik, ta'magirlik, zulmkorlikka, o'g'rilik va aldamchilikka moyillik, o'zining hayu-havaslarini qondirish istagi, ehtiroslarga berilish, hayvoniy hirslar - bularning barchasini Ibn Sino buzuq niyatli "do'stlar" deb atagan. Ibn Sino inson o'zining "jilovini" mana shunday "do'stlar"ning qo'liga topshirib qo'ymasligi kerakligi haqida ogohlantiradi. Inson doimo ulardan yuqoriroq turishi, doimo aql-idroki doirasida odimlashi lozim - shundagina u o'z do'stlarini to'g'ri yo'ldan boshlab boradi. Ular seni o'zlariga bo'ysundirib olmaslaridan avvalroq, - deydi Ibn Sino, - sen ularni o'zingga bo'ysundirishing lozim" [4].

Ibn Sino bu asarida ilm-ma'rifatni o'rganishga kirishgani tufayli ko'zi ochilgani, natijada Aql (Hayy ibn Yaqzon) ko'ziga ko'ringani va ilm unga o'z jamolini namoyon etganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o'lim bilmaydigan uyg'oq, qarimaydigan yosh, beli bukilmaydigan - barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo'lgan va bilishi mumkin bo'lgan narsalarni o'qishga kirishgani, bu yo'lda aqlni ishga solib, farosatli bo'lib, o'zini yomonliklardan chetlashtiradigan turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd etadi. Demak, "Hay ibn Yaqzon" mantiq ilmiga bag'ishlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Risola insondagi yomon illatlarni bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql-tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutulishi, o'zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargina bo'lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir. Shuning uchun ham u odamlarga qarata shunday xitob qiladi: "Ey birodarlar! Bir -biringiz bilan samimiy do'st bo'lib, haqiqatni ochinglar. Har bir kishi o'z birodari uchun ko'nglidagi samimiylikdan (to'sqinlik) pardasini ochib tashlasin.

Shunday qilinglarki, birodarlaringiz sizlardan (o'zi bilmagan) ba'zi narsalarni o'rgansin va yana boshqalari (bo'lsa) ba'zi narsalarni o'rganib, o'zini kamolotga etkazsin. Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo'shinchilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o'zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahs ulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o'zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa jipslashishi va hamkorlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqiladi"6.

"Salomon va Ibsol" qissasining mazmuni quyidagicha:

"Salomon bilan Ibsol aka-uka bo'ladilar. Ibsol o'z akasi Salomon qo'lida tarbiyalanadi. U juda odobli, o'qimishli va juda chiroyli bo'ladi. Ibsol balog'atga yetgach, akasining xotini uni ko'rib qoladi. Buni sezgan Ibsol o'zini y angasidan chetga tortib yuradi. Ammo xotin brogan sari Ibsol bilan yaqinlashishga intiladi. Nihoyat u fursat topib, Ibsolni tanho uchratadi va uning bo'yniga qo'l tashlaydi. Ibsol uni jerkib beradi, xotin esa, seni sinab ko'rish uchungina shunday qildim, deb qasam ichadi7".

"So'ngra xotin bu yo'l bilan o'z maqsadiga erisha olmagach, boshqa yo'l topadi. U Ibsolga o'zining singlisini olib bermoqchi bo'ladi va bu to'grida Salomon bilan maslahat qiladi. Alomon maslahatni ma'qullaydi. Keyin xotin singlisi huzuriga borib, uni Ibsolga olib bermoqchiligini, lekin bundan maqsadi o'zining Ibsol bilan birga bo'lshligini aytadi va singlisin ko'ndiradi. O'ylanishga Ibsol ham ko'nadi. Keyin xotin Ibsol oldie kelib, singlim juda uyatchang qiz, shuning uchun sen uning oldiga bir oy mobaynida kumduz kuni kirma, tun qorong'usida kirgin, deb uqtiradi. To'y bo'lib o'tadi. Ibsol qallig'i oldiga tunda kirishi bilanoq, qalliq uni darhol qicholab oladi. "Uyatchan" xotinining bu harakatidan u shubhaga boradi, shunda chaqmoq chaqiladi-yu Ibsol yangasining yuzini ko'radi"8.

6 Irisov A Falsafiy qissalar T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti - 1963 32-b

7 Irisov A Falsafiy qissalar T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti - 1963 22-b

8 Irisov A Falsafiy qissalar T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti - 1963 23-b www.sharqjurnali.uz

"Ibsol imdamay chiqib ketadi va qasirdan boshqa joyga ketishga qaror qiladi. Vaqtlar o'tib yangasining munosabatini o'zgartirganligidan umid qilgan Ibsol saroyga qaytadi. Dushmanlari bilan bo'lajak jangda ham yangasi unda qutulmoqchi bo'ladi. Bu rejasi ham amalga oshmagach, yangasi oshpaz bilan til biriktirib unga zahar ichiradi va o'z niyatiga erishadi"9.

Bu qissa hajm jihatidan kichik bo'lishiga qaramay, o'z oldiga kata tarbiyaviy masalalarni qo'yadi. Povestda sabot va matonatli, chidamli va intizomli, sofdil va ajoyib bir yigit - Ibsol obrazini hamda har qanday yo'l bilan bo'lsa-da, o'zining iflos maqsadini amalga oshirishga tirishadigan, bu yo'lda hech narsadan toymaydigan salbiy bri ayol obrazini beradi.

Ibn Sino bu asari bilan ma'lum bir tabaqa kishilarni tarbiyalashga uringanligi sezilib turibdi. Salomonning xotini obrazi feudal saroy muhitiga xarakterli bo'lgan tiplardan biri ekanligi ana shundan dalolat berib turibdi.

Asar oxirida kitobxon ko'z o'ngida yetuk, puxta va ancha quyuqlashgan , tuyg'ularga mutlaqo bo'ysunmaydigan obraz gavdalandi. Ikkinchidan, xotinning butun qilmishlari, ishlatgan hiyla-nayanglari barbod bo'ladi, egrilikning to'g'rilik ustidan hukmron bo'la olmasligi oydinlashadi.

Umuman aytganda, Ibn Sinoning bu qissasi o'rta asr adabiyotining ajoyib namunasi hisoblanadi. Uning o'zi ham bu asarga alohida ahamiyat beradi. Shuning uchun " Ishorot " degan asarida: " Agar qulog'inga chalingan ( so'zlar ) va eshitganlaring orasida " Salomon va Ibsol " qissasi senga yoqib qolsa, shunda sen bilgingki, agar sen irfon ahlidan bo'lsang, Salomon sening uchun to'qilgan masal, Ibsol bo'lsa ma'rifatdagi darajang uchun to'qilgan masaldir. Undan keyin, agar Kuching yetsa, bu ramzni yechgin", deb yozadi-ki, "bu muallifning mazkur asarga chindan zo'r e'tibor berganligini asosli ravishda tasdiqlaydi. Bunda Ibn Sino kishiga qarata, sen Salomon singari o'zinga o'zing ega bo'l, sening ma'rifiy darajang esa Ibsolday bo'lsin, odobli, axloqli, intizomli, sofdil

9 O'sha joyda www.sharqiurnali.uz

bo'l, yolg'onchi va johillarga nisbatan rahmsiz bo'l, shiddatli adolatparvar bo'l"10, demoqchi bo'ladi.

Muhokama. Discussion. Обсуждение.

Masalan, Salomon bir inson bo'lsa, Ibsol shu insonning ma'rifiy, ruhiy darajasi. Ibn Sino Ibsol obrazida berilgan xislatlarni insonlarda ko'rmoqchi bo'ladi, shunga odamlarni da'vat qilib, uni ulug'laydi. Insonning tabiatida bo'ladigan shahvoniy hislari Salomonning xotini obrazi orqali beriladi. Bunda go'yo istak, ya'ni xotin aqlni (ya'ni Ibsolni) egallamoqchi bo'ladi. Lekin aql unga bo'ysunmaydi. Ibn Sino shu jihatdan ham alloma Nasiruddin Tusiy Ibsolning xotindan o'zini olib qochishi, aqlning o'z olamiga tortishidir, deydi. "Salomonning xotini,— deydi Tusiy yana,- nafs bilan birlashib ketib, bir shaxsga aylangan, istak va g'azabga tortadigan badan quvvatlariga o'xshatmadir. Xotinning Ibsolga bo'lgan ishqi esa uning boshqa quvvatlarini egallagandek, aqlini ham egallashga bo'lgan intilishiga o'xshatmadir"11.

Ibn Sino Yusuf haqida ham qissa yozadi. Bu qissani yozishdan olim " Salomon va Ibsol " qissasidagi sofdil yigit Ibsol obrazi kabi Yusuf obrazi orqali ham kishidagi eng olijanob fazilatlarni targ'ib qilish va bunga undash maqsadini ko'zda tutadi. Chunki Yusuf yaxshi xulqli, chidamli va chiroyli bo'lishiga qaramay, o'z husniga berilib, katta ketmaydi.

Ibn Sino Yusuf haqidagi qissasida Ibsol obrazidagi mavjud olijanob fazilatlarni Yusuf obrazida yanada takomillashtirib, o'z ideallarini yanada chuqurroq va ravshanroq ko'rsatib beradi.

Ibn Sinoning "Risolatut Tayr" (" Qush risolasi ") asari uning adabiy ijodi va dunyoqarashini bilishi muhim asarlaridan hisoblanadi. Bu asar, "aslida, ramz-ishoralar bilan yozilgan bo'lib olimning tarjimai holini bilishda katta ahamiyat qozonadi. "Risolatut Tayr" asarining bosh qismi olimning do'stlik haqidagi nasihatlaridan iborat. Bu yerda u odamlarni bir-biri bilan ahil, do'st bo'lib yashashga, do'stlikning qadriga yetishga, uning to'la ma'nosini yaxshi tushunib,

10 Irisov A Falsafiy qissalar T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti - 1963 24-b

11 Irisov A Falsafiy qissalar T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti - 1963 25-b www.sharqjurnali. uz

uqib olishga chaqiradi. Og'zida do'stman, deb, amalda do'stning holidan xabar olmaydigan, nomigagina do'st bo'lib yuradigan kishilarni qoralaydi"12.

Xulosa. Conclusions. Выводы.

Ibn Sinoning bu xildagi asarlaridan axloqiy ramzlar purma'no aks etishini ko'rishimiz mumkin. Tadqiqotimizning obyekti hisoblangan " Hay ibn Yaqzon "( " Uyg'oq o'g'li Tirik") qissasining mohiyatida cheksiz aql aks etadi. "Ibn Sino kishi qalbida bo'lishi mumkin bo'lgan mana shunday xislatlarni "Hayy ibn Yaqzon" asarida ramziy ishoralar bilan bayon qiladi, yaxshi-yomon xulq, fe'l-atvorlarni iborali tarzda "kishi oshnalari" tariqasida talqin qiladi. Bu oshnalarning ba'zisi ko'p nomaqbul yo'llarga boshlaydi, inson ana shu yo'llarga kirishdan o'zini ehtiyot qilishi lozimligini uqtiradi"13.

Bu qissada naql etilishicha, hikoya qiluvchi shaxs bog'da o'rtoqlari bilan sayr qilib yurganida qarshisida kelayotgan bir nuroniy qariyaga duch keladi. U bilan tanishgusi kelib qariyaga yaqinlashgach, chol yigitdan oldin unga salom beradi. Yigit choldan otini so'rasa, nomim Hayy- Tirik, otamning ismi Yaqzon -Uyg'oq, vatanim - Baytul Muqaddas, hunarim - dunyoni sayohat qilish, deydi. Keyin chol dunyoni sayohat qilganini: ko'rgan-bilganini yigitga so'zlab beradi.

Ibn Sino mazkur nuroniy chol misolida aqlni ko'rsatmoqchi bo'ladi hamda bu aql dunyoda kezib yuradi va har bir dargohga kira oladi, deydi. Chol yigitni o'z orqasidan yurishga da'vat qiladi. Bundan olimning kishilarni ilm ketidan borishga da'vat qilgani anglashiladi.

Qissadagi "Aql- Uyg'oq o'g'li Tirik odamlarni kishilarning fe'l-atvorini, tabiatini chuqurroq tushunish uchun farosat ilmi- mantiqni bilishga da'vat etadi. Negaki, bu ilm, Ibn Sino iborasi bilan aytganda, foydasi naqd ilmlardan bo'lib, kishining didini o'stiradi, fikr doirasini kengaytiradi, bilgan-bilmaganlarini ko'z o'ngiga keltirib, uni tartibga solidi" [5].

12 Baratov M. " Abu Ali Ibn Sino - buyuk mutafakkir " T.: Fan 1980 26-b

13 Irisov A Falsafiy qissalar T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti -www.sharqjurnali.uz

1963 32-b

"Hayy ibn Yaqzon (Uyg'oq o'g'li tirik)" - ramziy-majoziy uslubda yozilgan qissasining bosh qahramonn - birinchi shaxs Ibn Sinoning o'zi bo'lsa, uning suhbatdoshi, hikoya qiluvchi - Hayy ibn Yaqzon - Uyg'oq o'g'li Tirik - Aqldir. Qissadagi beshta aloqa bo'limi insondagi bor bo'lgan beshta tashqi sezuv organi -ko'rish, ta'm bilish, hidlash, eshitish, sezishdir. Bular kishi organizmida tabiatni tushunishda, munosabatda bo'lishda misoli bir xabarchidir. Ibn Sinoning bu qissasi ko'p jihatdan majoziy, ramziy bitilgan, kishilar fe'li atvorini o'z ichiga qamrab ololgan va hayotiy gaplardan mulohaza yuritadigan adabiy asar hamdir. Mana shu nuqtai nazardan qaraganimizda qissaning ikki sohada - ham falsafiy, ham adabiy sohada yozilganligini ko ' ramiz.

Taniqli shoir va o lim Abdulla Sher "Uyg'oq aql dahosi" maqolasida shunday yozadi: "Daho faylasuf va adibning qissalari orasida "Hayy ibn Yaqzon" (Uyg'oq o'g'li Tirik) alohida o'rin tutadi. Chunki unda, Ibn Sino ijodining, umuman, mashoiyyunlik falsafasining eng asosiy tushunchasi - aql haqida, uning mohiyati va ahamiyati borasida so'z boradi. Uyg'oq o'g'li Tirik - ya'ni, aql qissada o'z suhbatdoshi bo'lmish muallifga kishi olamni va odamni bilishi uchun mantiq ilmidan habardor bo'lishi kerakligini, bu ilm mohiyatan farosat ilmi bo'lib, inson o'z hayotida nima yaxshi-yu, nima yomon ekanini mantiqiy fikrlash orqali aniqlashtirib olishi mumkinligini uqtiradi. Qissada uyg'oq - faol aql yordamida inson asta-sekin barcha illatlardan forig' bo'la borishi, fazilatlar egasiga aylanishi ta'kidlanadi, hissiyotga nisbatan aqlning ustuvor ahamiyatga egaligi falsafiy-majoziy shaklda ifodalanadi" [б].

Instinkiy, shahvatga berilish, g'azab, ochko'zlik, yalqovlik, hasad, zulm va o'g'rilik kabi kishida bo'ladigan ayrim xususiyatlar aqliy ob'yektlar turiga kiradi. Qissada mana shu ob'yektlarning foydali va zararli tomonlari, ular bilan qanday munosabatda bo'lish kerakligi haqida fikr yuritiladi.

Adabiyotlar. References. Литерaтyрa.

1. Mirziyoyev Sh.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". - T.: O'zbekiston, 2016.

2. Ibn Sina. Hay ibn Yaqzon, Sharafiddin Yaltkaya tarjimasi. Istanbul 2014 y. 51-b

3. Irisov A " Ibn Sino - ma'rifatparvar adib "T.: O'zbekiston 1980 32-b

4. Baratov M. " Abu Ali Ibn Sino - buyuk mutafakkir " T.: Fan 1980 22-b

5. Irisov A Falsafiy qissalar T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti -1963 33-b

6. Abdulla Sher. "Uyg'oq aql dahosi" Xurshid davron kutubxonasi https://kh-davron.uz/kutubxona/islomiy-adabiyot/tasavvuf7abu-ali-ibn-sino-salomon-va-ibsol-abdulla-sher-uygoq-aql-dahosi.html

7. Jurayev, S. S. O. G. L. (2023). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA "INOYAT"(^l) TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI. International Scientific Journal of Biruni, 2(1), 43-47.

8. Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING MA'NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 902-908.

9. Jumayev G.I. "Audiomanuscript" - a project on the study of oriental manuscript sources. // Journal of Social Research in Uzbekistan, 2023. P. 50-52.

10. Jumayev G.I. Boyondurlar: tarixi va etimologiyasi. // Educational Research in Universal Sciences. Volume 2, Issue 17. December. 2023. p.215-219.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.