M. Zokirova, A. Adilbekova
FUQAROLIK HUQUQIDA SHARTNOMA TUSHUNCHASI, SHARTNOMAVIY SHARH VA UNING AHAMIYATI
Maqolada fuqarolik huquqida shartnoma tushunchasi va shartnomadan yuzaga keluvchi majburiyatlar yoritilgan. Shuningdek, maqolada fuqarolik huquqida mavjud bo Igan shartnoma turlari ya 'ni lizing, haq evasiga xizmat ko'rtsatish va boshqa bir qator shartnomalar misolida taraflar o 'rtasida vujudag keluvchi majburiyatlar ochib berilgan.
Kalit so^zlar: Fuqarolik huquqi, fuqarolik huquqida shartnoma, shartnoma yuzasidan vujudga keluvchi majburiyatlar, kreditor, shartnomada taraflar, lizing, korporativ nizo, oldi-sotdi shartnoma, buyurtmachi ijrochi.
Kirish: Shartnoma o'ziga xos huquqiy munosabat va yuridik fakt sifatida majburiyatlarning vujudga kelishi uchun asoslardan biri hisoblanadi. Zero, majburiyatlarning eng an'anaviy va "original" ifodasi amaliyotda shartnoma ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ma'lumki, majburiyatlar turli-tuman yuridik faktlar natijasida vujudga keladi. Lekin, majburiyatlarning vujudga keltiruvchi eng muhim va keng tarqalgan vosita bu shartnomalar hisoblanadi. Shartnomalardan boshqa yuridik faktlar majburiyatlarning vujudga kelishida o'ziga xos o'ringa ega bo'lsa, ular shartnomalar kabi asosiy o'rinni egallaydi. Masalan, bir tomonlama bitimlarda bir shaxsning erki irodasi asosida majburiyat vujudga keladi va bunday majburiyatlar fuqarolik huquqida va amaliyotda u qadar ko'p uchramaydi . Shu bilan birga bir tomonlama bitimlar majburiyat tushunchasining an'anaviy qolipiga mos kelmasligini ham ta'kidlab o'tish lozim. Ya'ni, majburiyat tushunchasidagi qarzdor va kreditor o'rtasidagi huquqdorlik va majburlik formulasi bir tomonlama bitimlarda aynan ifodalanmaydi.
Majburiyatni vujudga keltiruvchi boshqa asoslardan farq qilib, faqat shartnomalardagina majburiyat formulasi to'liq va aynan o'z ifodasini topadi. Majburiyat formulasiga muvofiq, kreditor - qarzdor va talab qilish huquqi - majburlik (harakatni amalga oshirish yoki harakatdan tiyilish)ning o'zaro nisbati har bir shartnomaning o'zagini tashkil etadi. Chunki shartnomaga muvofiq bir taraf ikkinchi tarafga tovarni mulk qilib berish, ishni bajarish, xizmat ko'rsatish majburiyatini olsa, ikkinchi taraf haqni to'lash va ijroni qabul qilish majburiyatini oladi
Agar FKda har bir shartnomaga berilgan ta'rifga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ular quyidagi qolipga muvofiq shakllantirilganligini ko'rishimiz mumkin:
- bir tarafning ikkinchi taraf foydasiga amalga oshiradigan harakatlari, ikkinchi tarafning ana shu harakat uchun amalga oshiradigan muqobil harakati (bir tomonlama shartnomalarda mazkur qolipdagi ikkinchi tomonning harakati talab qilinmaydi).
Mazkur harakatlarni yuridik tilda majburiyat deb nomlash qabul qilinganligi har bir shartnoma ta'rifi bevosita majburiyat atamasi atrofida talqin qilinganligini tushunish mumkin.
Majburiyat va shartnoma tushunchalari o'rtasidagi nisbatni tahlil qilib, "har qanday shartnoma - bu majburiyat, har qanday majburiyat - shartnoma emas" - degan aksiomani taklif qilish mumkin. Chunki majburiyat tushunchasi shartnoma tushunchasiga qaraganda kengroq tushuncha hisoblanadi.O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 363 -moddasiga ko'ra, sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi so'z va iboralarning asl ma'nosini e'tiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq bo'lmasa, uning asl ma'nosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning ma'nosiga taqqoslash yo'li bilan aniqlanadi. Mazkur modda muhim amaliy ahamiyatga ega, negaki juda ko'p sabablar bilan shartnomani sharhlash zarurati vujudga keladi, bu narsa ko'pincha shartnomaning shartlarini aniqlashtirish jarayonida, shuningdek shartnomani tuzish chog'ida yo'l qo'yilgan kamchilik oqibatida yuzaga keladi. Shuningdek bunday zarurat shartnomada foydalanilgan atamalar, iboralar har xil ma'noga ega bo'lganda va turlicha tushunchalarni keltirib chiqarganda tug'iladi. Ushbu moddada shartnoma shartlarini sud tomonidan sharhlanishi ustida borayotgan bo'lsa-da, zarur bo'lib qolganda taraflarning o'zlari ham mazkur moddaning qoidalarini qo'llashlari uchun hech qanday to'sqinlik yo'q. Kelishuvga erishib bo'lmagan holda, nizo sud tartibida hal etiladi. Ta'kidlash joizki, shartnomadan kelib chiqadigan har qanday nizoni ko'rib chiqish chog'ida sud u yoki bu darajada shartnomani sharhlashni amalga oshiradi.
Shartnomani sharhlashning mohiyatini anglashda huquqni sharhlash bilan bog'liq qoidalardan foydalanish ham mumkin. Ma'lumki, qonun va boshqa normativ-huquqiy aktlarni, har bir normani hayotda to'g'ri tatbiq qilish, qo'llash, ya'ni ular bilan jamiyatda, kishilar o'rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish muhimdir.
© M. Zokirova, A. Adilbekova, 2022.
Buning uchun har bir tatbiq etiladigan huquqiy normaning mohiyati va mazmunini to'g'ri tushunib, anglab olish va sharhlash juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
Huquqiy normalar hayotda to'g'ri qo'llanib, ular orqali davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar o'rtasida turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Shuning uchun huquqiy normani hayotga tatbiq etishda shu huquqiy norma bilan hal qilinadigan ishni har taraflama o'rganish va ishni to'g'ri kvalifikatsiya qilish kerak. So'ngra, fuqarolar va yuridik shaxslar o'rtasidagi tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarni sharhlash lozim.Huquqiy normalarning mazmunini to'g'ri anglab olish va ularni sharhlash, sodir bo'lgan ijtimoiy munosabatlarga ularni tatbiq etishdan oldin, uning ma'nosi va mazmunini to'g'ri anglash muhimdir. Huquqiy normalarni sharhlash masalasi quyidagi uchta muhim masalani o'z ichiga oladi: 1) tatbiq etiladigan huquqiy normalarni sharhlovchi sub'ektlarni aniqlash (bular - davlat organlari - davlat hokimiyatining oliy va mahalliy vakillik organlari, ijro etuvchi organlar - Prezident, Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari, turli vazirliklar va davlat qo'mitalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar - sud, prokuratura, adliya, ichki ishlar idoralari va boshqalar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar); 2) tatbiq qilinadigan huquqiy normalarning mazmunini aniqdash uchun mantiqiy, grammatik, tarixiy va sistematik usullar qo'llaniladi; 3) tatbiq etilayotgan normalarning hajmi bo'yicha va yuridik kuchiga qarab sharhlash.
Qoidaga ko'ra, shartnomani sharhlashda eng asosiy masalalardan biri uning shartlarini sharhlash hisoblanadi. Bu holat shartnomaning tuzilganligi va uning haqiqiyligini aniqlashda ko'riladi. Qolaversa, shartnoma sharti buzilganda fuqarolik-huquqiy javobgarlikni tatbiq etishda ham shartnomaning shartlarini sharhlashga murojaat qilinishi mumkin. Biroq shartnomaning shartlarini sharhlash muammosi boshqa turdagi nizolarda ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, vindikatsion da'voni qo'llashda ashyoni oldi-sotdi qilish shartnomasining nizoli shartining mohiyatini aniqlash, korporativ nizoda esa sud tomonidan aktsiyadorlik bitimining mazmuniga e'tibor qaratish lozim bo'ladi.
Shartnomani sharhlash muayyan huquqiy nizolarni yechishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi hamda shartnomalar tuzish borasidagi dispozitivlik taraflarga turli xildagi shartnomalar tuzish huquqini beradiki, bu borada huquqni qo'llovchi oldida bir qator muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu eng avvalo, tuzilgan shartnomani aynan qaysi turdagi huquqiy munosabat ekanligini aniqlash va unga nisbatan qaysi qonun normalarini qo'llash muammosidir. Masalan, hozirda shartnoma tuzishda taraflar bir vaqtning o'zida ko'plab shartnoma elementlarini qamrab olishlari mumkinki, bu o'z navbatida ularga nisbatan nafaqat fuqarolik qonunchiligini balki, ma'muriy, moliyaviy, mehnat va soliq qonunchiligini qo'llashni qiyinlashtiradi. Zero, ko'plab shartnomalar muayyan turdagi faoliyat turini ham tartibga soladi. Bu esa o'z navbatida tegishli faoliyati turi uchun soliq to'lovlari stavkasini aniqlash muammosi bilan bog'liq. Shu bois taraflar faoliyat turi uchun belgilangan soliq stavkalarini kamroq to'lash maqsadida shartnoma nomi va predmetini kam soliq to'lanadigan faoliyat turiga oid shartnoma shaklida rasmiylashtirishlari mumkinki, bunday holat huquqni qo'llovchi to'g'ri yondashuvdan chalg'ishi mumkin. Binobarin, bu vaziyatda asosiy va hal qiluvchi o'rinni fuqarolik qonunchiligi egallaydi. Chunki, aynan fuqarolik qonunchiligi shartnomaga huquqiy bahoni belgilashda asosiy manba hisoblanadi. Amaliyotda huquqni qo'llash bilan bog'liq bunday vaziyatlar uchrab turar ekan talabalar shartnomalarni sharhlash ko'nikmalarini ham shakllantirishlari zarur. Masalan, keyingi paytda provayderlik xizmatlari, ringtonglarni telefonlarga musiqa sifatida joylashtirish faoliyatini amalga oshiruvchilar faoliyatini vositachilik shartnomasini predmeti sifatida talqin etish hollari uchraydi. Shuningdek, chakana oldi-sotdi shartnomasi va maishiy pudrat shartnomasini aralashtirish holatlari mavjud. Bu vaziyatlar sud, prokuratura va boshqa huquqni qo'llovchilar tomonidan turlicha talqin etiladi. Jumladan, prokuratura tomonidan bir turdagi shartnoma vositachilik shartnomasi deb baholansa, sud tomonidan bu shartnomani intellektual mulk ob'ektidan foydalanishga oid litsenziya shartnomasi sifatida talqin etilishi mumkin.
FKning 363-moddasida shartnomani sharhlashga doir qoidalarni qo'llashga nisbatan yagona tavsiyalar va ko'rsatmalar mavjud bo'lmaganligi sababli ham iqtisodiy munosabatlar sub'ektlari o'rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni turlicha talqin etilishi holatlari yuzaga kelmoqda. Biroq mazkur norma amalda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan huquqiy muammolarni bartaraf etishga xizmat qilishidan kelib chiqilsa, shartnomalarni talqin etishda uning talablarini to'g'ri qo'llay bilish muhimdir. Mazkur normada qayd etilishicha, sud shartnoma shartlarini sharhlashda undagi so'z va iboralarning asl ma'nosini e'tiborga oladi. Shartnomaning sharti aniq bo'lmasa, uning asl ma'nosi uni boshqa shartlarga va butun shartnomaning ma'nosiga taqqoslash yo'li bilan aniqlanadi. Demak, tegishli shartnomani sharhlashda talaba muammo - shartnomani shartini uning asl ma'nosini shartnomada nazarda tutilgan shartlarni uning butun ma'nosi bilan solishtirib aniqlaydi va tegishli normani qo'llash bo'yicha xulosaga keladi. Agar mazkur usul orqali ham shartnomaning nomi, shartlari va mazmunini aniqlashning imkoni bo'lmasa, talaba taraflarning haqiqiy umumiy xohish-irodasi shartnomaning maqsadini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
Bunda barcha tegishli holatlar, shu jumladan shartnoma tuzish oldidan olib borilgan muzokaralar va yozishmalar, taraflarning o'zaro munosabatlarida qaror topgan amaliyot, ish muomalasi odatlari, taraflarning
keyinchalik o'zlarini qanday tutganligi e'tiborga olinishi zarur. Sud Plenumi qarorlarini muayyan turdagi shartnomalarga oid normalarni sharhlash va talqin etishga oid aniq qoidalar shakllantirilganligini kuzatish mumkin Masalan, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining "Lizing munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo'llanilishining ayrim masalalari haqida" 2015 yil 27 noyabrdagi 289-sonli qarori 3-bandi ikkinchi-uchinchi xatboshilariga ko'ra, sudlar nazarda tutishlari kerakki, Qonunga ko'ra yer uchastkalari va boshqa tabiiy ob'ektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo'lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing ob'ektlari bo'lishi mumkin emas. Bunday mol-mulk lizing ob'ekti sifatida shartnomada ko'rsatilgan bo'lsa, shartnoma o'z-o'zidan haqiqiy emas deb hisoblanadi. Ushbu mol-mulklar bo'yicha tuzilgan lizing shartnomasining haqiqiy emasligi oqibatlarini qo'llash sudning huquqi ekanligidan kelib chiqib, ushbu masala sudlar tomonidan muhokama qilinishi mumkin. Shuni inobatga olish lozimki, korxona, mulkiy kompleks, bino, inshoot lizing ob'ekti sifatida lizing oluvchiga topshirilgan taqdirda, lizingga berilgan muddatga yer uchastkasining ana shu ko'chmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur qismiga bo'lgan foydalanish huquqi ham lizing oluvchiga o'tadi.Ma'lumki, shartnomaning shartlari taraflarning xohishi bilan belgilanadi, tegishli shartning mazmuni qonun hujjatlarida ko'rsatib qo'yilgan hollar bundan mustasno. Shartnomaning sharti taraflar kelishuvida boshqacha tartib belgilab qo'yilmaganligi tufayli qo'llaniladigan norma (dispozitiv norma)da nazarda tutilgan hollarda taraflar o'zaro kelishib uning qo'llanishini bekor qilishlari yoki unda nazarda tutilganidan boshqacha shartni belgilashlari mumkin. Bunday kelishuv bo'lmaganda shartnomaning sharti dispozitiv norma bilan belgilanadi. Agar shartnoma shartlari taraflar yoki dispozitiv norma bilan belgilab qo'yilgan bo'lmasa, tegishli shartlar taraflar o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin bo'lgan ish muomalasi odatlari bilan belgilanadi". Hozirda FK taraflarning erkin kelishuvni shunga o'xshash sovet qonunchiligida mavjud bo'lgan planli rejalashtirilganlik, titul ro'yxatlanganlik kabilar bilan almashtirishga yo'l qo'ymaydi, shubhasiz bu qoidadan ayrim cheklanishlarga ham yo'l qo'yadi. Shunday shartnomalar ham mavjudki, ularni tuzish majburiy hisoblanadi. Masalan, FKning 459-moddasiga binoan bergan buyurtmasi mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) tomonidan qabul qilingan davlat buyurtmachisi uchun davlat kontrakti tuzish shart hisoblanadi. Davlat kontraktini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan hollardagina va davlat kontraktini bajarish tufayli mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) ko'rishi mumkin bo'lgan barcha zararni davlat buyurtmachisi qoplagan taqdirdagina mahsulot yetkazib beruvchi (ijrochi) uchun majburiy hisoblanadi. Bunday shart davlat korxonasiga tatbiq etilmaydi. Ushbulardan kelib chiqib aytish mumkinki, FKda qandaydir cheklangan miqdorlarda planli tuzilish mavjud, ammo qonunchilik qaysi vaqtda bunga yo'l qo'yilishini aniq belgilab qo'yadi.
Bu o'rinda birgina talab, u ham bo'lsa shartnoma shartlari qonunga zid bo'lmasligi lozim. Shartnoma erkinligining bu ko'rinishlari asosiylari hisoblanadi. Qo'shimcha belgilarini ham ajratib ko'rsatish mumkin: a) kontragentni erkin tanlash; b)shartnoma shaklini erkin belgilash. Masalan, FKning 110-moddasi 2-qismiga binoan bitimlar taraflardan birining talabi bo 'yicha ham tasdiqlanishi shart. Agarda shartnoma shakli qonun bilan oldindan belgilab qo'yilgan bo'lsa, bunda uni erkin belgilash mumkin bo'lmaydi;v) taraflarning kelishuviga muvofiq shartnomani o'zgartirish yoki bekor qilish. Bu o'rinda bir necha cheklashlar mavjud bo'lib, taraflar shartnoma tuzayotganlarida ularning shartnomasi uchinchi shaxslarning, misol uchun aktsiyadorlarning huquqlarini buzmayotganligini muhokama qilishlari kerak bo'ladi. Bu xil shartnomalar ham asosiy shartnomalar shaklida tuzilishi darkor. Shartnomaning o'zgartirilishi yoki bekor bo'lishiga asos taraflardan birining bir tomonlama talabi bo'ladi. Agarda shartnomani taraflarning kelishuvi bilan o'zgartirish yoki bekor qilish mumkinligi faktning aksi tasdiqlanmaguncha, shu faktni yuridik to'g'ri deb topish bo'lsa, shartnomaning bir tomonlama o'zgartirish yoki bekor qilinishiga FKda, boshqa hujjatlarda va shartnomada belgilab qo'yilgan hollardagina yo'l qo'yiladi. Birinchi holatda sudga murojaat qilish talab qilinmaydi, ikkinchi holatda esa bu muqarrar. Sub'ektlar bo'yicha cheklashlar ko'p hollarda u yoki bu shartnoma ishtirokchilarining aniq belgilab qo'yilganligi bilan ifodalanadi, masalan, chakana oldi-sotdi shartnomasida sotuvchi tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi shaxs hisoblanadi. Bu holatda sub'ektning huquqiy maqomi ushbu xil shartnomalarning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 505-moddasida belgilanganidek, yuridik shaxs xo'jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida o'ziga qarashli bo'lgan ashyoni, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, mulkdorning roziligi bilan hadya etishga haqli. Bu qoida hamma mulkka nisbatan, jumladan, ko'char mulkka ham tatbiq qilinadi(505-modda 1-qismi, 177-modda 3-qismi). Bu cheklash qiymati katta bo'lmagan odatdagi sovg'alarga taalluqli emas, ya'ni uncha qimmat bo'lmagan oddiy hadyalar mulkdorning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Bunday qoidaning belgilanishidan yana bir maqsad tadbirkorlik bilan shug'ullanishni maqsad qilgan (FKning 40-moddasi) yuridik shaxs (tijoratchi tashkilot) foyda olish ekanligi nuqtai nazaridan uning mulkni hadya qilishi, ya'ni bepul boshqa shaxsga o'tkazishi shubhali hisoblanib, u haq evaziga tuzadigan shartnomalarni haspo'shlab o'tish orqali soliq va shu kabi boshqa to'lovlardan o'zini xoli qilishni maqsad qilib qo'yganligidandir. Shu munosabat bilan bunday bitimlar yuridik shaxslarning ustav faoliyat maqsadlariga xilof deb qaralishi va bunday bitimlar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Shuningdek bu qoida poraxo'rlikdan, yuridik shaxslarning mol-mulkini tolon-taroj qilishdan ogohlantiradi va shartnoma ishtirokchilari va kreditorlar manfaatiga xizmat qiladi. Ushbu toifadagi cheklashlarga u yoki bu faoliyat bilan shug'ullanish uchun sub'ekt litsenziya olishi darkorligi ham
kiradi. Fuqarolik kodeksida ko'p hollarda, masalan, sug'urtalovchiga nisbatan 925-moddada, moliya agentiga nisbatan 750-moddada va b.m. aniq belgilab qo'yilgan normalar mavjud. Kontragentni tanlashdagi cheklashga misol qilib FKning umumiy mulkdagi ulushni imtiyozli sotib olish belgilangan 224-moddasini keltirish mumkin. Bunga ko'ra qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishdan voz kechsalar, sotuvchi o'z ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli bo'ladi. Xuddi shunday huquq FKning 553-moddasida ham belgilagan, unga ko'ra yangi muddatga mulk ijarasi shartnomasi tuzishda ijaraga oluvchi imtiyozli huquqqa ega. Ko'p hollarda shartnoma bo'yicha, masalan, uy-joyni ijaraga berish shartnomasida majburiy taraf bo'lib fuqaro qatnashadi(FKning 600-m., 2-q). Yuridik shaxslarning ayrim turlarining kelishuv munosabatlarida ham FK cheklashlar belgilaydi. Misol uchun, FKning 852-moddasi 3-qismiga ko'ra mol-mulk davlat organiga ishonchli boshqaruviga berilishi mumkin emas. Bu talab buzilganda shartnoma haqiqiy bo'lmaydi. Fikrimizcha, ushbu moddaning 3-qismiga o'zgartish kiritish lozim, "davlat" degan so'zdan keyin "va o'zini o'zi boshqarish" so'zlarini qo'shish maqsadga muvofiq bo'ladi va bu mol-mulk o'zini o'zi boshqarish organining ishonchli boshqaruviga berilishining oldini oladi.
Ommaviy shartnomaga bag'ishlangan FKning 358-moddasi quyidagi normalarni birlashtiradi:
- tashkilotning iste'molchiga tegishli tovarlarni berish, xizmatlar ko'rsatish, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo'la turib ommaviy shartnoma tuzishdan bosh tortishga yo'l qo'yilmaydi;
- bunday tashkilot ommaviy shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal ko'rishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
-sud yordamida shartnoma tuzishga majburlash imkoniyati(FK 377m);
- FKning 358-moddasiga zid shartlar ahamiyatsiz;
-O'zR Hukumati qonunda nazarda tutilgan hollarda ommaviy shartnomalarni tuzish va bajarishda taraflar uchun majburiy bo'lgan qoidalar chiqarishi mumkin.
Bu holatda o'ziga xos mutloq huquqiy munosabat mujassam. Ommaviy shartnomada aniq belgilab qo'yilgan majbur taraf bor va undan noma'lum miqdordagi shaxslar ko'zda tutilgan harakatlarni bajarishni talab qilishga haqli. FKning 358-moddasi shunday tartibni faqat iste'molchilarga nisbatan ko'zda tutadi. Tashkilot faqat u ishni yoki xizmatni asosli ravishda bajara olmaganligini isbotlab bersagina shartnoma tuzishni rad etish mumkin.
Xulosa o'rnida aytish lozimki, shartnomani sharhlash deganda undagi so'z va iboralarni, shartnoma tuzishdan taraflarning asl maqsadini hamda shartnoma shartlarini tahlil qilgan holda shartnomani tushunish va talqin etish borasida yuzaga kelgan nizoni hal qilish uchun shartnomani izohlash tushuniladi.
Adabiyotlar ro 'yxati:
1.O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2018. - 76 b.
2.O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi // O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, № 1112, 2010, № 37, 313-modda , 315-modda. O'zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni // 2012 yil 2 may, O'RQ-328-son
3.O'zbekiston Respublikasining "Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida"gi Qonuni //O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi. - 1998. №9. 170-m.
4.O'zbekiston Respublikasining "Bankrotlik to'g'risida"gi Qonuni // Yangi tahriri O'zR 24.04.2003 y. 474-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan
5.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq xo'jaligida hisob-kitoblar o'z vaqtida o'tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas'uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi 1154-sonli 1995 yil 12 may Farmoni//O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari. - Toshkent: 2000. - №4. - B. 17-19.
6.www.lex.uz
7.https://uz.wikipedia.org/
ZOKIROVA MUHABBAT- Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi. ADILBEKOVA AZIZA - Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi.