Научная статья на тему 'HUQUQIY MUNOSABATLAR ASOSI SIFATIDA YURIDIK FAKTLAR'

HUQUQIY MUNOSABATLAR ASOSI SIFATIDA YURIDIK FAKTLAR Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
178
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
huquqiy munosabat / huquqiy norma / yuridik fakt / yuridik hodisalar / yuridik harakatlar.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Sadikova Sh.M.

Ushbu maqolada huquqiy munosabatlar va ularning hususiyatlari, mazmun mohiyati, ushbu munosabatlarda yuridik faktlar qanday o’rin egallaydi shularhaqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUQUQIY MUNOSABATLAR ASOSI SIFATIDA YURIDIK FAKTLAR»

Sadikova Sh.M.

Andijon viloyati yuridik texnikumi o'qituvchisi

HUQUQIY MUNOSABATLAR ASOSI SIFATIDA - YURIDIK

FAKTLAR

Annotatsiya. Ushbu maqolada huquqiy munosabatlar va ularning hususiyatlari, mazmun mohiyati, ushbu munosabatlarda yuridik faktlar qanday o'rin egallaydi shularhaqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: huquqiy munosabat, huquqiy norma, yuridik fakt, yuridik hodisalar, yuridik harakatlar.

Sadikova Sh.M. teacher

Andijan region legal technical school

AS THE BASES OF LEGAL RELATIONS - LEGAL FACTS

Abstract. This article discusses legal relations and their features, content and the role of legal facts in these relations.

Key words: legal relationship, legal norm, legal fact, legal events, legal actions.

Jamiyat hayotida kishilar va ularning turli - tuman tashkilotlari o'rtasida ko'plab moddiy, ma'naviy, siyosiy, madaniy va boshqa munosabatlar mavjud bo'ladi. Ushbu munosabatlar ma'rifiy jamiyatda axloqiy, diniy, korporativ va boshqa ijtimoiy normalar bilan tartibga solinadi, shakllantiriladi va yo'naltiriladi. Ijtimoiy munosabatlar asosan huquq normalari bilan tartibga solinadi. Har qanday ijtimoiy munosabatlar huquq normalari bilan tartibga solinadi.

Huquq normalari nima? Huquq normasi - davlat tomonidan o'rnatiladigan yoki ma'qullanadigan, muayyan shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatni tartibga solishga qaratilgan umummajburiy xulq - atvor qoidasi. Huquq normalari o'z vazifa va funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiradi. Ozbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so'zsiz tan olinadi. [1]

Huquqiy munosabatlar - sub'yektiv huquq va yuridik majburiyatlar bilan o'zaro bog'liq bo'lgan shaxslar o'rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqalardir. Demak, yuridik faktlar huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi yuridik asos hisoblanadi.

Huquqiy munosabatlar yuridik normalar asosida kelib chiqadi. Lekin, huquqiy normalar o'z - o'zidan, bevosita huquqiy munosbatlarni paydo qilmaydi. Normalar faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining muayyan shartlarini, muayyan vaziyatlarni va holatlarni belgilab beradi. Yuridik faktlar

muayyan hayotiy hodisalar bilan bog'liq hamda huquqiy munosabatlarni mavjud bo'lish asosi hisoblanadi.

Yuridik faktlar - huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi, o'zgartiruvchi va bekor qiluvchi holatlardir. Ayrim holatlarda yuridik faktlar amaldagi mavjud munosabatlarni o'zgartirishi va yoki bekor qilishi ham mumkin. Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo'yicha qonuniy, asosli va adolatli hal qiluv qarorlarini chiqarish fuqarolarning huquqlarini himoya qilishni ta'minlaydi. Sudlar fuqarolarni va davlatni qonu n bilan qo'riqlanadigan manfaatlari himoyasini ta'minlab, bu ishlarni asosan to'g'ri hal qilmoqdalar. [2]

Yuridik faktlarni turli hil mezonlar bo'yicha tasniflash mumkin:

- Huquqni vujudga keltiruvchi,

- Huquqni bekor qiluvchi,

- Huquqni o'zgartiruvchi faktlar farqlanadi.

Yuridik faktlar xilma - xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo'linadi. Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: huquqni yaratuvchi, huquqni o'zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo'linadi. Ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o'zida ham huquq yaratuvchi, ham huquqni o'zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo'lishi mumkin. Masalan, insonning o'limi fakti meros huquqiy munosabatlarning kelib chiqishiga sabab bo'la oladi, mavjud bo'lgan huquqiy munosabat ishtirokchilari tarkibi o'zgarishiga olib keladi, ya'ni o'lgan shaxs bu munosabatdan chiqib ketadi, bir qator ya'ni oilaviy, mehnat, nafaqa singari huquqiy munosabatlarning tugashiga asos bo'ladi.

Yuridik faktlar ikki asosiy guruhga bo'linadi: yuridik hodisalar va yuridik harakatlarga bo'linadi.

Hodisalar - tabiat va jamiyatdagi shunday faktlarki, ularning sodir bo'lishi kishilarning xohish irodasi, ehtiyojiga bog'liq emas. Masalan, yer qimirlashi, shaxsning tug'ilishi, shaxsning vafot etishi, yong'in sodir bo'lishi, sel kelishi kabi tabiiy ofatlar va boshqalar. Bunday hodisalar huquq bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarga ta'sir ko'rsatadi, shuning uchun ular yuridik faktlar deb tan olinadi. Odatda bunday hodisalar huquqiy munosabatlarning ob'yektiga ta'sir etadi. Masalan, yong'in sababli uy - joyiga zarar yetgan shaxs bilan tegishli davlat idoralari yoki sug'urta tashkilotlari o'rtasida huquqiy munosabat kelib chiqadi.

Harakatlar - huquqiy munosabat ishtirokchilari hohish - irodasi bilan bog'liq faktlardir. Ular bir necha turlarga ajraladi: huquqqa muvofiq va huquqqa xilof harakatlardir. Qonun normalari asosida vujudga keladigan hamda shu normalar bilan tartibga solinadigan harakatlar huquqiy harakatlar yoki huquqqa muvofiq harakatlar deb ataladi. Huquq normalari talablariga zid, ularni buzuvchi harakatlar huquqqa xilof yoki g'ayriqonuniy harakatlar hisoblanadi. Huquqqa zid harakatlar mazmun va xususiyatiga ko'ra: jinoiy, ma'muriy, fuqarolik va intizomiy - huquqiy bo'lmagan harakatlarga bo'linadi. Huquqiy bo'lmagan harakat qonunga binoan yuridik javobgarlikni keltirib chiqaradi.

Huquqqa mos harakatlar ikki turga bo'linadi:

- Yuridik aktlar,

- Yuridik xatti - harakat.

Yuridik aktlarda huquqqa muvofiq harakatlar muayyan huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishi nazarda tutilib sodir etiladi, lekin bunday oqibatlar qonunda nazarda tutilganligi sababli kelib chiqadi. Masalan, ijodkor ilmiy yoki badiiy asar yaratdi, bunda ijodkorning huquqiy oqibatlarni vujudga keltirishni xohlagani yoki xohlamaganidan qat'iy nazar, qonun mualliflik huquqiy munosabatlarni vujudga kelishini shart qilib qo'ygan. Demak, ijod mahsulining yaratilishi - yuridik faktdir. [3]

Yuridik aktlarning eng muhim xususiyati shundan iboratki, ularda yuridik ahamiyatga molik asosiy sharti - yuridik oqibatlarni ko'zlab ish ko'rishdir.

Xulosa qilib aytganda, huquqiy munosabatlar fuqarolar, jamoat birlashmalar, davlat organlari va boshqa yuridik shaxslar o'rtasidagi turli - tuman aloqalarni tartibga solish orqali jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini qaror toptirish, shuningdek, inson, jamiyat va davlat manfaatlarini huquqiy jihatdan ta'minlashga samarali xizmat qiladi. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlar o'rnatishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Ular, odatda, huquqiy munosabat sub'yektlarining manfaatlariga mos keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Adolat. 2023 yil.

2."Yuridik ahamiyatga ega bo'lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida." Oliy sud Plenumi qarori.

3. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. X.T. Odilqoriyev. "Adolat". 2018 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.