Научная статья на тему 'ABU ALI IBN SINONING “HAY IBN YAQZON” FALSAFIY QISSASINING YORITILISHI VA UNING FALSAFIY TAHLILI'

ABU ALI IBN SINONING “HAY IBN YAQZON” FALSAFIY QISSASINING YORITILISHI VA UNING FALSAFIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
53
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ibn Tufayl / Hay Ibn-Yag‘zon / organik dunyo / qiziqqonlik / munofiqlik / zulmkorlikk / moyillik / Aristotel. / Ibn Tufail / Hay Ibn-Yagzon / organic world / curiosity / hypocrisy / tyranny / tendency / Aristotle.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ziyodullayev, Maqsudjon Shokirjon O’G’Li, Ahmedova, S.D.

Mazkur tadqiqot jarayonida Ibn Sinoning “Hay Ibn-Yaqzon” qissasining falsafiy yoritishili va uning mohiyati xususida ba’zi mulohalar yoritilgan. Inson fe’l-atvoridagi qiziqqonlik, munofiqlik, ta’magirlik, zulmkorlikka, o’g’rilik va aldamchilikka moyillik, o’zining hayu-havaslarini qondirish istagi, ehtiroslarga berilish, hayvoniy hirslar – bularning barchasini Ibn Sino buzuq niyatli “do’stlar” deb atagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPLANATION OF ABU ALI IBN SINO'S PHILOSOPHICAL STORY "HAY IBN YAQZON" AND ITS PHILOSOPHICAL ANALYSIS

Ibn Sina made a philosophical explanation and philosophical analysis of the story of "Hay Ibn Yag'zan", and he wrote about curiosity, hypocrisy, greed, tendency to oppression, theft and deception in human nature, his passions. the desire to satisfy, giving in to passions, animal desires Ibn Sina called all these "friends" with evil intentions.

Текст научной работы на тему «ABU ALI IBN SINONING “HAY IBN YAQZON” FALSAFIY QISSASINING YORITILISHI VA UNING FALSAFIY TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ABU ALI IBN SINONING "HAY IBN YAQZON" FALSAFIY QISSASINING YORITILISHI VA UNING FALSAFIY TAHLILI

Ilmiy rahbar: Ahmedova S.D.

ToshDSHU o'qituvchisi f.f.n. E-mail: sanam09061956@gmail.com Ziyodullayev Maqsudjon Shokirjon o'g'li

Sharq falsafasi va madaniyati mutaxassisligi magistranti

Mazkur tadqiqot jarayonida Ibn Sinoning "Hay Ibn-Yaqzon" qissasining falsafiy yoritishili va uning mohiyati xususida ba 'zi mulohalar yoritilgan. Inson fe'l-atvoridagi qiziqqonlik, munofiqlik, ta'magirlik, zulmkorlikka, o'g'rilik va aldamchilikka moyillik, o'zining hayu-havaslarini qondirish istagi, ehtiroslarga berilish, hayvoniy hirslar - bularning barchasini Ibn Sino buzuq niyatli "do'stlar" deb atagan.

Kalit so'zlar: Ibn Tufayl, Hay Ibn-Yag'zon, organik dunyo, qiziqqonlik, munofiqlik, zulmkorlikk, moyillik, Aristotel.

EXPLANATION OF ABU ALI IBN SINO'S PHILOSOPHICAL STORY "HAY IBN YAQZON" AND ITS PHILOSOPHICAL ANALYSIS

ABSTRACT

Ibn Sina made a philosophical explanation and philosophical analysis of the story of "Hay Ibn Yag'zan", and he wrote about curiosity, hypocrisy, greed, tendency to oppression, theft and deception in human nature, his passions. the desire to satisfy, giving in to passions, animal desires - Ibn Sina called all these "friends" with evil intentions.

Key words: Ibn Tufail, Hay Ibn-Yagzon, organic world, curiosity, hypocrisy, tyranny, tendency, Aristotle.

Ma'lumki, yoshlar intellektual salohiyat va ilg'or texnologiyalarni egallash bilan birga milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligining zaruratini chuqur anglab yetishlari zarur. Bu zaruriyat nima bilan izohlanadi? Ma'lumki, intellektual salohiyat va ilg'or texnologiyalar avvalo, jamiyatning moddiy asoslarini, iqtisodiy taraqqiyotini, harbiy qudratini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda muayyan darajada jamiyat a'zolarining moddiy farovonligini ta'minlashga ham ta'sir ko'rsatadi. Bu xizmat va ta'sirning jamiyat uchun, jamiyat a'zolari uchun

1089

ANNOTATSIYA

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qay darajada manfaatli bo'lishi intellektual salohiyat va ilg'or texnologiyalardan qanday maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalanishga bog'lik. Shu sabab asosiy urg'u aynan milliy va umumbashariy qadriyatlarning uyg'unligini teran anglashga, ya'ni tafakkurlash madaniyatini shakllantirishga qaratilgandir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Hay ibn Yaqzon" qissasini Ibn Sino 1023-yili Hamadonga yaqin bo'lgan Faradjon qal'asi qamoqxonasida yozgan degan ma'lumotlar tarixiy manbalarda uchraydi. Qissa arab tilida yozilgan.Ivrit (qadimgi yahudiy) tiliga qissaning she'riy tarjimasini Ibn Erza (117-yilda vafot etgan), nasriy tarjimasini 1886-yilda P.D.Kaufman amalga oshirgan. Insonning tabiatiga xos bo'lgan ijobiy va salbiy jihatlarning ta'rifíga katta o'rin berilgan, qissaning o'zi esa, umuman insonning ma'naviy qiyofasiga, intizomiga, uni noma'qul qilmishlarga ergashishdan qaytarishga bag'ishlangan. Qissadagi barcha qahramonlar ma'lum ramziy siymolarni gavdalantiradi: yosh yigit bilan birga G'arbdan sharqqa sayohat qilayotgan qariya siymosi - faoliyat ko'rsatayotgan ong ramzidir. G'arb deganda moddiy olam, ya'ni inson tanasi, sharq deganda - insonning ruhiy olami, ya'ni inson idroki tushuniladi. Idrok insonni yaramas kirdikorlardan ogohlikka chaqiradi, mantiq ilmini o'rganishga undaydi. Qissada mantiqni - farosat (ya'ni fiziognomika) deb yuritilgan.1

Inson fe'l-atvoridagi qiziqqonlik, munofiqlik, ta'magirlik, zulmkorlikka, o'g'rilik va aldamchilikka moyillik, o'zining hayu-havaslarini qondirish istagi, ehtiroslarga berilish, hayvoniy hirslar - bularning barchasini Ibn Sino buzuq niyatli "do'stlar" deb atagan. Ibn Sino inson o'zining "jilovini" mana shunday "do'stlar"ning qo'liga topshirib qo'ymasligi kerakligi haqida ogohlantiradi. Inson doimo ulardan yuqoriroq turishi, doimo aql-idroki doirasida odimlashi lozim - shundagina u o'z do'stlarini to'g'ri yo'ldan boshlab boradi. Ular seni o'zlariga bo'ysundirib olmaslaridan avvalroq, — deydi Ibn Sino, — sen ularni o'zingga bo'ysundirishing lozim.2

Ibn Sino bu asarida ilm-ma'rifatni o'rganishga kirishgani tufayli ko'zi ochilgani, natijada Aql (Hayy ibn Yaqzon) ko'ziga ko'ringani va ilm unga o'z jamolini namoyon etganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o'lim bilmaydigan uyg'oq, qarimaydigan yosh, beli bukilmaydigan - barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo'lgan va bilishi mumkin bo'lgan narsalarni o'qishga kirishgani, bu yo'lda aqlni ishga solib, farosatli bo'lib, o'zini yomonliklardan

1 Irisov A " Ibn Sino - ma'rifatparvar adib " T.: O'zbekiston 1980 32-b

2Baratov M. " Abu Ali Ibn Sino - buyuk mutafakkir " T.: Fan 1980 22-b

1090

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

chetlashtiradigan turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd etadi. Demak, "Xayy ibn Yaqzon" mantiq ilmiga bag'ishlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Risola insondagi yomon illatlarni bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql-tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutulishi, o'zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargina bo'lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir. Shuning uchun ham u odamlarga qarata shunday xitob qiladi: "Ey birodarlar! Bir -biringiz bilan samimiy do'st bo'lib, haqiqatni ochinglar. Har bir kishi o'z birodari uchun ko'nglidagi samimiylikdan (to'sqinlik) pardasini ochib tashlasin. Shunday qilinglarki, birodarlaringiz sizlardan (o'zi bilmagan) ba'zi narsalarni o'rgansin va yana boshqalari (bo'lsa) ba'zi narsalarni o'rganib, o'zini kamolotga etkazsin" Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo'shinchilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o'zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o'zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa jipslashishi va hamkorlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqiladi.3

XULOSA

Ibn Sino bu asari bilan ma'lum bir tabaqa kishilarni tarbiyalashga uringanligi sezilib turibdi. Salomonning xotini obrazi feudal saroy muhitiga xarakterli bo'lgan tiplardan biri ekanligi ana shundan dalolat berib turibdi.

Asar oxirida kitobxon ko'z o'ngida yetuk, puxta va ancha quyuqlashgan , tuyg'ularga mutlaqo bo'ysunmaydigan obraz gavdalandi. Ikkinchidan, xotinning butun qilmishlari, ishlatgan hiyla-nayanglari barbod bo'ladi, egrilikning to'g'rilik ustidan hukmron bo'la olmasligi oydinlashadi. Umuman aytganda, Ibn Sinoning bu qissasi o'rta asr adabiyotining ajoyib namunasi hisoblanadi. Uning o'zi ham bu asarga alohida ahamiyat beradi. REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016.

2. Falsafa (Ahmedova M. umumiy tahriri ostida), "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati", -Toshkent. 2006. - 495 b.

3. Пулатова Д., Кодиров м., Ахмедова М., Абдухалимов А., Шозамонов Ш. Шарк фалсафаси. - Тошкент: жахон принт, 2011. - 185 б.

4. Ибн Сина. Трактат о Хайе сыне Якзана. В кн.: Сагадеев А.В. Ибн Сина.- М., Мысль, 1980.

3 Irisov A Falsafiy qissalar T.: O'zSSR Davlat badiiy adabiyot nashriyoti - 1963 32-b

1091

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Игнатенко А.А. В поисках счастья / Общественно-политические воззрения арабо-исламских философов средневековья. - М., Мысль, 1989.

6. Мухаммад, Ж. (2011). Хожа Мухаммад Порсо ва унинг «Фасл ал-хитоб» асари [Хваджа Мухаммад Парса и его труд "Фасл алхитаб"]. СИНО маънавий-маърифий, илмий-адабий, фалсафийирфоний уч ойлик журнали.

7. Мухаммад, Ж. (2010). Кузгу хайрати. Шеърий туплам. Тошкент/'TAMADDUN

8. Мухаммад, Ч,. (2008). Тачаллй. Мачмуаи шеър. Тошканд, Интишороти илмии давлатии "Доиратулмаорифи миллии Узбекистон, 44.

9. Холмуминов, Ж. (2008). Жомий ва вахдат ул-вужуд таълимоти [Джами и учение вахдат ал-вуджуд]/Масъул мухаррир: Н. Комилов. Тошкент:«Ozbekiston milliy ensiklopediyasi, 232.

10. Халмуминов, Д. (2006, May). Влияние учения Ибн ал-'Араби на развитию мистических аспектов суфийских орденов Центральной Азии. In Суфизм в Иране и Центральной Азии. Материалы Международной конференции. 2-3 мая 2006 года г. Алматы (p. 256).

11. Мухаммад, Ж. (1999). Мижгони офтоб. Мачмуаи ашъор. Душанбе, Интишороти "Оли Сомон, 55.

12. Kholmuminov, J., & Juraev, N. (2020). The place and role of the sufi and philosophical order of the naqshbandi in the process of developing intercultural relations of the Tajik and Uzbek peoples. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(2), 308-317.

13. Холмуминов, Д. М. (2022). "^ИЁСИЙ ТАСАВВУФШУНОСЛИК": МЕТОДОЛГИЯ ВА ФАН. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ КОНСЕНСУС, 3(2).

14. Холмуминов, Ж. М. (2022). ЖОМИЙНИНГ ФАЛСАФИЙ АСАРЛАРИДА "КОМИЛ ИНСОН" ТУШУНЧАСИНИНГ ШАРХД O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(9), 344-347.

15. Jurayev, S. S. U. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA AXLOQ MASALASI VA UNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 11-14.

16. Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING MA'NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 902-908.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.