Научная статья на тему 'SHARTNOMA (UMUMIY QOIDALAR)'

SHARTNOMA (UMUMIY QOIDALAR) Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
513
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SHARTNOMA / QOIDALAR / YURIDIK SHAXSLAR / FUQARO / YURIDIK FAKTLAR

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xojimatova N.H.

Ushbu maqolada shartnoma tog’risida umumiy qoidalar, tushunchalar va ularning shartlari xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AGREEMENT (GENERAL PROVISIONS)

This article discusses the general rules, concepts and terms of the contract.

Текст научной работы на тему «SHARTNOMA (UMUMIY QOIDALAR)»

Xojimatova N.H.

talabasi 203-guruh " Yurdik xizmat yo'nalishi " Namangan viloyati Yuridik texnikumi

SHARTNOMA (UMUMIY QOIDALAR)

Annotatsiya: Ushbu maqolada shartnoma tog'risida umumiy qoidalar, tushunchalar va ularning shartlari xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: shartnoma, qoidalar, yuridik shaxslar, fuqaro, yuridik faktlar.

Xojimatova N.H.

student 203-group "Domestic service direction" Namangan Region Law College

AGREEMENT (GENERAL PROVISIONS)

Abstract: This article discusses the general rules, concepts and terms of the contract.

Keywords: contract, rules, legal entities, citizen, legal facts.

FKning 8-moddasi talabiga ko'ra, shartnomalar taraflar o'rtasida fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asoslaridan biridir. Shubhasiz, bugungi kunda shartnomalarga alohida ahamiyat berilmoqda. Chunki shartnomalarda boshqa yuridik faktlarga qaraganda, taraflarning erki-irodasi to'la ifodalanadi. Shartnomaga kirishuvchi shaxslar kim bilan, qancha, qachon shartnoma tuzishni u tufayli yetkazib berilishi lozim bo'lgan pul, tovar, ashyolarni qaysi muddatlarda, qanday transportlarda yetkazilishini, to'lov amaldagi qanday shakllarda bo'lishini mutlaqo o'zlari, mustaqil hal qiladilar. Ular shartnomalar tuzishda erkindirlar, shartnoma tuzishga majburlashga yo'l qo'yilmaydi. 47

Shartnoma erkinligi tamoyilining mazmuni FKning 354-moddasida mustahkamlab qo'yilgan. Unga ko'ra, fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar. Buning ma'nosi shundan iboratki, hech kim ularni shartnoma tuzishga majbur qila olmaydi. Shartnoma fuqarolar va yuridik

47 Ammo bu holatdan ayrim istisnolar bor. Chunonchi, parvoz vaqtida yoki aeroport, shohbekat, bekat, bandargohda ro'y berishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalarda davlat majburiy sug'urtasidan o'tkazilishi kerak bo'lgan havo, temir yo'l, ichki suv va avtomobil transporti yo'lovchilari muqarrar tarzda sug'urtalanadilar. //O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 maydagi "Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo'l, ichki suv va avtomobil transporti yo'lovchilarining majburiy shaxsiy sug'urtasi to'g'risida"gi qonuni// O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993. 6-son, 250-modda.

shaxslarning o'z xohishiga ko'ra, o'z erki irodasi bilan tuziladi. Albatta, ularni shartnoma tuzishga undovchi sabablar (motiv) turlicha bo'lishi mumkin: o'z ehtiyojlarini qanoatlantirish, foyda olishga intilish, ta'sis xujjatlarida belgilab qo'yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish va h.k. Ba'zan, boshqa uchinchi shaxslar shartnoma tuzish haqida talab, taklif yoxud iltimos qilishlari mumkin. Biroq har qanday holda ham shartnoma tuzish haqidagi qaror fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan mustaqil, o'z erki-irodasi asosida qabul qilinadi. Shartnoma tuzish vaqtida fuqaro (yuridik shaxs rahbari, vakili) fikri tiniq, ruhiy holati normal, o'zini o'zi idora qila oladigan, o'z harakatlarining oqibatlarini ko'ra oladigan holda bo'lishi lozim. Agar sub'ektning ichki ruhiy holatida, ongida ro'y bergan buzilishlar, tashqi ta'sirlar tufayli shartnoma tuzishga majbur etilsa, unday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Bu shartnomalar erkinligini real ta'minlashning o'ziga xos yuridik kafolati hisoblanadi deb aytish mumkin.

Amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, shartnomalar tuzishning erkinligi, undan taraflarning o'zaro manfaatdorligi, shartnomada shartnoma intizomining mustahkamligi (ya'ni, xalq tili bilan aytganda, "shartnomaning puldan qimmatligi"), unda ma'muriy-buyruqbozlikka asoslangan javobgarlikdan ko'ra, mulkiy javobgarlikning keng belgilanishi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarni tobora ushbu huquqiy vositadan (shartnomadan) to'laroq foydalanishga jalb qilmoqda. Shartnomalarning ahamiyatini keng tushuntirish mumkin. Ammo ularning sarasi shartnomalar to'lov intizomini kuchaytiradi, taraflarning faoliyatini har tomonlama rag'batlantiradi, o'z navbatida taraflarning mas'uliyatini oshiradi, xo'jalikning debitorlik va kreditorlik holatini yaxshilaydi, pirovardida taraflarning barqarorligini ta'minlaydi. Bu esa, o'z navbatida, jamiyatda tovarlar, xizmatlar va kapitallarning mo'l-ko'lligiga garovdir.

Shu ma'noda sohaning tezkor va ta'sirchan huquqiy mexanizmini yaratish, shartnomalar tuzish va bajarishni ta'minlash maqsadida mamlakatimizda "Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida" 48qonun qabul qilindi, shartnomalarni tuzish va bajarish monitoringi yuritilmoqda. Bular, o'z navbatida, tuzilgan shartnomalarni tezroq va realroq ishlashiga xizmat qilmoqda.

Shartnoma ikki yoki undan ortiq shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan o'zaro kelishuvidir.

Shartnoma atamasi uch ma'noda: yuridik fakt; biror-bir yuridik faktga asoslangan, moddiy manfaatlar to'g'risidagi huquqiy munosabat; shaxslar (fuqarolar va tashkilotlar) nima to'g'risida o'zaro kelishsalar, shuni aks ettiruvchi, ifodalovchi hujjat ma'nosida ishlatiladi. Bu yerda u o'zining birinchi ma'nosi-yuridik fakt sifatida ko'riladi va o'rganiladi.

Yuridik faktlar mazmuni jihatidan ikki asosiy toifaga: yuridik hodisalar va harakatlarga bo'lingan edi. Yuridik harakatlar, o'z navbatida. huquq yo'l

48 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998. 9 son, 170- modda

qo'ygan harakatlar sifatida bir tomonlama va ikki tomonlama bitimlar (shartnomalar) dan iboratligi ko'rsatilgan edi. Ikki tomonlama bitimlarning hammasi (oldi-sotdi, ijara, qarz va boshqalar) shartnoma hisoblanadi. Bir tomonlama bitim, masalan, vasiyatnoma shartnoma bo'la olmaydi. Binobarin, har qanday shartnoma bitim deyilsa ham, ammo har qanday bitimni shartnoma deb atab bo'lmaydi.

Demak, shartnoma bitimning bir ko'rinishi hisoblanar ekan, unga nisbatan bitimga oid qoidalar, jumladan, FKning 9-bobidaga qoidalar tatbiq etiladi. Shu bilan birga, shartnoma o'ziga taalluqli bo'lgan boshqa maxsus normalar bilan ham masalan, "Xo'jalik yuri-tuvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi, "Lizing to'g'risida"gi qonunlar, "Qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari bilan tayyorlov xizmat ko'rsatish tashkilotlari o'rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro'yxatdan o'tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi to'g'risida"gi Nizom49 va boshqalar bilan ham tartibga solinadi.

Shartnomadan kelib chiqqan majburiyatlarga, agar qonunlarda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo'lsa, FKda belgilangan majburiyatlar haqidagi umumiy qoidalar (FKning 234-352-moddalari) qo'llaniladi.

Ikkidan ortiq taraflar tuziladigan shartnomalarga ham agar bunday shartnomalar shartnomalarning ko'p taraflamalik xususiyatiga zid bo'lmasa, shartnoma to'g'risidagi umumiy qoidalar qo'llaniladi.

Shartnoma huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish, o'zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Ammo shartnomaning harakati bu bilan cheklanmaydi. Agar boshqa yuridik faktlar umumiy qoida bo'yicha huquqiy munosabatni vujudga keltirish, o'zgartirish yoki bekor qilish bilan tugallansa, shartnoma mazkur yuridik faktlardan farq qilib, huquqiy munosabatni belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishdan tashqari yana huquq normalari bilan belgilangan doiralarda huquqiy munosabatda qatnashuvchilarning xatti-harakatlarini tartibga soladi, huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlarini belgilaydi.

Shartnoma bilan vujudga keltirilgan huquqiy munosabat davomida shartnoma taraflarning xatti-harakatlari qanchalik qonunga muvofiq bo'lgan-bo'lmaganligini ham tekshirish imkoniyatini beradi. 50

Fuqarolik-huquqiy shartnoma, asosan, mulkiy munosabatlarni rasmiylashtirish uchun tuziladi. Ba'zi hollarda shartnoma shaxsiy-nomulkiy huquq va majburiyatlarni ham rasmiylashtiradi. Bu adabiyot, fan va san'at asarlarini yaratish sohasidagi ijodiy faoliyat bilan bog'liq bo'lgan shartnomalar, chunonchi, nashriyot shartnomasi, sahna asari, kinossenariyalar va boshqa shartnomalar uchun xarakterlidir.

49 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli qaroriga 1-ilova. // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2003., 17-son, 143-modda.

50 Raxmankulov M., Rol i suщnost grajdansko-pravovogo dogovora v usloviyax rbmochnoy ekonomiki. -Tashkent: Fan. 1994. -B. 113-114.

Foydalanilgan adabiyotlar:

l.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston, 2014. 2.O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. T.: Adolat, 2014.

3. Mualliflar jamoasi. Fuqarolik huquqi. Darslik. T.: 2008.

4. O'zbekiston Respublikasi fuqarlik kodeksi sharh: Professional sharhlar. T 2. / O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - Toshkent: Baktria press, 2013, -768 b.

5.www.referat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.