Научная статья на тему 'SPORT (FUTBOL) HUQUQIDA SHARTNOMA MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLAR'

SPORT (FUTBOL) HUQUQIDA SHARTNOMA MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
314
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shartnoma / majburiyat / murabbiy / yordamchi murabbiy / darvozabonlar murabbiyi / murabbiylik litsenziyasi / futbol klubi / mavsum / mashg‘ulot / sport musobaqasi / turnir. / contract / commitment / coach / assistant coach / goalkeeping coach / coaching license / football club / season / training / sporting event / tournament.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Haydarov, Davron Mustafo O‘g‘li

Ushbu maqola orqali Sport (futbol) huquqida shartnoma munosabatlari (futbol klublari hamda murabbiylari o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomalari) hamda undan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini huquqiy asoslari va ushbu asoslarni yaratish sportning futbol turini rivojlantirish uchun dolzarb ekanligi yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OBLIGATIONS arising from the contractual relationship in the law of sport (FOOTBALL)

This article explains the legal foundations of contractual relations (employment contracts between football clubs and coaches) in sports (football) law and the fulfillment of obligations arising from it, and the creation of these foundations is relevant for the development of football sports.

Текст научной работы на тему «SPORT (FUTBOL) HUQUQIDA SHARTNOMA MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SPORT (FUTBOL) HUQUQIDA SHARTNOMA MUNOSABATLARIDAN KELIB CHIQADIGAN MAJBURIYATLAR

Haydarov Davron Mustafo o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti "Sport huquqi" magistranti [email protected]

Ushbu maqola orqali Sport (futbol) huquqida shartnoma munosabatlari (futbol klublari hamda murabbiylari o'rtasida tuziladigan mehnat shartnomalari) hamda undan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini huquqiy asoslari va ushbu asoslarni yaratish sportning futbol turini rivojlantirish uchun dolzarb ekanligi yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: shartnoma, majburiyat, murabbiy, yordamchi murabbiy, darvozabonlar murabbiyi, murabbiylik litsenziyasi, futbol klubi, mavsum, mashg'ulot, sport musobaqasi, turnir.

В данной статье разъясняются правовые основы договорных отношений (трудовых договоров между футбольными клубами и тренерами) в спортивном (футбольном) праве и исполнения вытекающих из него обязательств, а создание этих основ актуально для развития футбольного спорта.

Ключевые слова: контракт, обязательство, тренер, помощник тренера, тренер вратарей, тренерская лицензия, футбольный клуб, сезон, тренировка, спортивное соревнование, турнир.

This article explains the legal foundations of contractual relations (employment contracts between football clubs and coaches) in sports (football) law and the fulfillment of obligations arising from it, and the creation of these foundations is relevant for the development offootball sports.

Keywords: contract, commitment, coach, assistant coach, goalkeeping coach, coaching license, football club, season, training, sporting event, tournament.

Majburiyat iborasi barcha sohalar kabi Sport sohasida ham tez-tez uchrab turadi. Lekin ushbu atama yuridik va yuridik bo'lmagan ma'noga ega. Yuridik mazmunga

ega bo'lmagan majburiyat sport sohasiga aloqador bo'lgan subyektlar o'rtasida

832

Tel:+998990527993

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ:

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

muayyan bir huquqiy munosabatlar keltirib chiqarmaydi, yuridik ma'nodagi majburiyatda esa asosan sport sohasidagi subyektlar o'rtasida muayyan huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Ikkala holatda ham majburiyat subyektlari unda nazarda tutilgan harakatni bajarishni yoki bajarishdan o'zini saqlashni talab qiladi, lekin farqi shundaki, agar yuridik ma'no, ya'ni ahamiyatga ega bo'lmagan majburiyat bajarilmasa, hech qanday yuridik oqibat, ya'ni javobgarlik kelib chiqmaydi, bunday oqibat faqat yuridik ahamiyatga ega bo'lgan majburiyat bajarilmasa yuz berishi mumkin.

Demak, majburiyat - bu fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadigan mulkiy hamda nomulkiy munosabatlar yig'indisidir, shu sababli u majburiyat huquqiy munosabatlar shakliga egadir. Bunday munosabatlarda ikki taraf qatnashadi, ulardan biri qarzdor ikkinchisi kreditor deb ataladi. Qarzdor kreditor foydasiga muayyan harakatlarni bajarishga majbur, kreditor ushbu harakatni bajarishni talab qilish huquqiga ega bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sport sohasidagi majburiyatlar ham boshqa sohalardagi, ya'ni barcha fuqarolik huquqiy munosabatlar kabi muayyan yuridik faktlarning yuz berishi natijasida vujudga keladi. Fuqarolik huquqiy majburiyatlarning vujudga kelishida asos sifatida Fuqarolik Kodeksining 8-moddasi 2-qismida quyidagi yuridik faktlar nazarda tutiladi:

1) qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo'lmasa-da, lekin unga zid bo'lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan;

2) qonunda fuqarolik huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hujjatlaridan;

3) sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qaroridan;

4) qonun yo'l qo'yadigan asoslarda mol-mulk olish natijasida;

5) fan, adabiyot, san'at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida;

6) boshqa shaxsga zarar yetkazish natijasida;

7) asossiz boyib ketish natijasida;

8) fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida;

9) qonunchilik fuqarolik-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog'laydigan hodisalar natijasida.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Fuqarolik Kodeksining 8-moddasi 2-qismi 1-bandida ko'rsatib o'tilgan "qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilgan bo'lmasada, lekin unga zid bo'lmagan shartnomalar va boshqa bitimlardan" vujudga keladigan majburiyatlarga sport (futbol) huquqida shartnoma munosabatlaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni ham ta'tbiq etish mumkinligini ko'rishimiz mumkin. Chunki, sport sohasida futbol klublari hamda futbol murabbiylari o'rtasida tuziladigan shartnomalar O'zbekiston Respublikasida nazariy jihatdan mehnat shartnomalari turiga kiritilsada amalda ushbu shartnoma turi haqida mehnat qonunchiligida biror bir tushuncha keltirib o'tilmagan. Shu sababli, ushbu shartnomani Fuqarolik Kodeksining 8-moddasi 2-qismi 1-bandida ko'rsatib o'tilgan "garchi qonunda nazarda tutilgan bo'lmasada, lekin unga zid bo'lmagan shartnomalar va boshqa bitimlar" toifasiga kiritishimiz hamda ushbu shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar yuridik tusga ega bo'lgan majburiyatlar hisoblanishini inobatga olib, futbol klubi hamda murabbiy o'rtasida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarga alohida e'tibor qaratish lozim. Shu o'rinda, hozirgi kunda mamlakatimizda futbolni rivojlantirish hamda yoshlarni futbolga jalb etishda futbol murabbiylarining o'rni beqiyos ekanligini inobatga olib, birinchi navbatda murabbiy bo'lish uchun qanday hujjat talab qilinishiga alohida e'tibor qaratishimiz lozim. Bizga ma'lumki, murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanish uchun, avvalombor, murabbiylik litsenziyasi talab etiladi. O'zbekiston Respublikasida maxsus bilim va ko'nikmaga ega bo'lgan shaxslar O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining "Murabbiylik kurslari"ga o'qishga qabul qilinadi hamda ushbu kursni tamomlayotgan mutaxasislarga "A", "B", "C", "PRO" litsenziya turlari beriladi. Ushbu litsenziyalarga ega bo'lgan mutaxasislar bevosita murabbiylik faoliyti bilan shug'ullanishi mumkin bo'ladi.

Murabbiylik litsenziyasiga ega bo'lgan mutaxassis bilan futbol klubi mehnat shartnomasi tuzadi, ya'ni tomonlar shartnoma orqali o'zaro mehnat munosabatlariga kirishadi. Murabbiylik litsenziyasiga ega bo'lgan mutaxassis bilan futbol klubi o'rtasida tuzilgan shartnoma ikkala tomonga ma'lum bir huquq va majburiyatlar yuklaydi. Shundan kelib chiqib, futbol klubi hamda murabbiy o'rtasida tuziladigan sharnomadan kelib chiqadigan tomonlarning majburiyatlariga to'xtalib o'tadigan bo'lsak, avvalombor murabbiy quydagilar uchun javobgar hisoblanadi:

a) shartnoma shartlarini bajarishi;

b) unga ishonib topshirilgan vazifani vijdonan bajarishi;

c) klubning ichki tartib qoidalariga amal qilishi;

d) klubning "Imiji"ni hurmat qilishi;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

e) Shartnomada shart qilib ko'rsatilgan ishni lozim darajada bajarishi;

f) jamoada birdamlik muhitini saqlashi;

g) ishlash, mehnat va texnologik intizom talablariga rioya qilishi;

h) mashg'ulotlarni rejalashtirish, nazorat qilish hamda muvofíqlashtirib borishi;

i) murabbiyning dasturi uchun ajratilgan mablag'lardan belgilangan maqsadlarda foydalanishi;

j) dasturni moliyaviy jihatdan mas'uliyatli tarzda boshqarishi;

k) klubning oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun qonun talablari doirasida barcha oqilona harakatlarni amalga oshirishi lozim;

Shu o'rinda, sharnomaning ikkinchi tomoni sifatida futbol klubining majburiyatlariga to'xtalib o'tadigan bo'lsak,

Futbol klubi klub murabbiyning oldida quydagilarga majbur:

a) shartnoma shartlariga amal qilishi;

b) shartnomada belgilangan murabbiyning maoshlarini o'z vaqtida to'lab borishi;

c) murabbiyni o'z dasturini amalga oshirishi uchun zarur bo'ladigan mablag' bilan ta'minlashi;

d) murabbiyning o'z majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq faoliyatiga aralashmaslik hamda to'sqinlik qilmasligi;

e) murabbiyning o'z majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq holda klub oldiga qo'ygan talablarini lozim darajada bajarishi;

f) murabbiy mehnat faoliyati bilan bog'liq holda jarohatlanganda uni davolatishi;

g) shartnoma klub tashabbusi bilan bir tamonlama bekor qilinganda shartnomada ko'rsatilgan kompensatsiya to'lovini amalga oshirishi lozim;

Tomonlar o'zaro shartnoma tuzish orqali yuqorida ta'kidlab o'tilgan majburiyatlarni bajarishi lozim bo'ladi.

Ushbu sanab o'tilgan majburiyatlar futbol klubi hamda klubning bosh murabbiyi o'rtasida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlar hisoblanadi. Shu o'rinda futbol klubi va yordamchi murabbiy, futbol klubi va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mas'ul murabbiy, shuningdek futbol klubi hamda darvozabonlar murabbiyi o'rtasida tuziladigan shartnomalarda ham tomonlar o'zaro huquq va majburiyatlarga ega hisoblanadi. Ushbu majburiyatlar bosh murabbiynikidan farqli ravishda yordamchi murabbiy, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mas'ul murabbiy hamda darvozabonlar murabbiyi jamoviy natijalar uchun bevosita javobgar hisoblanmaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yuqoridagilardan tashqari, majburiyat nafaqat shartnoma (ikki tomonlama bitim), shuningdek bir tomonlama bitimlar asosida ham vujudga kelishi mumkin. Misol uchun ma'lum bir mukofot va'da qilinishini olsak bo'ladi. Bunda va'da bergan shaxs (fútbol klubi) ma'lum bir natijaga erishadigan bo'lsa yoki ayrim o'yinlarda g'alaba qozonadigan bo'lsa bosh murabbiyga yoki murabbiylar shtabiga mukofot e'lon qilgan bo'lsa ushbu ishlar bajarilgan taqdirda fútbol klubi mukofotni to'lashga majbur.

Shu o'rinda, fútbol klubi hamda murabbiylar o'rtasida tuzilgan shartnomalar mehnat shartnomalari hisoblanishi hamda tomonlarning shartnoma orqali mehnat munosabatlariga kirishishidan kelib chiqib mehnat munosabatlariga kirishgan tomonlarga O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi orqali qanday majburiyatlar yuklatilganligiga to'xtalib o'tadigan bo'lsak. Avvalombor, O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 176 va 177-moddalarida belgilangan qoidalarga e'tibor qaratilishi lozim.

Ushbu Kodeksning 176-moddasida xodim o'z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini o'z vaqtida va aniq bajarishi, texnologiya intizomiga, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilishi, ish beruvchining mol-mulkini avaylab asrashi shartligi belgilangan.

Shuningdek, xodimning mehnat vazifalari ichki tartib qoidalarida, intizom to'g'risidagi ustav va nizomlarda, korxonada qabul qilinadigan lokal hujjatlarda (jamoa shartnomalarida, yo'riqnomalar va hokazolarda), mehnat shartnomasida aniq belgilab qo'yilishi qayd qilingan.

O'z navbatida ish beruvchining burchlari sifatida ushbu Kodeksning 176-moddasida quydagilar belgilangan:

Ish beruvchi xodimlar mehnatini tashkil qilishi, qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat sharoitlarini yaratib berishi, mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta'minlashi, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etishi, xodimlarning ehtiyoj va talablariga e'tibor bilan qarashi, ularning mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilab borishi, ushbu Kodeksga muvofiq jamoa shartnomalarini tuzishi shartligi belgilangan.

Ish beruvchi xodimdan uning mehnat vazifalari doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishni, qonunga xilof yoki xodim va boshqa shaxslarning hayoti va sog'lig'i uchun xavf tug'diruvchi, ularning sha'ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlar qilishni talab etishga haqli emasligi ham ish beruvchi ya'ni futbol klubining majburiyati hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bundan tashqari ish beruvchi O'zbekiston Respublikasining "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi 0'RQ-210-son qonuning ijrosini ta'minlash maqsadida barcha xodimlarining mehnat faoliyati bilan bog'liq holda zararlanishini majburiy sug'urta qilishi lozim.

Bizga ma'lumki, bugungi kunda O'zbekistonda sport sohasidagi shartnomaviy munosabatlar bo'yicha ko'plab nizolar vujudga kelmoqda. Buning asosiy sababi esa sport shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik masalalari bo'yicha milliy qonunchilikda to'liq qamrab olinmaganligida. Birgina misol, yuqorida ta'kidlanganidek Futbol klubi hamda Profissional futbolchi o'rtasida tuzilgan shartnomani "Mehnat shartnomasi" sifatida ko'radigan bo'lsak, amaldagi Mehnat Kodeksida sport shartnomalari to'g'risida birorta qoida mavjud emas, shuningdek, ushbu Kodeksda sportning o'ziga xosligidan kelib chiqib birorta imtiyoz belgilanmagan.

Shu o'rinda, tomonlarning shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishiga to'xtalib o'tadigan bo'lsak,

Majburiyatning bajarilishi - bu o'zining ahamiyati bo'yicha shartnoma munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishi davrida asosiy maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan eng asosiy va yakunlovchi bosqichdan iborat. Majburiyatning bajarilishi bilan shartnoma taraflarining birgalikda izhor etilgan xohish-irodalarini amalga oshirish, ularning o'zaro muqobil manfaatlarini qanoatlantirish, majburiyat qabul qilishdan oldinga qo'yilgan natijaga erishish ta'minlanadi. Shartnomaga muvofiq vujudga kelgan taraflarning huquq va burchlarining tugash vaqti ham majburiyatlarni bajarilishi bilan belgilanadi. Majburiyatning qanday darajada bajarilishiga qarab Futbol faoliyati bilan shug'ullanuvchi shaxslarning harakatlariga baho beriladi, ularning o'z vazifalarini bajarishda halol (insofli), oqilona, adolatlik tamoyillariga og'ishmay amal qilishlari ayon bo'ladi, bu esa sport huquqida tomonlarga aniq vazifa hamda imtiyozlarni belgilab beradi.

Spor sohasida Majburiyatning bajarilishi deb - sport huquqi subyekti tomonidan muayyan bir harakatni amalga oshirilishiga (yoki harakatdan o'zi ni saqlashga), sport huquqida ikkinchi tomon esa birinchi tomondan ushbu harakatlarni majburiyatlarni bajarganlik sifatida qabul qilib olinishiga aytiladi.

Majburiyatning bajarilishi shartnoma orqali ma'lum bir vazifani bajarishni o'z zimmasiga olgan tomonidan muayyan bir harakatni amalga oshirish bilan bir qatorda u yoki bu harakatlarni amalga oshirishdan o'zini saqlashdan ham iborat bo'ladi. Bunda shartnomada nazarda tutilgan tartibda yoki majburiyatning mohiyatidan kelib chiqib, belgilangan muddat davomida yoki majburiyat predmetining xususiyati

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nimadan iborat ekanligini hisobga olgan holda shartnoma taraflari muayyan harakatni amalga oshirishdan o'zini saqlagan bo'lsa, majburiyat bajarilgan deb hisoblanadi. Masalan, klub hamda murabbiy o'rtasida tuzilgan shartnomada klub shartnomada belgilangan murabbiyning maoshlarini o'z vaqtida to'lab borish majburiyatini bajarish orqali u ma'lum bir xatti-harakatni amalga oshirish orqali o'z majburiyatini bajargan hisoblanadi. Shuningdek, klub murabbiyning o'z majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq faoliyatiga aralashmaslik hamda to'sqinlik qilmaslik orqali u ayrim xatti-harakatlarni sodir etmaslik orqali o'z majburiyatlarini bajargan hisoblanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Demak, muayyan bir harakatni amalga oshirish yoki u yoki bu harakatni amalga oshirishdan o'zini saqlash majburiyatning bajarilishi predmeti bo'lib hisoblanadi. Majburiyatning bajarilishi aktiv harakatlar qilish, oylik maoshlarini to'lab berish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin. Majburiyatni bajarishdan o'zini saqlash aktiv harakatlardan, ya'ni klubning alohida mustaqil majburiyatidan iborat bo'lmasada, aktiv xususiyatga ega bo'lgan harakatlarni amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha harakat hisoblanadi. Majburiyat bajarilishining predmeti hisoblangan harakatdan bunday saqlanishni salbiy majburiyat deb bo'lmaydi, chunki majburiyat bo'yicha harakatdan saqlanish taraflar tomonidan o'z manfaatlarini ko'zlab oldindan kelishilgan bo'ladi, saqlanish natijasida taraflar uchun nazarda tutilgan ma'lum huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Majburiyat bo'yicha muayyan harakatni qilishdan saqlanishga passiv mazmunli majburiyat deb aytsa bo'ladi.

Xulosa qiladigan bo'lsak bugungi kunda sportga berilayotgan e'tibor hamda mamlakatimizda sportning rivojlanish tendensiyasi ushbu sohada ham tomonlarning majburiyatlarini o'z vaqtida bajarilishini ta'minlay oladigan huquqiy asoslar vujudga keltirishga ehtiyoj sezmoqda. So'ngi yillarda mamlakatimizda sport faoliyatini alohida huquq sohasi sifatida qaralayotganligi ushbu sohaning asoslari yaqin yillarda to'liq yaratilishiga ishora bermoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5887-son Farmoni

2. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo'mitasi Byurosining 2020-yil 31-dekabrdagi №1 sonli qarori bilan tasdiqlangan "Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha reglament"

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Ijroiya qo'mitasi byurosining 2019-yil 4-martdagi 4-sonli qarori (4-ilova) bilan Tasdiqlangan "INTIZOM KODEKSI" Toshkent shahri 2019 yil

4. O'zbekiston Respublikasining 04.09.2015-yildagi "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi O'zbekiston respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida" O'RQ-394-son Qonuni.

5. www. Lex. uz

6. www. Ziyonet. uz

7. www. edu. uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.